O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti


Download 439 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi439 Kb.
#1579911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 LOTINCHA Ўқув танишув амалиёти 2023 ҚМБ,

1.Umumiy qoidalar
Ushbu o‘quv tanishuv amaliyoti dasturi O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorlari, ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 60730700–Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish ta’lim yo‘nalishi ta’lim yo‘nalishi o‘quv tanishuv amaliyoti o‘tash tartibini belgilaydi.
O‘quv tanishuv amaliyoti ta’lim sohasi davlat ta’lim standarti va malaka talablariga muvofiq talabalar tomonidan o‘quv jarayonida olingan nazariy bilimlarini mustahkamlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari haqida tasavvurga ega bo‘lish, ob’ektlarda amalga oshiriladigan jarayonlarda ishtirok etish, foydalaniladigan uskunalar haqida ma’lumotga ega bo‘lish, sohaga doir amaliy ko‘nikma va bilimlarni hosil qilishni ko‘zda tutadi.
Mazkur o‘quv tanishuv amaliyoti dasturi Arxitektura va qurilish ta’lim sohasi DTS, 60730700 –Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish ta’lim yo‘nalishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talabi, o‘quv rejasi va ta’lim dasturlari talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
O‘quv tanishuv amaliyoti talabalarni tanlagan yo‘nalishiga yaqindan yondashishga, ularda soha bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllanishiga yordam beradi.
60730700 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish ta’lim yo‘nalishi ta’lim yo‘nalishi amaliyoti 2-semestrda o‘quv rejaga muvofiq tashkil etiladi. Amaliyot muddati 2 hafta ( 60 akademik soat) dan iborat.
Amaliyot davrida talabalar amaliy ko‘nikmalarni, zarur bilimlarni egallaydilar, o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadilar. Qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi sohasidagi ilg‘or usullarning yangi ilmiy-texnik va ishlab chiqarish yutuqlari bilan tanishadilar.

Download 439 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling