O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakulteti
Download 54.63 Kb.
|
Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi va uni takomillashtirish KI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartli ijobiy auditorlik xulosasi.
- Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish.
Ijobiy auditorlik xulosasi. Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy ahvolini haqqoniy yoritadi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari mamlakat qonunchiligi talablariga muvofiq degan fikrga kelganda ijobiy auditorlik xulosasi tuzilishi kerak.
Shartli ijobiy auditorlik xulosasi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida ayrim xatolar mavjud bo’lganida, ammo mazkur xatolar unchalik muhim bo’lmaganida tuzilishi kerak. Salbiy auditorlik xulosasi. Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bartaraf etilmasa, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin bo’lgan buzilishlar mavjud degan fikrga kelsa, salbiy auditorlik xulosasi tuzilishi kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan hollarda ham salbiy auditorlik xulosasi tuziladi. Odatda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining auditorlik tashkilotining aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritish to’g’risidagi fikriga qo’shilmasligi salbiy auditorlik xulosasini tuzishga sabab bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etgan holda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi. Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish. Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot to’g’risidagi fikrni ifodalash uchun etarlicha auditorlik dalillarini olishi mumkin bo’lmasa, auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi mumkin. Auditorlik tekshiruvi hajmini cheklash - xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning boshlab yuborilgan auditorlik tekshiruvini auditor auditorlik xulosasini tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan hajmda o’tkazishga to’sqinlik qilishga yo’naltirilgan ochiqdan-ochiq harakatlari yoki harakatsizliklaridir. Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish ariza shaklida bo’lishi va "Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi to’g’risidagi ariza" deb nomlanishi kerak. Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, shundan ikki nusxa auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga taqdim etiladi. Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi, auditorning ishonchi komil emasligi va (yoki) rozi emasligi yuzaga keltirgan cheklashlarga doir ko’rsatmalarni o’z ichiga olishi kerak. Auditorlik xulosasi ochiq axborot hisoblanadi, undan moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning hammasi foydalana olsin. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin. Auditorlik tekshiruvini o’tkazmasdan tuzilgan yoki auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha tuzilgan, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) olgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning hujjatlari mazmuniga muvofiq kelmaydigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan yolg’on hisobot va xulosa deb hisoblanadi. Qasddan yolg’on auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan auditorlik tashkiloti o’rtasida yuzaga kelgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Noto’g’ri auditorlik xulosasini tuzganlikda aybdor bo’lgan auditorlik tashkiloti va shaxslarning javobgarlikka tortilganligi xo’jalik yurituvchi sub’ektni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashning belgilangan tartibini buzganlik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalardan ozod etmaydi. Xulosa Davlatni boshqarish funktsiyasining muhim funktsiyalaridan biri bo’lgan moliyaviy nazorat davlat tuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi. Bozor iqtisodyotiga o’tish sharoitida moliyaviy nazoratning roli yanada oshadi. Bir tomondan, moliyaviy nazorat moliyani boshqarishning yakuniy bosqichi hisoblanadi, boshqa tomondan esa, uni samarali boshqarishning zarur sharti bo’lib xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat moliyaviy resurslar harakatining xamma jarayonlarini o’z ichiga oladi, mablag’larni tashkil topish jarayonidan boshlab, har qanday faoliyatni boshlashdan to uning moliyaviy natijalarini aniqlashgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish, davlat mulkini xususiylashtirish natijasida moliyaviy mexanizm va moliyaviy tizimni tashkil etish talabini qo’yadi. Natijada ushbu sharoitda moliyaning o’zi kabi moliyaviy nazoratning xam maqsad va vazifalari, shakllari tubdan o’zgardi. Endi u faqatgina jazolovchi organ sifatida emas, balki davlatning o’z vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan mablag’larning to’liq to’planishi, byudjet mablag’laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilishni nazorat qilish, maslahat va ko’rsatmalar berish kabi vazifalarni bajarmokda. Iqtisodiyotning markazlashmagan tizimga o’tishi, O’zbekiston Respublikasi mulklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish natijasida moliyaviy nazoratning roli yanada oshadi. O’zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan davlat nazoratini tashkil etish muammosiga qayta qurish jarayonida juda katta e’tibor berilmoqda va quyidagi me’yoriy xuquqiy xujjatlar qabul qilindi: O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvar №504-XII “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O’zbekiston Respublikasi davlat nazorati qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabr № 734-XII “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, mazkur Qonunning yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi 2000 yil 26 maydagi 78-II son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 fevral “O’zbekiston Respublikasida davlat nazorati tizimini takomillashtirishning ayrim choralari to’g’risida”gi Farmoni, 1996 yil 8 avgustdagi “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni akomillashtirish to’g’risida” kabi hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Ushbu ishlar yana davom ettirilib, 2018 yildan xozirgi davrgacha O’zbekiston Respublikasi moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo’yicha ko’plab qonunchilik aktlari qabul qilindi. (O’zbekiston Respublikasi “Byudjet tizimi to’g’risidagi”, “Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi to’g’risida”gi Qonunlar,). Amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni quyidagicha guruhlash mumkin: Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini davlat nazorati O’zbekiston Respublikasini 1998 yil 24 dekabr №717-1 “Xo’jalik sub’ektlari faoliyatini davlat nazorati to’g’risida”gi Qonuni asosida tartibga solinadi; Davlat nazoratini prokuror nazorati tomonidan amalga oshirilishi tegishli qonunchilik asosida tartibga solinadi; Davlat nazoratini soliq tekshiruvlari yo’li bilan amalga oshirish tegishli soliq qonunchiligi tomonidan belgilanadi. Lekin O’zbekistonda moliyaviy nazoratni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilganligi bilan umumiy qabul qilingan jahon amaliyotiga to’liq mos keltirish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish lozim. Ta'kidlanganidek, auditning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyekt to'g'risida obyektiv, real va to'g'ri ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat. Audit nazoratning maxsus, mustaqil shaklidir. Audit – xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi, to‘liqligi va amaldagi qonunchilikka hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida mustaqil ekspertizadan o‘tkazish va tahlil qilish. Asosiy maqsadga erishishga auditorlik faoliyatini olib borishning xususiyatlari (talablari) yordam beradi: auditorlik tekshiruvlari paytida mustaqillik va xolislik; maxfiylik; auditorning professionalligi, malakasi va halolligi; statistika va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanish; yangi axborot texnologiyalarini qo'llash; audit ma'lumotlari asosida oqilona qarorlar qabul qilish qobiliyati; mijozlarga samimiylik va sodiqlik; auditorning audit natijalari bo'yicha o'z tavsiyalari va xulosalari oqibatlari uchun javobgarligi; auditorlik kasbining ishonchliligini oshirishga yordam beradi. Download 54.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling