Boshqa ko’rgazma uchun slaydlardan nusxa olish.
Boshqa ko’rgazmaga nusxasi o’tkaziladigan slaydlardan oldin turuvchi slaydni belgilang.
«Vstavka» menyusidagi «Slaydi iz faylov» («fayllardan slaydlar») buyrug’ini tanlang.
Nusxasi o’tkaziladigan slaydlar turgan ko’rgazmani toping va uni belgilang.
Nusxasi o’tkaziladigan slaydlarni belgilang va «Vstavit» («Kiritilsin») tugmachasini bosing.
Slaydlarni o’chirish.
O’chirilishi kerak bo’lgan slaydlarni belgilang.
«Pravka» menyusidagi «Udalit slayd» («Slayd o’chirilsin») buyrug’ini tanlang.
«Fayl» menyusidan «Vixod» («Chiqish») buyrug’ini tanlang. MS PowerPoint ning yuqorida ko’rsatilgan imkoniyatlarini qo’llab, quyidagi namunaviy laboratoriya ishining bajarilishini ko’rib chiqamiz.
masalani to’g’ri hal qilishga harakat qilib ko’ring.
Laboratoriya ishi
Ish maqsadi: Power Point dasturida animatsion effektni qo’llagan holda ko’rgazma yaratish.
Ishni bajarish tartibi:
MS Power Point dasturi ochiladi va menyusidan (Yangi slayd) buyrug’ini tanlanadi. Kerakli ko’rinishdagi slayd tanlanadi. «OK» tugmachasi bosiladi. Masalan, matn va grafika deb nomlangan slaydni tanlaymiz. Bu slayd uch qismdan iborat:
Slayd sarlavhasi qismiga sichqoncha ko’rsatkichi bilan bosiladi va slayd sarlavhasi yoziladi: «Informatika kafedrasi» Sarlavha shriftini jihoz panelidan o’zgartirishimiz mumkin:
tugmasi bosiladi;
shrift rangini tugmachasi yordamida o’zgartiriladi;
• tugmachalari orqali shrift ko’rinishini qalinlashtirib, qiyshaytirib, tagiga chizib, soyali qilib yozishimiz mumkin.
Slayd sarlavhasini 2 barobar kattalashtirib, rangini qizil qilamiz va soyali qilib yozamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |