О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim vairligi Jizzax Davlat Pedogika Universiteti Sirtqi bo’lim biyologiya fakultuti Biyologiya o’qitish metotikasi kurs ishi mavzu: A. Engler va A. Taxtadjyanlarning filogenetik sistemalari taxlili


Daraxtni tuzishda “tejamkorlik” usuli va xatoliklar


Download 187.08 Kb.
bet13/16
Sana13.02.2023
Hajmi187.08 Kb.
#1193401
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Eragashov O\'lmasov

Daraxtni tuzishda “tejamkorlik” usuli va xatoliklar


Yuqoridagi daraxtni tuzish davomida biz tejamkorlik (parsimoniya) usulidan foydalandik. Bu usulning maqsadi tekshiruv natijalarini izohlab beruvchi eng sodda variantni tanlashdan iboratdir. Daraxtni tuzish paytida esa bu eng kam mustaqil evolyutsion oʻzgarishlarni (yangi belgilar paydo boʻlishi yoki ularning yoʻqolishini) nazarda tutishni anglatadi.
Misol uchun, biz quyidagi daraxtdan foydalanib belgilar qonuniyatini izohlashimiz mumkin:

Rasm Robert Bear va boshqalar CC BY 4.0ʼga tegishli Taxonomy and phylogeny: Figure 6 (Taksonomiya va filogeniya: 6-rasm) nomli grafik materialga asoslangan.
Ushbu hodisalar tartibi ham biz koʻrib chiqqan beshta turning belgilarini evolyutsion jihatdan izohlab bera oladi. Ammo bu daraxt oldingisidan kamroq tejamkorlikni namoyon qiladi, chunki u belgilarning mustaqil oʻzgarishini koʻproq talab qiladi. Biz dengiz okunini alohida qoʻyganimiz uchun jagʻ paydo boʻlishi ikki joyda mustaqil rivojlanishini taxmin qilamiz (birinchisi dengiz okuni avlodida, ikkinchisi esa antilopa, oqbosh suvburgut va alligatorlarning avlodida). Natijada daraxt 666 ta evolyutsion oʻzgarishni nazarda tutadi, oldingi daraxtimizda esa 555 ta oʻzgarish boʻlib, u tejamkorroq edi.
Ushbu misoldagi daraxtlarning faqat bittasi eng yaxshi ekani kundek ravshan va evolyutsion oʻzgarishlar sonini sanash esa unchalik zarur emas. Ammo tadqiqotchilar ilmiy ish sifatida filogenetik daraxtni tuzayotgan paytlarida ular koʻp sonli belgilardan foydalanadi. Ushbu belgilarning shoxlanish qonuniyatlari kamdan kam holatlarda bir-biri bilan 100%100%100, percent mos keladi. Aksincha, daraxtning bir koʻrinishi bir guruh belgilar qonuniyatiga yaxshi mos tushsa, boshqa koʻrinishi boshqa belgilar qonuniyatiga koʻproq mos keladi. Bunday holatlarda tadqiqotchilar maʼlumotlarga mos tushadigan eng sodda daraxtni tanlashda tejamkorlik usulidan foydalanadi.
Nima sababdan filogenetik daraxtning turli koʻrinishlari oʻzaro mos tushmasligiga hayron boʻlayotgan boʻlsangiz kerak. Axir qaysi belgilarni tanlab olishimizga qaramasdan, turlarning kelib chiqishi aniq bir yoʻl bilan kechgan-ku. Muammo shundaki, filogenetik daraxtni tuzayotganimizda biz koʻpincha chala yoki baʼzan notoʻgʻri maʼlumotlarga asoslanib ishlaymiz. Masalan:

  • Biz doim ham bir ajdoddan rivojlangan belgini (gomologik belgi) koʻrinish jihatdan oʻxshash, ammo mustaqil rivojlangan belgilar (konvergent evolyutsiya natijasida yuzaga kelgan analogik belgilar)dan farqlay olmaymiz. 

[Misollarni koʻrish]

  • Turlarning evolyutsion rivojlanishi davrida belgilar bir necha marta paydo boʻlishi va yoʻqolishi mumkin. Evolyutsiya davomida turlarda belgi paydo boʻlib, soʻng u yana yoʻqolib ketgan (ajdod koʻrinishiga qaytgan) boʻlishi mumkin. 

[Misollarni koʻrish]
Bunday xatoliklarni kamaytirish uchun biologlar bir vaqtning oʻzida koʻplab belgilarni tekshiradi. Har bir belgi yaxshilab tekshirilgan holatda ham notoʻgʻri xulosalarga kelishimiz mumkin. (Chunki biz oʻtmishdagi voqealar haqida toʻliq maʼlumotga ega emasmiz.)

Download 187.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling