O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti


Qidiruv va tadqiqot ishlarining vazifalari va qurilishda me’yoriy hujjatlar asosida ishlarni olib borishni ta’minlash


Download 427.36 Kb.
bet9/16
Sana18.06.2023
Hajmi427.36 Kb.
#1563065
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
16.03 Қодиров А

1.3 Qidiruv va tadqiqot ishlarining vazifalari va qurilishda me’yoriy hujjatlar asosida ishlarni olib borishni ta’minlash.

Chizmalar, hisobiy-tushuntirish bayonidan va smetalardan tashkil topgan texnik hujjatlar to'plami inshootning loyihasi deyiladi.


Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda quriladigan obyektning texnik iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligi, suv xo'jaligida uning kompleks masalalarni hal qila olishi mumkinligi, inshootning mustahkam va ekspluatatsiya qilishga qulay bo'lishini, xizmat qilish muddatini uzaytirishni va hududning sanitariya sharoitlarini hisobga olish kerak.
Gidrotexnika inshootlarining loyihasini tuzishda va ularni qurishda qurilish muddatlarining qisqa bo'lishi, qurilishdagi ishlarning keng miqyosda mexanizatsiyalashtirilishi va mahalliy qurilish materiallaridan ko‘proq foydalanilishi hamda inshootlarning mustahkam , arzon bo‘lishi va yaxshi ishlashi ko‘zda tutilishi zarur.
Gidromeliorativ qurilishlarning loyihalari ikki bosqichga: loyiha topshirig'i va texnik loyihaga bo‘linadi.
Loyiha topshirig’ida qurilishga mo’ljallangan inshootning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligi va qurish imkoniyatlarining mavjudligi aniqlanadi. Bunda inshootning quriladigan o'rni, gidrouzel inshootlarining joylashuvining bir nechta variantlari ishlab chiqiladi va qurilish smetalari tuziladi. Keyin esa ko’rib chiqilgan variantlardan iqtisodiy arzoni tanlanib, texnik loyiha tuzish uchun tadqiqot ishlarini o ‘tkazish, reja, smetalar tuzish dasturlari ishlab chiqiladi.
Loyiha topshirig‘ini bajarishda tegishli adabiyotlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlardan, ilgari o ‘tkazilgan tadqiqot ishlari va loyiha materiallari, shuningdek, inshoot quriladigan yerni ko‘zdan kechirishda olingan materiallardan foydalaniladi.
Texnik loyiha inshoot qurilishi tanlangan variant uchun tuziladi. Texnik loyiha tasdiqlangandan so’ng, qidiruv ishlari ma'lumotlariga asoslanib, hamma muhandis-texnik (gidravlik, gidrotexnik, statik) hisoblar bajarilib, inshootning o’lchamlari aniqlanadi. Qurilish ishlarini bajarish, tashkil qilish loyihasi tuziladi, uskunalar va jihozlar kerakli parametrlari soni aniqlanadi hamda qurilishning bosh smetasi tuziladi.

Download 427.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling