O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


-jadval «Renesans mikrokredit tashkiloti» MChJda sof pul oqimining gorizontal va vertikal tahlili


Download 232.45 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi232.45 Kb.
#1562362
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
abdukadirov b

3.7-jadval
«Renesans mikrokredit tashkiloti» MChJda sof pul oqimining gorizontal va vertikal tahlili

t/r

Ko‘rsatkichlar

2020 yilda pul kirimi

2020 yilda pul chiqimi

2020 yilda pul kirimining chiqimdan farqi (+,-)

Summa, ming so‘m

Sal-mog‘i, %

Summa, ming so‘m

Sal-mog‘i,%

1.

Asosiy faoliyatdan sof pul oqimi

1002849,0

2,1

4549049,0

9,8

-3546200

2.

Investision faoliyatdan sof pul oqimi

17368362,0

36,4

3694018,0

8,0

13674346

3.

Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimi

29358494,0

61,5

38091640,0

82,2

-8733146

4.

Natijaviy sof pul oqimi

47729705,0

100,0

46334707,0

100,0

1394998

«Renesans mikrokredit tashkiloti» MChJda 2020 yildagi natijaviy sof pul kirimi 47729705 ming so‘m, sof pul chiqimi 46 334 707 ming so‘m bo‘lgan. Natijaviy sof pul kirimi chiqimidan 1394998 ming so‘mga oshgan. Pul mablag‘lari oshganligini MCHJ uchun ijobiy holat sifatida baholash lozim.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning joriy to‘lov qobiliyatini nazorat qilishda pul oqimlari tahlilining asosiy maqsadi pul mablag‘larining taqchillik sabablarini aniqlash hamda ularning kirimi va chiqimining asosiy manbalarini aniqlashdan iborat bo‘lishi lozim.
Korxona rahbari Muxammadov Bobirmirzo Mirzoxid o’g’li ________
(ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)
3-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari bilan tanishish

Dunyo mamlakatlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va moliyaviy hisobotni tuzishda har bir davlatdagi mavjud makon va zamon, qonunchilik, ishlab chiqarish texnologiyasi va hokazolarga e’tibor qaratiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish, moliyaviy hisobot uchun aniq va to‘liq hisob axborotlarini shakllantirish muhim bo‘lib, oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Xalqaro miqyosda buxgalteriya hisobini targ‘ib qilish, uslubiyatini takomillashtirish masalalari «Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi» (International Federation of Accountants, IFAC) qoshidagi moliyaviy va boshqaruv hisobi qo‘mitasi, AQShda American Institute of Certified Public Accountants (AICPA), Buyuk Britaniyaning xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari qo‘mitasi (International Accounting Standards Board-IASB) va Boshqaruv buxgalterlari instituti (Chartered Institute of Management Accountants-CIMA) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari (IAS-International Accounting Standarts) Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi (BHXSK, IASV) tomonidan ishlab chiqilib, qo‘llanilib kelinmoqda. Bugungi kunda, buxgalteriya hisobini tashkil qilishda ushbu standartlar asos bo‘ladi. Ammo, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tuzish uslublarini takomillashtirish muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda.


Jahonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va moliyaviy hisobotni tuzish kabi masalalar o‘z yechimini topgan. Biroq, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish usullarini takomillashtirish masalalari alohida ilmiy-tadqiqot obyekti sifatida to‘liq o‘rganilmagan.
Mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, buxgalteriya hisobi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar pul mablag‘lari hisobi va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot tuzish uslublarini rivojlantirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, bu masalaning ilmiy jihatdan takomillashtirishga yetarlicha ahamiyat berilmayotganligi bu borada ilmiy izlanishlar olib borish zaruratini oshirmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlarida boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish orqali pul mablaglari hisobi va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni xalqaro standartlar va tajribalar asosida takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Bu esa, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni xalqaro standartlar asosida tuzish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmoni1, 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4611-son Qarori2da hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu magistrlik dissertatsiyasi ma’lum darajada xizmat qiladi.

Korxona rahbari Muxammadov Bobirmirzo Mirzoxid o’g’li ________
(ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)

Download 232.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling