O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim


- yilning yanvar-iyunida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalari


Download 117.2 Kb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi117.2 Kb.
#1625970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Invеstisiya КОСИМЖОНОВ КАМОЛИДДИН

2022- yilning yanvar-iyunida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalari:
Quyuv-prokat majmuasini qurish;
Shovot-Qorao‘zak yangi temir yo‘l liniyasini hamda Amudaryo ustidan o‘tuvchi temir yo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prigini qurish;
Toshkent shahrida yer usti halqa metropolitenini qurish (II bosqich).

Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan infrastruktura, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 130,4 % ni yoki 8,1 trln, so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan investitsiyalar 2021- yilning mos davriga nisbatan 34,9 % ga ko‘payib, 0,9 trln. soʻmni tashkil etdi. Ularning jami investitsiyalardagi ulushi, mos ravishda 0,2 % punktga ko‘payib, 0,8 % ni tashkil etdi.


O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 57079,6 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 46,9 % ini tashkil etdi, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 55190,7 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 45,3 %) va boshqa xarajatlarga 9536,1 mlrd. so‘m (7,8 %) o‘zlashtirildi.


Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi – 57,7 % yoki 2410,2 trln. so‘m.
Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng quyi daraja Sirdaryo viloyatida kuzatilib, 27,2 % ni yoki 1369,8 trln. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida mashina, uskunalar va inventarlarga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 63,2 % yoki 3186,5 trln. so‘mni tashkil etdi.
Joriy hisobot davrida yangi qurilishga yo‘naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 64108,7 mlrd. so‘mga yetdi hamda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 52,6 % ini tashkil etdi.
Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich, quvvati 1 500 MVt bo‘lgan yangi elektr stansiyasi hamda quvvati 220 МVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihalari bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar natijasida Sirdaryo viloyatida kuzatilib, u 73,4 % ni tashkil etdi.
Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 34961,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va respublikadagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 28,7 % ini tashkil etdi. Qolgan 18,7 %, ya’ni 22736,6 mlrd. so‘m boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.

2022- yilning yanvar-iyunida 48004,3 mlrd. so‘m (dollar ekvivalentida 4,3 mlrd. AQSH doll.) yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 91,8 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.


Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 39,4 % ni tashkil etdi.
Xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 18328,6 mlrd. so‘mni va mos ravishda xorijiy kreditlar 29 675,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy invest-titsiya va kreditlar hisobidan joriy davrda 42 818,5 mlrd. so‘m o‘zlash-tirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 5185,2 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy invest-titsiya va kreditlar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy Investitsiyalar 16 007,0 mlrd. so‘m, boshqa investitsiya va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar 26 811,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi.



Download 117.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling