O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 0.54 Mb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1591125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit audit34

5.Masala. 10 fevralda savdo tashkiloti bosh kassasi inventarizatsiya qilindi.
Bosh kassir auditorlar komissiyasiga naqd 125000 so’m borligini e’lon qildi. Kassa
hisoboti ma’lumoti bo’yicha shu kun boshiga naqd pul qoldig’i 25600 so’m bo’lgan.
10 fevral kuni №151 kassa kirim orderi bo’yicha 1-kassaga 30000 so’m pul tushgan
va shu summa kirim qilingan. Shuningdek 2-kassaga tushgan 27000 so’m № 152
kassa kirim orderi bo’yicha kirim qilingan. lOfevraldagi №137 kassa chiqim orderi
bo’yicha bankka 44800 so’m topshirilgan.
Bosh kassir quyidagi shaxslarga maoshgacha pul berganligini tushuntirish
xatida ko’rsatib o’tgan:
Sotuvchi S.G.Hamidovaga 55000 so’m.
Ishchi A.SH.Axmedovaga 40000 so’m.
Kassir L.A. Abdullaeva 35000 so’m
Kassir fikri bo’yicha bu summalar ish haqi beriladigan kun yuqoridagi
shaxslardan ushlab qolinadi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan
foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Inventarizatsiya bilan bog’liq tadbirlami amalga oshiring. Xolatga baho
bering.


6-Masala.
Samsush kompaniyasi bosh buxgalteri hisobot davrida quyidagi amallarga kamchilliklarga yo’l qo’ygan:
Hisobotlar va buxgalteriya ma’lumotlarida arifmetik xatolar
Hisob siyosati noto’g’ri qo’llanganligi.
Ushbu kompaniyani auditorlik tekshiruvidan o’tayotgan bir paytda auditor bu kamchiliklarni fahmlab qoldi. Agar siz auditor bo’lganingizda bu holatni qanday baholagan bo’lar edingiz?


7.Masala.MUNIMAL” auditorlik tashkiloti mijoz korxona bilan auditorlik shartnomasi tuzayotganda, mijoz korxonaning ishlab chiqarish faoliyati va buxgalteriya hisobining o’ziga xos tomonlari tufayli ba’zi bir xatoliklar aniqlanmay qolishi mumkinligini ya’ni auditorlik riski mavjud bo’lishini aytib ogohlantirib qo’ydi. Sizning fikringizcha, ushbu ogohlantirish “MUNIMAL” auditorlik tashkilotiga yaxshi tomonga xizmat qiladimi yoki yo’qmi?



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling