Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
“Yarimo‘tkazgichli QE fizikasi va texnologiyasi” kursini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:
Tinglovchi:
Jahon va O‘zbekiston Respublikasi miqyosida muqobil energetikaning bugungi kungi holati va muammolari;
energetik samaradorlikni ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining zamonaviy holati va ularni rivojlantirishning yo‘llari;
turli xil yarimo‘tkazgich, metall va issiqlik izolyasion materiallar xususiyatlari, ularning asosiy parametrlari, quyosh elementlarining xarakteristikalari (volt-amper. volt-vatt), meteofaktorlar ko‘rsatkichlarini (quyosh radiatsiyasi, havo harorati, shamol tezligi, nisbiy namlik va boshqalar) o‘lchash qurilmalarini o‘rganish;
Quyosh imitatorlari. Etalon quyosh elementlari va ularni gruduirovka qilish;
Yupqa qatlamli quyosh elementlari. Gidrogenizirlashgan amorf kremniy (a-Si:H) xossalari;
Egiluvchan va yarim shaffof modullar. Mikrokristall, nanokristall kremniy. Dunyo bozorida yupqa qatlamli quyosh elementlarining ulushi;
SSG (shishaga kristall kremniyni purkash texnologiyasi);
Kadmiy tellur asosidagi yupqa qatlamli quyosh elementi;
Cu(In, Ga)Se2 yupqa qatlamli quyosh elementi haqida bilimlarga ega bo‘lishi;
Tinglovchi:
Yarimo‘tkazgichli QE samaradorligi va ularni atrof-muhitga ta’siri darajasini aniqlash;
Quyosh fotoelektrik tizimlari samaradorligini aniqlash, QE parametr ko‘rsatkichlarini aniqlash;
-Kaskad tushunchasi. Kaskadli quyosh elementlari. Kaskadli quyosh elementlarining tayyorlash texnologiyalari. Kaskad quyosh elementlarida foydali ish koeffitsientining oshirilish sabablari. Quyosh nurlanishi spektridan to‘liq foydalanish.
Yupqa qatlamli quyosh elementlari: SISG (shishaga kristall kremniyni purkash texnologiyasi), Kadmiy tellur asosidagi yupqa qatlamli quyosh elementi, Cu(In, Ga)Se2 yupqa qatlamli QE haqida ko‘nikma va malakalarini egallashi;
Tinglovchi:
egallagan bilim va ko‘nikmalarga asoslangan holda yarimo‘tkazgichli fotoenergetika va QE foydali ish koeffitsientini oshirish, tashqi ta’sirlarga bardoshliligi bilan bog‘liq muammolarini hal etish;
yangi avlod QE tuzilmalarini tashkil etish va ularni ishlatish;
energiyani akkumulyasiyalashning samarali usullarini tanlash;
energetika tizimlarning samarali ish holatlarini rejalashtirish va ta’minlash;
elektr energiyasi uzatish va taqsimlash jarayonida yuqori samaradorlikni ta’minash kompetensiyalarni egallashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |