O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
8f5f783b50af75df5adc3449ef0858a5 Biofizika va radiobiologiya
Laboratoriya ishi № 23
Termoparani darajalash. Kerakli asbob va jihozlar: termopara, galvanometr, elektroplitka, 2 ta suvli idish, termometr. Ishning qisqacha nazaryasi Ilmiy ishlarda texnologik jarayonlarni kuzatishda turli – tuman jismlarning temperaturasini o`lchashga to`g`ri keladi. Hozirgi zamonda o`lchanadigan temperatura oralig`i juda keng, ya’ni “absolyut nol”ga yaqin temperaturadan bir necha ming graduslargacha. Keyingi vaqtlarda temperaturani o`lchash uchun juda ko`p hollarda elektr termometrlari ishlatilmoqda. Buning sababi asosan quyidagilardan iborat: 1. Elektr termometrlari juda keng o`lchash chegarasiga ega. 2. Elektr termometrlari masofadan turib, ya’ni jismga tegmasdan temperaturasini o`lchashi mumkin. 3. Bu termometrlar texnologik jarayonlarni avtomatik ravishda tekshirish imkoniyatiga ega. 4. Juda kichik ob’yektlar temperaturasini o`lchash qobilyatiga ega (masalan, to`qimaning temperaturasini o`lchash mumkin). Past va o`rta temperaturalarni o`lchash uchun kontankt metodiga asoslangan termoqarshilik va termoparalardan foydalaniladi. Bularning ichida platinali termoqarshiliklar va kvars termoo’zgartirgichlar juda katta yuqori o’lchash aniqlikka ega. Yuqori temperaturalarni o`lchashda asbob temperaturasi o`lchanadigan moddadan chiqadigan energiya hisobiga ishlaydi va bularning aniqligi unchalik yuqori emas Bu laboratoriya ishida termoelektrik termometr – termopara ishi bilan tanishiladi. Termoelektrik hodisalar (Zeebek, Pel’te va Tomson hodisalari) o`tkazgichlarning issiqlik va elektr jarayonlar orasidagi bog`lanishiga asoslangan. 93 Termoelektr yurituvchi kuchning (termo EYUK) mavjudligini 1821-yili Nemis fizigi Zeebek aniqladi. Bu hodisa quyidagidan iborat: turli jismlardan tuzilgan yopiq konturda ular kontaktlarining temperaturalari turlicha bo`lganda termo EYUK vujudga keladi. Bunda zanjirda termo tok paydo bo’ladi. 1834-yili Fransuz fizigi Pel’te turli metallardan tuzilgan zanjirdan tok o`tganda shu ikki metall kontaktida Joul issiqligidan tashqari qo`shimcha issiqlik ajralib chiqishini va tok yo`nalishi o`zgarsa issiqlik yutilishini aniqladi. Bunga Pel’te issiqligi ham deyiladi. Pel’te hodisasi Zeebek hodisasining teskarisidir. Tajribalarning ko`rsatishicha Pel’te issiqligi kontaktdan o`tuvchi zaryad miqdoriga to’g’ri proporsionaldir, ya’ni ПIt q П Q n (1) bunda П - Pel’te koeffitsiyenti, t - temperatura. Tomson effekti esa bir jinsli o`tkazgich bir jinslimas isitilganda va undan elektr toki o`tganda yuz beradi. Agar tok o`tayotgan o`tkazgichda temperaturalar farqi ∆T=T 2 - T 1 yuzaga kelsa, u holda o`tkazgichdan Joul issiqligidan tashqari issiqlik (tokning yo`nalishiga qarab) chiqadi yoki yutiladi. Bunga Tomson issiqligi deyiladi. It T T K Q t t ) ( 1 2 (2) bunda K t - material tabiatiga bog`liq bo`lgan doimiy kattalik, ya’ni Tomson koeffitsiyentidir. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling