O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
8f5f783b50af75df5adc3449ef0858a5 Biofizika va radiobiologiya
Ishlatilishi lazerlar monoxromatik nur manbaidir, sochilishi kam. Masalan:
Oyga yo’naltirilgan dasta 3 km li dog’ hosil qiladi. Oddiy prejektorlarnika 40000 km. Energiya zichligi juda katta millionlarcha j/sm 2 s Linzalar yordamida fokuslab energiya zichligini yanada oshirish va o’ta qattiq moddalarni teshish payvandlash mumkin. Aloqada, texnikada, medisinada ishlatiladi. Medisinada 2 xil maqsadda. 1. Lazerlar biologik to’qimalarni buzishi mumkin, bundan operasiyalarda ishlatiladi (qonsiz). Rak to’qimalarini kuydirishda, organizmda maxsus teshiklar hosil qilishda tishlarni davolashda. 2. Golografiyada. Masalan: geliy neon lazer asosida gastroyekop yaratilgan bo’lib, u oshqazonning hajmiy tasvirini ko’rishda ishlatiladi.. Ko’z xirurgiyasida – oftolmokogulyator- gloukomani davolashda ishlatiladi Atom yadrosi haqidagi ta’limotlar XX asrning boshida intensiv rivojlanib bordi va hozirgi vaqtda bu sohada juda katta ishlar olib borilmoqda. Yadro energiyasidan tinchlik maqsadlarida ham ko’plab qo’llanishlar amalga oshirilmoqda. 1932-yilda D.D.Ivanenko hamma yadrolar tarkibida ikkita zarrachalar, ya’ni protonlar va neytronlar borligi haqida gipotezani bayon qildi. Rezerford -zarrachalarning sochilishi bilan o’tkazgan tajribalarida atomning asosiy massasi uning markazida joylashganini aniqladi va uni yadro deb atadi. Yadro tarkibidagi proton musbat zaryadlangan bo’lib, zaryadi elektron zaryadiga tengdir, uning tinchlikdagi massasi p m = 27 10 67 , 1 kg. Neytron zaryadsiz zarracha bo’lib uning massasi n m = 27 10 6748 , 1 kg. Proton va neytronlar birgalikda nuklonlar deb ataladi. Hamma yadrolar musbat zaryadlangan bo’lib ular zaryadi protonlar zaryadi bilan aniqlanadi. Masalan: yadroda Z ta proton bo’lsa, u holda yadro zaryadi q ya =Ze ga teng bo’ladi. Yadroning massasi atomning massasidan ozgina farq qiladi. Odatda yadro massasi maxsus birlikda (massaning atom birligi m.a .b) da o’lchanadi. Massaning atom birligi uglerod 6 C 12 izotopi atomi massasining 1 / 12 qismi qabul qilingan: 1 m.a.b.= 27 10 66 , 1 kg. U holda m p =1,00747 m.a.b. n m =1,00892 m.a.b. Massa soni – yadrodagi nuklonlar soniga teng, ya’ni Z protonlar va N neytronlar bo’lsa, u holda massa soni A = Z + N (5.10) 69 Yadro quyidagicha belgilanadi A Z X. Yadroda protonlar soni bir xil, ammo neytronlar soni har xil atomlar iozotoplar deyiladi. Masalan, vodorodning 4 ta izotopi mavjud: 1 1 H vodorod, 2 D( 1 H 2 ) deyteriy, 3 1 T( 1 H 3 ) tritiy va 4 1 X( 1 H 4 ) 4 ta nuklonli-nomi yo’q. Bir kimyoviy elementning barcha izotoplari elektron qobiqlarining tuzilishi bir xil bo’ladi. Shuning uchun ularning fizik xossalari ham bir xil bo’ladi. Lekin yadro strukturasidan kelib chiqadigan kimyoviy xossalari (massa soni, zichligi radioaktivligi va hokazolar) ancha farq qiladi. Bu farq, ayniqsa, yengil kimyoviy elementlarda yaqqol ifodalangandir. Shu sababli Mendeleyev davriy sistemasidagi ko’p atomlarning atom og’irligi butun son emas. Ya’ni ular ko’p izotoplar aralashmasidan iboratdir. Rezerford birinchi bor tajribalar natijasiga binoan yadro radiusi 14 15 10 10 m degan xulosaga kelgan edi. Yadro fizikasida uzunlikning femtometr degan o’lchov birligi ishlatiladi. (1 fm = 10 -15 m.) Yadro eng zich modda hisoblanadi, uning zichligi taxminan 3 17 / 10 1 , 4 м кг ga tengdir. Yadro kuchlari – bu nuklonlarni bog’lab turuvchi kuchlar bo’lib, zarracha zaryadiga bog’liq emas. Ular ~ 10 -15 m masofada ta’sirlashadi. Yadro kuchlari to’yinish xususiyatiga ega, ya’ni nuklon o’zini o’rab turuvchi hamma nuklonlar bilan emas, balki bir nechta aniq nuklonlar bilan ta’sirlashadi. Yadro kuchlari elektromagnit kuchlaridan ancha kattadir. Yadroning masssasi uni tashkil etuvchi nuklonlar massalari yig’indisidan kichikdir. Bu farqqa massa defekti deyiladi. Nisbiylik nazariyasiga asosan massa va energiya o’zaro bog’liqdir. 2 mc E (5.11) Yadro energiyasi ham nuklonlar energiyalari yig’indisidan kichikdir. Yadroni alohida nuklonlarga ajratish uchun zarur bo’lgan energiyaga bog’lanish energiyasi deyiladi. (10.2) ga asosan bog’lanish energiyasi uchun quyidagini yozish mumkin: 2 ) ( c M Nm Zm E я n p бог (5.12) 1m.a.b.-taxminan 931 meV energiyaga to’g’ri keladi. U holda bog’lanish energiyasi ) ( я T p бог M Nm Zm E 931 m (5.13) Amalda bitta yadroni ikki bo’lakka bo’lishda kerak bo’ladigan energiyani hisoblash zarur bo’ladi. Bunday hollarda bitta nuklonga to’g’ri keladigan bog’lanish energiyasi aniqlanadi. MeV 70 Solishtirma bog’lanish energiyasi(ε)ning atom massasi(A)ga bog’liqlik grafigi. Solishtirma bog’lanish energiyasining atom massasiga bog’lanish grafigidan ko’rinadiki, maksimal bog’lanish energiya 8,6 MeV massa soni A=50 ga yaqin bo`lgan yadrolarga to’g’ri keladi. Agar tizim katta energiya holatidan kichik energiya holatiga o’tsa reaksiyada energiya ajraladi, ya’ni boshqacha aytganda kichik bog’lanish energiya holatidan katta bog’lanishli energiya holatiga o’tganda. Atomdagi jarayonlarga qaraganda yadrodagi jarayonlarda katta energiya talab qilinadi. Atomdan elektron urib chiqarish uchun bir necha o’n elektron volt energiya kerak bo’lsa, yadrodan nuklonni chiqarish uchun bir necha MeV energiya kerak bo’ladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling