Smoalalarning konsrantalari
Qatronlar nomi
|
Kislota soni
|
Muhim raqam
|
Sovunlash raqami
|
metil soni
|
1. Gummigut
|
69-79
|
105.00—110.60*
|
121.80—133.00
|
—
|
2. Lactucarium (nemis)
|
—
|
154,0—252,0
|
166,6—313,6
|
—
|
3. Lactucarium (inglizcha)
|
—
|
50,4—68,6
|
75,6—78,4
|
—
|
4. Eyforbiyum
|
13 , 4—25 , 0
|
71,4—78,4*
|
82,6—91,0
|
—
|
5. Ammiak
|
150,0—200,0
|
99,4—155,40*
|
145,60—162,40
|
8,6—9,0
|
6. Asafoetida
|
68,0-77,5
|
121.80—184.00
|
82,2—129,00
|
6,9—11,9
|
7. Bdelli (Afrika)
|
9.73-20.81
|
69,33—96,39
|
82,79—110,95
|
—
|
8. Bdelli (Hindiston)
|
35.69-37.1
|
46,75—48,46
|
82,44—85,65
|
—
|
9. Galban
|
73,5-114,2
|
107,8—122,5*
|
116,2-135,8
|
—
|
10. tutatqi
|
30.80—35.00
|
110,0—170,0
|
140,0—230,0
|
5,3—6,4
|
11. Mirra (erkak)
|
25.48
|
204.12
|
229.6
|
13,2—13,6
|
12. Mirra (ayol)
|
20.06
|
125.54
|
145.6
|
13,2—13,6
|
13. Opopanaks
|
10.46—30.92
|
81,92—125,01
|
96.20-152.82
|
—
|
14. Sagapen
|
13.96-14.81
|
31.29—39.37
|
45,25—54,18
|
—
|
15. Anime (G'arbiy Hindiston)
|
45,36—47,20
|
102,39 - 113,93
|
149,59—159,29
|
—
|
16. Anime (Sharqiy Hindiston)
|
29,69—30,64
|
29,77—38,67
|
59.46-69.31
|
—
|
17. Guryun-balzam
|
5,0—10,98
|
1,0—10,37
|
10,0—26,35
|
0
|
Kopayba
|
18. Marakaybo
|
75,0—85,0
|
3,0—6,0
|
80,0—90,0
|
0
|
19. Er-xotin
|
40,0-60,0
|
2,0-8,0 (18,0?)
|
30,0—60,0 (70,0)
|
—
|
20. Kopal (Zanzibar)
|
60,0-65,0
|
—
|
—
|
0
|
21. Mastika
|
44,8—53,2
|
—
|
—
|
0 -1,9
|
22. Balzam Makka
|
39,84—61,37
|
81,9—101,1
|
140,94—144,03
|
—
|
23. Sandarak
|
90-160
|
—
|
—
|
0(?)
|
24. Qarag'ay qatroni
|
149,80—159,13
|
12.03—27.40
|
163.23-379.94
|
—
|
25. Tapsiya (frantsuz)
|
—
|
—
|
336,3—384,5
|
—
|
26. Oddiy turpentin
|
107,67—115,88
|
4.14-20.39
|
115,51—133,65
|
—
|
27. Venetsiyalik turpentin
|
66.93-68.85
|
46.27-54.94
|
114,56—127,71
|
0
|
28. Kanada balzami
|
84.00—86.80
|
4.54-9.83
|
89,43—95,76
|
0
|
29. Chios skipidarlari
|
47,13—48,53
|
19.13—21.47
|
66,26—70,0
|
—
|
30. Elemi yumshoq (Manila)
|
17.81-24.48
|
6.03-20.84
|
25.20—49.98
|
—
|
31. Guaiac (bakout.) Qatronlar
|
89,60—97,50
|
—
|
—
|
73,8-84,0
|
32. Dammara
|
20-30
|
—
|
—
|
0
|
33. Rosin
|
145-185
|
—
|
—
|
0
|
34. Jalapa qatroni
|
26,58—28,72
|
—
|
234.04—253.32
|
0
|
35. Shellac
|
60,0-65,1
|
148,2—151,6
|
211,6—213,3
|
—
|
36. Amber
|
15,4—34,4
|
71,4—91,1
|
86,8—124,5
|
—
|
37. Acaroid S. (sariq)
|
132-133
|
87,0—92,0
|
220-225
|
26,4—34,73
|
38. Dragon S. (xurmo)
|
—
|
79,80—119,0*
|
86,80—173,20
|
—
|
39. Draconian S. (Sokotora)
|
—
|
81.20—87.40*
|
92.40—95.40
|
—
|
40. Shudring tutatqi (Siam)
|
140-170
|
50-75
|
220-240
|
28,5—43,4
|
41. Shudring tutatqi (Sumatra)
|
100-130
|
65-125
|
180-230
|
13-25,5
|
42. Stiraks
|
55-75
|
35-75
|
100-140
|
3,6—4,5
|
43. Peru balzami
|
60-80
|
180-200
|
240-270
|
16,7—22,6
|
44. Tolutan balzami
|
114,80—158,60
|
31.20—40.50
|
155,30—187,40
|
41,6—46,8
|
Jadvaldagi smoalalar uchun konstantalar keltirilgan[5].
1.2 Toshko’mirni qayta ishlash orqali toshko’mir smolasining olinishi
Ko‘mirlar botqoq vodiylarida, katta daryolarning quyilish joylari va deltalarida, iliq dengizlarning past qirg‘oqlarida bir zamonlar o‘sgan daraxtlardan hosil bo‘lgan. Bu daraxtlar bosilib ketib, halok bo‘lgan. G‘oyat ko‘p miqdordagi daraxtlar suv ostida qolib, kislorod kirmagani tufayli chiriy olmagan. Bunda yog‘ochlar bakteriyalar faoliyati natijasida alohida bir suratda parchalangan. Bu parchalanish jarayoni millionlarcha yil davom etib, oqibatda, toshko‘mir hosil bo‘lgan[6].
O‘simliklar turiga va ularning parchalanishi sharoitiga qarab, har xil ko‘mirlar: qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir, antratsitlar hosil bo‘lgan. Bular gilli slanetslar va qumtoshlar orasida joylashgan. Gilli slanetslar va qumtoshlar tarkibida karbonli moddalar bo‘lganligi uchun ularning rangi, odatda, qoramtir bo‘ladi. Qo‘ng‘ir ko‘mir – zich qavat-qavat yoki tuproqsimon yumshoq massa bo‘lib, rangi qo‘ng‘ir, jigarrang, to‘q-kulrang, ba’zan esa, qora bo‘ladi. Qo‘ng‘ir ko‘mir bilan chinni plastinkaga chizilganda, qo‘ng‘ir iz qoladi. Bunday ko‘mirda ba’zan, daraxtlarning ko‘mirlangan shoxlari va hatto tanalari bo‘ladi; qo‘ng‘ir ko‘mirning bunday xili lignit deb ataladi. Qo‘ng‘ir ko‘mir xira, kamdan kam hollarda yog‘langandek yaltirab turadi, qattiqligi 1 dan 2,5 gacha; sinish yuzasi tuproqqa o‘xshaydi, qing‘ir-qiyshiq yoki g‘ovak bo‘lib sinadi. Qo‘ng‘ir ko‘mir tarkibida 61 %gacha karbon bo‘ladi; qo‘ng‘ir ko‘mir osonlik bilan o‘t oladi va qattiq tutab yonadi, yonganda nihoyatda qo‘lansa hid tarqatadi. Qo‘ng‘ir ko‘mir yoqilg‘i sifatida ishlatiladi, uni quruq haydash yo‘li bilan parafin olinadi[7].
Toshko‘mir qora tusli, zich tuzilgan, mo‘rt jins bo‘lib, uning sirti ba’zan xira, ammo ko‘pincha smola, shisha yoki yog‘langandek va ipaksimon yaltiroq bo‘ladi. Toshko‘mirning yaltiroq xillarining sindirilgan yeri esa g‘ovak-g‘ovak bo‘ladi. Qattiqligi 2–3 gacha. Bu ko‘mir bilan chinni plastinkaga chizilsa, qora iz qoladi. Toshko‘mirning tarkibida 83,5 %gacha karbon bor[8]. U tez o‘t oladi. Toshko‘mirning ba’zi xillari quruq haydalganda juda ko‘p gaz, smolalar chiqaradi va yumshab, zarralari bir-biriga yopishadi. Natijada xira, mayda donali, yengil va juda qattiq koks hosil bo‘ladi. Bunday ko‘mir «shirali kokslanadigan ko‘mir» deb ataladi va u koks hamda boshqa juda ko‘p mahsulotlar olish uchun ishlatiladi. Toshko‘mirning ba’zi xillari quruq haydalganda koks hosil qilmaydi va mayda poroshok bo‘lib uvalanib ketadi. Ular «shirasiz ko‘mirlar» deb atalib, yoqilg‘i sifatida ishlatiladi[9].
Antratsit qatrondek qora (chinni plastinkaga chizilganda qoldiradigan izi ham qora bo‘ladi), xuddi shishadek, hatto metall kabi yaltiroq, ancha qattiq (qattiqligi 3 ga teng) jinsdir. U qo‘lga yuqmaydi; singan joyi g‘ovak yoki notekis donador bo‘ladi; yonishi juda qiyin bo‘lib, qizdirilganda yorilib-yorilib ketadi (spirt lampasi alangasida yonmaydi); quruq haydalganda gazlar va koks hosil qilmaydi; tarkibida 91,5 %gacha karbon bo‘ladi, shuning uchun u juda yaxshi yoqilg‘idir[10]. Qazilma ko‘mirlar odatda shaxtalar, shtolnyalar qurish yo‘li bilan qazib chiqariladi va kamdan-kam hollardagina to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq usul bilan qazib olinadi[11].
1-rasm. Ko‘mirning ishlatilishi.
Toshko‘mirning yuqori bosim va 500 °С haroratda o‘zgarishidan hosil bo‘luvchi ko‘mir – antrasit deyiladi. Antratsitning zichligi yuqori (1,4–1,7 g/sm3), og‘ir, rangi qora-kul rang, metallsimon yaltiroq bo‘lib, qattiq (2–2,5). Uzoq muddat o‘z xossasini yo‘qotmay saqlanishi mumkin. O‘z-o‘zidan yonib ketmaydi. Tarkibida uchuvchan komponentlar oz miqdorni (8 %) tashkil etadi. Torfning qo‘ng‘ir ko‘mirga, uning toshko‘mir va antratsitga, antratsitning ba’zan grafitga aylanishi yer po‘stining chuqur qismida, yuqori harorat va katta bosim sharoitida, ya’ni metamorfizm jarayonida kechadi. Bu jarayonda ko‘mirning solishtirma og‘irligi to‘xtovsiz oshib boradi (0,7–1,5gacha). Rangi qo‘ng‘irdan qora, to‘q qoragacha o‘zgaradi[12]. Yaltiroqlik xiradan boshlab metallsimongacha (antratsitlarda) o‘zgaradi. Uglerodning miqdori daraxtda 50 %, torfda 60 %, qo‘ng‘ir ko‘mirda 78 %, toshko‘mirda 92 %, antratsitda 98 %, grafitda 100 % bo‘ladi[13].
Ko‘mirlarning sifatini ko‘rsatuvchi quyidagi ko‘rsatkichlar mavjud:
1. Namligi.
2. Kuli
3. Oltingugurt miqdori.
4. Issiqlik berishi[13].
Ko‘mir qatlamlari bir-biri bilan o‘zaro genetik bog‘langan cho‘kindi tog‘ jinslari orasida qatlamlar ko‘rinishida joylashgan bo‘ladi. Cho‘kindi tog‘ jinslari esa quruqlikdan dengiz tomon asta-sekin o‘tiladigan joylarda to‘planadi. U joylarda asosan bo‘lakli cho‘kindi jinslardan argillit, qumtosh, grafit, ba’zi joylarda ohaktosh uchraydi. Bu yotqiziqlar litologik tarkibi bo‘yicha quruqlik va dengiz hamda laguna fatsiyalariga taalluqli hisoblanadi[14].
Ko‘mir zaxiralari yosh bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: devonda 0,1 foiz, karbonda – 7,8 foiz, permda – 37,5 foiz, trias-yurada –25 foiz, yura-bo‘rda – 20 foiz, paleogen va neogenda – 64 foiz[15]. Yirik ko‘mir konlari joylashgan hududlar «ko‘mir basseynlari» deb ataladi. Yirik ko‘mir basseynlari, asosan, Rossiyada (Pechora, Moskva ostonasi, Chelyabinsk, Irkutsk), Polshada (Sileziya), Ukrainada (Donbass), Germaniyada (Rur), Fransiyada (Kommantri), Angliya (Uels), AQSH (Pensilvaniya, Appalachi), Xitoyda va Qozog‘istonda (Qarag‘anda, Ekibastuz) joylashgan. Dunyodagi ko‘mir zaxirasining 50 foiz Rossiyada joylashgan[16]. O‘zbekistonda Angren (Toshkent viloyati), Sharg‘un va Boysun (Surxondaryo viloyati) konlari mavjud[17]. Angren kaolin-qo‘ng‘ir ko‘mir koni hisoblanadi Sharg‘un va Boysunda toshko‘mir qazib olinadi. Bulardan tashqari Hisor tog‘larida ko‘mirga istiqbolli maydonlar mavjud. Ular Nimo, Gurud, Panama, Xauz, Fangart, Oqsuv hisoblanadi. Bu maydonlarda hozir baholash va razvedka ishlari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston ko‘mirlarining barchasi yura yotqiziqlari bilan genetik bog‘langan hisoblanadi[18].
Do'stlaringiz bilan baham: |