O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
O‘quv tanishuv amaliyotining maqsad va vazifalari
Download 439 Kb.
|
1 LOTINCHA Ўқув танишув амалиёти 2023 ҚМБ,
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv tanishuv amaliyotining maqsadi
- O‘quv tanishuv amaliyotining
- 2. O‘quv tanishuv amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha umumiy talablar
1. O‘quv tanishuv amaliyotining maqsad va vazifalari
O‘quv tanishuv amaliyoti talabalarning o‘quv jarayoni bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, rejalashtirilgan o‘quv dasturini o‘zlashtirishda va tanlangan kasbi bilan chuqurroq tanishishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘quv tanishuv amaliyotining maqsadi –qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tabiiy va ikkilamchi resurslar, qurilishda qo‘llanilayotgan texnologik jarayonlar va jihozlar, ishlab chiqarishda kechadigan jarayonlarni tashkil qilish, xususan ularning ekologiya va atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish hamda boshqarish bo‘yicha tanishuv amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdir. O‘quv tanishuv amaliyotining vazifalari – qurilish materiallari va buyumlari, shu jumladan devorbop va pardozbop qurilish materiallari, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish zavodlari va korxonalari (Toshkent shahridagi) faoliyati bilan yaqindan tanishish, devorbop va pardozbop qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tabiiy va ikkilamchi resurslarning turlaridan jarayonlarda foydalanish, amaliyotda qo‘llanilayotgan texnologik jarayonlar va jihozlarning ishlashini texnologik hamda ekologik jihatdan kuzatish, ishlab chiqarishda kechayotgan jarayonlarni tashkil etilganligi va uni boshqarilishida ishtirok etayotgan mutaxassislarning faoliyati bilan tanish, o‘quv jarayonida olingan nazariy bilimlardan hosil bo‘lgan ko‘nikma va malakalar bilan amaliyotda bevosita tanishishdan iborat. 2. O‘quv tanishuv amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha umumiy talablar O‘quv tanishuv amaliyoti boshlanishidan oldin talabalarga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan amaliyot kundaliklari va yo‘riqnoma taqdim etiladi. Amaliyot rahbari tayinlanadi va talabalarga tanishtiriladi. Amaliyot rahbari tomonidan qurilish materiallari va buyumlari, shu jumladan devorbop va pardozbop qurilish materiallari, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish zavodlari va korxonalarida tashrif buyurish davrida ekologik me’yorlar, mehnat xavfsizligi va texnika qoidalari tushuntiriladi. Mazkur dasturda belgilangan o‘quv tanishuv amaliyoti muddatlari va ishlab chiqarish zavodlari hamda korxonalari joylashgan manzillari bilan talabalar tanishtiriladi. O‘quv tanishuv amaliyoti tugagandan so‘ng, besh kun muddat ichida talabalar tomonidan amaliyot rahbariga amaliyotning kundalik daftari va hisobotlarini topshirishi shart hisoblanadi. Kundalik daftar va hisobot quyidagicha rasmiylashtiriladi: kundalik daftarda talabaning amaliyot mobaynida to‘plagan kundalik ma’lumotlari aks ettiriladi; amaliyot rahbari va korxona (yoki tashkilot) tomonidan tayinlangan rahbar mazkur yozuvlarni nazorat qiladi, qaydlar yozilmagan kun talabani amaliyotga qatnashmadi deb belgilanishiga asos bo‘ladi; talab darajasida rasmiylashtirilgan kundalikka amaliyot va korxona (yoki tashkilot) rahbari tomonidan imzo qo‘yiladi; kundaliklarda yoritilgan ma’lumotlar asosida talaba tomonidan mustaqil tarzda hisobot tayyorlanadi; hisobotda amaliyot dasturining asosiy mazmuni, talaba bevosita ishtirok etgan jarayonlar, olingan ko‘nikma va malakalar aks ettirilishi lozim; hisobotda olingan nazariy bilimlarni muayyan amaliy sharoitda tadbiq etish ko‘nikma va malakasini qo‘llay olishi darajasi hamda talabaning mustaqil ishlashga tayyorgarligini aks ettiruvchi, amaliyot o‘tish mobaynida to‘plangan materiallar va ma’lumotlar berilishi kerak; hisobot kompyuter dasturlarida A4 formatdagi qog‘ozda rasmiylashtiriladi; hisobotning titul varag‘ida vazirlik, institut, fakultet, kafedra, amaliyot o‘tgan korxona haqidagi ma’lumotlar, hisobot tayyorlagan talabaning familiya, ismi, sharifi, guruhi, kursi, amaliyot rahbarlari familiya, ism, shariflari, lavozimlari, hisobot tayyorlangan joy va joriy yil aks ettiriladi; hisobot kirish qismida ishlab chiqarish korxonalari haqida umumiy ma’lumotlar; ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot nomenklaturasi, ularni o‘rnatish usullari yoritiladi, chizma, eskiz, grafiklar bilan to‘ldiriladi; hisobot betlari raqamlanishi va texnik vositalar yordamida tikilishi zarur. Download 439 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling