O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti


O‘quv tanishuv amaliyotini o‘tkazish uchun tanlangan ishlab chiqarish korxonalari


Download 439 Kb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi439 Kb.
#1579911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 LOTINCHA Ўқув танишув амалиёти 2023 ҚМБ,

3. O‘quv tanishuv amaliyotini o‘tkazish uchun tanlangan ishlab chiqarish korxonalari

O‘quv tanishuv amaliyoti talabalarda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha talab etiladigan zaruriy ko‘nikma va malakalarni egallashga xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi.


60730700 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish ta’lim yo‘nalishi ta’lim yo‘nalishi (qurilish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarida ko‘zda tutilgan o‘quv tanishuv amaliyoti quyidagi ishlab chiqarish korxonalari va zavodlarda hamda yangi qurilgan binolarda o‘tkaziladi:

  • “NODIR KAFELLAR” QK MCHJ;

  • “BETOMAXBETON” MCHJ;

  • “BINOKOR TEMIR BETON SERVIS” QK MCHJ;

  • “Qo‘yliq ko‘priklar temir-beton

  • qurilmalar” zavodi tajriba UK

  • “Aysel inshaat” MCHJ QK zavodi

  • Shartnoma asosida boshqa ishlab chiqarish korxonalari.



4. Talabalarni amaliyot o‘tishlari uchun tanlangan ob’ektlar mas’ullari bilan kelishish

Amaliyotni o‘tish uchun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va tanlangan ishlab chiqarish korxonalarida mas’ul tashkilotlar o‘zaro kelishishlari lozim. Kelishilgan ishlab chiqarish korxonalari amaliyot bazalari bo‘lib hisoblanadi.


Kelishuv asosida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori tomonidan o‘quv tanishuv amaliyotini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tish muddatlari, joyi va tayinlangan rahbarlari ko‘rsatilgan holda tegishli buyruq chiqariladi.


5. Talabalarni amaliyot o‘tish joylariga taqsimlash va amaliyot rahbarlarini tayinlash

Amaliyot uchun rahbarlikka kafedra professor-o‘qituvchilari va yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.


Har bir tayinlangan rahbar amaliyot davomida muntazam ravishda amaliyot o‘tish joyida talabalar davomatini nazorat qilishi vazifasi hisoblanadi.


6. Dastur bo‘yicha amaliyotni o‘tish bosqichlari

Kafedra mudiri tomonidan talabalarni amaliyotini o‘tkazishga mas’ul rahbar, talabalarni kalendar reja va dastur bilan to‘liq tanishtiradi. Amaliyotning maqsadi, vazifalari va mazmuniga qo‘yilgan talablar, ko‘rsatmalar bilan tanishtiradi. Amaliyot o‘tadigan talabalar ekologik me’yorlar, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiriladi, ishlab chiqarish korxonalarining ichki tartib qoidalari va faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar beriladi.


Asosiy bosqich: O‘quv tanishuv bosqichi quyidagilardan iborat:
1. Ishlab chiqarish korxonasi yoki zavodlarining umumiy tuzilmasi, faoliyat doirasi va funksional vazifalari bilan tanishish;
2. Ishlab chiqarish korxonasi yoki zavodlarining tuzilmasidan kelib chiqib, barcha sexlar, bo‘limlar va laboratoriyalar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish;
3. Ishlab chiqarish korxonasi yoki zavodlardagi zamonaviy, innovatsion texnika va texnologiyalari bilan yaqindan tanishish hamda ular to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish.

Download 439 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling