O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politenika instituti


Download 0.95 Mb.
bet7/17
Sana19.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1610889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Abdusalomov. U SHET kurs ishi 29.03.23[1]

Izohlar: 1. Yong‘inga qarshi qurilmalar va o‘t o‘chirish bo‘linmalarini tashish uchun mo‘ljallangan liftlarning ta’minot sxemalari, ularning ishonchlilik kategoriyasidan qat’iy nazar, mazkur me’yorlarning 5.8-5.10 bandlarining talablariga muvofiq tarzda bajarilishi kerak.
2. Turar-joy binolarining elektr qabul qilgichlari majmuiga xo-nadonlarning elektr qabul qilgichlari, bino umumiy xonalarini yoritish, liftlar, xo‘ jalik nasoslari va h.k . kiradi. Jamoat binolarining elektr qabul qilgichlari majmuiga ular bilan dino yoki xonalar guruhi jihozlanadigan barcha elektr qurilmalari kiradi.
Elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha I kategoriyali elektr qabul qilgichlarning energiya ta’minotini mahalliy sharoitga ko‘ra ikki mustaqil manbadan amalga oshirish imkoni bo‘lmaganda, ushbu ta’minotni rezerv energiya ta’minotini avtomatik yoqish qurilmasiga(RAYoQ) ega turli 10 (6-20) kV elektruzatish liniyalariga ulangan, yaqin orada joylashgan ikkita yakka transformatorli yoki qo‘shtransformatorli podstansiyalarning (TP) har xil transformatorlaridan amalga oshirish mumkin (3.15-bandga qarang).
Elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha III kategoriyaga tegishli, bitta elektr uzatish liniyasidan ta’milanuvchi binolarda qo‘riqlash va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalari zahiraviy energiya ta’minotini mustaqil manbalaridan amalga oshirish lozim.
Yuqoriroq kategoriyadagi elektr qabul qilgichlarning elektr ta’minot ishonchligiga bo‘lgan talablarni pastroq kategoriyadagi elektr qabul qilgichlarga tadbiq qilish mumkin emas (3.1-bandga qarang).
Kuch elektr qabul qilgichlar va yoritish ta’minotini umumiy transformatorlardan amalga oshirish tavsiya etiladi. Bunda yoritish tarmog‘idagi kuchlanish o‘zgarishlari ko‘lamining takroriyligi(chastota) GOST13109-87* reglamentlovchi ko‘rsatkichlardan oshmasligi kerak.Kuchlanish o‘zgarishlari ko‘lamining takroriyligi(chastota)ga bo‘lgan talablar evakuatsiya va avariya vaziyatidagi yoritishni energiya bilan ta’minlash liniyalariga taa’luqli emas.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling