t
r
A
K
2
Vaqt qancha ko’p bo’lib, masofa qanchalik kam bo’lsa ekspozision doza
shunchalik katta bo’ladi. Material bilan himoyalanishda nur turiga bog’liq. Alfa
nurlanishda himoyalanish sodda bo’lib, bir varaq qog’oz yetarlidir . Ammo nafas
yo’li va ovqat orqali ham nurlanish mumkin.
Betta nuridan himoyalanish uchun bir necha sm qalinlikdagi alyuminiy, pleksiglaz
yoki shisha plastinka yetarli.
Neytral nurlanishlar, rentgen va gamma nurlanishlardan himoyalanish
murakkabdir. Bulardan ham qiyini neytronlardan himoyalanishdir. Kosmik nurlar
92,9%, protonlar 6,3%, alfa zarrachalardan iboratdir. Birlamchi kosmik nur
energiyasi 10
9
eV, Yerga yetib kelganda quvvati 1,5 GeV.
Xulosa
Rezerford tajribalari va Bor pastulatlari kvant fizikasining rivoji uchun
katta turtki bo’ldi. Hozirgi davrda issiqlik nurlanishdan tortib rentgen nurlarigacha
barcha nurlanishlar shu qonuniyatlar yordamida tushuntiriladi. Ayniqsa rentgen
nurlarining ochilishi fanlarning kelajagini belgilaydi desak xato qilmaymiz.
Hozirgi davrda ko’plab kasalliklarning paydo bo’lishi va ularni diagnostika
qilish va davolash oddiy usullar bilan bajarish qiyin, shu sababli tibbiyot va
veterinariya xodimlari uchun bu nurlanishlardan amalda foydalanish
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Lazerlarning ishlatilish sohasiga e’tibor
bersak, u shunchalik keng va samarali ularning qaysi sohada ishlatilayotganini
emas, balki ishlatilmagan sohalarni sanash osonroqdir..
Radioaktiv nurlarning tirik organizmga ta’siri turlichadir. Normadan ortiqcha
ta’sirlar organizm to’qimalarini buzadi. Shuning uchun ekspozasion doza va
nurlanish dozasi degan tushunchalar kiritilgan. Radiasiyadan himoyalanish ham
muhim ahamiyatga ega. Yadro tuzilishi haqidagi ta’limot yaqindagina o’z rivojini
topdi. Lekin shunga qaramasdan hozirgi vaqtda yadroda bo’layotgan jarayonlardan
amalda keng foydalanilmoqda. Yadroda bo’linish va sintez reaksiyalari kelajak
energetikasining asosini tashkil qiladi. Boshqa energiya zahiralari tugab bormoqda.
Radioaktiv nurlardan qishloq xo’jaliginig turli sohalarida keng qo’llanilmoqda
(urug’larni nurlantirish, stirlizasiya, hayvonlarni davolash va hokazolar).
Do'stlaringiz bilan baham: |