O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politenika instituti
Komplekt transformator punkitlarning hozirgi vaqtdagi tannarxi keltirilgan
Download 0.95 Mb.
|
Abdusalomov. U SHET kurs ishi 29.03.23[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- III – BOB.
Komplekt transformator punkitlarning hozirgi vaqtdagi tannarxi keltirilgan
2.2 - jadval
III – BOB.MIKRORAYON UCHUN ELEKTR TA’MINOTI SXEMASINI TANLASH.3.1. Mikrorayon TP o‘rnatish joyini markazini aniqashTransformator punkitini (TP) o‘rnatish joyini aniqlash uchun elektr yuklamalari markazining koordinatalari topish formulalar yordamida aniqlanadi. Bu yerda – har bir iste’molchi (ob’ekt)ning aktiv quvvati, iste’molchi (ob’ekt)ning x o‘qidagi koordinatasi, iste’molchi (ob’ekt)ning y o‘qidagi koordinatasi. Yana bir muhim masalalardan biri bu-loyihada quvvatlarga asosan tanlab olingan TPni oʻrnatish joyini tanlashdir. Chunki har doim ham elektr yuklamalarini markazini aniqlash formulasi yordamida aniqlangan koordinatalarga asosan TPni oʻrnatishni imkoni boʻlmaydi. Masalan, bu maydon yer ostida turli kommunikatsiya quvurlari yoki aloqa liniyalari yotqizilgan boʻlishi, ustidan boshqa yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi tarmoqlangan boʻlishi, u erda oldindan boshqa bino-inshoatlar qurilgan bo‘lishi, suv havzasi bo‘lishi va boshqa holatlar mavjud boʻlishi mumkin. Shu sababli, aniqlangan koordinataga asosan ob’ekt uchun TP o‘rnatish maydoni joyiga chiqib oʻrganiladi. Oʻrganishda TP oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan mazkur yer maydoni osti va ustida tarmoqlar hamda bino-inshoatlar mavjud emasligi, shuningdek, boshqa kuchlanish ostida boʻlgan tarmoqlarning trassasi, oralig‘i hamda boshqa ob’ektlarning muxofaza maydonlari talablari inobatga olinishi shart. Kurs loyihamizda berilgan xaritada chap tomonida turar joy binolari va o‘ng tomonida jamoat binolari, binolar o‘rtasida esa bolalar o‘yingohi va avtoturargoh joylashtirilgan deb qabul qilinadi. Amaldagi EUTQ (PUE) talablariga ko‘ra, bolalar maydonchasida kabel liniyalarini yotqizish taqiqlanadi. Shuningdek, kabel liniyalarini yer ostida yotqizishda ulardan bino-inshoat va boshqa ob’ektlargacha bo‘lgan masofalarni saqlanishi talab etiladi. Shu sababli va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, turar joy binolarini elektr ta’minoti uchun TPni o‘rnatish joyi bino bilan 6 kVli fider Obod orasidagi maydonga joylashtirilishi, shuningdek, jamoat binolari uchun o‘rnatiladigan TPni binolar bilan 6 kVli fider Namuna orasidagi maydonlarga joylashtirish tavsiya etiladi. Shuni yodda tutish kerakki, elektr iste’molchilarining elektr ta’minoti ularning toifalariga qarab ta’minlanishi kerak. Masalan, 1-toifali elektr iste’molchi mavjud bo‘lsa, u holda uning elektr ta’minoti ikkita manba (fider)dan amalga oshirish talab etiladi. Iste’molchilarni toifalarini quyidagi jadval orqali aniqlab olinadi. TP kuch transformatorlari quvvatini tanlash transformatorlarning yuklanish va haddan ortiq yuklanish imkoniyatini hisobga olib amalga oshi rilishi kerak. Moyli transformatorga ega qo‘shtrasformatorli podstansiyalar uchun transformatorning mazkur me’yorlarning 4-bobiga ko‘ra hisoblangan eng yuqori davrda yo‘l qo‘yilgan avariyali haddan ortiq yuklanish «Shahar va poselka elektr tarmoqlarini loyihalash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli VSN 97-83 va GOST 14209-85* talablariga muvofik qabul qilinishi kerak. Umum ta’lim maktablari, maktab-internatlari va kadrlar tayyorlash muassasalarining orom olish korpuslarida, maktabgacha bolalar muassasalarida, kasalxonalarning palata korpuslarida, hamda binolar,mehmonxonalar, dam olish uylari, pansionatlar va boshqalarning tovush chiqarish darajasi sanitariya me’yorlari bilan cheklangan turar-joy zonasi ichiga yoki yoniga TPni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Boshqa yo‘nalishdagi jamoat binolarida EO‘Q talablariga, mos sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlarga, mazkur Me’yorlar talablariga rioya qilingandagina, binoning ichiga va yoniga biriktirilib o‘rnatiladigan TP (vstroennыy i pristroennыy), shu jumladan, komplekt (butlangan) transformator podstansiyalari (KTP)ni joylashtirish ruxsat etiladi. Joylashtirma TPlar qo‘llanilganda bosh taqsimlash shchitlari (BTSh), odatda , TP bilan qo‘shni xonada joylashishi kerak. KTP BTSh bilan bir xonada joylashtirilishi lozim. Joylanma TP, KTPlar va 6 kv gacha kuchlanishli berk taqsimlash qurilmalari(BTQ) uchun EO‘Q 4.2 bobi talablariga qo‘shimcha ravishda quyidagilar ko‘zda tutilishi zarur: ularni ho‘l texnologik jarayonli xonalar, dushxona lar, vannaxonalar va hojatxonalar ostida joylashtirmaslik; TP, KTP va BTQ xonalari ustida isitish, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlaridagi avariya natijasida namlik o‘tish imkoniyatini istisno kiluvchi ishonchli gidroizolyatsiyani bajarish; 1000 V gacha va undan ortiq kuchlanishli transformatorlar va BTQ lari kameralarining pollari kirish joylari tarafdan tutash xonalar pollaridan kamida 10 sm balandrok bo‘lishi ke rak. Agar TPga kirish binoning tashqarisidan ko‘zda tutilgan bo‘lsa, TP xonasi polining sathi yer sathidan kamida 30 sm baland bo‘lishi kerak. Podstansiya polidan tutash xonalar poligacha yoki yergacha bo‘lgan masofa 40 sm dan ortiq bo‘lganda, kirish uchun zinalar ko‘zda tutilishi lozim; podstansiya o‘rnatilgan joyga avtomashina kirishi yoki transformatorni ko‘tarish uchun yo‘llar barpo qilish. TP tuzilishi va joylashishi unga energiya bilan ta’minlovchi tashkilot xodimlarining sutka mobaynida bemalol kirish imkoniyatini ko‘zda tutishi kerak. Bunda TP sxemasi energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lgan jihozlarni va kuch transformatorlarini, abonentlar tomonidan esa, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan jihozlarni ekspluatatsiya qilish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va abonent ekspluatatsiya qiluvchi jihozlarni bir xonaning o‘zida joylashtirish, kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lgan TQ va kuch transformatorla ri, ularning oldiga abonent xodimlari kirishidan muhofazalangan sharoitdagina (masalan, to‘rsimon to‘siqlar va qurilmalar bilan) ruxsat etiladi. Agar kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lgan TQ jihozlari va kuch transformatorlari berk shkaflarda (KTP) joylashgan bo‘lsa, abonent xodimlarining ularga kirishidan muhofazalash uchun,oraliq to‘siqlar, to‘siqlar o‘rnatmay, maxsus qulflar yoki boshqa qurilmalar qo‘llash lozim. Joylashtirilgan TP i KTPlarda har birining quvvati 1000 kVA gacha bo‘lgan ko‘pi bilan ikkita moyli transformatorlar o‘rnatmoq lozim. Quruq transformatorlar soni cheklanmaydi, ular har birining quvvati 1000 kVA dan ortiq bo‘lishi tavsiya etilmaydi . Moy transformatorli podstansiyalar, odatda, binoning birinchi qavatida yoki sokol qismida ( yerning tekislangan sathidan balandroqda) joylashishi kerak. Transformatorlar kameralari eshiklari bino fasadlarining birida joylashishi lozim. Quruq transformatorli podstansiyalarni yer to‘lalarda joylashtirishga quyidagi shartlar bajarilganda yo‘l qo‘yiladi: mazkur Me’yorlar 3.9 - , 3.10 -bandlari talablariga rioya qilinganda; ularni yer osti va tosh qin suvlari bilan, shuningdek suv-ta’minoti, isitish va kanalizatsiya tizimlaridagi avariyalar paytida suv bosishi imkoniyatini istisno kilinganda; transformatorlarni ko‘chma yoki statsionar mexanizmlar va qurilmalar yordamida yer yuziga ko‘tarish ta’minlanganda; tashqi devorlar va podstansiya devorlari orasidagi masofa, odatda, 800 mmdan kam bo‘masligi kerak. Devorlar orasida ventilyatsiya ta’minlanganda, ushbu masofani 200 mm gacha kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi . Texnik-iqtisodiy asoslash mavjud bo‘lib, transformatorlarni tashish imkoniyati ta’minlan sa, podstansiyalarning bino yuqori qavatlarida o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunday holda podstansiya xonalarini tashqi devorlardan ajratish talab kilinmaydi -3.13. TPlarda, odatda, o‘ramalar(obmotka)ining ulanish sxemasi quvvat 250 kV • A gachaligida"yulduz -zigzag" hamda kuvvat 400 kV A va undan kattaligida "uchburchak-yulduz" bo‘lgan yerga yalang ulangan neytral li kuch transformatorlarini o‘rnatmok lozim. Quvvati 1000 kV • A gacha bo‘lgan kuch transformatorlarining 10kVAgacha kuchlanishda magnitlovchi tokni yoqish va o‘chirish uchun, odatda, yuklamali vklyuchatel o‘rniga uchqutbli ajratgichlar (raz’ediniteli)ni ko‘zda tutmoq lozim. Ularni tikka yoki qiya qilib o‘rnatish mo‘ljallanadi. ZAYo qurilmasini o‘rnatish joyi (markazlashtirilgan holda binoga kirishlarda yoki nomarkazlashtirilgan holda elektr ta’minotining ishonchliligi bo‘yicha I-kategoriyaga mansub elektr qabul qilgichlar oldida) ularning o‘zaro joylanishiga, ekspluatatsiya sharoitlariga va olisdagi elektr qabul qilgichlargacha ta’minlovchi liniyalarni yotqizish usullariga bog‘liq ravishda loyihada tanlanadi. Joylashtirilgan TP ning past kuchlanishli tarafida ZAYo mavjudligida uni TP bilan qo‘shni bo‘lgan xonada joylashgan BTSh ga o‘rnatish talab qilinmaydi. Avtomatik yoqiladigan texnologik rezervga ega I kategoriyali elektr qabul qilgichlarga ZAYo o‘rnatish talab kilinmaydi. Yuqoridagilarni inobatga olib, loyihachi tomonidan TPni oʻrnatish joyi aniqlab olinadi va loyihaga kiritiladi. Elektr tarmoqlarining sxemalari sodda, tejamkor bo‘lishi hamda binolar elektr qabul qilgichlari elektr ta’minotining ishonchliligiga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib tuzilishi kerak. Binoda, odatda, shahar tarmog‘idan elektr energiyasini qabul qilish va uni bino iste’molchilari o‘rtasida taqsimlash uchun mo‘ljallangan bitta umumiy komplekt-taqsimlash qurilmasi yoki bosh taqsimlash shiti (KTQ,, BTSh) o‘rnatilishi kerak. Alohida turgan TP lardan ta’minlanishda va kirituvlarning har birida me’yordagi va avariya rejimlardagi yuklanish 400- 630 dan ortiq bo‘lganida (TP dan chiqayotgan liniyalarning kommutatsiya va himoya apparatarining nominal tokiga bog‘liq holda) KTQ (BShT) lar miqdorining oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling