O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti fakulteti


Sug‘urta kompaniyalarining tashkiliy shakliga ko‘ra 5 ta turi faoliyat yuritadi


Download 160.51 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi160.51 Kb.
#1491543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
UMIDOVA ODINA. KURS ISHI. (2)

Sug‘urta kompaniyalarining tashkiliy shakliga ko‘ra 5 ta turi faoliyat yuritadi

(2-jadval).




Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot subyektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga Zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli Qarori sug’urta faoliyatida muhim yangilik bo’ldi. Ilk bor sug’urtalovchilarning ustav kapitaliga eng kam miqdorlar belgilandi. Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash to’g’risida nizom, sug’urta faoliyati klassifikatori tasdiqlandi. Ushbu qaror sug’urta bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish, sug’urta faoliyatining zamonaviy va yangi turlarini yaratish, sug’urtalaovchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug’urtani nazorat qilish shakllarini takomillashtirish bo’yicha muhim hujjat bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʼgʼrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida»gi 80-son Qarori bilan sugʼurta faoliyati klassifikatoriga qoʼshimcha sugʼurta klasslarini qoʼshish orqali kengaytirildi, Hayotni sugʼurta qilish sohasiga V-klass “Majburiyatlarni taʼminlash uchun hayotni sugʼurtalash”, VI-klass “Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sugʼurtasi”, VII-klass “Kapitalni qaytarish bilan hayotni sugʼurtalash” klasslari kiritilgan boʼlsa, umumiy sugʼurta sohasiga 18-klass “Tibbiy sugʼurta” klassi kiritildi.
Ma’lumki, jahon amaliyotida yirik tavakkallarni sug‘urtalashda mamlakatdagi bir necha sug‘urta tashkilotlarini guruhlarga, jamiyatlarga yoki uyushmalarga jamlash orqali, qayta sug‘urtalash tashkilotlarini tuzish tajribasi XIX asrdayoq yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatimizda esa, shu kunga qadar bu muhim mexanizmdan foydalanilmayapti.
Qonunosti hujjatlaridagi turli to‘siq va cheklovlar esa, mazkur mablag‘lardan samarali foydalanish, jumladan, ularni sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitaliga jalb etish imkonini bermaydi. Bir so‘z bilan aytganda, qonun hujjatlaridagi eskirgan normalar, tafovutlar, chalkashliklar va boshqa kamchiliklar bu kompaniyalar uchun istiqbol eshiklarini yopib qo‘ygan.
Islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta`minlashga, aholi hayotining sifati va darajasini oshirishga yo ‘naltirilgan moliyaviy xizmatlarni faol rivojlantirish respublikada sug’urta bozorining rolini kuchaytirishni va sug’urta vositalarini keng qo ‘llashni taqozo etmoqdaki, ushbu xususida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo ‘yicha o ‘tkazgan yig’ilishida quyidagi fiklarni bildirdilar: “Sohaga nazoratchi emas, ilg’or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o ‘rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug’urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak”3. Shu bois, Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi tugatilib, Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, sug’urta sohasini o ‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga to ‘g’ri keladigan sug’urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 barobarr oshirish vazifasi qo ‘yildi.
Mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish masalalari o‘rganish natijasida quyidagi xulosalar shakllandi:
Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimiz milliy sug‘urta bozori nisbatan tez rivojlanayotgan bo‘lsada, bugungi kun jahon talablariga to‘liq javob bera olmaydi.
Ikkinchidan, sug‘urta xizmatidan foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo‘lgan aholining aksariyat qismi, sug‘urta haqida to‘liq ma’lumotga ega emas. Holbuki, bu sug‘urta turiga talabning ortishi sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalanuvchiga moliyaviy holatini yaxshilashda o‘zining salmoqli xissasini qo‘shadi.
Yuridik shaxslar sug‘urta qildirishi uchun, birinchi navbatda, ularga ishonch kerak. Jismoniy shaxslarga esa to‘g‘ri ma’lumot. Ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishi ularni sug‘urtadan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishga jalb qiladi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun sug‘urta bozoriga malakali mutaxasislar talab etiladi. Sug‘urta kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan aksariyat hodimlar sug‘urta ishining mutaxassisi emas. Bir bo‘lim xodimi ikkinchi bo‘lim xodimining faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotga ega emas. Agentlar faoliyatida ham xuddi shunday muammo mavjud. Natijada sug‘urtalanmoqchi bo‘lgan shaxsga sug‘urta xizmatlari to‘g‘ri va to‘liq yetkazilmaganligi natijasida aholi to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan sug‘urtaga bo‘lgan talabning pasayishi va faoliyatga nisbatan ishonmaslik holatlari yuzaga kelmoqda.
Sug‘urta faoliyatini rivojlanishi uchun sug‘urta xizmatlarini keng ko‘lamda reklama qilish samarali natija beradi talab etiladi. Eng ommabop bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar: telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sug‘urta xizmatlari va uning afzalliklari haqida ma’lumot berib turish. Misol uchun sug‘urta xizmatlari bo‘yicha telegramda bir kanal ochib, bu haqida boshqa kanallarga ma’lumot tashlash orqali, aholini sug‘urta kanaliga a’zo qilish va sug‘urta faoliyatining yangiliklaridan muntazam ravishda xabardor qilib turish mumkin. Ya’ni, aholining sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini ortishini ta’minlash maqsadida sug‘urtaga nisbatan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ya’ni sug‘urta to‘g‘risida qabul qilingan qonun, qarorlar to‘g‘risida va sug‘urta faoliyati qonun bilan himoyalanishi to‘g‘risida mijozlarga muntazam ravishda ma’lumotlar berib borish mumkin.


  1. Download 160.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling