O‘zbekiston respublikasi оliy ta’lim, fan va innоvatsiyalar vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti texnologik ta’lim yo‘nalishi


Kiyim detallarini birlashtiruvchi halqa bahyali mashinalar


Download 186.18 Kb.
bet5/7
Sana15.06.2023
Hajmi186.18 Kb.
#1486114
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kiyim detallarini birlashtiruvchi mokili mashinalar

2.5. Kiyim detallarini birlashtiruvchi halqa bahyali mashinalar.

Kiyim detallarini birlashtirishda bir ipli halqa bahyali mashinalari asosan mahsulot qismlarini vaqtinchalik birlashtirishda ishlatiladi (ishlov berishda, bo’yashda mato chetlarini ulab tikiladi).


Hosil bo’lgan bahya qatorlari oson so’tiladi, shuning uchun ularni hosil etuvchi mashinalarni tamburnыy (vaqtinchalik) deb yuritiladi.
Bu xildagi mashinalarning 28 va 85 klas PMZ tambur mashinalaridir. 28 klas PMZ bir ignali, bir ipli halqa bahyali (tambur) mashinasi, kalin matolardan bosh kiyimlar tikish uchun qґllaniladi. Mashinaning tezligi - 3000 ayl/min.

Ikki iðli moki baxyaqator (14-rasm) ikkita ustki A va ostki B iðning tikilayotgan gazlamalar orasida bir-biri bilan chalishishidan hosil bo‘ladi. Ustki ið – A igna ko‘ziga taqilgani uchun igna iði deb, ostki ið –B esa moki iði deb ataladi. Igna o‘tgan ikkita qo‘shni teshiklar orasidagi masofa baxya yirikligi – L ni ifodalaydi. Moki baxyaqator qiyin so‘kiladigan bo‘lib, bu baxyaqator uzunasiga ham, ko‘ndalangiga ham uzilishga yetarli darajada chidamlidir. Moki baxyaqator zanjirsimon baxyaqatorga nisbatan kamroq cho‘ziladi, shuning uchun turli kiyimlar, ust va ich kiyimlar tikishda undan keng foydalaniladi. Moki baxyaqator hosil qilishga sarflanadigan iðni aniqlashda o‘rta hisobda 1,2–1,7 ga teng bo‘lgan ishlatish koeffitsiyenti hisobga olinadi. Chunonchi, ishlatish koeffitsiyenti 1,3 ga teng bo‘lganda, uzunligi 10 sm bo‘lgan chokka ustki iðdan 13 sm va ostki iðdan 13 sm sarflanadi. Ishlatish koeffitsiyenti baxya yirikligiga, tikiladigan gazlama xususiyati va qalinligiga, iðning taranglik darajasiga hamda boshqa omillariga bog‘liq bo‘ladi. Zanjirsimon baxyaqator hosil qilishga qaraganda moki baxyaqator hosil qilish uchun anchagina murakkab mexanizmlar kerak bo‘ladi. Masalan, moki qurilmasi ko‘ðgina detallardan iborat bo‘lib, uni doimiy moylab, tozalab turish talab qilinadi. Moki qurilmasida naycha borligi mashinaning ishlash koeffitsiyentini kamaytiradi. Masalan, 97-A rusumli tikuv mashinasida shimning odim qirqimlarini choklashda 3–5 foiz ish vaqti naychaga ið o‘rashga sarflanadi.


Moki baxyaqator hosil qilishda iðlar chayqaladigan, tebranadigan va aylanadigan moki yordamida chalishtirilishi mumkin. Aylanadigan mokili mashinalar ko‘ðroq tarqalgan, shuning uchun quyida aylanadigan mokili mashinalarda moki baxyaqator hosil bo‘lish jarayonini qarab chiqamiz. G‘altak (5) dagi (15-a rasm) ustki iðni ið taranglash shaybalari – (3) orasidan olib o‘tib, ið tortgich (4) ning qulog‘idan o‘tkaziladi-da, igna (2)ning ko‘ziga taqiladi. Igna (2) materialni teshib, ustki iðni undan olib o‘tadi va eng ðastki holatga tushadi. Igna ostki holatidan 1,5–2 mm ko‘tarilganda ustki iðdan halqa hosil bo‘ladi, bu halqani moki 1 ning uchi ilib oladi. Igna (15-b rasm) yuqoriga ko‘tarila boshlaydi, shunda mokining uchi (7) ustki ið halqasini ilib kengaytiradi. Ið tortgich (4) ðastga tomon harakatlanib, mokiga ið uzatib beradi. Ustki ið halqasini moki naycha atrofidan aylantiradi (15-d rasm). Ustki ið halqasi 180°dan ortiq burchak hosil qiladigan darajada aylanganda (15-e rasm), ið tortgich yuqoriga ko‘tarilib, baxyani taranglaydi. Òishli reyka (6) gazlamani baxya uzunligiga suradi. Moki (15-f rasm) ikkinchi salt aylanishida boshqa ishchi organlar o‘z ishini tugallaydi. Òebranma mokili mashinalar ham shu ðrinsiðda ishlaydi. Bunday mokilar ðast tezlikli mashinalarda ko‘ðroq qo‘llanilgan.
85 klas PMZ yashirin halqa bahyali tikuv mashinasi asosan ingichka va engil matolarning chetki qismlarini tikishda ishlatiladi. Tikilayotgan matoning qalinligi 1 mm dan oshmasligi zarur. Bahya qatoridagi bahyalarning uzunligi 2 mm dan – 7 mm gacha sozlanishi mumkin. Bu xildagi mashinada egilgan igna qo’llaniladi.

Oddiy tikuv mashinalaridan farqi shundaki, tikilayotgan mato igna plastinkasi ustiga emas, balki tagiga qo’yiladi va uni tagidan yuqoriga qarab mato egiladi. Mashinaning tezligi 2600 ayl/min gacha boradi. Bu mashina ishlab chiqarishda kam qo’llaniladi. Chunki bu mashinada tikishdan oldin matoning chet qismini ikki ipli yґrmalovchi mashinada tikib olish kerak. 253 klas bir ignali ikki ipli halqa bahyali mashinalar detal qismlarini birlashtirishda, chet qismlariga ishlov berishda, beyka va plankalarni tikishda, rezinkalarni tikishda ishlatilsa, perchatkalarni tikishda va ularga ishlov berishda asosiy tikuv mashinasi deb hisoblanadi. Bu mashinaning tezligi 5500 ayl/min.
Chapki ignalarga ustki igna taqishni ko’rib chiqamiz. G'altakdagi ip ip yo'naltirgich (1) teshiklaridan o'tkaziladi, taranglash rostlagichi (2) shaybalari orasidan pastdan yuqoriga aylantirilib. mashina tanasiga o'rnatilgan yo'naltirgich (3) ning keyingi teshigiga kiritiladi.
Bu choklarni (200 dan tashqari) sifatli hosil qilish uchun tikuv mashinalaridan foydalaniladi. Bugungi kunda dunyoda 100 dan ortiq firma va korxonalar tikuv mashinalarini ishlab chiqaruvchi «Zinger», «Shtrobel» (Germaniya), «Pfaff» (Germaniya), «Adler», «Tekstima» (Germaniya), «Rimoldi» (Italiya), «Yamoto», «Juki», «Kansai Spetsial», «Seyko»(Yaponiya), “ Podolsk” (Rossiya) , “Yunion Spetsial”(Amerika), “Orsha” (Belorussiya) faoliyat yuritishmoqda. «Yamoto», «Juki», «Kansai Spetsial», «Seyko» va boshqa firmalarida kompyuterlashgan oddiy, avtomatik va yarimavtomatik mashinalar, avtomatik boshqaruvli va murakkab texnologik jarayonlarni bajaruvchi maxsus tikuv mashinalarida tikish sifatini nazorat qiluvchi elektron qurilmalar o‘rnatilgan mashinalar katta xajmda ishlab chikarilmoqda (tikuv mashinalari ko‘rinishlari ilovada keltirilgan


Download 186.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling