­O`zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan vainnovatsiyalar vazirligi


Download 179.5 Kb.
bet2/7
Sana07.05.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1440749
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiy o’sishning neoklassik modellari

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Iktisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish potentsial YAIM xajmining uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. U o`sish ishlab chikarish natijalari va omillarida ro`y beradigan mikdor va sifat o`zgarishlarini xarakterlaydi.
Iktisodiy o`sish real YAIM ning, yoki axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ni o`sish sur`ati bilan o`lchanadi.
Iktisodiy o`sish taklif, talab va taksimot omillari bilan belgilanadi.
Iktisodiy o`sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mexnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshkalar kiradi.
Bulardan foydalanish usuliga ko`ra iktisodiy o`sish ekstensiv va intensiv turlarga bo`linadi. Ishlab chikarish resurslar mikdorini o`zgartirmagan xolda o`ssa, intensiv omillar xisobiga amalga oshgan xisoblanadi.
Iktisodiy o`sish modellari deganda iktisodiy o`sishni taxlil kilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniklash va konuniyatlarini ochib berishga xizmat kiluvchi modellar tushuniladi.
Keynschilar ( Xarrod, Domar) modellarida iktisodiy o`sishning asosiy omil investitsiyalar deb karaladi. Jamgarish normasini ko`tarish orkali investitsiyalarni ko`paytirish va ularning samaradorligini oshirish ixtisodiy o`sish shartlari deb karaladi.
Klassik modellarda iktisodiy o`sish ishlab chikarishning barcha omillariga boglik, mexnat va kapital o`zaro almashiniladi deb karaladi. SHunga ko`ra kapitalning ma`lum darajasida mexnatning kapital bilan kurollanganlik darajasi, o`z navbatida ishlab chikarish xajmi xam turlicha bo`ladi.
Kurs ishining maqsadi:Neoklassik iktisodiy nazariyada raqobatli bozorda tovarlar, xizmatlar narxining shakllanishini va ishlab chiqarish omillarini oʻrganish uchun eng soʻnggi — meʼyoriy kattaliklar — meʼyoriy naflilik va meʼyoriy unum-dorlik, meʼyoriy tushumlar, meʼyoriy harajatlar va boshqa tahlillari qoʻllaniladi.
Maqsadga muvofiq quyidagilar ishning vazifalari etib belgilab olindi:

· Iqtisodiy o`sish tushunchasi va o`lchanishi o‘rganish va taxlil qilish


· Iqtisodiy o`sish omillari va tiplari ko'rib chiqish
· Iqtisodiy o`sishning keynscha modellari va R.Solouning neoklassik modeli taxlil qilish
Kurs ishi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga bagishlangan bo’lib, u kirish, 2ta bob, 4ta asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’xatidan iborat reja asosida tayyorlangan.
Kurs ishini tayyorlash jarayonida prezident asarlari, darsliklar, vaqtli matbuot materiallaridan va internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanishga harakat qildik.
1.Iqtisodiy o'sishning mohiyati, asosiy tavsifnomasi va modeli
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi noto‘g‘ri nazariy shartlarga asoslanadilar: 

  1. mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi; 

  2. ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi. Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi; 

  3. mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud; 

  4. ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud. 

Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l qo‘yadilar: 

  1. ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o‘sgan (ko‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar; 

  2. ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‘zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q bo‘lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi kelmaydi. 

Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb-Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
Elastiklik koeffitsienti bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi natijasida boshqa bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga ko‘ra,  koeffitsienti kapital sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini,  koeffitsienti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.  va ning yig‘indisi ishchi kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning o‘zida 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.
Ch.Kobb va P.Duglas o‘z tadqiqotlarida AQSh qayta ishlash sanoatining 1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funksiyasining ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:
Bu ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, o‘sha davrda AQSh qayta ishlash sanoatida kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga, ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga oshishiga olib kelar ekan.
Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiyasini golland iqtisodchisi Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil – texnika taraqqiyoti ko‘rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funksiyasi formulasi quyidagi ko‘rinishni oldi:
,bu yerda: yert – vaqt omili.
Ishlab chiqarish funksiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg‘unlashuvchi sifat o‘zgarishlari – ishchi kuchi malakasining o‘sishi, innovatsiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi.
Iqtisodiy o‘sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim Ye.Domarning iqtisodiy o‘sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:
1) ular neoklassik modellardan farqli o‘laroq bir omilli model hisoblanadi. Ya’ni bu modellarda milliy daromadning o‘sishi faqat kapital jamg‘arishning funksiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi bandligining oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi ishlab chiqarish omillari narxlarining nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari orqali aniqlanadi.
Neokeynscha modelda investitsiyalarning o‘sishi iqtisodiy o‘sish va uning sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning o‘sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytiradi. O‘z navbatida daromadning o‘sishi bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Investitsiya hajmining ko‘payishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish quvvatlari daromadning o‘sishi orqali to‘liq ishga tushirilishi lozim.
Shunga ko‘ra, Ye.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qo‘yiladi: 
Shunday qilib, iqtisodiyotdagi ishchi kuchining to‘la bandligini hamda ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq ishlashini ta’minlovchi sof investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalarning o‘sish sur’ati  x a ga teng bo‘lishi lozim. Agar iqtisodiyotdagi investitsiyalarning potensial o‘rtacha samaradorligi 0,3 ga, jamg‘arishga bo‘lgan o‘rtacha moyillik 0,2 ga teng bo‘lsa, u holda investitsiyalarning o‘sish sur’ati 6% (0,3x0,2)x100%)ga teng bo‘ladi.
R.Xarrodning iqtisodiy o‘sish modeli investitsiya va jamg‘armalar o‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanat, ya’ni ga asoslanadi. U statik holdagi makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Gw – haqiqiy jamg‘arma va taxmin qilinayotgan investitsiyalar o‘rtasidagi dinamik muvozanatni ta’minlovchi o‘sishning kafolatlangan sur’ati;
Cr – kapital koeffitsientining talab etilayotgan miqdori.
Neokeynschilarning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy kafolatlangan o‘sish sur’atiga avtomatik ravishda erishib bo‘lmasligi sababli, ular dinamik muvozanatga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi to‘g‘risidagi xulosaga keldilar.
Iqtisodiy o‘sishning muhim modellaridan biri bo‘lib tarmoqlararo balans hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bo‘lgan hamda AQShga o‘tib ketgan iqtisodchi V.Leontev tomonidan «xarajatlar – ishlab chiqarish» modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi.
V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng avvalo e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar o‘rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsientlar (I kvadrantdagi a11, a12, a13 va h.k. belgilar) orqali o‘rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to‘rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg‘arish, davlat xaridi va eksport sifatida foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi kvadrantdan qo‘shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko‘rsatkichlari o‘rin olgan. To‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash ko‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo‘ylab xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo‘yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi unsurlarni, satrlar bo‘yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog‘i mahsulotini taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Iqtisodiy o’sishga erishish nima hisobidan hosil bo’lishini unga ta‘sir etuvchi omillar keltirib chiqarishini bilmoq lozim. Bu omillarni ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh omillari taklif omillari deb aytiladi va iqtisodiy o’sishni belgilab beradi:
a) tabiiy resursning miqdori va sifati;
b) ishchi kuchi resurslar miqdori va sifati;
v) asosiy kapital (asosiy fondlar)ning hajmi;
g) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti ma‘lumki, Yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiy resurslar sarflarining funktsiyasi hisoblanadi, ya‘ni:
U=F (L,K,N) (2)
Bu yerda: U - Yalpi milliy (ichki) mahsulot; L – ishchi kuchi sarflari; K - kapital sarflari; N - tabiiy resurslar sarflari.
Bu funktsional bog’lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o’sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy ko’rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:
Mehnat unimdorligini (U/L) - mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati;
MO’= (3).
Mehnat sig’imi (L/U) - jonli mehnat sarflarining mahsuloti ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
MS=(4).
Kapital samaradorligini (U/K) - maxsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;
KS=(5).
Kapital sig’imi (K/U) – kapital xarajatlarining mahsuloti ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
KS= (6).
Tabiiy resurslar samaradorligini (U/N)- mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlarini nisbati;
TRS= (7).
Mahsulotning resurslar sig’imi (N/U) - tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati.
MRS= (8).
Ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/L)- ishlab chiqarish jarayonida qullanilayotgan kapital hajmining ish kuchi miqdoriga nisbati;
IKKQ = (9).
Yuqoridagi ko’rib o’tilgan iqtisodiy o’sishga qo’llaniladigan omillar ko’rsatqichlardan tashqari yana keyingi qo’shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi ko’rsatqichlari ham qo’llaniladi. Bu ko’rsatgichlar, boshqa omillar sarfi o’zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo’shimcha o’sishi ta‘sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo’shimcha o’sishi hajmini belgilab beradi:
1. Keyingan qo’shilgan mehnat unimdorligi ;
2. Keyingi qo’shilgan kapital unimdorligi
3. Keyingi qo’shilgan tabiy resurslar unimdorligi;
Bu ko’rsatqichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o’sishida har bir omilning hissasini namoyon etadi. Bu o’sish qo’yidagiyig’indi bilan aniqlanadi:
U=L+K+ N.(10)
Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta‘sir qiladi. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi. Real mahsulot ikki asosiy usulda ko’paytirilishi mumkin:

Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling