Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va ularning hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega. Shuningdek davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi. Faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladigan masalalar quyidagilardir: O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ishlab chiqish va ijro etish, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi aniq maqsadli davlat fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari; boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, O’zbekiston Respublikasini va uning ayrim mintaqalarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish dasturlari loyihalari; davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish hajmi hamda O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzi ko’lamini oshirish to’g’risidagi takliflar; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar stavkalarini belgilash hamda o’zgartirish to’g’risidagi takliflar; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat byudjeti ijrosining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko’rib chiqadi. Shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha taqdim etilgan Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash o’tkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning o’ninchi mayidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning o’n beshinchi mayidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |