O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Maqsadi: Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarlaridagi axloqiy-tarbiyaviy yaxshi va yomon hulqlarni o’rganish. Vazifasi


Download 101.93 Kb.
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi101.93 Kb.
#1512681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud ahloq” asarida yaxshi yamon hulqlar haqida

Maqsadi: Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarlaridagi axloqiy-tarbiyaviy yaxshi va yomon hulqlarni o’rganish.
Vazifasi: Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarlari o’qib anglab yetish va bola tarbiyasida qo’llash hamda bolani milliy g’urur shukuhida tarbiyalash yaxshi yomon hulqlarni to’g’ri tushintirish.






I.BOB. ABDULLA AVLONIY
(1878 - 1934)
1.1.Abdulla Avloniy bola ta’lim-tarbiyasiga alohida etibori
Hozirgi zamon bolalar adabiyotining rivojiga juda katta hissa qo`shgan allomalardan biri Abdulla Avloniy bola ta’lim-tarbiyasiga alohida muhabbat bilan qaragan edi.
- Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak, zehnimizni ravshanlantirmak lozim... , deydi u, - Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o`zlari ilmlariga olim bo`lib, shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o`rgatmaklari lozimdir. Bu ravsh ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilib, ular ilmli-odobli bo`ladilar...
Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydirgan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo`lib, amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta’sir ko`rsatadir...
Abdulla Avloniy bola kamolotida zakovat va fikrning ijobiy ta’sir kuchiga g’oyat zo`r baho beradi. Uningcha, zakovat – insonning eng yaxshi fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi bo`lsalar uni har taraflama o`ylab ko`radilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib, kamolotga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal qilishda odamga hamrohdir: - Fikr tarbiyasi, - deb yozadi Avloniy, - eng kerakli, ko`p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g’ayratli bo`lishiga sabab bo`ladi.
Shuning uchun Avloniy bolaning fikrlash qobiliyatini o`stirishda muallimning roli katta ahamiyatga ega deydi. Uning ta’kidlashicha, bolaning fikrini biron narsaga yo`llash va uning o`sha narsa haqida o`ylashiga erishish uchun uning diqqatini aniq narsalarga yo`naltirish, uning oldiga aniq bir masala qo`yish va unga javob topish uchun unda ehtiyoj paydo qilish kerak. Bunda bola fikrini muayyan tomonga yo`naltiruvchi aniq vazifalar belgilab berishda muallim katta rol o`ynaydi: Bu tarbiya deb yozadi Avloniy, - muallimlarning yordamiga so`ng darajada muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdir. Dars bilan tarbiya orasida bir oz farq bo`lsa ham ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi birovga bog’langan jon ila tan kabidir. Masalan, joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o`tirmak mumkin o`lmadig’i kabi, ichiga har xil yangi ashyolar to`ldirib ziynatlangan eski imorat ham o`ltirishga yarog’limas. Basharti, o`ltirsa, insonlar. “Eski uyga yangi zardevor”, “xir ko`ylakka jun jiyak”, “Mis qozonga loy tuvoq” deb kulgu qulurlar.
Bayt:
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar olmosdan bo`lur o`tkir.
Fikrning oynasi o`lursa zang,
Ruh ravshan, zamir bo`lur benur.
Ha, bu ulug` pedagog Abdulla Avloniyning dil so`zlari. Bunday buyuklarning el-yurtga xizmati singan mo`’tabar kishilarning nomlari mangulikka dahldor bo`ladi. Asrlar osha bunday odamlarning xizmatlari ko`z-ko`z qilinaveradi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham ta’lim-tarbiya haqidagi ma`ruzasida albatta, Abdulla Avloniy haqida to`xtaladi. Uning ibratomuz so`zi va ishini misol qilib aytadi, - men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat, falokat masalasidir” degan fikrini ko`p mushohada qilaman”, - deb bu aziz ustozning bosib o`tgan hayot yo`lini yoshlarga ibrat qilib ko`rsatadi.

Download 101.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling