O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 1.46 Mb.
|
kurs ishi madina1
JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan[1][2][3][4][5]. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009-2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi[6]. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi[7]. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi[8][9]. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi[10].
XULOSA Mashinasozlik mamlakat iqtisodiyotining ustuvor majmuasi hisoblanadi. Chunki iqtisodiyotning hech bir tarmog’i mashinalar bilan ta’minlanmay turib rivojlana olmaydi. Hozirgi zamon mashinasini tayyorlash uchun ko’p miqdorda metal,plastmassa ,bo’yoqlar, rezina gazlama, yog’och- taxta kerak bo’ladi. Mashinalar minglab detallardan tayyorlanadi. Bu qadar xilma-xil detallarni bittagina zavodda yasash noqulay va samarasizdir. Shu sababli mashinasozlikda detallar yasashga ixtisoslashish, ya’ni tayyor maxsulotning ayrim detallari va qismlarini yasash, shuningdek, predmetlar yasashga ixtisoslashish, ya’ni avtomabil, traktor, dastgoh kabi tayyor mahsulot ishlab chiqarish keng rivojlangan. Mashinasozlik korxonalarining istiqboli va hududiy joylashuvini inson omili belgilaydi. Ma’lumki, O’zbekiston aholisining 49 foizi qishloqda yashaydi.Ularni ish bilan ta’minlash jiddiy ijtimoiy muammo bo’lib qolmoqda.Binobarin, mashina qismlarini ishlashga ixtisolashgan kichik korxonalar bundan buyon qishloqlarga ko’chadi. O’tgan asr o’ratalarigacha O’zbekiston mashinasozligi faqatgina qishloq xo’jaligi mashinalari ishlab chiqarilgan va ularni ta’mirlash hamda paxtani qayta ishlovchi korxonalarga mashina va uskunalar yetkazib bergan edi. Endilikda esa mashinasozlik majmuining yarmigina agrosanoat majmuasi bilan bog’liq. Mashinasozlik sanoatining mamlakat xalq xo`jaligidagi ahamiyati. Mustaqil respublikamizning mustaqilligini saqlashda va mustaxkamlashda mashinasozlik sanoatini rivojlantirishning ahamiyati beqiyosdir. Uning ahamiyati shu bilan belgilanadi-ki, mashinasozlik xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida mehnatni yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonini mehanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, samaradorligini ko`tarishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mamlakatlar va rayonlar iqtisodiyotining, umuman xalq xo`jaligining taraqqiyot darajasi mashinasozlikning rivojlanish darajasiga qarab belgilanadi. Mamlakatlar iqtisodiyotini qay darajada rivojlanganligini o`sha mamlakatlardagi mashinasozlik sanoatining rivojlanganligi darajasiga qarab bilib olishimiz mumkin. Yana shu narsani ta`kidlash joizki mashinasozlikni rivojlanishi O`zbekiston uchun katta ijtimoiy ahamiyatga ham ega.Ma`lumki aksariyat mashinasozlik tarmoqlari juda sermehnat bo`lib, O`zbekiston singari mehnat resurslari tez ko`payib borayotgan davlatlarda aholini band bo`lishida muhim o`rin tutadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling