Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


II.BOB. Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to‘lovlar


Download 322.23 Kb.
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi322.23 Kb.
#1542616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq va majburiy ajratmalarning yuzaga kelishi va to‘lanishi

II.BOB. Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to‘lovlar majburiy ajratmalarning yuzaga kelishi va to‘lanishi hisobi

    1. Byudjet tashkilotlarida ish haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlar va unga tenglashtrilgan to’lovlar

O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar sharoitida tashkiliy faoliyat samaradorligi ko’p jihatdan ishlab chiqarishni tashkillashtirish hamda ishchi-xodimlarning mehnat faoliyatini tegishli tarzda rag’batlantirishga bog’liq. Mehnatga haq to’lash tizimini isloh qilish davomida jarayon ishtirokchilari quyidagi ikkita vazifaning yechimini topishga erishishlari darkor:

    1. Korxonada ishlayotgan har bir ishchi-xodimga, birinchidan, mehnat faoliyatining natijasiga, ikkinchidan, mehnat bozorida konkret turdagi ishchi kuchi uchun to’lanayotgan real qiymatdan kelib chiqib haq to’lanishini kafolatlash;

    2. Korxonalar o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda realizatsiya qilganidan so’ng foyda olishga muvaffaq bo’lishi zarur.

Demoqchimizki, ham ishchi-xodimlarning, ham ish beruvchilar - tadbirkorlarning manfaatlarini birdek qondirish uchun mehnatga to’lanadigan ish haqi salmog’ini oshirish barobarida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlarning har bir donasiga sarflanadigan xarajatlar salmog’ini kamaytirish, shuningdek korxonaning iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga erishilsa, har bir ishchiga to’lanadigan ish haqining qiymati oshirilishini kafolatlash zarur bo’ladi. Bundan chiqdi, mehnat haqining ma'lum darajada oshirilishi uchun iqtisodiy faoliyat samaradorligi oshirilishi lozim va aksincha, mehnat samaradorligining oshirilishi pirovard natijada ish haqi qiymatining oshirilishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu iqtisodiy qonuniyat mehnat faoliyatini rag’batlantirish tamoyilining asosini tashkil etadi. Shu tamoyilga amal qilish tufayli ish beruvchilar -tadbirkorlar iqtisodiy faoliyatining yakuniy samarasi sifatida olinadigan foyda hajmini oshirishga, ishchi- xodimlar esa moddiy ahvolini yaxshilashga muvaffaq bo’lishadi.
Mehnatga bo’lgan talab va taklif mamlakatda mavjud ishchi kuchiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Shu o’rinda mamlakatimiz mehnat bozori to’g’risida ba’zi bir ma’lumotlarga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra mamlakatimizda iqtisodiy faol aholi soni 2022 yilning uchinchi choragida 14 946,2 ming kishini tashkil etgan. Bu 2021 yilga nisbatan qariyb 200 mingga ko’paygan. Shundan 13 608,8 ming kishi bugungi kunda ish bilan band.(1-jadval).
1-jadval.
Mamlakatimizda bandlik darajasi5
Mamlakatimizda bandlik darajasi ya’ni band aholi sonining mehnatga layoqatli aholi soniga nisbati 2020 yilda 67,4 foizni tashkil etgan. Hududlar kesimida qaraydigan bo’lsak, bandlik eng yuqori bo’lgan hududlar jumlasiga Toshkent shahri (77,5%), Toshkent viloyati (71,4%), Buxoro viloyati (70,7%) va Sirdaryo viloyati (70,5%) kiradi.


2.1.1-rasm. Norasmiy mehnat bilan bandlikning ijtimoiy–iqtisodiy oqibatlari6


    1. Download 322.23 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling