O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti


Download 439 Kb.
bet7/11
Sana18.06.2023
Hajmi439 Kb.
#1579911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 LOTINCHA Ўқув танишув амалиёти 2023 ҚМБ,

Jami

60 soat



8. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi

Amaliyot boshlanishidan oldin talabalarga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha amaliyot rahbari tomonidan yo‘riqnoma beriladi. Talabalar mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bilan tanishtirilganligi maxsus tashkil etilgan jurnalga rasmiylashtiriladi. Talabalar qurilish, korxona va zavodlarga borgandan so‘ng, amaliyot o‘tiladigan joyda ham mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib boriladi va jurnalga rasmiylashtiriladi. Texnika xavfsizligini tushuntirish va unga talabalarni rioya etishlarini nazorat qilish kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari zimmasiga yuklatiladi.


9. Talabalar tanishuv amaliyotlari natijalarini
yakunlash

Tanishuv amaliyoti tugagach, talabalar hisobotni rasmiylashtiradilar va belgilangan muddat ichida hisobotni topshiradilar. Talabani baholashda uning amaliyot o‘tash davrida bajargan ishlari, kuzatish va o‘rganish natijalari aks ettirilgan hisoboti, taqdimot materiallarini fotosuratlari bilan boyitilganligi, aniq va namunali bajarilish sifati, kundalikda aks ettirilgan rahbarning tavsifnomasi inobatga olinadi.


TAQU rektorining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya a’zolariga talabalar tanishuv amaliyoti hisobotini himoya qiladilar.
10. O‘quv tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotga qo‘yiladigan talablar

Amaliyot hisoboti kompyuter dasturida A4 formatdagi qog‘ozda 1,5 intervalda yozilishi lozim. Kafedradan tayinlangan amaliyot rahbari talabaning dasturda ko‘zda tutilgan ishlariga oid barcha topshiriqlarni bajarishi, hisobotga tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishi uchun mas’ul hisoblanadi.


Amaliyot hisoboti tarkibi quyidagilardan iborat:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism:

    1. Amaliyot o‘tiladigan korxonalar, zavodlar va yangi qurilgan binolar haqida ma’lumotlar;

    2. Korxonalar va zavodlarda ishlab chiqarish faoliyati hamda yangi qurilgan binolarda olib borilgan qurilish jarayonlari haqida ma’lumotlar;

    3. Korxonalar, zavodlar va yangi qurilgan binolar bo‘yicha yig‘ilgan materiallarning tahlili.

  3. Yakuniy xulosalar.




Download 439 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling