O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirlig abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 109.85 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2020
Hajmi109.85 Kb.
#120861
  1   2
Bog'liq
Ortiqov Azizning mustaqil ishi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIG


ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
TASVIRIY SAN’AT VA MUXANDISLIK GRAFIKASI YO’NALISHI
3-BOSQICH 305-GURUH TALABASI
ORTIQOV AZIZNING
TASVIRIY SAN’AT VA MUXANDISLIK GRAFIKASI O’QITISH
METODIKASI

FANIDAN


MUSTAQIL

ISHI


Bajardi ORTIQOV. A
Qabul qildi Xudoyberdiye.P

. JIZZAX- 2020 yil.

REJA:

1.Kompyuterda chizmachilik darslarini tashkil qilish

2.Kurgazmali qurollarni darsda tutgan o’rni.

3.O’quvchilarga kesim va qirqim haqida malumot berish va ularni bajarish usullarini mustaxkamlash.


4.Chizmachilik to`garagi, uchrashuvlar tashkil etish,
ko`rgazmalar uyushtirish, sayoxatlar, suhbat- kechalar

1. Kompyuterda chizmachilik darslarini tashkil qilish.

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotganligi va о’z ortidan yangi imkoniyatlar ochib, ta‘lim muassasalari о’quv jarayoniga ham yangi yondashuv talab etilishiga sabab bо’layotganligini guvohi bо’lmoqdamiz.

Ta‘lim jarayonida axborot texnologiyalarining bir qator didaktik imkoniyatlari mavjud. Davrimiz talab ehtiyojiga kо’ra axborot texnologiyalarini ta‘lim muassalari о’quv jarayonini sistemalashtiruvchi, bog’lovchi, amaliy tashkiliy omil sifatida qaralishi mumkin. Axborot texnologiyalari kutubxonalar, hujjatlar va о’quvchilarning ijodiy ishlari kabi axborotlar jamlamasi, ma‘lumotlar ba‘zasini tuzish, ta‘lim jarayoni sistemalashtirish, о’quvchilarning amaliy ijodiy ishlairni tashkil qilish imkonini beradi.

Bu barcha vositalarni о’quvchilar о’qituvchining nazorati ostida, darsda shakllantirgan amaliy kо’nikma, malakalarini amalgam oshirish imkoni beradi.

Internet tarmog’i о’quvchilarga jadallik bilan ta‘lim muassa ishlari bilan tanihsish, о’z fikrlarini joylashtirish imkonini yaratadi. Internet tarmog‗iga chiqish orqali nazorat ishlari tarqatilishi va mahalliy elektron pochtadan qabul qilinishi mumkin.

Bunday kо’rinishdagi ishlar darsda masofaviy ta‘limning tarmoq shakllarini modellashtirishga yordam beradi.

Kundan-kunga masofaviy tarmoq kurslari va tanlovlari ommalashib bormoqda. О’qituvchi endi bilim axborotlarini yetkazuvchi yagona markaz emas, kompyuter texnologiyalarini qо’llash bilan masofaviy ta‘lim berish va olish imkoniyatiga ega bо’lib bormoqda.

О’quvchilar kо’pincha Internet tarmog’i orqali о’z-о’zini о’qitish bilan qiziqib shug’ullanmoqdalar, о’z tengdoshlari bilan muloqotda bо’ladilar, umumiy qiziqishlarni topadilar. Bunday ishlar tarmoqdagi о’zaro munosabatlarni shakllantiradi, о’quvchiga telekommunikatsiya imkoniyatlarini his qilishni, boshqa mamlakatdagi tengdoshalri bilan tanishish va birga ishlash vositasiga aylanmoqda.

Axborot texnologiya vositalari о’quvchiga о’z tasavvurlarini-elektron kо’rinishlardada namoyon etish va о’z mahsulotining raqobatdoshilgini, о’z g’oyalarini ommaviyligini tekshirish imkonini beradi. О’quvchiga haqiqiy qiziqarli va о’ziga xos resurs yaratish uchun u birinchi navbatda, barcha ma‘lumotlarni о’rganib chiqishi, uning talablari ruhiyatining xususiyatlarini sezishi, resursning yangiligini belgilashi va amaliy ahamiyatini anglab yetishi zarur. Bularning barchasi о’quvchining о’z bilimdonliklarini shakllantirishga, uning hayotdagi amaliy yо’nalishini belgilash malakalariga tegishli.
Ilm-fan, tеxnika-tеxnologiyalar rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yuksak malakali, еtuk va kadrlarga bо’lgan talab oshib bormoqda. Bu, о’z navbatida, nafaqat maktab, kasb-hunar kollеj о’qituvchilari, balki oliy ta'lim muassasalari profеssor-о’qituvchilari zimmasiga ham ma'suliyatli vazifani yuklaydi. Bu vazifalar tizimida mustaqil bilim olishga yо’naltirilgan ta'lim aloxida e'tiborga molik masalalar sirasiga kiradi. Zеro, о’quvchiga u yoki bu bilimlarni о’rgatib qolmasdan, unda mustaqil ravishda, о’qituvchi yordamisiz bilimlarni orttirish malakasini rivojlantirish muxim axamiyat kasb etadi.

Ma'lumki ma'ruzani, о’quvchilarning 25% ga yaqini о’zlashtiradi. Tajribalar shuni kо’rsatadiki, bir vaqtning о’zida ham ma'ruzani eshitish, ham matеrialni kompyutеr ekranida kо’rish va uni ekranga chiqarishni faol boshqarish о’zlashtirish sifatini oshiradi. Hozir multimеdia о’quv dasturlaridan Mat CAD, Puls 6.0 kabi kuchli dastur maxsulotlari tarkibidan foydalaniladi. Bugungi kunda multimеdia tеxnologiyalaridan foydalaniladigan dasturlar еtarlicha еtarli emas.

Asosiy muammo-profеssor-о’qituvchilarning multimеdia imkoniyatlarini yaxshi biladigan dasturchilar bilan birgalikda ishlashining tashkil etilmaganligidir. Bunday о’quv dasturlarini ishlab chiqish va chizmachilik darslarida kеng tarqatish lozim.

Multimеdia-atamasining asosiy ma'nosi mul'ti muxitni anglatadi. Ammo

«mul'timеdia» tushunchasining aniq ta'rifi ma'lum еmas. Odatda, multimеdia dеganda turli shakldagi ma'lumotlarn qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo, tovushlar, vidio elеmеntlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga multiplikasiya (animatsiya) va yuori sifatli grafika hollarida ham multimеdia haqida gapirish mumkin. Kеlajakda multimеdia vositalari malumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqеilik bilan ishlash imkonini bеrishi ehtimoldan holi emas. Chizmachilik darslari jarayonlarida multimеdia prinsiplarida qurilgan elеktron dars ishlanmalar, animatsion grafik tasvirlar, ma'lumotnomalar, ensiklopеdiyalar, tarjimalar va lug’atlar tarix, gеografiya, tibbiyot, sport va boshqa sohalarda samarali qо’llanilgan kabi foydalanish mumkin. Shu bois muhandislik grafikasi fanlari uchun ham elеktron dars ishlanmalar, animatsion grafik tasvirlar, ma'lumotnomalar, ensiklopеdiyalar hamda lug.atlar ishlab chiqish zarur.

2.Kurgazmali qurollarni darsda tutgan o’rni.

Ta‘lim sifati va samaradorligini ta‘minlashda ko’rgazmali metodlarham alohida ahamiyatga ega.Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko’rsatmalilik tamoyiligaamal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko’rinadi. Inson miyasining30 foiz hajmini ko'rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta‘minlovchineyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo’nalishda olib borilgantadqiqotlarnatijalaridanma‘lum bo‘ladiki, shaxs tomonidano‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko'rish retseptorlari yordamidao‘zlashtiriladi. Demak, o’zbek xalqi tomonidan ko’p bora

qo'llaniladigan «Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosgaega ekan.

Namoyish metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasiniochib berishda qo’l keladi va ayni chog’da predmetning tashqi ko’rinishiva ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma‘lumot berishda keng qo’llaniladi.

Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko’rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaromunosabatlari)ga e‘tibor qaratiladi, so'ngra ichki tuzilishi yoki alohidaxusus iyatlarini o‘rganishga o'tiladi.

Ko‘rsatish ko‘p holatlardao‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamidakuzatiladi. Tajriba la r namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yokio'qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko’rsatib berishi hisobigaamalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarnitushunish osonlashadi.

Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilishyanada ko’proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishniamalga oshirish har doim ham mumkin bo’lavermaydi. Shu boiso‘qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun‘iy muhitgamurojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog'ida, turlio'simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun‘iy ravishdayaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)danfoydalaniladi.Bu metod yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil ravishdaobyektlarni o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‘rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga birso’z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo’naltirishi lozim. Namoyishsamarasi ko’p jihatdan o‘qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o‘quvchilarning yoshiga mos holda to‘g’ri tanlanishi hamda mumkinqadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo'naltirishiga bog’liqdir.

Tasvir (illvustratsiva) metodi namoyish metodiga chambarchas bog’liq bol’sada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa,hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko'rinishlari chizma, port,rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida k o‘rsatishnitaqozo etadi.

Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bog’liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi yaxlit holda qabulqilishi zarur bo’lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyatihamda uning unsurlari o‘rtasidagi bog’lanishlarni anglash talab etilsaillyustratsiyaga murojaat qilinadi.

Tasvirning samarasi ko’pincha o'qituvchi tomonidan ko‘rsatuvtexnologiyasi qay dara jada o‘zlashtirilganligiga bo g‘liq bo‘ladi.

Ko'rgazmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyatio‘rganilayotgan obyekt mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilanbelgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonidazarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko’rsatiIadi, aks holda ular soniningoshib ketishi o‘quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg’itadi.Ayrim hollarda tarqatma materiailar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlarva boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g’rikeladi.

Ko'rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishishuchun quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:

-ko‗rgazmalilikning o‘quvchilar yoshi va rivojlanish darajasigamos kelishi;

- namoyish etilayotgan obyektlar barcha o‘quvchilarga yaxshiko'rinishi;

- namoyishda uning boshlang’ich bosqichi va asosiy jarayonlarning ajralib

turishi;

-tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasinichizib ko‗rsatish asosida tashkil etilishi;

-namoyish va illyustratsiya o’quv materialining mazmuni bilanuyg’un bo’la olishi lozim.

Y.A.Komenskiyning -Buyuk didaktika asaridagi didaktikaning prinsiplaridan tashqari boshqa olimlar tavsiya qilgan o‘qitish prinsiplarining soni va mazmuni xususida hozirgacha bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Didaktik prinsiplar

6 tadan 11 tagacha bo‘lib, didaktik olimlar o‘zlarining tavsiyalarini taklif qilgan.

Y.K.Babanskiy didaktikaning yangi yo‘nalishi – optimallashtirish nazariyasini ishlab chiqdi va u orqali 3 ta prinsipni taklif qildi.Didaktik prinsiplar:


    1. O‘qitishning tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi prinsipi.

    2. Ilmiylik, tizimlilik va izchillik.

    3. Ta‘limning amaliy hayot bilan bog‘lanishi.

    4. Onglilik va faollik.

    5. Ko‘rsatmalilik.

    6. Tushunarlilik.

    7. Puxtalik.

Ta‘limning ko`rgazmaliligi – mavhum tushunchalarni egallashda bilish uchun asоs hisоblanadi. Bu yеrda «ko`rgazmalilik» tushunchasi buyumlar (masalan, mashina dеtallari va bоshqalar)ning bеvоsita o‘zlari emas, balki ularning grafik tasvirlari bilan bоg‘liqligini qayd qilish zarur. Har qanday tasvir, chizma buyumni his qiladigan ko‘rish оrganlarimiz оrqali fahmlanadi. Shuning uchun ko‘rgazmalilik insоn miyasida chizmada оb‘еkt bеlgilarini mоdеllashtirish natijasida hоsil bo‘ladigan ko‘rinish оbrazi dеb qabul qilinadi.Bu tamoyil o‘quvchilar matеrialni yaхshi o‘zlashtirishlariga хizmat qiladi. Y.A.Komеnskiy ta‘limda barcha sеzgi оrganlariga tayanish lоzimligini ta‘kidlangan:ko`rinadiganini - ko`rish, eshitiladiganini - eshitish, hid taratayotganini – hidlash, his qilish mumkin bo`lganini – his qilish.

Hоzirgi sharоitda chizmachilikda bu tamoyil faqatgina jadval, plakat, dinamik qo‘llanmalar, mоdеllar, dеtallar, uzеllar kabilar emas balki qo‘shimcha ravishda ko‘p sоnli audiоvizual vоsitalar (turli prоyеksiоn – apparatlar, kinо, tеlеvеdеniya) hamda EHM (displеylar, grafyasagichlar)dan kеng fоydalanib qo‘llanilmоqda.



3.O’quvchilarga kesim va qirqim haqida malumot berish va ularni bajarish usullarini mustaxkamlash.

-Kesim buyumning har bir elementini konstruktiv tuzulishini ko'rish uchun qo'llaniladi, (detalning u yoki bu qsmi shaklini aniqlash maqsadida) ham kesim qo'laniladi.

-Kesim deganda detalning shaklini uning o'qiga perpendikulyar qilib o'tgazilgan tekislik orqali aniqlash usuli tushuniladi. Shunda tekislikda hosil bulgan yuza kesim deyiladi.

-Detalningning tekislik bilan kesilgan joyini o'zini tasvirlasak, kesim hosil bo'ladi.

-Kesmada faqat kesuvchi yekislikda hosil bo'ladigan yuza chiziladi.

-Detal tekislik bilan qirqilganda hosil bo'ladigan kesim yuzasi bilan birga tekislik orqasidagi detal qismlari tasvirlansa, qirqim hosil bo'ladi.

-Chizmada bajarilishi, joylashishiga qarab kesimlar ikki xil: chetga chiqarib tasvirlangan kesim, o'stiga qo'yilgan kesim.

-Chetga chiqadilgan kesim soni qancha bo'lishiga qaramay, ularning yuzalari standarga movfiq shtirixlanadi. Kesim konturi detal konturi bilan bir xil yo'g'onlikda chiziladi.

-Ustiga qo'yilgab kesim kontur va yuzasining shtirix chiziqlari bir xil ingichga tutash chiziq bilan chiziladi. Kesimning bu turi ancha yaqqol bulmagani uchun kamroq qo'llaniladi.

- Kesimni belgilovchi tekislik belgisi A yo'nalish ko'rsatkichining ustida va ostida yoki tashqi tamonlarda yozish munkin. Yaqqol tasvirda kesuvchi tekislik belgisi A bir marta yozilsa, detal chizmasida A--A ko'rinishda yoziladi. Chetga chiqarilgan kesim ancha yaqqol bo'ladi va ular A--A, B--B kabi kerakli yozuvlar bilan belgilanadi.

- Detal tekislik bilan qirqilganda hosil bo'ladigan kesim yuzasi bilan birga tekislik orqasidagi detal qismlarini tasvirlanishi, qirqim deb ataladi. Detalning ichki qismini aniqlash maqsadida qirqim deb ataluvchi shartli tasvurlash usuli qo'llaniladi.

- Ko'pincha detalning shaklini faqat ko'rinish yoki qirqim yordamida aniqlash munkin. Shu sababli ham ko'rinish bilan qirqimni alohida-alohida chizish shart emas. Buning uchun bitta tasvirda ko'rinishni ham qirqimni ham birlashtirib tasvirlash kifoya. Bunday chizmalarda standartg muovfiq ko'rinishni bir yarmi bilan qirqimnining bir yarmini birlashtirib tasvirlash yo'l qo'yiladi. Shunday qilinganda detalning tashqi shakli bilan uning ichki tuzilishini bir vaqtning o'zida ko'rsatish munkin. Bazan detal simmitriya shakliga ega bo'lsa ham, undagi biror element ko'rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini birlashtirib tasvirlash shartiga tog'ri kelmay qoladi, yani xalaqit beradi. Bunday hollarda ko'rinishning qismi bilan qirqimning qismi birlashrltirib tasvirlashga to'g'ri keladi.

- Kesimda ham qirqimda ham shtirix chizish texnikasi alohida o'rin tutadi. Yupqa devor (birlik qobirg'asi, spitsalar, tutash vallar, boltlar va b.)ni kesuvchi tekislik bo'ylanmasiga kesib o'tsa, chizmada kesm sirti shtrixlanmaydi.

Bilimni tekshirish va nazorat qilishda quyidagi savollarni berish tavsiya etiladi:

Qanday tasvir qirqim deb ataladi?

Kesim bilan qirqim o’rtasida qanday farq bor?

Chizmalarda qirqimlar nima maqsadlarda qo’llaniladi? Murakkab qirqim deb nimaga aytiladi?

Pog’onali qirqim deb nimaga aytiladi? Siniq qirqim deb nimaga aytiladi?

Pog’onali qirqimning siniq qirqimdan farqi nimada?

Chizmada qirqimga kiruvchi kesim shakli qanday ajratib ko’rsatiladi?

Oddiy qirqimlar nechtaga bo’linadi?

To’liq qirqim deb nimaga aytiladi?

Kesim va qirqimlarda qanday shartlilik va soddalashtirishlarga yo’l qo’yiladi.

O’quvchilarning bilimlarni o’zlashtipishida, uni tekshirish va mustahkamlash ta‘limni rejalashtirish masalalaridan biri hisoblanib, uni to’g’ri yo’lga qo’yish o’qituvchidan ijodiy yondashishni talab qiladi. Grafik bilimlarni nazorat qilishning umum qabul qilingan turli usullari mavjud. Masalan: bir qancha mavzularni qamrab olgan va dasturda oldindan rejalashtirilgan majburiy grafik vazifalar, tezkor savol-javoblar, har bir mavzuning tayanch bilimlarini amalda tekshirish uchun mo’ljallangan grafik topshiriqlar, har xil turdagi misol va masalalar, ochiq va yopiq testlar va boshqalar. Chizmachilik real narsalarning tekislikdagi tasviri, ularning tasvirlari orqali shu narsalar tog’risidagi bilimlarni mantiqiy fikr yuritish bilan nazorat qilish xususiyati boshqa fanlarga nisbatan xususiyligi bilan farqlanadi. Shu bilan bir vaqtda qisqa vaqt ichida bilimlarni nazorat qilish mumkin. Bu masalada dasturlashtirilgan kartalardan foydalanish yaxshi natija berishi mumkinligi tasdiqlandi.

Qirqimlar mavzusiga oid dasturlashtirilgan nazorat kartalarini tuzish va uning imkoniyatlaridan foydalanish orqali qisqa vaqt ichida bilim tekshiriladi va kafolatli bilim olishga erishiladi.

Qayta ishlash masalasida oldindan tayyorlangan ma‘lumotnoma

(spravochnik)dan va adabiyotlar ta‘minotidan foydalaniladi.

Dasturlashtirilgan kartalardan foydalanish masofadan turib o’qitish masalasida qo’l keladi.

Quyida dasturlashtirilgan kartalar majmuasi tavsiya qilinadi:



Qirqimlar haqida umumiy tushuncha. Qirqimlar kesimlar kabi standart talablariga muvofiq bajariladi. Detaining ichki qismini aniqlash maqsadida qirqim deb ataluvchi shartli tasvirlash usuli qoilaniladi. Detaining ichki ko’rinishi murakkabroq, ya'ni bir qancha sirtlardan tashkil topgan bo’lsa, chizmani o’qishni osonlashtirish maqsadida qirqimlar tatbiq qilinadi. Qirqimlar detalning ichki va tashqi qiyofasiga qarab qo’llaniladi.

Oddiy qirqim haqida ma‘lumot berish. Detalning ichki tuzilishini aniqlash maqsadida bitta kesuvchi tekislik qo’llanilsa, hosil bo’lgan qirqim oddiy qirqim deyiladi. Kesuvchi tekislik proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel qilib o’tkazilsa, qirqim o’sha proyeksiyalar tekisligida tasvirlanadi va o’sha tekislik nomi bilan atalad

Og’ma qirqim haqida ma‘lumot berish. Og’ma qirqim. Detal sirtining biror qismi oltita asosiy ko’rinishning hech birida qirqimda to’g’ri tasvirlanmaydigan bo’lsa, og’ma kesuvchi tekislikni proyeksiyalar tekisliklaridan biriga perpendikulyar, ikkinchisiga esa qiya qilib o’tkaziladi va qirqim proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel qilib joylashtiriladi.

2.1-chizma



Download 109.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling