Chiziqli algoritmlar
C hiziqli algoritmlar faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topadi. Bunday amallarni ifodalash uchun “ketma-ketlik” strukturasi ishlatiladi. Ushbu strukturada bajariladigan har-bir amal, uning blok-sxemasini tuzishda, o’ziga mos shakl bilan ko’rsatiladi. Chiziqli algoritmlar uchun umumiy jihatdan blok-sxema quyidagicha:
Chiziqli algoritmlar uchun umumiy jihatdan blok-sxema chiziqli algoritmlar uchun hech qanday shart tekshirish yoki takrorlanishlar talab qilinmasligi kerak. Vaholanki, kundalik hayotdagi deyarli barcha muammolarni yechish kamida mantiqiy yoki tarorlanish (rekursiv)ni qilsada, soddalik uchun ba'zi misollarni keltirish mumkin. Masalan bizga foydalanuvchi kiritgan ikkita sonning yig'indisini hisoblash berilgan bo'lsin.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar
Agar hisoblash jarayoni biror berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo’yicha davom ettirilsa va xisoblash jarayonida shu tarmoqlarning faqat bittasigina bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga “tarmoqlanuvchi algoritmlar” deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun “Ayri” strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi berilgan shartlarning bajarilishiga qarab ko’rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.
Tarmoqlanuvchi block-sxema
Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, R-berilgan shart. Agar shart bajarilsa, "ha" tarmoq bo‘yicha A amal, shart bajarilmasa "yo‘q" tarmoq bo‘yicha B amal bajariladi. Tarmoqlanuvchi algoritmga tipik misol sifatida quyidagi sodda misolni qaraylik.
Berilgan x ning qiytmatiga bog‘liq holda, agar u musbat bo‘lsa «ha» tarmoq bo‘yicha y=x2 funksiyaning qiymati, aks holda y = -x2 funksiyaning qiymati hisoblanadi.
Tarmoqlanuvchi block-sxema
Ko‘pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmlarning ikkita tarmog‘idan bittasining, ya’ni «ha» yoki «yo‘q» ning bajarilishi yetarli bo‘ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida aylanish strukturasi deb atash mumkin.
Aylanish strukturasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |