O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi мirzo ulug’bek nомidagi o’zбbеkisтоn мilliy universiteti ijтiмоiy fаnlar fакulтетi ijтiмоiy ish каfеdrаsi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish fаnidan


Muruvvat uylarining faoliyat olib borish tartibi


Download 61.42 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi61.42 Kb.
#1535318
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
gulom1

1.2. Muruvvat uylarining faoliyat olib borish tartibi
«Muruvvat» bolalar internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan,4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
«Muruvvat» bolalar internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar quyidagi tashxislar bilan qabul qilinadi: mo‘’tadil darajadagi aqliy zaiflik; og‘ir darajadagi aqliy zaiflik;
chuqur darajadagi aqliy zaiflik; bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi gemiparez, paraparez va tetraparez asoratlari bo‘lgan mo‘’tadil darajadagi aqliy zaif bolalar tserebral falajligi;
intellektning qo‘pol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;
dementsiya. Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgantaqdirda amalga oshiriladi.
Muruvvat» bolalar internat uylariga yuborishga qarshi ko‘rsatkichlar tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq xurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik; bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘polva hulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar; ular bilan kasallanganda bolani umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish mumkin bo‘lgan har qanday ruhiy kasalliklar; jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi; yuqumli teri va soch kasalliklari; o‘tkir yuqumli kasalliklar; salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari; tanosil kasalliklari. «Muruvvat» bolalar internat uylariga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar hududiy davolash profilaktika muassasalariga yuboriladi.
Nogiron bolalar — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufyli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar; nogironlarni ijtimoiy himoya qilish — nogironlarga turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi, qoplashi (kompensatsiya qilishi) uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi hamda ularga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi; nogironlarni reabilitatsiya qilish — nogironlarga organizmining izdan chiqqan yoki yo‘qolgan funksiyalarini tiklashiga va ularni kompensatsiya qilishiga, turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi uchun yordam berishga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, jismoniy, kasbga, mehnatga doir chora-tadbirlar tizimi; shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi — shaxsning o‘ziga o‘zi xizmat qilish, harakatlanish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek o‘qish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligi
Shaxsni, shu jumladan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish esa, tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari va tibbiy-maslahat komissiyalarini tuzish, shuningdek ular tomonidan xulosalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi.

  • Bundan tashqari noguronligi bor ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosati:nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

  • nogironlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • nogironlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;

  • nogironlarning huquqlari va ular uchun imkoniyatlar tengligini ta’minlash;

  • nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash;

  • nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim olishini ta’minlash;

  • davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nogironlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatining oshkoraligini hamda ochiq-oydinligini ta’minlash;

  • nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish.


1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling