Oʻzbekiston respublikasi oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Institutsionalizm nazariyasi . Klassik vaneoklassik nazariyalar
Download 41.22 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
2.2. Institutsionalizm nazariyasi . Klassik vaneoklassik nazariyalar.
Iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga intilish yoki fanlararo yondashuv ustivorligiga ishonch; Klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish) etishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o`tkazishga chorlash.bu yo`nalishning vujudga kelishi, shakllanishi va evolyutsiyasining ma`lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen, J.Kommons, U.Mitchell asarlarida iqtisodiy tsikl va inqirozlar tarixi bo`yicha faktik materiallar jamlangan. Bu olimlar jamiyat a`zolari uchun xos bo`lgan urf-odat, an`ana, odob-axloq, instiktlarni o`rganish bilan shug`ullanadilar. Ularda nazariy tadqiqotdan ko`ra, yozib borish, qaydetish uslubi ortiqroqdir. Masalan, T.Veblen ―Bekorchi sinf nazariyasi‖ (1989) asaridagi odatlar to`g`risidagi tahlilda xolizm metodologiyasini qo`llaydi. Odatlar individlarning bozordagi, siyosiy sohadagi, oiladagi hatti-harakatlari doiralarini belgilash beruvchi institutlardan biri hisoblanadi. Insonlar hatti-harakati Veblen tomonidan ikkita juda qadimiy odatdan keltirib chiqariladi. Bu odatlarni u raqiblik hissiyoti (boshqalardan birinchi bo`lib, umumiylikdan ajratib turish istagi) va mahorat hissiyoti (halol va samarali mehnat qilishga moslashish) deb nomlaydi. Ushbu muallifning fikriga ko`ra, raqiblik hissiyoti mulkchilik va bozordagi raqobatning asosida yotadi. Ushbu hissiyotning o`zi individ o`z tanlovini amalga oshirishda o`z foydaliligini ko`paytirishni emas, balki boshqalarning ko`z o`ngida o`z nufuzini oshirishni ko`zlovchi oshkora iste`molni‖ izohlaydi. Masalan, sotib olmoqchi bo`lgan avtomobil`ni tanlashda iste`molchi uning narxiga va texnik xususiyatlariga emas, balki muayyan rusumdagi mashinaga egalik qilish orqali ta`minlanadigan nufuzga e`tiborini qaratadi. J.K.Gelbreyt esa tahlilini axborot va axborot almashinuvining ishtirokchilar o`rtasida taqsimlanishi masalalaridan boshlaydi. Uning asosiy fikri – hozirgi bozorda hech kim to`liq axborotga ega emas. Har bir shaxsning bilimlari ixtisoslashgan bo`lib, xususiy ahamiyatga ega, axborot to`liqligiga faqat ushbu to`liq bo`lmagan bilimlarni birlashtiruvchi tashkilot doirasida erishish mumkin, deb ta`kidlaydi. Bunda hokimiyat alohida shaxsdan guruhga birlashgan, individuallikka ega bo`lgan tashkilotlar qo`liga o`tadi. So`ngra bu tashkilot individlarning hatti-harakatlariga ko`rsatadigan ta`sirni tahlil qilib, individlar tavsiflarini institutsional muhit funktsiyasi sifatida ko`rib chiqadi. Masalan, uning ta`kidlashicha, iste`mol talabining o`sishi iste`molchilarning o`z ichki tuyg`ulari yuqori bo`lishidan emas, balki ularni ishontirish uchun reklamadan faol foydalanuvchi korporatsiyalar manfaatlarining o`sishidan kelib chiqadi. Institutsionalizm eqolyutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo`lish mumkin:20-30 yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1886-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940) U.Gamil`tonlar faol himoya qildilar.Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafkurachilari iqtisodiyotdagi rama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ruzvel`t tomonidan ilgari surilgan ―YAngi kurs‖ islohotlarini amalga oshirish bo`yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o`rgandilar, ishchilar harakatining kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50-yillarda J.M.Klark ―iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi‖, A.berli ―Mulksiz hokimiyat‖ va ―XX asr kapitalistik inilobi‖ kitoblarini nashr etdilar. G.Mints o`zining maqolalarida aktsionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funktsiyadan ajralish jarayonini qayd etdi. 60-70-yillarda ijtimoiy-institutsional yo`nalish, ya`ni neoinstitutsionalizm paydo bo`ldi. 60-yillardagi institutsionalizm asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik imqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiyinstitutsional yo`nalish ta`limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan. Bu yo`nalish g`oyalari iqtisodiy o`sish omillari nazariyasining mafkurachisi U.Rostou, so`lkeynschilik yo`nalishi tashkil topgan. SHunday bo`lsada biz ularni eski va neoinstitutsionalizmga ajratamiz. ―Eski‖ institutsionalizm bilan neoinstituttsionalizmda ko`plab umumiylik mavjud – bu institutlarni tadqiq etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o`rganishga nisbatan evolyutsion yondashuvlarning ayrim jihatlarini tahlil qilishdir. Umuman olganda ushbu ikkita yondashuv-kesishuv nuqtalariga ega emas. Rossiyalik olim R.Nureevning fikriga ko`ra, ―eski‖ institutsionalizm bilan neoinstituttsionalizm o`rtasida, kamida, uchta asosiy farq mavjud: 1) agar ―eski‖ institutsionalistlar zamonaviy iqtisodiy nazariya muammolarini jamiyatdagi boshqa fanlar usullari bilan o`rganishga intilgan holda huquq va siyosatdan iqtisodiyot tomon borishsa, neoinstitutsionalistlar bunga to`g`ridan-to`g`ri qarama-qarshi yo`ldan borishadi, ya`ni o`z tahlilida neoklassik iqtisodiy nazariya vositalariga tayanadi, zamonaviy mikroiqtisodiy usullarni qo`llagan holda siyosiy va huquqiy muammolarni o`rganishadi. 2) ―Eski‖ institutsionalizm asosan induktiv usulga asoslanib, alohida holatlardan umumlashtirishga tomon intildi, buning natijasida, qator iqtisodchilarning fikriga ko`ra, umumiy institutsional nazariya yuzaga kelmadi; neoinstitutsionalizm deduktiv yo`ldan borib, neoklassik iqtisodiy nazariyaning umumiy tamoyillaridan ijtimoiy hayotning muayyan hodisalarini izohlashga intilmoqda.―Eski‖ institutsionalizm radikal iqtisodiy tafakkur oqimi sifatida asosiy e`tiborni insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan kasaba uyushmalari va hukumat) hatti-harakatiga qaratdi;neoinstitutsionalizm qaysi jamoa a`zosi bo`lish uning uchun foydali ekanligini o`z manfaatlariga amal qilgan holda hal etuvchi mustaqil individga e`tibor qaratadi.―Eski institutsionalizm‖ radikal iqtisodiy tafakkur oqimi sifatida asosiy e`tiborni insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan, kasaba uyushmalari va hukumat) hatti-harakatiga qaratdi; neoinstitutsionalizm qaysi jamoa a`zosi bo`lish uning uchun foydali ekanligini o`z manfaatlariga amal qilgan hal etuvchi mustaqil individga e`tibor qaratadi.―Eski‖ institutsionalizm metodologik xolizmdan foydalanadi, uni umumiy tarzda quyidagicha ta`riflash mumkin: ―institutlar birlamchi, individlar ikkilamchi‖. Ushbu neoinstitutsional nazariyaga asos qilib olindi. SHu nuqtai-nazardan ―eski‖ va ―yangi‖ institutsional maktablarni bir-biridan farqlash lozim. Amerikalik institutsionalizm vakillari iqtisodiy jarayonlar asosining umumiy tushunchasiga ega emaslar. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog`langan deb hisoblasa, Kommons - ruhshunoslik va huquqni, Mitchell – antropologiya va matematik hisob-kitoblarni ustun qo`yadi. Amerikalik neoinstitutsionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlarni industriya rivoji va texnokratiya rolining o`sishi bilanbog`lamoqdalar, shuningdek, bu jarayonlarning borishini tushuntirishda jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy - institutsional yo`nalish iqida turli oqim va maktablar vujudga keldi. Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy: Ijtimoiy-psixologik; Ijtimoiy-huquqiy; Empirik yoki kon`yunktur-statistik oqimni ajratish mumkin.Lekin, shu bilan birga, barcha yo`nalishlar uchun xos bo`lgan umumiylik ham mavjud. Ularning barchasi ozmi-ko`pmi burjua jamiyatini axloq-psixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik yo`lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua jamiyatini mutlaq maqtashdan chetlangandirlar. Bu yo`nalish g`oyalariga baho berib, g`arb iqtisodchilari institutsionalizmni ―Formalizmga qarshi g`alayon‖ deb qaramoqdalar, uni klassik iqtisodiy maktabga qarama-qarshi qo`ymoqdalar. Bu yo`nalishning paydo bo`lishi va avvalgilardan farq qilishi vaqt va sharoit taqozosi tufaylidir, chunki kapitalizm avvalgi davrdagidan keskin o`zgardi, davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa, kasaba uyushmalarining roli ortib ketdi. Ularni hisobga olmaslikning iloji yo`qedi. Ikkinchi tomondan bu yo`nalishning ―norozilik kayfiyati‖ eng yuqori naf nazariyasiga ham qarshi qaratilgan edi. Agar bu nazariya mikroiqtisodiy tahlil bilan shug`ullansa, institutsionalizm makroiqtisodiy tahlilni amalga oshiradi. ―YUqori naf‖ vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy sub`ekti sifatida Robinzon (alohida individ)ni tanlasa, institutsionalizm mafkurachilari kollektiv – jamoa ―psixologiyasi‖ni birinchi o`ringa qo`yadilar. Ular ―yuqori naf‖ nazariyasiga qarshi chiqib, jamiyatning stixiyali rivoji o`rniga ishlab chiqarishni boshqarishda ijtimoiy tadbirlar qo`llashni afzal ko`radilar. Boshqa maktablardan farqli ravishda, institutsionalizm iqtisodiy hayotining ba`zi ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o`zgarishni asos qilib oldi, ammo davlat monopolistik kapitalizmi tizimini qo`llab quvvatladi. Ularning g`oyalarida ―Ijtimoiy nazoratni‖ himoya qilish orqali yangi sharoitda iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishi lozim deb ko`rsatiladi. Ayniqsa bu sharoitda huquqiy masalalarni rivojlantirish muammosi dolzarb qilib qo`yildi. Ular ―erkin sohibkorlik‖ va marjinalizmga qarshi сhiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik mexanizmi borligini inkor etdilar va iqtisodiy jarayonlarni chiqdoriy tahlil qilishning tarafdorlari edilar. Kenysdan ancha avvalroq ular davlat iqtisodiyotiga faol aralashishi kerak degan fikrni ilgari surdilar. Endi shu yo`nalish tarafdorlarining ayrim g`oyalari bilan tanishib chiqamiz. YUqorida institutsional yo`nalishning asosiy g`oyalari va dasturi ko`rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo`nalish g`oyalari dolzarbligicha qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda ―Veblen kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan‖. Bu yo`nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta`limotda hozirgi zamon jamiyatini qayta qurish transformatsiya masalalari g`oyat muhim o`rinni egallaydi. Ularning fikricha, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli jamiyatdagi sotsial qarama-qarshiliklar yo`qolib boradi. Jamiyatning konfliktlarsiz evolyutsiyasi, uning industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki ―neoindustrial‖, informatsion jamiyat sari rivoji ro`y beradi. Texnik-iqtisodiy omillarni mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergentsiya nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.K.Gelbreyt, P.Sorokin – AQSH, Raymond Aron –Frantsiya, YAn Tinbergen - Niderlandiya). ―Industrial‖, ―Postindustrial jamiyat nazariyasi ikki sotsialistik va kapitalistik tizimni yagona tizimgakeltiruvchi konvergentsiya nazariyalari yangilik emas. Masalan XIX asr oxirida nemis iqtisodchisi (yuqorida berilgan) V.Zombart ―Hozirgi zamon kapitalizmi‖ asarida plyuralizm, ya`ni turli sotsial tizimlarni -kapitalistik, sotsialistik, mayda ishlab chiqaruvchilarni yagona plyuralistik jamiyatga birlashtirish g`oyasini aytgan edi. J.K.Gelbreyt asarlarida, bufikrlar to`laroq ifodasini topgan. Unda ikkala tizimda ro`y berayotgan umumiy o`zgarishlar qayd etildi (rejalashtirishda foydalanish, davlat va korporatsiya o`rtasidagi farqlarning yo`qolib borishi, tashqi muhitni o`rganish, fan va ta`limning mehnat taqsimoti oshishida asosiy omil ekanligi va boshqalar). Asta-sekin kapitalizmning ―yomon tomonlari sotsializmning ―yaxshi xususiyatlari bilan chirmashib ketishi kerakligi aytiladi, ―kapitalizm transformatsiyas ro`y berishi bashorat qilinadi. J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: ―Mo`l-ko`lchilik jamiyati (1958), ―YAngi industrial jamiyat(1967), ―iqtisodiy nazariyalar va jamiyat maqsadlari (1973), ―Pullar (1975), ―Ishonchsizlik asr (1977). Bundan tashqari, olimning ko`pgina maqola va interv`yulari ham bor.Superindustrial jamiyat to`g`risidagi g`oyalar amerikalik futurolog Tofflerning ―Uchinchi to`lqin‖ kitobida ba n etiladi. Unda ―yangi tsivilizatsiya‖ davri vujudga kelad deyiladi. Keyingi paytlarda neoinstitutsionalizm nazariyalari ham paydo bo`lmoqda. Bu nazariyalarda texnik omillarni mutlaqlashtirishdan chekiniladi va asosiy e`tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi. SHunday yo`l bilan mulk huquqi (Ronal`d Kluz - AQSH) jamoat tanlovi (Jeyms ByuKen`en - AQSH) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu qarashlar natijasida rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ham o`zgarmoqda. Bu siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari bormoqda. Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g`oyasi shuki, inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida qaraladi va yangi jamiyat shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun o`z siyosatini qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi. XXI asr esa ―inson asr deb e`lon qilinadi. Iqtisodiy evolyutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi iqtisodiy-globalistlar shu qoidaga amal qiladilarki, evolyutsiya turli iqtisodlarning o`zaro yagona iqtisodga aylanishi emas, balki turli tizimlarga aylanishidir. Bu oqibatda yangi industrializatsiyani ta`minlaydi, bunda inson bosh, hal qiluvchi o`z o`rnini egallaydi. Asosiy vakillari: Loran Teveno, Lyuk Boltyanskiy, Oliv Favorot, Fransua Aymard Dyuven.Asosiy ishlari: L.Teveno, L.Boltyanskiy ―Ahamiyatli iqtisodiyot‖ (1987). YAngi frantsuz institutsionalizmi – yoki shartnomalar iqtisodiyoti – 1980-1990 yillar oxirida paydo bo`lgan institutsionalizmning so`nggi tendentsiyasi. Ushbu tendentsiyaning o`ziga xosligi shundaki, bozor iqtisodiyoti alohida tadqiqot ob`ekti sifatida emas, balki jamiyatning quyi tizimi sifatida qaraladi. Ikkinchisi turli-xil ―institutsional quyi tizimlar‖ yoki ―dunyolarni‖ tahlil qilish nuqtai-nazaridan ko`rib chiqiladi, ularning har biri odamlar o`rtasidagi muvofiqlashtirishning maxsus usullari - ―kelishuvlar‖ va odamlarning harakatlariga qo`yiladigan maxsus talablar bilan tavsiflanadi. YAngi frantsuz institutsionistlari tadqiqotlarning yangi bo`lgan bunday tahlil quyidagi institutsional quyi tizimlari aniqlaydi. Bozor quyi tizimi. U neoklassik nazariyada tahlil qilingan ―bozorni‖ o`z ichiga oladi. Bozor quyi tizimida faoliyat yurituvchi ob`ektlar ixtiyoriy ravishda ayirboshlanadigan tovarlar va xizmatlardir. Ushbu maxsulotlar haqida asosiy ma`lumotlar narxlarda taqdim etiladi. Sub`ektning hatti-harakati oqilona bo`lishi kerak. Harakatlarni muvofiqlashtirish narx mexanizmining ishlashi orqali muvozanatga erishish orqali amalga oshiriladi. Bu erda qiziq jihat shundaki, bozor quyi tizimida xulq-atvor normalarini bajarish oqilona harakat qilishning zaruriy sharti bo`lib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, yangi frantsuz institutsionalizmiga ko`ra boshqa institutsionalizm maktablari vakillari ishonganidek, ratsional xulq-atvor va normalarga rioya qilish bir-biriga mutlaqo zid emas. Sanoat quyi tizimi. U sanoat korxonalaridan iborat. YAngi frantsuz institutsionalistlarining fikricha, ―bozor hech qachon ishlab chiqarish joyi emas, lekin korxona doimo u bo`ladi‖. bu ularning ta`limotiningasosiy nuqtalaridan biridir. ―Bozordan‖ farqli o`laroq, sanoat quyi tizimida ob`ekt standartlashtirilgan maxsulotlar bo`lib, asosiy ma`lumotlar narx bilan emas, balki texnik standartlar bilan amalga oshiriladi. Faoliyatni muvofiqlashtirish alohida elementlarning funktsionalligi va izchilligi orqali amalga oshiriladi. SHunday qilib, sanoat dunyosi ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy asosidir.An`anaviy quyi tizim. U shaxsiylashtirilgan aloqalar va an`analarni o`z ichiga oladi va an`anaviy jamiyatlarda etakchi rol` o`ynaydi. Ushbu quyi tizimda ―biz‖ va ―begona‖ga bo`linish va shaxsiy obro` muhim rol` o`ynaydi. Ushbu quyi tizim ishtirokchilarining faoliyati an`analarni ta`minlash va ko`paytirishga qaratilgan. An`anaviy quyi tizim nafaqat uy xo`jaliklari ichidagi va o`rtasidagi munosabatlarni, balki masalan, mafiya va boshqa jinoiy guruhlarning ―dunyosini‖ ham o`z ichiga oladi.Fuqarolik quyi tizimi. U shaxsiy manfaatlarni umumiy manfaatlarga bo`ysundirish tamoyiliga asoslanadi. Ushbu quyi tizim doirasida davlat va uning institutlari (politsiya, sudlar) va ko`plab muhim ahamiyatga ega jamoat tashkilotlari (masalan cheklovlar). Jamoatchilik fikrining quyi tizimi. Bu erda odamlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hammaning e`tiborini tortadigan eng mashhur voqealarga asoslanadi. Bu quyi tizim, masalan ba`zilarni o`z ichiga oladi, moliyaviy bozorlar bu erda o`rtacha yo`naltirish muhim rol` o`ynaydi. Ijodiy faoliyatning quyi tizimi. Bu dunyoda xulq – atvorning asosiy normasi o`ziga xos, noyob natijaga erishish istagi, ushbu quyi tizim shunday sferani o`z ichiga oladigan jamoat hayoti san`ati kabidir.Atrof-muhit quyi tizimi. Ushbu quyi tizimda harakatlarni muvofiqlashtirish tabiiy tsikllarga muvofiq amalga oshiriladi va ―atrof-muhit‖ muvozanatini saqlashga qaratilgan. SHunga ko`ra faoliyat ob`ektlari turli-xil tabiiy ob`ektlardir. SHunday qilib, ratsionallik xulq-atvor usuli sifatida bozor muvozanatiga intilish esa muvofiqlashtirish usuli sifatida yangi frantsuz institutsionalistlari tomonidan faqat ―maxsus holatlar‖ sifatida talqin qilinadi.Ular nuqtai-nazaridan, butun iqtisodiy hayotni faqat shulardan foydalanib tushuntirish xatodir. Ikkinchi tomondan, masalan faoliyat Rossiya korxonalari 1990-yillarda ko`pincha neoklassik nazariya qonunlariga to`g`ri kelmaydigan, agar bu faoliyat sanoat va an`anaviy quyi tizimlar doirasida amalga oshirilganligidan kelib chiqadigan bo`lsak, osonlik bilan izohlash mumkin. Bandan tashqari, har bir iqtisodiy sub`ekt bir vaqtning o`zida bir necha ―dunyolarda ishlaydi‖. Masalan har qanday firma o`z maxsulotlarini sotganda ―bozor dunyosida‖ ishlab chiqarishni bevosita tashkil qilganda esa ―sanoat dunyosida‖ ishlaydi. Turli xil ―dunyolar‖ yoki ―kelishuvlar‖ning ―birlashmasi‖da maxsus muammolar paydo bo`ladi, ya`ni bir-xil o`zaro ta`sir (iste`mol tovarlarini sotib olish yoki siyosiy qarorlar qabul qilish) potentsial ravishda turli quyi tizimlarning hatti-harakatlari normalari asosida amalga oshrilishi mumkin bo`lgan vaziyatda. Bu erda o`zaro aloqalarni amalga oshirish boshqa ―dunyolar me`yorlari ilgari qo`llanilgan sohalardagi ―dunyolar‖dan birining me`yorlari asosida amalga oshiriladigan ―kelishuvlarni kengaytirish‖ deb ataladigan narsa ko`pincha sabab bo`lishi mumkin. Bunga misol qilib, siyosiy sohada fuqarolik ―kelishuvlari‖ning bozor kelishuvlari bilan almashtirilishi mumkin. Ko`rinib turibdiki, yangi frantsuz institutsionalizmi evolyutsion iqtisodiy nazariyaga qaraganda neoinstitutsionalizmga yaqinroqbo`lsada, u zamonaviy iqtisodiy tahlilning asosiy oqimiga ham to`g`ri kelmaydi. YUqorida ta`kidlab o`tilganidek, yangi frantsuz institutsionalizmi institutsionalizmning so`nggi tendentsiyasidir va, ehtimol, uning doirasidagi eng muhim tushunchalar faqat kelajakda yaratiladi. Xulosa SHunday qilib, V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasi ta`rifladi. Bu olimning katta ilmiy xizmatidir. Ammo, Petti qiymatni almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboradi va almashuv qiymatini almashuv jarayonida qanday shaklda bo`lsa, shunday, ya`ni pul shaklida ifoda qiladi. U qiymatning bevosita manbasi sifatida faqat konkret mehnatning aniq bir ko`rinishini, oltin va kumush qazishdagi mehnat (ya`ni pul materiali)ni ko`rgan xolos.Uning fikriga ko`ra, tarmoqlardagi ishlab chiqarilgan mehnat maxsulotlarining qiymati shu maxsulotlarni nodir metallarga almashuvi natijasida aniqlanadi. Olimning merkantilistik qarashlari bu erda ham saqlangan (kamchiligi). U mavhum mehnat bilan mkonkret mehnatni farqlamaydi. Unda qiymat bilan iste`mol qiymati tushunchalari o`rtasida aniq farq ko`rinmaydi, ayrim holda ular qorishtirib yuboriladi. Konkret mehnat iste`mol qiymatini yaratsa mavhum mehnat umumiy qiymatni yaratadi. Pettining ―mehnat boylikning otasi, er esa uning onasidir‖ degan fikri butun dunyo iqtisodchilari tomonidan tan olinadi.Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul haqida qimmatbaho metall va toifalardangina iborat emas, balki mamlakatdagi erlar, uylar, kemalar, tovarlar, hatto uy jihozlarini ham boylik deb hisoblaydi.
Download 41.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling