O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 230.5 Kb.
|
1405849539 56818
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari
- I BOB. YORDAMCHI SO‘ZLAR 1.1 Yordamchi so‘zlar haqida ma’lumot
Mavzuning dolzarbligi
Ko’makchining morfologik ma’no ifodalash imkoniyati uning sintaktik imkoniyatidan keng. Chunki ular mustaqil so’z va gapga qo’shimcha ma‘no yuklashi bilan ahamiyatli. Shu sababli ko’makchi kelishik bilan qo’llanishga ehtiyoj sezadi. Ko’makchilar grammatik vazifa jihatidan ayrim kelishiklar bilan sinonim hisoblanadi: uchun, tomon ko’makchilari jo’nalish kelishigi bilan (onam uchun oldim – onamga oldim, maktab tomon bordim – maktabga bordim); orqali, bilan ko’makchilari o’rin-payt va chiqish kelishiklari bilan (telefon orqali gaplashdim – telefonda gaplashdim, radio orqali eshitdim – radiodan eshitdim) bilan sinonim bo’la oladi. Kurs ishining vazifalari Yordamchi so‘zlar haqida ma’lumot Yordamchi so‘zlarning turlari Ko‘makchi haqida umumiy ma’lumot Ko‘makchining turlari va uning vazifalari Boshlang‘ich sinflarda ko‘makchi mavzusini o‘qitish metodlari I BOB. YORDAMCHI SO‘ZLAR 1.1 Yordamchi so‘zlar haqida ma’lumot So'zlar ma`lum so'roqqa javob bo'lishi yoki bo'lmasligi, atash ma`nosining mavjudligi yoki mavjud emasligiga, gapda ma`lum gap bo'lagi vazifasida kelish-kelmasligiga ko'ra mustaqil va yordamchi so'zlarga bo'linadi. Atash ma`noli so'zlar yoki ular o'rnida qo'llanilib, ma`lum so'roqlarga javob bo'luvchi va gapda ma`lum gap bo'lagi vazifasida keluvchi so'zlar mustaqil so'zlar, leksik ma`nosini yo'qotib, grammatik ma`no ifodalashga o'tgan, ma`lum so'roqqa javob bo'lmaydigan so'zlar borki, bunday so'zlar yordamchi so'zlar deb yuritiladi. Yordamchi so'zlar mustaqil so'zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog'lash, ularning ma`nolariga qo'shimcha ma`no yuklash vazifalarini bajaradi. Yordamchi so'zlarga ko'makchi, bog'lovchi va yuklamalar kiradi. Yordamchi so'zni mustaqil so'zga quyidagilar yaqinlashtiradi 2 : a) shaklan alohida ajralib turish b) lug'aviy ma`noning mavjudligi (ot - ko'makchi, fe`l - ko'makchida); d) ko'pincha ularning mustaqil so'zlarga yaqinlashishi, ulardan kelib chiqishi. Barchaga ma'lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo'linadi: mustaqil so'zlar va yordamchi so'zlar. Bular orasidagi zidlanishni ma'noviy va vazifaviy nomustaqillik tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko'ra yordamchi so'zlar belgili, mustaqil so'zlar esa belgisiz a'zo mav-qeini egallaydi. Yordamchi so'zlar hech qachon mustaqil qo'l-lanmaydi, bog'liq qurshovlardagina kela oladi. Mustaqil so'zlar esa mustaqil qo'llanilish va ma'no ifodalash qobiliyatiga egadir. Leksemalaming ma'noviy tasnifida ilk bosqich belgisi "ma'noviy mustaqillik" emas, "ma'noviy nomustaqillik" bo'lishi-nmg sababi mustaqil leksemalaming bu belgiga nisbatan betaraf-ligidir. Chunonchi, katta guruhni tashkil etuvchi atoqli otlar (Temir, Anor, Gavhar) guruhida, mavhum otlarda mustaqil ma'no-ning mavjudligi kishini shubhaga soladi. Mustaqil so'zlarda "ma'noviy mustaqillik" belgisi shartlidir. Assimilyatsiya tilshunoslikda boshqacha, biologiyada esa tamoman o'zgacha talqin etiladi. Loy adabiy tilda boshqacha, otarchilar nutqida esa boshqacha izohlanadi. Shunga o'xshash hodisalami sifat, fe'l, ravishlar ichida ham ko'plab uchratish mumkin. Bularning barchasi "ma'noviy mustaqillik" belgisi mustaqil leksemalarda nisbiy tushuncha, nisbiy belgi ekanligini ko'rsatadi. Mana shuning uchun leksemalaming ma'noviy tasnifida ilk bosqichning belgisi "ma'noviy mustaqillik" emas, balki "ma'noviy nomustaqillik" bo'la oladi. Ushbu belgi asosidagi ziddiyatda ko'makchi, bog'lovchi, yuklamalar kuchli (belgili) a'zoni tashkil etadi. Sof ko'makchi, sof bog'lovchi, sof yuklamalar hech qachon mustaqil ma'noli so'zlar xususiyatiga ega bo'la olmaganligi tufayli ularning guruhiga o'ta olmaydi. Tilshunoslikda yordamchi so'zlarning leksemalar va qo'shimchalar orasida "oraliq uchinchi" bo'lib, ham leksemalar, ham grammatik morfemalar xususiyatini o'zida mujassamlash-tirishi aniqlangan. Ular shaklan leksema, mazmunan qo'shimchadir (qiyos: Kitobni akamga/akam uchun oldim.) Shu tufayli bo'lsa kerak, til tizimida yordamchi so'zlaming o'rm turlicha baholanadi - ayrim olimlar ulami qo'shimchalarga, ayrimlari nutq bo'lakchalariga, ba'zilarini yordamchi so'zlarga nisbat beradilar. Yordamchi so'zlaming so'zmi, qo'shimchami yoki mustaqil so'zlaming yordamchi so'zlar bilan bog'lanishi so'z birikmasimi ekanligi hanuzgacha munozara mavzui bo'lib qolmoqda. Chunki yordamchi so'zlar guruhi ichida shunday birliklar borki, ular ham "ma'noviy mustaqillik", ham "ma'noviy nomustaqillik" xususiya-tiga ega (ot+ko'makchilar, yordamchi va ko'makchi fe'llar). Chunonchi, "tortib" mustaqil so'z sifatida ravishdosh kabi qo'lla-niladi: Baliq qarmoqni bir tortib, qochib ketdi. Shu so'z Farhod tog 'idan tortib Shirin yayloviga qadar Sirdaiyo bo 'ylab tizilib ketgan etmish ming xalq bn sovuqlarni pisand qilmaydi (Oyd.) gapida yordamchi so'z vazifasida kelgan. Tortib mustaqil va yordamchi ma'nolarga ega bo'lishiga qaramay, mustaqil leksemalar tipiga kiradi. Uchun, sayin, uzra, kabi, va ga o'xshagan yordamchi so'zlar aniq bir tushunchani ifodalay olmaydi, ammo turli munosabatlarni yuzaga chiqarib va ular yordamchi so'zlar guruhidan joy oladi. Yuqoridagilardan anglashiladiki, "alohida qo'llanila olish yordamchi leksemalami mustaqil leksemalar bilan yaqinlashtirsa, turli-tuman munosabatlarni ifodalash kabi uraum-lashgan ma'no ulami morfemalarga, qo'shimchalarga yaqinlash-tiradi va leksemalar va rnorfemalar ziddiyatida "oraliq uchinchi" vazifasida keladi. Yordamchilarni so'zlarga quyidagilar yaqinlashtiradi: a) shaklan alohida ajralib turish; b) lug'aviy ma'noning mavjudligi (sifat ko'makchilar, ot ko'makchilar, fe'l ko'makchilarda...); v)ko'pincha ulaming mustaqil so'zlarga yaqinlashishi, ulardan kelib chiqishi. Yordamchi so'zlaming grammatik morfemalarga o'xshash tomoni ulaming morfemalar kabi mustaqil nominativ funksiya bajarmasligi (ammo, va, sayin, kabi), qo'shimchasimon shaklda bo'lishi (-u, -yu, -da; -ki (-кип); -dek (-day), -cha) va boshqalar. Biroq yordamchi so'zlaming grammatik morfemalardan farqli tomoni shundaki: 1) ular gap bo'lagi, so'z birikmasi, gap sathida sintaktik xarakterdagi vazifa bajaradi. Bu xususiyat ko'makchilar uchun xos Chunonchi, 1. Yaxshi bilan yursang etarsan murodga, YOmon bilan yursang qolarsan uyatga (Maq.) 2. To 'Iqinlarning kuchli na'rasi, Yulduzlarga qadar etardi. (Uyg'.) 2) gap bo'laklari yoki gaplami o'zaro bog'laydi. Bunday funksiyada, asosan, bog'lovchilar va yuklamalar keladi: 1. Xonaga baland bo 'yli, biroq oriqqina yigit salom berib kirdi. (S.A) l.Saida bu gapni aytdi-yu, chiqib ketdi. (S. Ahm.) 3) so'roq, inkor va sh. k. gap ma'nolarini ifodalashga xizmat qiladi (yuklamalar). Yordamchi so'zlar mustaqil so'zlar va so'z-gaplar oralig'i-da «oraliq uchinchi» maqomini oladi. O'z navbatida, yordamchi so'zlar ham o'z ichida umumiy belgilariga ko'ra oraliq uchinchini ajratib chiqaradi. Ya'ni bog'lovchilarda bog'lash, yuklamalarda gap mundarijasiga ta'sir qilish mohiyatni belgilash darajasida bo'lsa, ko'makchilarda sanalgan har ikki belgi mushtarakdir. Bu ularning «oraliq uchinchi»lik mavqeini ko'rsatadi. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling