O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va


Download 69.52 Kb.
bet3/5
Sana10.10.2023
Hajmi69.52 Kb.
#1697277
1   2   3   4   5
Bog'liq
NA\'MUNAVIY O‘QUV DASTURI

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

elektrotexnika va elektronika asoslari, texnikaviy chizmachilik, avtomobillar tuzilishi.

O‘qitishni tashkiliy shakli

A – Amaliy ta’lim;
O‘quv amaliyoti darslari ta’lim muassasasi o‘quv amaliyoti ustaxonasida yoqi ish beruvchi bilan kelishgan holda ishlab chiqarish korxonasida tashkil
etiladi.

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq




    1. O‘quv dasturi mazmuni








Mavzuning nomi



Mavzuning qisqacha mazmuni



Jami

O‘ qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil
ta’ lim

1.

Kirish. Xavfsizlik texnikasini o‘rganish va tekshirish.

Mashg‘ulot mazmuni, o‘quvchilarni avtoxo‘jaliklarning ichki tarkibi, ish vaqti tartibi bilan tanishtirish. Mashg‘ulot dasturi bilan II-III razryadli chilangar bajaradigan ishlar tavsifi bilan tanishtirish. Jihozlar bilan va xavfsizlik texnikasi bilan tanishtirish. Ishlabchiqarish mutaxassisi bilan suhbatlashish.

6

A

2

2.

Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda
qo‘llaniladigan jihozlar bilan ishlashni o`rganish.

Avtotransport korxonalarida avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda ishlatiladigan texnologik jihozlar bilan ishlash. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda ishlatiladigan ajratish-yig‘ish hamda ta’mirlash jihozlari bilan ishlash. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatishda ishlatiladigan tozalash-yuvish jihozlari bilan ishlash. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda ishlatiladigan diagnostikalash jihozlari bilan ishlash. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda ishlatiladigan moylash-to‘ldirish
jihozlari bilan ishlash.

6

A

2

3.

Dvigatelni umumiy tekshirish

Tashqi kuzatishni ketma-ketligini bajarish. Dvigatelning nazorat ko‘rigi va uni diagnostikalash. Dvigatel kompressiyasi bo‘yicha, moyning kamayishi bo‘yicha, siqilgan havoning silindrdan chiqib ketishi bo‘yicha, shovqin va tebranishlar bo‘yicha
tashxislash.

6

A

2

4.

Dvigatelga servis xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash.

Dvigatelga tashxis qo‘yish va servis xizmat ko‘rsatish. Dvigatelni ajratib olish va qismlarga ajratish. Detallarni saralash va butlash. Detallarni tozalash va yuvish. Detallarni nuqsonlarini aniqlash va ajratib
olish va ta’mirlash ishlarini o‘rganish.

6

A

2

5.

Dvigatelning krivoship-shatun mexanizmiga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.

Silindrlar blogi qopqog‘ini ajratib olish va o‘rnatish. Krivoship-shatun mexanizm detallarini texnik holatini tekshirish. Silindrlar blogini qismlarga ajratish va tozalash hamda yuvish ishlarini bajarish. Krivoship-shatun mexanizmga servis xizmat
ko‘rsatish.

6

A

2

6.

Gaz taqsimlash mexanizmiga servis xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash.

Gaz taqsimlash mexanizmini texnik holatini tekshirish. Klapanlar prujinalarining qayishqoqligini ajratib olmay yoki ajratib olib tekshirish. Klapanlar yuritmasidagi issiqlik tirqishlarini tekshirish va rostlash ishlarini bajarish. Gaz taqsimlash mexanizmiga servis
xizmat ko‘rsatish.

6

A

2

7.

Sovitish tizimini ta’mirlash va ularga servis xizmat ko‘rsatish.

Sovitish tizimini texnik holatini tekshirish va nosozliklarini aniqlash. Suyuqlik nasosi yuritma tasmasini almashtirish. Dvigateldagi yuritma moslamalarining tarangligini rostlash. Radiator o‘zagidagi havo yo‘llarini ifloslanishini ko‘zdan kechirib aniqlash tozalash, yuvish va siqilgan havo bilan tozalash ishlarini ketma ketlikda bajarish. Termostatni tekshirish va uni almashtirish.
Sovitish tizimiga servis xizmat ko‘rsatish.

6

A

2

8.

Moylash tizimini ta’mirlash va unga servis xizmat ko‘rsatish

Moylash tizimini texnik holatini tekshirish va nosozliklarini aniqlash. Moylash tizimini nosozliklarini aniqlash. Moy sizayotganligi dvigatelni tashqi tomondan ko‘zdan kechirish. Birikmalarni mahkamlash detallarini qattiqlash yo‘li bilan tuzatish. Moy bosimining oshishi va pasayishini aniqlash hamda ta’mirlash ishlarini ketma-ketlikda bajarish. Moyning ko‘p sarflanishiga sabab bo‘lgan detallarni ta’mirlash. Dvigatel
karterini shamollatish tizimini ta’mirlash.

6

A

2

9.

Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning yonilg‘i-ta’minlashh tizimiga servis xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash.

Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning yonilg‘i ta’minlashh tizimini tashxislash. Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning yonilg‘i-ta’minlashh tizimiga servis xizmat ko‘rsatish. Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning yonilg‘i-ta’minlashh tizimining germetikligini tekshirish havo filtirini
tozalash. Karbyuratorli va injektorli

6

A

3










dvigatellarning yonilg‘I t’aminlash tizimidagi barcha asboblarning holatini tekshirish va aniqlangan nosozliklarni ta’mirlash. Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning yonilg‘I ta’minlash tizimini detallarga ajratish, yuvish va tozalash hamda saralash. Karbyuratorlarning po‘kakli kamerasidagi benzin sathini tekshirish. Jiklyorlarni o‘tkazish xususiyatini aniqlash. Salt ishlash datchigini sozlash. Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning yonilg‘I ta’minlash tizimini joriy ta’mirlash va yig‘ish ishlarini ketma
ketlikda bajarish.










10.

Dizel dvigatellarining yonilg‘i tizimiga
servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.

Dizel dvigatellarining yonilg‘i tizimini tashxislash va nosozliklarini aniqlash. Dizel dvigatellarini qismlarga ajratish, detallarni yuvish va tozalash. Yuqori bosimli nasos va forsunka zichligini buzilishini ta’mirlashni o‘rganib bajarish. Havo va yonilg‘i filtrlarning kirlarini tozalash, plunjer juftining yeyilishi va sozligining buzilishini ta’mirlashni o‘rganib bajarish. Forsunkaning purkash teshigini qurumlardan tozalash. Dizel dvigatellarini
yig‘ish va sinash.

6

A

2

11.

Gaz yonilg‘isida ishlaydigan dvigatellarining yonilg‘i tizimiga
servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.

Gaz yonilg‘isida ishlaydigan dvigatellarining yonilg‘i tizimini tashxislash va servis xizmat ko‘rsatish. Gaz yonilg‘isida ishlaydigan dvigatellarining yonilg‘i tizimini qismlarga ajratish. Tizimdagi germetiklikni tekshirishni o‘rganish. Past bosimli gaz reduktorlaridan quyqumlardan tozalash. Yuqori bosimli gaz reduktorlarini saqlash klapanlarini ishlashini tekshirishni o‘rganish. Gaz o‘tkazgichlar va birikmalarni nogermetikligini bartaraf etish. Past bosimli reduktorni rostlash. Filtrlarni tozalash. Gaz yonilg‘isida ishlaydigan dvigatellarining yonilg‘i tizimini joriy ta’mirlash, yig‘ish va rostlash ishlarini
bajarish.

6

A

2

12.

O‘t oldirish tizimini ta’mirlash va unga servis xizmat ko‘rsatish.

O‘t oldirish tizimini umumiy tashxislash va nosozliklarni bartaraf etish. Uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni tekshirish va rostlash ishlari. O‘t oldirishni ilgarilatish
burchagini tekshirish va rostlash. O‘t oldirish

6

A

3










shamlarini tekshirish, nosozliklarini aniqlash, tozalash va almashtirish ishlarini ketma ketlikda bajarish. O‘t oldirish tizmini ta’mirlash. Tamirdan chiqqan dvigatelni ishlatib moslash va sinash. Akkumulyator batareyasining nosozliklari va ularga servis xizmat ko‘rsatish. Akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash. Generatorni ta’mirlash va unga servis xizmat ko‘rsatish. Startyorni ta’mirlash va unga servis xizmat ko‘rsatish. Yoritish va nazorat-o‘lchash asboblarining asosiy nosozliklarni aniqlash,
ularga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.










13.

Avtomobil dvigatellarini yig‘ish va sinash.

Dvigatel mexanizm va tizimlarini ta’mirlashdan so‘ng yig‘ish va rostlash ishlari. Dvigatellarni sinash stendlaridan foydalangan xolda o‘rganib bajarish. Avtomobilni foydalanishga tayyorlash va foydalanishga
topshirish.

6

A

2

14.

Avtomobillar servisi.

Avtomobillar servisi va avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatishning umumiy tan olingan uslublarini o‘rganish. Avtoservis korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. Avtoservis korxonalarining ishlab chiqarish ustaxonalari va texnologik jihozlarini
o‘rganish.

6

A

2

15.

Amaliy nazorat mashg‘uloti.Sinov.

O‘quvchilarni dastur asosida o‘quv amaliyotning bajarishni nazorat qilish. O‘quvchilarni ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun sharoit yaratib berish.
O‘quvchilarni davomatini nazorat qilish.

6

A

2








Download 69.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling