O`zbеkiston rеspublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 140.8 Kb.
|
Taqrizchi: X.N.Muzaffarova
MUNDARIJA KIRISH................................................................................................... I BOB: NUQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN MAKTABGACHA TA`LIM YOSHDAGI BOLALAR LUG’ATINI SHAKLLANTIRISHNING BOSQICHLARI 1.1. Nutqi to'liq rivojlanmagan maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar lug'atini shakllantirish o`yinlardan foydalanish ....................................................................... 1.2. Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarda nutqi to'liq rivojlanmaganligining kelib chiqish sabablari va turlari................................................... II BoB: NUTQI TO'LIQ RIVOJLANMAGAN MAKTABGACHA TA`LIM YOSHDAGI BOLALAR LUG’ATINI SHAKLLANTIRISHNING KORREKSION YO’LLARI. 2.1 Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalar lug’atidagi kamchiliklarni bartaraf etish usullari.................................... 2.2 Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarning lug’at boyligini o`stirishda o’yinlar bilan bog`lash………………………................. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR XULOSA KIRISH
Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir. Nutq insonning murakkab oliy psixik funksiyalaridan biridir. Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizimi orkali amalga oshiriladiki, bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o`ynaydi, nutq fakat inson uchun xos bo`lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir, nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir – birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir, odam nutqi tushunarli va ma’noli bo`lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va to`g’ri bo`lishi kerak . Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilish zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o`rganilib kelayotgan sohadir. Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik mexanizmlari saqlangan bo`ladi. Nutq buzilishlari gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati normal holda ishlayotgan psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nutqiy muomalada ko`zga tashlanadigan o`zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo`ladi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.Har bir mamlakat xalq ta'limi tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarining, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojiga va jamiyat taraqqiyotiga bog'liq bo'ladi.Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin xalq maorifini rivojlantirish masalalariga, yetuk defektolog mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta e'tibor berilmoqda.O'zbekiston Konstitutsiyasiga asoslangan holda fuqarolarning millatidan, dinidan, jinsidan, ijtimoiy ahvolidan qat'i nazar, ta'lim olishga huquqliligi tamoyili qaror topgan. Nogironlami ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni davlat o'z burchi deb biladi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab nogiron bolalarga maxsus ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, yangi milliylik va o'z-o'/ini anglash ruhida tarbiyalash, o'qitish, yangi darsliklar, o'quv qo'llanmalari tayyorlasliga katta e'tibor bermoqda, bundan tashqari nogironlami himoya qilish bo'yicha bir qancha buyruqlar va qarorlar tayyorlangan. Xalqimizning, shu jumladan, nogironlar va nogiron bolalar, ulaming jismoniy, aqliy, psixik rivojlanishini yaxshilash, hayotga moslashtirish yo'llarini ishlab chiqish ko'rsatilgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Tadqiqotlarni o’rganish va tahlil etish natijasida eshitishda nuqsoni bo’lgan o’quvchilarni mehnatga o’rgatish jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish muammosi tizimli yondashishni talab qiladigan o’ta murakkab, ko’p qirrali pedogogik-psixologikmuammo degan xulosaga keldik. Muammoga doir ilmiy tadqiqot ishlarinio’rganib, ularni ilmiy jihatdan tahlil etish asosida shu narsa ma’lum bo’ldiki, maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida eshitishda nuqsoni bo’lgan o’quvchilarni mehnatga o’rgatish jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish maxsus Kurs ishning ishining maqsadi – Nutq nuqsoni mavjud bolalarni psixodiagnostika qilish hamda ularni korreksiya qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining predmeti – Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar ruhiyatining o’ziga xos jihatlarini o’rganish, diagnostika va korreksiya qilishdan iborat. Kurs ishining vazifalari quyidagicha belgilanadi: - Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarning ruhiy rivojlanishning umumiy va maxsus qonun-qoidalarini aniqlash; - Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini rivojlanish xususiyatlarini o’rganish; - Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar ruhiy rivojlanish xususiyatlarini psixologik korreksiya va diagnostika qilish; - Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarga pedagogik-psixologik ta’sir usullarini psixologik jihatdan asoslash; - Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni diagnostikasi va korreksiyasi jarayonidir. Kurs ishining obyekti – Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim jarayoniga tayyorlash va kamchiliklarini korreksiyalash Kurs ishining metodikasi – Amaliy va ko‘rgazmali metodlar , O’yinli texnologiyalar Kurs ishining tuzilishi - 2ta Bob, 4 ta paragrafdan iborat. I.I BOB : NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR LUG’ATINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI 1.1 Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar lug’atini shakllantirishning mutaxasislar tomonidan o’rganilishi Nutq faqat inson uchun xos bo'lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta'sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til - bu fonetik, leksik va grammatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi o'z fikrini bayon etish uchun zarur bo'lgan so'zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog'laydi va nutq a'zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. Odam nutqi tushunarli va ma'noli bo'lishi uchun nutq a'zolarining xarakatlari aniq va to'g'ri bo'lishi kerak. Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta'rif bergan dastlabki tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham ko'pchilik olimlar nutq buzilishlari, ulaming kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fiqomulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq buzilishlarini o'rganish borasida qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta'siri bo'lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig'ilgan tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi. XX asr boshida chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman,(5) E.Freshels, S.M.Dobrogayevlarning ishlarida asos qilib olindi. Buning umumiy tomoni ko'p edi; etlopotogeneztik mezon bilan to'ldirilgan klinik yondashuv, buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli o'rtasidagi bog'lanish, bunday xollarda nutq buzilishlari ko'pincha u yoki bu kasallikning alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha so'z yasovchi elementlaridan tashkil topgan atamalardan qo'llanilgan. Tasniflar o'rtasida buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni tasniflashning muhimlik darajasiga bo'lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar bilan bog'liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi Nutqning birlamchi rivojlanmaganligini ta’riflashga doir ko„pgina ilmiy ishlar mavjud bo„lib, ularning ko„rsatishicha u eshitish, intellekt nuqsonlari va boshqa tashqi omillar ta’siriga bog„liq bo„lmay, o„zining mustaqil kelib chiqishiga ega. Biroq, hozirga qadar umum qabul qilingan ta’rif mavjud bo„lmay, uning mohiyati va mexanizmi haqidagi tasavvurlar xilma-xil. Etiopatogenetik nuqtai nazardan nutqi rivojlanmagan bolalar turli xildagi guruhlarni tashkil etadi. Ba’zi vaziyatlarda mazkur holat ko„pincha genetik tabiatga ega bo„lgan konstitusional xarakterga ega. Odatda bunday bolalardagi nuqsonning klinik manzarasi jiddiy psixopatologik belgilarga, ayniqsa psixoorganik belgilarga ega bo„lmaydi. Boshqa bir holatlarda zararlanish belgilari, ya’ni psixoorganik va boshqa psixopatologik belgilar yorqin namoyon bo„ladi. So„nggi o„n yilliklar davomida ingliz-amerika ilmiy adabiyotlarida «specific language impairment» - SLI (tilning o„ziga xos buzilishi) terminini uchratish mumkin. Shu bois, tilning o„ziga xos buzilishi (SLI) bu nutqiy tizimning sekinlashgan rivojlanishi-mi (ya’ni yetilmaganlik holati) yoki uning patologik rivojlanishimi? - degan savol tug„iladi. G„arb adabiyotida mazkur muammoga doir ikki xildagi qarashlar mavjud. Tadqiqotchilarning bir guruhi tilning o‘ziga xos buzilishini (SLI) rivojlanishning kechikishi, biroq mantiq va til imkoniyatlari shakllanishining qonuniyatlari nuqtai nazaridan normal rivojlanish sifatida tahlil etadilar (Leonard L Miller 1979). Mualliflarning xulosalariga ko„ra nutqi rivojlanmagan bolalarda til egallashning shakllanishi tilning barcha bosqichlarida sekinlik bilan va bir vaqtning o„zida amalga oshadi. Nutq ma’lum bir biologik shart-sharoitlar mavjudligida va eng avvalo markaziy nerv tuzilishning normal rivojlanishi va ishlashida yuzaga keladi. Biroq nutq muhim ijtimoiy funksiya hisoblanadi. Shu sababli uning rivojlanishi uchun biologik shart-sharoitlarning 0‘zigina yetarli emas, u bolaning kattalar bilan muloqotga kirishishi jarayonida yuzaga keladi. Bunda bolaning hissiy jihatdan yaqin kishisi bilan (onasi) muloqoti yetakchi ahamiyatga egadir. Muloqot ehtiyoji bolaning atrofdagi odamlar bilan aloqaga kirishishi jarayonida shakllanadi. U bola hayotining dastlabki ikki oyida, uning birlamchi organik talablari va yangi taassurotlarga ehtiyoji negizida yuzaga keladi. Muloqot vositalari ichida ekspressiv-mimika, predmetli-harakat va nutqiy vositalar ajratiladi.Bola hayotining birinchi yilini nutqgacha bo‘lgan davr deb nomlaymiz. Bunda kattalar bilan muloqot ekspressiv-mimika va predmetli-harakat vositalari yordam ida amalga oshiriladi. Aynan shu davrda bolada jismoniy obyekt tovushlariga qaraganda inson ovozi tovushlarini turg‘un, tanlab ta'sirlanishi shakllanadi. M .l. Lisina bu holatni jajji odamchaning muhim ehtiyojlarini ifodalashi — muloqotdagi ehtiyojlari sifatida baholaydi.Bola nutqining yuzaga kelishi va rivojlanishida muloqotning hal qiluvchi rolini gospitalizm tekshiruvlari isbotlaydi. Rag‘batlantiruvchi insoniy muhit (oila, bolalar guruhi va h.k.) dan bolani ajratib qo’yish deprivatsion vaziyat sifatida o ‘rganiladi. Bu vaziyat bolaning psixik rivojlanishiga sekinlashtiruvchi omil sifatida ta ’sir qiladi. A gar bu vaziyat uzoq davom etsa psixik deprivatsiya holati yuzaga keladi.Nutq rivojlanishiga, ayniqsa hissiy deprivatsiya yomon ta ’sir ko‘rsatadi. Bunda bola tug'ilganidan boshlab uning affektiv ehtiyojlari (suyish, erkalash, yaxshi ko'rish) qondirilmaydi. Bunday vaziyat ko‘pincha otaonalari spirtli ichimliklar ichuvchi, onasi yo‘q oilalarda, bola tug‘ilishi bilan tarbiyaga sust qaraladigan bolalar uyida tarbiyalanishi oqibatida vujudga keladi.L.S. Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta ’lim va tarbiyaning yetakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda neyrofiziologik tadqiqotlar tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola miyasiga qanchalik ko‘p doimiy va xilma-xil axborotlar oqimi kelsa, markaziy nerv tizimining funksional va anatomik jihatdan yetilishi shunchalik tez sodir bo‘ladi. Alohida funksional tizimlar rivojlanishini tezlashtirish imkoniyati muammosi hali to’liq o'rganilmagan. Biroq, kelayotgan axborot oqimi bolaning yoshi, jismoniy va psixik holatiga mos ravishda bo’lishini hisobga olish lozim, chunki har qanday ortiqcha yuklashlar markaziy nerv tizimi holatiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin . 1.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqi to’liq rivojlanmaganligining kelib chiqish sabablari va turlari Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarni maxsus tekshirish bu kamchilikning turli xil klinik ko'rinishlari mavjudligini ko'rsatdi. Ularni shartli ravishda uch asosiy guruhga bolish mumkin.Birinchi guruhdagi bolalarda faqatgina nutqnin g to'liq rivojlanmaganligi belgilarini ko‘rish mumkin. Ularda nerv-psixik faoliyat buzilishlari kuzatilmaydi. Bu nutq to'liq rivojlanmaganligining murakkab bo‘lmagan shakli hisoblanadi. Bu bolalarda markaziy nerv tizimining o‘choq!i zararlanishi uchramaydi. Ularning anamnezida homiladorlikning kechishi yoki tug‘ruq paytida yaqqol - ifodalangan kamchiliklarning ko'rsatilmaganligini ko‘rish mum kin. O nalar bilan to’liq suhbat 0‘tkazilganda tekshiriluvchilarning faqat uchdan biridagina homiladorlikning ikkinchi yarmida yengil taksikozlaryoki tug'ruq paytida qisqa muddatli asfiksiya bo‘lib o‘tganligi aniqlangan. Bunday bolalar somatik jihatdan zaif, turli kasalliklarga moyil b o ‘ladilar.Bu guruhdagi bolalarda parez va paralichlarning yo‘qligi, yaqqol ifodalangan po‘stloq osti va miyacha buzilishlarining uchramasligi, ularda nutq-harakat analizatorining birlamchi (yadroli) zonalari saqlanib qolganligiga guvohlik beradi. Bunday mayda nevrologik faoliyat buzilishlarida asosan mushaklar tonusida, mayda qol barmoqlarining differensial harakatlari shakllanishida, kinestetik va dinamik praksis shakllanishida buzilishlar uchraydi. Bu asosan nutq to liq rivojlanmaganligining dizontogenetik turiga oiddir.Maktabgacha yoshdagi bolalarda yaqqol ifodalangan nerv-psixik buzilishlaming uchramasligiga qaramay, bu guruh bolalari uzoq muddatli korreksion-logopedik ishga, keyinchalik esa maxsus o ‘qitish yo'nalishiga muhtoj bo‘ladilar. Tajribalaming ko‘rsatishicha, yaqqol ifodalanmagan nutq kamchiligiga ega bolalami ommaviy maktabga o‘qishga yuborish, ularda ikkilamchi nevrotikva nevrozga oid kamchiliklami keltirib chiqarishi mumkin Nutqning to ‘liq rivojlanmaganligini R.Ye. Levina (1961) uchun daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yolq bolishidan to fonetik-fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega bolgan mukammal nutq buzilishigacha. Nutq to‘liq rivijlanm aganhgm ing 1-darajasi nutqning bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4—6 yoshdagi bunday bolalarning lug'at boyligi kambag'al, noaniq bo'ladi. Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bo‘ladi. Narsa va hodisalarni farq qilmagan holda ifodalash, so‘zlarning ko’p ma'noga ega bo‘lishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: "tu-tu"-mashina, parovoz, samolyot, qayiq; "taq"-yiqildi, tushurib yubordi, sindirdi, buzdi. Bu bolalarning passiv lug'ati aktiv lug‘atiga nisbatan ancha boyroq lekin nutqni tushunish pasaygan boladi, ular ko‘p so‘zlarning ma’nosini tushunmaydilar. Tovushlar talaffuzida turg'unlik bo’lmaydi, tovushlar bir-biri bilan almashtiriladi, fonematik o’quv buzilgan bo‘ladi. Nutq to’liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega bolgan bolalar uchun tovushlar analizi bo'yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz bo'ladi. Nutq to'liq rivojlanmaganligining 2 - darajasi dastlabki keng qo’llanadigan odatdagi nutqning bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma’lum lug‘at boyligiga ega boladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqing qo‘pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan boladi. Ular ikki-uch so'zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug‘at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo'Iadi. Umumlashtiruvchi so‘zlarni (mebel, kiyim, sabzavotlar, mevalar va boshqalar) bilmaslik kuzatiladi. Harakat, belgisini bildiruvchi so‘zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini va boshqa belgilarini bilmaydilar. Kelishik formalarini chalkashtiradilar, fe’l sonini ot soniga moslashtira olmaydilar.Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos keluvchi normadan orqada qoladi. Shunday kamchilikka cga bolgan bo lalar bo‘g“inlar o’rnini almashtiradilar, undoshlar ketma-ket kelganda tovushni qisqartiradilar. Nutq to‘liq rivojlanmaganligining 3 - darajasi — nutqda leksik - grammatik va fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa ega bo’lgan holda kishilar bilan aloqa bo’lmay oladilar, lekin buni ota-ona (tarbiyachi) ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bolish juda qiyin. Tovushlami talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulatsiya jihatidan osonroq bo‘lgan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun xarakterlidir. Lug‘at ham normadan orqada qolgan bo’ladi, lug‘at boyligi analizida leksik holatlarning o’ziga xosligi ko‘rinadi. Tekshirishda gaplarni, gaplarda so'zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg'un grammatik xatolar kuzatiladi. Ko‘pchilik hollarda ular qo‘shimcha qokshilish bilan so‘z ma’nosining o‘zgarishini tushunib yetmaydilar. Psixik rivojlanishning sustlashuvi psixik ontogenez buzilishining birmuncha doimiy shakllaridan biri hisoblanadi. Quyi sinf o'quvchilarida bu ko’rinish 5% dan 11% gacha bo’lgan ko‘rsatkichni tashkil eîadi.Psixik rivojlanish sustlashuvining quyidagi o ‘ziga xos belgilari mavjud: atrof olam haqidagi tasaw u rlar va bilim boyligining bola yoshiga to‘g‘ri kelmasligi va chegaralanganligi, bilish faolligining past darajadaligi, ixtiyoriy faoliyat va xulq-atvor boshqaruvining yetarli emasligi, normal rivojlanayotgan xuddi shu yoshdagi bolaga nisbatan pertseptiv ma’lumotlarni qabul qilish va tahlil qilish qobiliyatining pastligi holatlari kuzatiladi. Bundan tashqari psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning aksariyat qismida ixtiyoriy diqqat, xotira va boshqa oliy psixik funksiyalarning yetarli shakllanmaganligi kuzatiladi. Psixik rivojlanishi sustlashgan bir guruh bolalarda aqliy yetishmovchilik, boshqa guruhida psixik infantilizm turi bo'yicha hissiy-irodaviy buzilishlar ustunlik qiladi.Psixik rivojlanishning sustlashuvida nam oyon boMuvchi nutq buzilishlari birinchi navbatda analizatorlararo o‘zaro ta’sirning yetarli emasligiga asoslanadi. Psixik rivojlanishning sustlashuvida farazali nutq kech rivojlanadi, yuqori maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar o'zaro fazoviy munosabatlarni ifodalovchi mantiqiy-grammatik kontruksiyalami amalga oshirishga q iynaladilar. Ular o‘z nutqlarida asosan eng oddiy konstruksiyalami qo’llaydilar Til vositalari yordamida sabab-oqibat, vaqt va boshqa munosabatlarni ifodalay olmaydilar. Gapni grammatik va semantik jihatdan tuzishdagi qiyinchiliklar xarakterli xususiyatdir.Psixik rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning lug‘at boyligi kambag'alligi va yetarlicha diffcrensiatsiyalashmaganligi bilan ajralib turadi: bolalar ma’no jihatdan yaqin so‘zlarni yetarli tushunmaydilar va aniq qo’llamaydilar. Lug‘atining chegaralanganügi ma’lum miqdorda atrof olam haqidagi tasavvurlari va tushunchalarining yetarli emasligi, bilish faolligining pastligi bilan belgilanadi.Shaxsiy faoliyati boshqaruvining zaifligi nutqiy bayon qilishni rejalashtirishdagi qiyinchiliklarni va uni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuza olmaslikni keltirib chiqaradi.Psixik rivojlanishning sustlashuvi uchun xos bo ‘lgan miyaning analizsintez faoliyati rivojlanishining orqada qolishi, maktabgacha yoshda tovush tahlilining yetarli shakllanmaganligida namoyon buladi.Katta maktabgacha yoshdagi bolalaming og‘zaki nutqida yaqqol ko‘zga tashlanuvchi nutqning tovush talaffuzi va grammatik tuzilish buzilishlari kuzatilmaydi, ammo tovush tahlilining yetishmasligi ko‘p hollarda nutqiy rivojlanish jarayonida ulaming orqada qolishining o‘ziga xos tomonlarini belgilaydi.Differensial tashxisda har tom onlama tekshiruv katta ahamiyatga ega. U buzilgan aqliy va nutqiy rivojlanishning klinik etiopatogenetik tahlilini, bolani psixologik o‘rganishni, shuningdek, qo‘shimcha tadqiqot usullarinielektro ensefalografik va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bola psixik rivojlanishi dinamikasining tahlili differensial tashxisga yaqindan yordam beradi. Nutq to‘liq rivojlanmaganligini, odatda, nutqiy rivojlanishning sekinlashuvi sifatida talqin qilinuvchi vaqtinchalik e’tiborli holatlardan chegaralash masalasi turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha hal etilgan. Bir qancha olim lar nutq to’liq rivojlanmaganligida barcha til sistemalari tuzilishidagi kamchiliklari bo’lishini tushungan holda, bu tushunchaga yanada e’tiborga loyiq bo’lgan holatlarni kiritadilar. Biroq, bolalardagi nutqiy buzilishlar muammosiga dialektik jihatdan yondashuv, eng avvalo nutq buzilishlarining namoyon bo’lishi dinamikasi va bartaraf etishishiga bog’liq ravishda, nutqiy rivojlanishdagi turli xil buzilishlarni chegaralash muhimligini ko‘rsatadi.Kuzatishlaming ko‘rsatishiga muayyan yosh bosqichida nutq barcha tomonlarining shakllanmaganligiga ega bolalarning bir qismi sistemali olib borilgan logopedik mashg'ulotlardan so'ng o’z nutq kamchiliklarini to'liq bartaraf eta oladilar va keyinchalik esa ommaviy m aktablarda muvaffaqiyatli o‘qish imkoniyatiga ega boladilar. Maktabgacha yoshda o ‘xshash nutq kamchiliklariga ega yana bir qism bolalarda esa sistemali logopedik mashg‘ulotlar o‘tkazilgandan so 'ng ham bir qator hollarda, ular o ‘z nutqiy kamchiliklarini to‘liq bartaraf eta olmaydilar, keyinchalik esa nutq kamchiligiga ega bolalar uchun tashkil qilingan maxsus maktablarda ta’lim-tarbiya ola turib ham uzoq yillar mobaynida yaqqol ifodalangan nutq kamchiliklariga ega bo‘lib qolaveradilar. Ehtimol, kichik maktabgacha yoshda tashqi ko‘rinishidan o‘xshash nutq nuqsonlariga ega bolalarda nutq kamchiligining paydo bolishi mexanizmlari va tuzilishi bir xilda emasdir, lekin nutq tuzilishining dinamikasi turlicha boladi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, ham amaliy, ham nazariy munosabatdan olib qaralganda nutq buzilishlari holatlariga ko‘ra alohida guruhlarga ajratiiadi.Eng avvalo nutq to ‘liq rivojlanmaganligini nutq shakllanishi tempining sekinlashuvidan farqlash lozim. Bunday zaruriyat asosan kichik maktabgacha yoshda, qachonki nutq rivojlanshining kechikishi va uning rivojlanish tempini sekinlashuvi aniqlanganda yuzaga keladi. Bu hollar birmuncha to‘g‘ri farqlash ta’limiy logopedik ta’sir jarayonida amalga oshiriladi. Muhim diagnostik mezonlardan biri, bola tomonidan ona tilidagi grammatik normalami o‘zlashtirish imkoniyati hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, nutqiy rivojlanishning birinchi darajasida, nutqning to‘liq rivojlanmaganligiga ega bola so‘zlaming grammatik o‘zgarishlarini deyarli butunlay tushunmaydi. Nutqiy rivojlanish tempining sekinlashuvida bola o‘ziga qaratilgan nutqni,shu jumladan so'zlarning grammatik o'zgarishlari ahamiyatini ko‘pincha yetarli darajada yaxshi tushunadi; ular o'xshash jaranglovchi so‘zlar ahamiyatini tushunishda xato qilmaydilar. Nutqiy rivojlanish tempining sekinlashuvida nutq tiklanishi jarayonida so‘z tarkibi buzilishlari va agrammatizm uchramaydi. Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar uchun bu xarakterli va turg‘un hol hisoblanadi .Shunday qilib, nutqiy rivojlanish sekinlashuvida bola nutqining rivojlanishi normal nutq rivojlanishidan faqat o ‘zining templari bilan farq qiladi. Impressiv va ekspressiv nutqdagi leksik-grammatik tarkib shakllanishining qonuniyatlari normal ontogenezdan farq qilmaydi. Nutqiy rivojlanishi sekinlashgan bolalaming grammatik tizimini qollashi xarakteri normal bolaning (kichikroq yoshli) nutqiy rivojlanish darajasiga mos keladi. Nutqiy rivojlanishi sekinlashgan bolalar til umumlashmalarini mustaqil egallash qobiliyatiga egadirlar, nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar esa egallay olmaydilar. Nutq va intellekt rivojlanishi 0‘rtasidagi uzviy bog'liqlik ko‘pincha nutqiy va aqliy rivojlanm aganlik o‘rtasidagi differensial tashxisni birmuncha murakkablashtiradi, chunki aqliy rivojlanmaganlik (oligofreniya) doimo u yoki bu darajada nutqiy rivojlanmaganlik bilan birga keladi. Boshqa tomondan qaraganda esa, yaqqol ifodalangan nutq to‘liq rivojlanmaganligida ham ko'pincha bola intellekti rivojlanishining sekinlashuvi yoki notekisligi kuzatiladi. Ayrim hollarda logopedik va psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonida, bolani dinamik tekshirish natijasidagina differensal tashxis muvaffaqiyatli chiqishi mumkin. Bolalar nutqi rivojlanishida eshitishning roli — nutq to‘liq rivojlanmaganligini eshitish buzilishlari negizidagi nutq kamchiliklaridan farqlash muhimligini belgilaydi.Eshitishning pasayishi tufayli yuzaga kelgan nutq buzilishlari ma’lum darajada eshitishni yo‘qolishi vaqti va eshituv nuqsoni xarakteriga bogliq bo‘ladi.Nuqson xarakteriga ko‘ra barcha eshitish buzilishlari konduktiv va neyrosensorga bo'linadi. Konduktiv buzilishda ichki va tashqi quloqda tovush o‘tkazuvchanIigi buziladi. Neyrosensorda ichki quloq, eshitish nervi, uning yadrolari yoki bosh miya po‘stlog‘ida joylashgan eshitish zonalarining jarohatlanishi kuzatiladi. Neyrosensor buzilishlar birmuncha ko‘proq uchraydi.Eshitish buziiishi zaif eshitish va karlikka bo’linadi. Bolalarda eshitish buzilishlari paydo bo‘lish vaqtiga ko‘ra 3 ta guruhga bo’linadi: tug‘ma, tug‘ruq vaqtida yuzaga keluvchi va tug‘ilgandan keyin orttirilgan. Eshitish analizatori funksiyasidagi kamchiliklar nutqning barcha tomonlari fonetik, leksik, grammatik, mazmun tomonlari buzilishiga, bir qator hollarda esa nutqning butunlay yo'qolishiga olib keladi. Bunda nutqiy rivojlanmaganlik darajasi nafaqat eshituv nuqsoni og‘irligiga, balki uning paydo bo‘lishi vaqti va bolaning rivojlanish shart-sharoitlariga ham bog‘liqdir (R.M . Boskis). Ushbu om illarni hisobga olish diagnostikada muhim ahamiyatiga ega. R.M. Boskis zaif eshitish negizida nutq rivojlanmaganligining alohida shakllarini ajratadi.Ma’lumki, eshitishning hatto sezilarsiz pasayishida ham nutq rivojlanishi buziladi. Bunda, faol nutqni egallash uchun nutqini tushunishdan ko‘ra ko‘proq eshitishning saqlanganligi talab etilishini hisobga olish muhim. Eshitishning to'liq saqlanganligi asosan nutq rivojlanishining senzitiv davrlarida muhimdir.Hozirgi kunda, chaqaloqlik davridan boshlab audiometriya yordam ida eshitish holatini boglovchi obyektiv usullar ishlab chiqilgan. Bu usul zaif eshituvchilik va karlik holatlarini erta aniqlashga va ularni alaliya, aqli zaiflik va autizmdan farqlashga imkon beradi. Eshitish kamchiligini keltirib chiqaruvchi mezonlarni aniqlash ularning oldini olishga yordam beradi. Bunday muhim mezonlardan biri anam nez ma’lumotlari hisoblanadi. Ma’lumki, qizilcha, qizamiq, gripp, hom iladorlikning dastlabki uch oyida onaning gerpes virusi va boshqa virusli va yuqumli kasalliklar bilan og‘rishi eshitish apparatiga salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Eshitish buzilishlari ko‘pincha turli xil tug‘ma kamchiliklar bilan birga qo‘shilib keladi. Masalan, lab va tanglay yoriqliklari kuzatiladi. Bu holat ko‘pincha chala tug‘ilishda, ayniqsa bolaning og'irligi 1500 grammni tashkil etsa, ona va bola qonining rezus-omili to‘g‘ri kelmaganda kuzatiladi. Bundan tashqari, eshitish buzilishlarini keltirib chiqaruvchi mezonlar guruhiga: turli otolaringologik kasalliklar (adenoid, otit va boshqalar), bola hayotining dastlabki oylari va yilida doimiy antibiotikiar bilan davolanishi, nasliy va xromosoma kasalliklari kiradi.0‘rta quloqning doimiy yallig‘lanish kasalliklariga ham katta e’tibor qaratiladi. Nutqida kamchiligi bor bola bilan vaqtini o‘tkazadigan hamma — o‘qituvchi, ota-ona, bobo-buvi, amma-xolalar tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganganda uni maqtashi, rag‘batlantirishi kerak. Shunda bolada o‘rganganlarini qo‘llash uchun xohish paydo bo‘ladi. Bunday bolalarning faol nutqi alohida so‘zlardan iborat: bolaga yaqin tanish kishilarni nom lash, tovush taqlidi, so‘z qismlaridan iborat ("da’' yoki "dada", "bo” yoki "bobo", "bi-bi"-m ashina va hokazolar).Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko‘ra kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyoji bo‘Imaydi. Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo‘lsa, u holda bu jarayon ikki-uch noto‘g‘ri artikulatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo‘g‘in komplekslari orqali am alga oshiriladi: undosh+unli yoki aksincha unli+undosh.Gapirmaydigan bo lalarning faol lug‘atida ayrim hollarda 5 - 1 0 ta, ba’zida esa 25—27 ta so‘z birliklari boladi. Nutq rivojlanishi mobaynida bola tom onidan faqat shunday alohida so‘zlardan foydalanish davri so‘z gap yoki bir so‘zdan iborat gap davri deb nomlanadi.Bir so‘zdan iborat gaplar nutqning normal shakllanishi jarayonidagi singari nutq rivojlanishi buzilishining barcha shakllarida ham bolalar nutqi rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasi I I BOB :NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR LUG’ATINI SHAKLLANTIRISHNING KORREKSION PEDAGOGIK YO’LLARI 2.1 . Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar lug’atidagi kamchiliklarni bartaraf etish yo'llari Logopedik ta’sir ko‘rsatishning asosiy vazifasi — istalgan tovushning namoyon bo‘lishi shaklida bolalarning taqlidiy nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan iborat.Bu bosqich gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish uchun mo‘ljal!angan. Dars turli interaktiv usullar va animatsion roliklar orqali olib borilsa, bolaning qiziqishi ortib, o‘zlashtirishi oson kechadi. Bolada qaysi tovushda kamchilik bo‘lsa, u ishtirok etgan bo‘g‘in, so‘z, sodda va murakkab gaplar va katta matnlar, she’r-u topishmoqlar ayttiriladi. Biz o‘rgatgan tovushlar faqat sinfdan chiqib ketgungacha qo‘llanmasligi kerak. Bolalarga bilimlarini mustahkamlash va amalda qo‘llash uchun ota-onaning ko‘magi ham zarur. Bitta guruhda sakkiz o‘quvchi bo‘lsa, logopedning ko‘zi bir paytning o‘zida ularning hammasiga qarab turishi kerak. Mashg‘ulot jarayonida har bir bolaning partasida oynalar turadi. Nutq kamchiliklarini bartaraf etish uchun “kosa”, “qo‘ziqorin”, “arg‘imchoq” va boshqa bir qancha mashqlarni bajaramiz. Oyna bolaning o‘ziga mashqni qanday bajarib turganini ko‘rsatib turuvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bolalar artikulyatsion mashqlarda o‘zini boshqa tengdoshi bilan taqqoslash holatlari kuzatilib turadi. Birida tez o‘xshasa, birida bu jarayon sekin bo‘ladi. Mashqni bajarishda qiynalayotganlar nega unda o‘xshaydi-yu, menda o‘xshamayapti deb so‘rashni boshlaydi. Shunday paytda sportchilarning mushaklari doimiy shug‘ullangani uchun baquvvat bo‘lgani kabi, sizlar ham ko‘p mashq qilsangiz, o‘xshaydi deb ko‘ngillarini ko‘tarishga harakat qilaman. Ayrim bolalarning nafas olish tizimida kamchiliklar bo‘lib, gapini bir nafasda tugatolmaydi. Ota-onalarga bunday paytlarda tavsiya etadigan, uyda bajarish samarali bo‘lgan mashqlar ham bor. Masalan, qoshiqda ovqat yoki suvni to‘kmasdan uzoq vaqt davomida puflab turish, ko‘pigi puflanadigan o‘yinchoqlarni ishlatish mumkin. Nutqida kamchiligi bor bola bilan vaqtini o‘tkazadigan hamma — o‘qituvchi, ota-ona, bobo-buvi, amma-xolalar tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganganda uni maqtashi, rag‘batlantirishi kerak. Shunda bolada o‘rganganlarini qo‘llash uchun xohish paydo bo‘ladi. Bunday bolalarning faol nutqi alohida so‘zlardan iborat: bolaga yaqin tanish kishilarni nom lash, tovush taqlidi, so‘z qismlaridan iborat ("da’' yoki "dada", "bo” yoki "bobo", "bi-bi"-m ashina va hokazolar).Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko‘ra kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyoji bo‘Imaydi. Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo‘lsa, u holda bu jarayon ikki-uch noto‘g‘ri artikulatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo‘g‘in komplekslari orqali am alga oshiriladi: undosh+unli yoki aksincha unli+undosh.Gapirmaydigan bo lalarning faol lug‘atida ayrim hollarda 5 - 1 0 ta, ba’zida esa 25—27 ta so‘z birliklari boladi. Nutq rivojlanishi mobaynida bola tom onidan faqat shunday alohida so‘zlardan foydalanish davri so‘z gap yoki bir so‘zdan iborat gap davri deb nomlanadi.Bir so‘zdan iborat gaplar nutqning normal shakllanishi jarayonidagi singari nutq rivojlanishi buzilishining barcha shakllarida ham bolalar nutqi rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.Bir so‘zdan va amorf so‘zlardan iborat gaplar davrida nutqni tushunish darajasi turlicha bo‘lishi mumkin: bolaning o ‘ziga qaratilgan oddiy iltimoslarni qiyinchilik bilan tushunuvchi eng past darajadan so‘zlarning alohida grammatik shakllari ahamiyatini tushunishgacha, masalan, otlarning birlik va ko‘plik shakllarini farqlashga qiynaladilar. Ayrim gapirmaydigan bolalar sodda ko‘makchili konstruksiyalar ma’nosini tushunadilar. Bunga ikki predmetning fazoviy munosabatini misol qilib ko‘rsatish mumkin: quti ichida, quti ustida, quti ostida quti yonida.Ba’zi bir bolalar yetarlicha passiv lug‘atga ega bo‘ladilar, ular ota-onasi, logoped va boshqalar iltimosiga ko‘ra og‘zaki ifodalangan, yetarlicha murakkab va turli xil topshiriqlami bajarish qobiliyatiga egadirlar. Bunday bolalar haqida ota-onalari odatda shunday deydilar: "Hamma narsani tushunadilar, biroq gapirm aydilar”. Ayrim bolalarda nutqni tushunish juda chegaralangan bo‘ladi.Bolalarning nutqni yaxshi tushunishi va yetarli darajada passiv lug‘atga ega ekanligi haqida tasavvur tug‘ilganda ham qo‘shimcha tekshiruvlar orqali shu yoshdagi soglom bolalarga nisbatan nutqni tushunishning chegaralanganligini aniqlashga erishiladi.Agar gapirmaydigan bolalam ing nutqni tushunishi darajasi past bolsa, u holda logopedik ishni birinchi navbatda nutqni tushunishni kengaytirishdan boshlash lozim . Logopediya amaliyotidan ma’lumki, nutqni yetarlicha yaxshi tushunish tufayligina bola gapira boshlashi mumkin. Agar nutqni tushunish darajasi birmuncha yuqori bo'lsa, istalmagan tovush nutq ko‘rinishlarini hosil qilish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi.Gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishga umuniiy tavsiyalar. Mashg'ulotlarni imkon qadar kichik guruhlarda (3 kishidan oshmagan ) o‘tkazish lozim. Yetakchi mashg‘ulot shakli o‘yindir. Mashg‘ulotlar, ayniqsa, ishning dastlabki bosqichlarida noverbol topshiriqlar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Logopedik ta’sirda aynan bir so‘z materialini ko‘p marotaba takrorlash va gapirmaydigan bola bilan bevosita hissiy aloqa o‘rnatish zaruriy sharoit hisoblanadi. Bu bosqichda bola nutqining har qanday ko'rinishni rag‘batlantirish muhim. Bolani biron narsa aytishga yoki takrorlashga majburlash kerak emas. Ayt, takrorla kabi so'zlardan foydalanmaslik kerak, chunki bolada bu iltimoslarga negativ ta ’sirlanish yuzaga keladi.Bu so'zlarni mos keluvchi savollarga yoki so‘zlarga almashtirish foydalidir (o‘ylab ko‘rchi, top-chi). Yoki bir tomonlama dialog harn foydadan holi emas, bunda katta odam ham savol beradi, ham o‘zi javob beradi. Bola tomonidan hozirgina talaffuz etilgan tovush taqlidini biri kki takrorlash ham yaxshi natija beradi. Masalan; bola bilan o‘yinchoqni javon oldiga borib, hayratomuz so‘raladi: "Qarachi, bu yerda kim paydo bo‘ldi? Uloqcha?!" Uloqchani tom osha qila turib, bir necha marotaba uloqcha ovozini imitatsiya qilish lozim: "Me-me-me". Uloqchaning bumi, qulog‘i, dumchasini bolaga ko‘rsata turib, logoped qiziqsinib so‘raydi. "Uloqcha qanday yig‘lashini sen bilasanmi?" Boladan istalgan tovush reaksiyasini olish zarur.Biroq, amorf — o‘zak so‘zlami (bola tom onidan yaratiluvchi) masalan, kuchuk so‘zi o'rniga — "chu" yoki sichqon so‘zi o ‘rniga — "chi" so‘zlarini bolalar ortidan takrorlash mumkin emas. Bolalar faqat to‘g‘r talaffuz qilinuvchi so‘z va gaplarni eshitishlari lozim. Logopedik ta’siming asosiy vazifasi passiv lug‘at boyligini to‘ldirishdan iborat. Bolalarga o‘yinchoqlari, tana a’zolari, kiyim-kechaklari, jonivorlar, alohida predmet va hodisalar nomlari va shu kabilaming nomlarini eslab qolish taklif etiladi.Passiv fe’l lug'ati bolaning o‘zi tomonidan amalga oshiriluvchi xatti harakatlar nomidan iborat bo‘lishi lozim (o‘tiribdi, yuribdi, kiyinyapti va hokazo). Bundan tashqari o‘ziga yaqin kishilar bajarayotgan xattiharakat nomlarini ham bilishi lozim , ammo bu lug‘at faqat bolaning bevosita bir necha marotaba o‘zi kuzatgan xatti-harakatlar nomi bilangina chegaralanishi mumkin. Shuni esda tutish lozimki, nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarda passiv fe’l lug'ati passiv predmet lug‘atidan birmuncha kam bo‘lishi mumkin. Shu sababli agar bolalar predmet nomlarini bilsa, u holda imkon qadar tezroq ulami harakat nomlarini tushunishga, shuningdek, sodir etilayotgan harakatlar yuzasidan beriiayotgan savollarni tushunishga o‘rgatish zarur: qayerda? qayoqqa? nima? nimga? qayerdan? kim uchun?Nutqni tushunishni rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida bolalardan alohida so‘zlarni tushunishning aniqligi talab qilinmaydi, shu sababli qayerga-qayerdan, och-yop va hokazo singan so‘zlam i farqlash vazifasi birinchi o ‘ringa q o ‘yilmaydi. Qayerda? Kimga? va shu kabi savollarni tushunishga o ‘igatish jarayonida bolalar dastlab bu so‘zlaming turlicha tovush ifodasiga tayanmaydilar, balki savolning keng nutqiy matniga tayanadilar. Buning uchun logoped savolida bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan "yordam beruvchi” so‘z bo‘lishi kerak. Shundan so‘nggina bolalar bu savollarni yaxshi tushunishga o‘rganadilar. Sekin-asta savollardan barcha "yordam beruvchi" so‘zlar olib tashlanadi. Shu sababli logoped dastlab jaranglanishi bo‘yicha o ‘xshash so‘roq so‘ziar bilan birga turli xil predmet va harakatlar nomini qo‘llaydi, masalan: qayerdan olding? (kitob) qayerga qo‘yding?, kimga berding? Xuddi shunday qo‘g‘irchoqni kiyintirish (kiyinmagan bo‘Isa), eshikni yopish (ochiq bo’lsa) iltimos qilinadi, am m o bola oldiga ikki harakatdan birini tanlab bajarish masalasi qo‘yilmaydi, masalan: qoshiqni ol—qoshiq bilan ol. Logopedik ishning keyingi bosqichlarida so‘roq so‘z!ari bir xil fe’llarda qo‘llaniladi: qayerga kelding? qayerdan kelding? va hokazo.0‘ziga qaratilgan nutqni (normal eshitish va birlamchi saqlangan intellektda) yomon tushunuvchi gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish vaziyatni ko‘p marotaba takrorlab gapirishdan boshlanadi.Katta odam vaziyatdan foydalanib bola olgan predmetiarni, bajargan harakatini, bolaning his qilgan hissiyotlarini (sovuq, issiq va h.k.) nomlaydi.Katta odam 2—4 so‘zdan iborat qisqa gaplar bilan orasida pauzalar qilib, aynan bir so‘z birikmasini 2 - 3 marotaba takrorlaydi. Nomlanuvchi predmetlarning turlicha o‘zaro munosabatini aks ettiruvchi so‘z!ar har xil grammatik shakllarda bir necha marotaba takrorlanadi. Barcha so‘zlar bo‘g‘inlarga bo‘linmay tabiiy ohangda gapiriladi, ammo cho‘zib talaffuz qilinuvchi unlilar o‘z holicha gapiriladi. Logopedning butun nutqi bolaga qaratilgan savollar bilan boyitilgan bo‘lishi lozim. Bolada faol lug‘atida mavjud nutqiy vositalar yordamida kattalar bilan muloqot qilish ehtiyojini tug‘dirish zarur.Bolaning ushlagan, silagan, ko‘rgan predmetlari nomini eshitgan, o‘zi bajargan harakatlari nom ini ko‘p marotaba eshitganidan so‘ng, boladan tanish predmetni olib kelish yoki shu predmet bilan bogliq biron-bir harakatni bajarishni iltimos qilish mumkin. Agar bola bu iltimoslami tushunmasa logopedning o‘zi predmetni oladi va uning nomini yana bir marotaba takrorlaydi.Gapirmaydigan bolalar bilan ishlashda, bunday bolalarning passiv lug‘atini chalg‘ituvchi so'zlar bilan toMdirish tavsiya etilmaydi.Mashg‘ulotni o‘tkazishda o‘yinchoqlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat va shu kabilar ko‘rgazmali material bo‘lib xizmat qiladi.Nutqiy taqlidni faollashtirish Nutqsiz bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishda kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyojini tug‘dirish mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Taqlidiy nutqiy reaksiyalar har qanday tovush komplekslarida ifodalanishi mumkin. Shu sababli logoped shunday bir sharoitni yaratishi zarurki, bunda bolada aynan bir tovush birikmasini talafïuz qilish (takrorlash) istagi paydo bolishi lozim. Chunonchi, logoped iltimosiga ko'ra bola hayvonlar va qushlar ovoziga taqlid qiladi: "mo‘-mo ‘", " k u -k u ' "chi-chi" va hokazo.Nutq rivojlanishining bu davrida bolalar o‘yinchoqlarni, tanish predmetlarni, harakatlami, o ‘z istaklari va munosabatlarini o‘zlariga qulay tovush shaklida nomlashlari mumkin.Bu davrdan "sakrab o‘tib ketishga" urinish noto‘g‘ri bo’ladi. Biroq bolalarning avtonom nutqini kengaytirish shart emas. Dastlabki imkoniyatdayoq so‘z kombinatsiyalariga o ‘tish muhim. Bunda bolada hech bo’lmaganda so‘zlarning ayrim qismlarini taqlid bo‘yicha amalga oshirish zarur.Bolalar nutqini faollashtirish yoki nutqiy taqlidni hosil qilish bolaning amaliy faoliyati o‘yin, ko‘rgazmali vaziyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Bunga turli xil, ammo zaruriy shart sharoitlarda erishiladi: bola bilan hissiy aloqaga kirishishda, nutqni tushunishning ma’lum darajasida, diqqat turg‘unligida, taqlid motivatsiyasining mavjudligida ko‘p narsa o‘yinlarning qanchalik qiziqarli tashkil qilinishiga, gapirmaydigan bolalarning ijobiy hissiyotlariga qanchalik chuqur ta’sir etishga , logopedning qay darajada ijodkorligiga bogliqdir.Taqlidiy nutqiy faoliyatni faollishtirishda kerakli natijaga erishish uchun taqlidni rivojlantirishni umuman olganda "Men kabi bajar” dan boshlash kerak. Bolalami predmet bilan bajariluvchi harakatlarga, qo‘l, oyoq, bosh harakatlariga taqlid qilishga o‘rgatish lozim. Logoped o‘zi va bolalarning xatti-harakatlarini so‘zlar bilan, agar iloji bolsa she’riy shaklda toldirib turadi.Qol panjalari harakatlariga taqlid qilishni rivojlantirishga, ayniqsa, jiddiy yondashish tavsiya etiladi(mayda qo‘l motorikasi rivojlantirilmaydi, balki qoll harakatlariga taqlid rivojlantiriladi). Og‘zaki nutqni shakllantirish bosqichida olib boriladigan logopedik ish yakunida bolalar passiv lug‘atlarida predmet va harakatlami ularning so‘z belgisi bilan taqqoslashga o ‘rganishlari lozim. Bolalarning passiv lug‘ati quyidagilardan iborat bo‘ladi: 1. Bola doimiy ko‘ruvchi predmet nomlari. 2 . 0 ‘zi yoki tanish kishilari bajargan xatti-harakatlar nomlari. 3. Ayrim holatlar nomlari (issiq, sovuq, iliq).Bolalarda kattalar so'ziga taqlid qilish ehtiyojini paydo qilish zarur.So ‘z taqlidi faoliyati kattalar tomonidan hech qanday tuzatish kiritilmay, istalgan nutq-tovushlarda ifodalanib namoyon bo‘ladi. O‘qitishning ikkinchi bosqichi — dastlabki so‘z shakllari Logopedik ta’sir ko‘rsatishning asosiy vazifalari: 1. Bolalarni quyidagi turdagi ikki so‘zli gaplarni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish: murojaat + buyruq (buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan), buyruq+predmet nomi (tushum kelishigidagi ot). 2. Ayrim kundalik so‘z birikmalarini yodlatish. 3. So‘zning uig‘uli bo‘g‘inini talaffuz qilish. 4. O‘zgalar nutqini tushunish hajmini kengaytirish. Bu bosqich bayon qilishda (gapda) ikki-uchta, ba’zan to‘rtta amorf so‘zlarni hech bir grammatik bog‘lovchilarsiz bog‘lash imkoniyati mavjud bolalar bilan logopedik ish olib borishga mo‘ljallangan. Bolalaning amorf so‘zlari bir-ikki, kamdan -kam uch bo‘g‘indan, shuningdek, so‘z tovush taqlididan iborat bo‘ladi.So‘z boyligi miqdori va amorf gaplar hajmi turli xil bo‘lishi mumkin, ammo ushbu davrning xarakterli belgisi — so‘z o‘zgartirish qobiliyatining butunlay yo‘qligidan iborat. Bolalar o‘z nutqlarida atrofdagilar nutqidan o’zlashtirilgan, "asoslangan" shakldagi so‘zlarni qollaydilar. Masalan, barcha kelishik shakllari o’rniga bosh kelishik, birlikdagi shakl qo’llaniladi. Birmuncha nutqi rivojlangan bolalarda gohida aynan bir so‘zning ikki shaklini uchratamiz. Masalan: mashinani "dit" deb nomlaydi, ammo nimada ketyapmiz? Savoliga "ditta" deb javob beradi. Bu davrda nutq holati sintaktik konstruksiyalarining butunlay yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Darak gaplarni tuzishda harakat nomlari yo butunlay bo'lmaydi yoki infinitiv-imperativ shakllarda va uning fragmentlari bilan ifodalanadi yoki "tugallanmagan" aniqlik fe’lida aks ettiriladi. Bola nutqida so‘zlar - harakat nomlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning rivojlanishi darajasi shunchalik yuqori boladi.Ayrim hollarda, so‘z o‘zgartirishning to‘la shakllanmaganligi holatida ham grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan so‘z birikmalari uchrashi mumkin.Ayrim bolalar ko‘proq bir so‘zdan yoki ikki so‘zdan iborat gaplardan foydalanishni davom ettiradilar, boshqalari esa to‘rt va undan ortiq so’zli gaplar hajmini va lug‘at boyligini kengaytiradilar. Eslatib o‘tamizki, normada 3 va undan ortiq so‘zlardan tuzilgan gaplar grammatik jihatdan to‘ldirilmay qolishi mumkin emas Agar nutqning normal rivojlanishi uchun ohangni juda erta va nihoyatda aniq amalga oshirish xarakterli xususiyat hisoblansa (bu holatda so'zdagi urg'u o ‘rnini juda erta o‘zlashtirish mumkin ), u holda rivojlanmagan bolalar nutqi bo‘g‘in eliziyasi deb nomlanuvchi, so‘zlardagi bo‘g‘inlar miqdorini qisqartirish bilan to‘lib toshadi.Nutq tuzilishi ritmikligini idrok qila olmaslik bolani so‘zning ritmikohang tomonini qiyinchilik bilan o‘zlashtirishiga olib keladi. Buning natijasida so‘z uzoq vaqtga qadar o'zining bo‘g‘inma-bo‘g ‘in ifodasini topa olmaydi. Keyinchalik ayrim bolalar she'rlarni qiyinchilik bilan yodlaydilar, chunki ular she'riy shaklning ritm va qofiyasini payqay olmaydilar.Ko‘pdan buyon ma’lumki, o’rganilayotgan nutqiy rivojlanish darajasidagi bolalarning turli bo‘g‘in tuzilmasiga ega so‘zlarni talaffuz qilish qobiliyati, so‘zlarni gapga birlash tirish imkoniyati bilan uzviy bogliqdir. Ikki, so‘ngra uch so‘zni jumla (hatto amorf-olzak so‘zlardan iborat) paydo bolgani zahoti, taqlid bo‘yicha avval ikki, so‘ng uch bo‘g‘inli so‘zlarni talaffuz qilish imkoniyati yuzaga keladi, masalan: mashina so‘zi- "mosina", "osina”, "posina".Qoidagi ko‘ra, qo’llanuvchi so'zlarning fonetik tarkibi erta nutq ontogenezidagi tovushlar bilan chegaralangan bo‘ladi, ammo nutq rivojlanishining bu bosqichida normaga qaraganda ularning to‘plami kam dag‘alroqdir.So‘z o‘zgartirishni qo‘llay olmaydigan bolalar bilan olib boriladigan logopediya ishining asosiy shartlaridan bilan nutqning mazmun tomonini rivojlantirishga yordam beruvchi tadbirlar o‘tkazishdir. Ekspressiv nutqqa bolaga tushunarli va uning imperessiv nutqida mavjud bolgan narsalar o ‘tkaziladi. 2.2. Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar lug’atini o’yinlar texnologiyalar orqali rivojlantirish Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o‘zining «men»ini anglash imkonini beradi. Aynan muloqotda «men» obrazining shakllanishi ro‘y beradi. Qulay tarbiya sharoitlarida, ya’ni kattalar va tengdoshlari bolaga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘layotganida uning ma’qullanishiga, ijobiy bahoga, tan olishga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Salbiy muloqot tajribasi tajovuzga, o‘ziga nisbatan ishonchsizlikka, odamovi bo‘lib qolishga olib keladi.Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi, odatda yuqori bo‘ladi. Kichik bolakay o‘z shaxsini haddan tashqari yuqori baholashi tabiiy, o‘rinlidir va bu kimdir uning shaxsiy xususiyotlarini salbiy baholagan («qizg‘anchiq») yoki uning xulq-atvorini, faoliyatini qandaydir bir ideal bilan, masalan tengdoshi bilan taqqoslagan taqdirda, shaxsni himoya qilishning o‘ziga xos mexanizmi hisoblanadi . Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar:– bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishishi, kattalarning savol va takliflariga javob berishi, o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlang; – tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashi, o‘yin harakatlari, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantiring; – bolangizning lug‘at zaxirasini kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o‘yinchoqlar, narsa-buyum qismlari (ko‘ylak yengi, cho‘ntaklari va yoqasi; mashina eshigi va g‘ildiragi kabilar) nomlari bilan boyitib boring. Gapda so‘zlarni birbiriga to‘g‘ri bog‘lashni (masalan, «Uyda ketdi» emas, «uyga ketdi», «Kecha boraman» emas, «Bugun boraman») o‘rgatishga alohida e’tibor bering;– bolalarni unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgating Nutqiy muloqotni rivojlantirish. Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqot va ko‘nikmalar mashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi. Maktabgacha ta’limda bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi.Mehnat jarayonida - xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi. Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar jarayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladilar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar. Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof olam haqidagi bilimlar mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi, aniqlashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi.Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalarning lug‘ati boyiydi. Agarda pedagog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.Bolalar badiiy adabiyoti bolalarni har tomonlama rivojlantirishning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u bolalar nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.Bolalar kitoblari she’riy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuyg‘ular va munosabatlar dunyosini ochib beradi hamda tushuntiradi. Badiiy so‘z bola nutqini boyitadi, uni obrazli, ifodali qiladi, jaranglayotgan ona nutqning go‘zalligini tushunishga yordam beradi. Bizga ma’lumki, juda ko‘p mashqlar sayr paytida uyushtiriladi. Masalan, sayr paytida bir bola eshak minib guruh bolalari yonidan o‘tib qoladi. Bolalardan biri havas bilan qaraydi va o‘z hayratini quyidagicha ifodalaydi: - «Vuy, ana u bola eshakda uchyapti». Murabbiy tuzatadi: – eshakda uchilmaydi, eshakka miniladi. So‘ng bolalardan so‘raydi: – yana nimaga miniladi? – velosipedga miniladi; – poyezdga miniladi; – otga miniladi; – samolyotga miniladi. Boshqa bir bola tuzatadi: – poyezdga chiqiladi, samolyotga uchiladi. Hayot shunday hamma narsa zamon, davr bilan bog’liq bo`ladi. Xalq og’zaki ijodimi, yozuvchilar tomonidan yaratilgan badiiy asarlarmi bari bir zamonga, davrga xizmat qiladi. Xalq poetik asarlarni o`qib, o`z hayot yo`lini to`g’ri, noto`g’ri ekanligini bilib, suyanib, xulosa chiqarib yashaydi, yutuqlardan quvonadi, kamchiliklardan azob chekadi. Bu hol ko`proq yosh avlodda ko`rinadi. O`rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi namunalari bazi tarixiy yodgorliklar, ilmiy asar va yodnomalardagina saqlanib qolgan. Eng qadimgi folpklyor asarlari miflar, jangnoma tipidagi afsonalar qaxramonlik va paxlavonlik eposlari, qo`shiq va maqolalardan tashkil topgan. Kishi dunyoga mukammal inson bo`lib kelmaydi. U tug’iliboq ertak yoki dostonlardagi qahramonlardek aqlli, dono, bilimdon bo`lib qolmaydi. Inson tevarak atrofdagi narsa va hodisalarga, odamlar orasida, tabiatning go`zal qo`ynida, hayvonot dunyosi, parranda-yu hashoratlar, turli-tuman voqea-hodisalar qurshovida, ular bilan muloqotda bo`ladi, o`sib ulg’ayadi va kamol topadi. Yaxshilardan ibrat oladi, yomonlardan nafratlanadi. Shuning uchun inson yaxshilik, ezgulik sari intiladi. Bu intilishlarni bola ilk va kichik yoshligidan boshlab o`ziga o`zlashtirishga intiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar ko`ngil ochishni, ermakni hohlaydilar. Chunki bu narsalar ular xayoti davomida tabiiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar hamma narsani o`yin va so`zlar orqali o`zlashtiradilar. Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida ularga o`z ona tillarining har tomonini ya’ni nozik taraflarini ham o`rgatib boradi. Chunki so`z orqali bola hayoti borasida muloqot qiladi, fikrlash doirasi kengayadi va tili ravon, aniq so`zlashga moslashib boradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar so`z, ibora va gaplarni qiziqib o`rganadilar hamda osongina eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalarning xotirasi endi shakllanib borayotgan paytda bunday mashg’ulotlar ularning xayotiga yo`l ochib beradi. Kichik yoshdagi bolalarga tarbiyachi so`zlarni o`rgatayotganida o`yinlar orqali murojaat qilish ayni muddao hisoblanadi. O`yin orqali bola o`zining lug’at boyligini kengaytirib to`playdi. Lekin kichik yoshdagi hamma bolalar ham o`rganayotgan so`zlarning ma’nosini to`g’ri tushunmaydilar. Ularni tushuntirish ota-onalar bilan tarbiyachining vazifasiga kiradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar uchun sodda va qiziqarli o`yinlar, tez aytishlar, ertaklar aytib berish yoki suratlarga qarab ertak o`ylab topish, she’r va ashulalarni yod olish ham katta samara beradi. Didaktik o‘yinlar quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi. Bolalarda didaktik o‘yinchoqlar bilan yakka yakka o‘ynash ko‘nikmasini rivojlantirish, jamoa o‘yinlarini tashkil etish, narsalarni faqat bir rangiga qarab ajratib olish, katta kichikligiga qarab ajratish xalqachalarni va kubikchalarni muntazam shaklda terib, ulardan narsalar yasash. Musiqaviy didaktik o‘yinlarda esa musiqa ovozlarining ba’zi bir xususiyatlarini farq qilishga o‘rgatish qadam va yugurish ritmini ajrata bilishga o‘rgatish vazifalari ham xal etiladi. Didaktik o‘yin orqali bolalarda eshitish, ko‘rish, sezish a’zolari yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun ishlatilgan materiallarning xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi ko‘rinishga qarab bir biriga taqqoslash guruhlarga ajratishni o‘rgatish vazifalari amalga oshiriladi. Didaktik o‘yin davomida bolalar o‘rtaga qo‘yilgan masalani xal etishda sabr matonatli bo‘lishga, qiziquvchanlikka, diqqat e’tiborlikka odatlantirib boriladi. Musiqaviy didaktik o‘yinlar orqali tovushlarni diqqat bilan tinglab baland pastligiga ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir biridan farq qila olishga o‘rgatib boriladi. Katta guruhda didaktik o‘yinlar quyidagi vazifalarni xal etishni maqsad qilib qo‘yadi. Kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir birini taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni aytib bera olish kabi sensor qobiliyatlarini tarbiyalash, biron hayvon, o‘simlik, transport ta’rif tavsif qilib berilganda ularning nomini topa olish malakasini o‘stirish, bolalarni umumiy tasavvurini buyumlarni umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo‘lish qobil yatini rivojlantirish, so‘z boyligini faollashtirish va to‘ldirish, qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va boshqalar) yasash malakasini o‘stirish.Nutqning rivojlanishi murakkab va ko'p qirrali hodisa. Nutq insonning tug'ma qobiliyati emas, u bolada o'sish va rivojlanish bilan birga asta-sekin shakllanadi. Bolaning nutqi qanchalik boy va to`g`ri bo`lsa, uning fikrlarini bayon qilish shunchalik oson kechadi, voqelikni bilish imkoniyatlari shunchalik keng bo`ladi, bolalar va kattalar bilan munosabatlari, xulq-atvori, binobarin, umuman uning shaxsiyati to`liqroq bo`ladi. Qonunbuzarliklarning oldini olishda hal qiluvchi rol nutqni rivojlantirish bolani rivojlanishida ikkilamchi og'ishlarning oldini olishga imkon beradigan iloji boricha tuzatish va tarbiyaviy ishlar o'ynaydi. Rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlari tufayli bolalar maqsadga muvofiq o'rganish va rivojlanishda. Logopedik bolalar ijtimoiy tajribani o'z-o'zidan o'rganishmaydi, ayniqsa erta yosh... Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlarini o'rganayotgan olimlar, avvalambor, ularning atrofiga qiziqish yo'qligini ta'kidlaydilar. Shu sababli, ushbu bolalarga ta'lim va tarbiya berishni tashkil qilish uchun ularning bilim faolligini oshirishga qaratilgan ta'sir usullari alohida o'rin tutadi, bu erda tuzatish va rivojlantirish o'yinlarini maqsadga muvofiq tashkil etish alohida o'rin tutadi. Tovushlarning to'g'ri talaffuzini ta'minlash uchun tavsiya etilgan o'yin texnikasi ko'p yillik amaliyot tomonidan sinovdan o'tgan. Ular asosan izolyatsiya qilingan avtomatlashtirish va hece va so'zlarda etkazilgan tovushlarning to'g'ri talaffuzini mustahkamlash uchun mo'ljallangan. Mashqlarning xilma-xilligi jihatidan eng qiyin bo'lgan heceler ustida ishlash. Haqiqat shundaki, alohida hece, xuddi tovush kabi, bolada o'ziga xos tasvirni keltirib chiqarmaydi, u tomonidan nutq nutqining tarkibiy qismi sifatida qabul qilinmaydi. Va agar tovush ba'zida eshitish assotsiatsiyasini keltirib chiqarishi mumkin bo'lsa (zz-z - chivin halqalari, rrr - it qichqiradi), unda maktabgacha yoshdagi bola uchun hece juda mavhum tushuncha. Darslik misoli - bu bolaning bo'g'inlarni saraton va sha ni shar yoki sharf kabi takrorlashi. Dastlabki tekshiruv paytida, maxsus ko'rsatmalarsiz, bunday rasm fonematik eshitish qobiliyati buzilgan va normal tovush talaffuzi bo'lgan bolalarda kuzatilishi mumkin. Avtomatlashtirish bo'yicha ishlar so'zlar va iboralardagi tovushlarning to'g'ri talaffuzini mustahkamlash bosqichiga etib borganida, rasm materialidan foydalangan holda faoliyatni sezilarli darajada diversifikatsiya qilishingiz mumkin. Quyidagi o'yin texnikasidan foydalanish izolyatsiya qilingan tovushni avtomatlashtirish va hecelerle bu ovozning to'g'ri talaffuzini mustahkamlash bosqichlarini samarali bajarishga yordam beradi. Kim uzoqroq? Bola va nutq terapevti ovozni to'g'ri va uzoq muddatli talaffuzida raqobatlashadi. G'olib ramz bilan belgilanadi (yulduzcha, doira va boshqalar). O'yin hushtak, hushtak, jarangdor tovushlarni avtomatlashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Kim kattaroq? Har qanday hisoblash materiallari ishlatiladi (itlar, qo'ziqorinlar, kvadratlar va boshqalar). Ovoz yoki bo'g'inning har bir to'g'ri talaffuzi uchun nutq terapevti va bola o'zlari uchun bitta raqamni olishadi. O'yinni bir xil talaffuz buzilishi bo'lgan ikki yoki uchta bola bilan o'ynash mumkin. Bunday holda, nutq terapevti uning to'g'riligini baholaydi va ishtirokchilarni mukofotlaydi.Petrushka o'rgating.Nutqni terapevt barmoq bilan qo'g'irchoqni olib, boladan u yoki bu tovushni yoki hecani to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatishini so'raydi. Bola o'qituvchi, Petrushka talaba sifatida ishlaydi.Moshinada boramiz.O'yin izolyatsiya qilingan ovozni avtomatlashtirish uchun ishlatiladi [p]. Shaxsiy darslar uchun daftarda bola va nutq terapevti mashinani chizishadi, undan burama yo'l uyga (daraxt, garaj, skameyka va boshqalar) cho'ziladi. Bola marshrutning boshiga barmog'ini qo'yadi va uzoq vaqt [p] deb barmog'ini yo'l bo'ylab olib boradi. Natijada, u qiziqadigan ob'ektga "haydash" kerak. Birinchi marta yo'l davomida 2-3 marta to'xtashga ruxsat beriladi. Ovozni [l] avtomatlashtirish uchun g'uvillashayotgan paroxod yoki samolyot tasviri tanlanadi; uchun [z] - chivin; uchun [f] - qo'ng'iz va boshqalar. Ayiq uchun takrorlang O'yinchoqlar stolda namoyish etiladi. Ularning har biri uchun bola tovush yoki bo'g'inni (yoki heceler qatorini) talaffuz qiladi. Nutqni terapevt bola bilan birga o'ynaydi: ayiqqa qanday yoqdi! Chanterelle eshitmadi, yana ayting! va hokazo.Tekshiramiz! Uy vazifasini bajarayotganda bola har bir to'g'ri talaffuz qilingan tovush yoki bo'g'inni daftarga qandaydir belgi (xoch, belgi) bilan belgilashi kerak. Daftardagi belgilar soni bo'yicha logoped talabaning tirishqoqligi va mehnatsevarligini tekshiradi va qayd etadi. Uyda bu vazifa ota-onalarning nazorati ostida amalga oshiriladi.Barmoqlar salomlashadi. Bola navbat bilan bosh barmog'i bilan ko'rsatkich barmog'iga, o'rta barmog'iga, halqa barmog'iga, kichik barmog'iga tegadi. Shu bilan birga, u berilgan tovushni yoki hecani talaffuz qiladi. Nutqni terapevt bolaning barmoq harakatlarining to'g'ri talaffuzini va aniqligini nazorat qiladi.Kichkina oyoqlar yo'l bo'ylab yugurdi .Bola ko'rsatkich va o'rta barmoqlar oyoq ekanligini tasavvur qiladi, bosh barmog'i halqa va kichik barmoqlarini kaftning o'rtasiga bosadi. Ko'rsatkich va o'rta barmoqlar bilan bola stolga «qadam qo'yadi», har bir «qadam» uchun berilgan tovush yoki bo'g'inni talaffuz qiladi. Gapiradigan qo'llar.Ba'zan bola uzoq vaqt davomida yangi to'g'ri tovushni hecellere kiritolmaydi. Bir undoshga unli qo'shilishi bilanoq, eski nuqsonli tovushning talaffuzi avtomatik ravishda yoqiladi. Keling, shunday qilaylik u keladi tovushlarni avtomatlashtirish haqida [w]. Nutqni terapevt ko'rsatmalar beradi: Biz "gaplashadigan qo'llar" bilan o'ynaymiz. Biz chap qo'lga [w], o'ngga esa [a] deyishni o'rgatamiz. Kel harakat qilib ko `Ramiz! Nutqni terapevt bolaning chap qo'lini qo'li olib borib, qanday qilib talaffuzni [w] stol ustidagi qo'lning engil zarbasi bilan birlashtirishni ko'rsatib beradi, xuddi shu tarzda o'ng qo'li gapirishni "o'rganadi" [a]. Shu bilan bir qatorda, stolni qo'llari bilan ozgina urib, bola sekin qadam bilan aytadi: Sh - a, sh - a. Asta-sekin [w] va [a] orasidagi pauza qisqaradi va bola uzluksiz talaffuz qilishga o'tadi.Qadamlar Nutqni terapevt bolaning daftariga qadamlar qo'yadi. Ovozni yoki hecani to'g'ri takrorlash bilan barmoqlaringizni zinapoyadan yuqoriga va pastga yurishingiz kerak. Yana bir variant: qadamlarni bolaning o'zi hisoblash tayoqchalari yoki gugurtdan yasalgan stol ustiga qo'yadi. Topshiriq bir xil bo'lib qolaveradi. Moychechak Bolaning daftarida logoped katta romashka chizadi, uning o'rtasiga kerakli undosh harfni yozadi (p, l, h, z, w va boshqalar) romashka barglariga unli harflar yoziladi. Bola bir yaproqchadan ikkinchisiga o`tib, oldinga va orqaga bo`g`inlarni o`qiydi: ra, ro, re; ar, op, er va boshqalar. Mashq harflarni biladigan 5-7 yoshli bolalar bilan olib boriladi va savodxonlikni o'rgatishda ham qo'llaniladi.Biri - kichik qadam, ikkitasi - boshqasi .Bola tik turibdi, kamarga qo'l qo'yadi. Gap terapevti uni har qadamda berilgan hecani yoki hecalar qatorini takrorlab, butun xonani aylanib o'tishga taklif qiladi. Logoritmik mashqlar.To'pni aylantiring Nutqni terapevt bolani berilgan tovushni talaffuz qilish bilan birga, koptokni polning bo'ylab bir chetidan ikkinchi chetiga aylantirishga taklif qiladi. Xirillash, sibilantlar va tovushlarni avtomatlashtirish uchun ishlatiladi. Shuningdek, bola to'pni yuqoriga uloqtirishi mumkin.Telegram Bolalar, qo'llarini ushlab, aylana hosil qilishadi. Nutqni terapevt bolaga o'girilib, tovush, bo'g'in yoki juft hecalarni nomlaydi. Bola do'stiga murojaat qilib, bu hecani takrorlashi kerak. Telegram o'qituvchiga qaytib, aylana bo'ylab aylanadi. Agar bolalardan biri ovoz ketma-ketligini noto'g'ri takrorlasa, u holda telegram manzilga etib bormagan va o'yin boshlangan. Mashq nafaqat hecelerdeki tovushlarni avtomatlashtirish uchun, balki fonemik idrokni rivojlantirish uchun ham ishlatiladi. Masalan, sha - sa, kogo, zu - zhu - zu va boshqalar bo'g'inlari aylana shaklida uzatiladi.Bu o'yin texnikasidan individual va kichik guruh darslarida foydalanish mumkin. Ularning aksariyati avtomatlashtirishning keyingi bosqichlarida qo'llaniladi, fonematik in'ikosning rivojlanishiga hissa qo'shadi va ba'zi tovushlarni farqlashda maqsadga muvofiq foydalanish mumkin. Barcha mashqlar osongina o'zgartiriladi, bolalar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi, nutq negativizmini yo'q qilishga yordam beradi va uy vazifasi uchun taklif qilinishi mumkin. Bolalar «D» harfi haqida quvnoq she’r eshiting. Oyijonim olmani To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar. Bir bo‘lagin ko‘rsatib, «D»ga o‘xshar, dedilar. «D» harfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga di,du,do‘,ad, id,od, o‘dbo‘g‘inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xor bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakkayakka o‘qitadi. Bunda «D» tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.Shu bo‘g‘inlar qayta bolalarning o‘zlariga tuzdiriladi va o‘qitiladi. Bunda tarbiyachi «Da» deydi va yo‘llanma beradi: avval qaysi tovushni eshityapsan («D» tovushini), o‘shani harf jildidan olib qo‘y. «Daa», endi oxirida qaysi tovushni eshityapsan? («a» tovushini) «D» harfining qaysi tomoniga «a» harfini qo‘yasan? (orqasiga). Tuzgan bo‘g‘iningni o‘qi: «Da» (Qolgan bolalar o‘z joylarida kesma harflardan foydalanib bo‘g‘in tuzadilar).Shu tartibda di, du, do‘ ,ad, id, od, o‘d bo‘g‘inlari tuzdiriladi va o‘qitiladi. Xulosa Ma’lumki til inson aqli faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir.Bolalar lug‘atini boyitishning asosiy manbasi bo‘lib kattalar nutqi, birinchi navbatda, bolalarni o‘qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining nutqi hisoblanadi. Ular tarbiyachidan obrazli so‘zlarni, ifoda va qo‘llash usullarini o‘zlashtirib oladilar; ular nima yaxshi-yu nima yomonligini ajratib ololmaydilar va eshitgan barcha so‘zlarga taqlid qiladilar. Shuning uchun tarbiyachining nutqi namunaviy bo‘lishi lozim. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Lug‘atni so‘zlar bilan – kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyimboshlar, mebellar, uy hayvonlari va ularning bolalari, o‘yinchoqlarning nomlari bilan, buyumlar qismlarining nomlari (ko‘ylak yengi va yoqasi; mashina kuzovi va g‘ildiraklari) bilan boyitib borish. O‘yinlarda bolalarga harakatlarning so‘zdagi ifodasini o‘z ifoda harakatlari va o‘yinchoqlar harakatlari bilan taqqoslashni o‘rgatish. Bolada o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish, qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirish uchun katta yoshli kishi o‘zining butun vujudi bilan bolani yaxshi tushunishini va uning yutuqlaridan xursand bo‘lishini va muvaffaqiyatsizliklarida hamdard bo‘lishini ko‘rsatishi zarur. Kattalarning mehri va tengdoshlarining xayrixoh munosabati bolada o‘ziga nisbatan hurmatni his etishda yordam beradi, o‘zini ko‘rsatish va shaxs sifatida o‘sish omili hisoblanadi, unda o‘zining haqiqiy insoniy qiyofasini ifodalashga nisbatan intilish rivojlanishiga ko‘maklashadi. Oilada biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun ham oilada tarbiya, madaniy xulq-atvor odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axloqiy tasavvurlarini tarkib toptirish va shu xildagi sifatning didiga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash kerak.Oilada farzandlar nutq madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘z samarasini berishi shubhasizdir. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday kiyinayotganini ko‘radilar va bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar. Bolalar bilan muloqotda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ona tilining leksik boyligini keng qo‘llashi: tushunish mumkin va o‘zlashtirish oson bo‘lgan so‘zlarni tanlashi, ulardan o‘z nutqida foydalanishi lozim.Bolalar bilan suhbat chog‘ida adabiy tilga oid so‘zlarni qo‘llash, qo‘pol so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik, oddiy so‘zlashuv tili va shevalardan, shuningdek, muomaladan chiqqan so‘zlardan qochish lozim. Tarbiyachining lug‘ati qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa, uning nutqi qanchalik yorqin bo‘lsa, bolalar shunchalik ko‘p so‘zlarni o‘zlashtirib olishlari mumkin. Shunday qilib, maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotiraga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotiraga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tavsiya Nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar lug’atini shakllantirishda amaliy metodlardan keng foydalanilsa yaxshi natija beradi.Bolalar bilan ko‘proq turli metodikalar va o‘yinlar frontal ravishda olib borish kerak.Ota -onalarning e’tibori ham juda katta ahamiyatga egadir. Bolaning harakterini inobatga olib ular bilan individual shug‘uylanishni ko’paytirish kerak. Bolaga ko‘p e’tibor berilsa nutqidagi barcha kamchiliklarni erta bartaraf etish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. –T.: 2016 y., 29-dekabr 2. Sh.Mirziyoyev,,Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik’’ Toshkent 2016-yil 3. Sh.Mirziyoyev,,Erkin va farovon demokratik davlatni birgalikda barpo etamiz’’Toshkent 2017-yil 4. Ayupova M.Y. “Logopediya” Darslik T: O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2007 5. A.F.Anufriyev, S.N.Kostromina. Bolalar uchun o‘rganishdagi qiyinchiliklarni yengish kerak. Moskva : 2001 Shomaxmudova R.Sh., Mo`minova L.R. «Bog`cha va kichik maktab 6. yoshidagi bolalar talaffuzidagi nuqsonlarni tuzatish». T., 1981 y. 7. 21. Ayupova M. «Korreksion ishlar metodikasi. (ma'ruzalar matni)». T 2005 y. 8. 22. Kozlov M.Ya., Levin A.L. «Detskaya surdoaudiologiya». Leningrad 9. “Medisina”, 1989 g. 10. 23. Rau F.F., Beltyukov V.I.i dr. «Metodika obucheniya gluxix ustnoy rechi». 11. M. “Prosveщenie” 1976 g. 12. 24. Shoabduraxmonov Sh., M.Askarova, A.Xojieva va boshqa. «Hozirgi 13. o`zbek adabiy tili». Toshkent, O`qituvchi, 1980 y. 14. 25. 15. Islombekova Z.. «Talaffuzga o`rgatish va eshitish qobiliyatini 16. rivojlantirish metodikasi» (Ma'ruzalar matni) T.: 2001 y 17. V.S.Avanesov. Pedagogik diagnostika ta’rifi, mavzusi va asosiy funksiyalari 2006 18. X.Akramova. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat texnologiyasi.2016 19. Akramova, X. (2020). Zamonaviy multimedia vositalaridan foydalanish–muvaffaqiyat garovi. Bola va Zamon jurnal. T, (2-2019) 20. Akramova, X. (2020). Коррекционно-педагогические обобенности формирование навыков здорового образа жизни у детей с умственной осталостью в семейных условиях. Архив Научных Публикаций JSPI. 21. Akramova, X. (2020). Aqli zaif oquvchilarda axborot dasturlari vositasida umumiy mehnat konikmalarini shakllantirish metodikasi. Архив Научных Публикаций JSPI 5.Bezrukikh M. Maktabda o‘qishdagi qiyinchiliklar: integral yondashuv 2007 22. T.G.Gencharenko. Muvaffaqiyatsiz bolalar. O‘qishdagi qiyinchililarning sabablari 2007 23. Haqberdiyev, J..Maxsus-maktab internetida koxlear implantantli bolalarda nutqiy muloqotni shakillantirish. 2021; Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 24. Y.Haqberdiyev. The importance of cochlear implant in the educational system of children with hearing disorders 2019 25. Haqberdiyev, J..Maxsus-maktab internetida koxlear implantantli bolalarda nutqiy muloqotni shakillantirish. 2021; Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2). 26. Islomova.O.(2021). Umumta’lim maktab qoshidagi logopediya shaxobchalari ishini takomillashtrish bo’yicha pedagogik tavsiyalar;. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании,(2).извлеченоот 27. X.Muzaffarova. Duduqlanish va uni korreksiyalash bo‘yicha olib boriladigan logopedik ishlar 2020 28. Muzaffarova, X. Didaktik o’yin texnalogiyalari-pedagogik fenomen sifatida 2020;. Архив Научных Публикаций JSPI 29. N.P.Slobodyanik. O‘qish qobiliyati cheklangan maktab o‘quvchilariga psixologik yordam. M., Iris-Press, 2009 30. Temurova, G.O’yin eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning nutqiy qoiliyatlarini faollashtirish omili sifatida 2020;. Архив Научных Публикаций JSPI 31. Тангирова.Д & Музаффарова.Х. (2014). Нарушения фонетических норм, встречающиеся в речи учащихся, и пути их исправления. Молодой ученый, (20), 738-740. 32. Yunusov.M. (2020). Мактабгача таълим жараёнига мультимедиа технологиясини татбиқ этиш. Архив Научных Публикаций JSPI, 33. Mo‘minova L, R .Maktabgacha yoshdagi bolalarni savodga o‘rgatish dasturi -T., 1996 34. Ayupova.Logopediya- T 2017 35. 1(75).извлеченоот Intrnet saytlar: Ziyonet.uz Google.com Kutubxona .uz https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/6480 https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2619 https://journal.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/711 Download 140.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling