O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
8f5f783b50af75df5adc3449ef0858a5 Biofizika va radiobiologiya
Darsanvalizasiya – deb chastotasi 200-300 kGs va kuchlanishi bir necha
o`ndan bir necha yuz kV bo’lgan, tok kuchi 10-15 mA bilan davolash usuliga aytiladi. Bu usulni 1822 yilda fransuz fiziologi J.Darsenval taklif qilgan. Veterianriyada bu usul uzoq vaqt bitmagan yaralarni, teri kasalliklarni va pereferik nervlarni davolashda ishlatiladi. Diatermiya - hayvon tanasining ichki qismlarini 1-1,5 A tok bilan (1-2 MGs chastota va 100-150 V kuchlanish) isitish usuliga aytiladi. Veterinariyada diatermiya bronxopnivmaniyalarni, jigar kasalliklarini, jinsiy organlarni davolashda ishlatiladi. 40 UVCh - terapiyada hayvon biror organi 40-50 MGs.li generator elektrodlari orasiga qo’yilib isitiladi. UVCh terapiya mastitni, frunkulni, gaymaritlarni davolash uchun ishlatiladi. Organizm uchun xavfli tok 100 mA (odamlar uchun) hayvonlar uchun ancha farq qiladi. Buzoqlar uchun 200-300- mA, qo’zilar uchun 150-200 mA, cho’chqalar uchun 170-200 mA, qoramollar uchun 220 mA va 30 0 C da suv va 350 mA - 10 0 C temperaturada. Qanday tok xavfli ekanligi to’g’risida biror qonuniyat mavjud emas. Hattoki 12 V ham odamni o’ldirishi mumkin, Bir fermada mollarni avtomatik sug’aruvchi qurulmaga elektrodvigateldan bir fazaga tegishi tufayli 93 mol halok bo’lgan. Hattoki 3-4 V kuchlanish sigirning sut berish mahsuldorligini kamaytirib yuboradi. Go’sht kombinatida 0,8-1,2 A tok va 220 V kuchlanish beriladi. Bunda u tok o’chirilgandan so’ng 5-minutgcha o’ziga kelmaydiadi Qadim zamonlardan temir birikmasi (FeO. FerO 3 ) boshqa temir jismlarni tortishi ma’lum bo’lgan. Erning ham magnit xossalari mavjudligi aniq bo’lgan va o’tkir uchga qo’yilgan magnit sterjen o’z-o’zidan meridian bo’ylab joylashishi aniqlangan. Bu kampas Xitoyda bundan 3000 yil ilgari kashf qilingan. Doimiy magnitlarni 1600 y Gilbert aniqlagan. Ularning ikkita qutbi, ya’ni temir buyumlarni katta kuch bilan tortuvchi chekka sohalari va ular orasida tortmaydigan neytral zonalar mavjuddir. Qutblarning biri doim shimolga, ikkinchisi esa janubga qaragan va shuning uchun shimoliy va janubiy qutblar deyiladi. Turli ismli qutblar o’zaro tortishadi, bir xillari esa itarishadi. Xuddi zaryadlangan jismlar elektr maydoni orqali ta’sirlashgani kabi magnit jismlar ham bir biri bilan magnit maydoni orqali ta’sirlashadi. Magnit maydon materiyaning maxsus turi bo’lib, u orqali harakat- lanayotgan zaryadlangan zarrachaga boshqa magnit momentga ega bo’lgan jism- larning o’zaro ta’siri o’rganiladi. Tabiatda magnit zarrachalari yo’q. Magnitni qancha bo’lsak ham alohida S qutb va alohida N qutb olib bo’lmaydi. XVIII asrda Daniyalik olim Ersted chaqmoq nazariyasini o’rganishda, chaqmoq ta’sirida temir buyumlarning magnitlanishi va kampasning magnitsizlanishini aniqladi. Bu esa magnit va elektr hodisalar o’zaro bog`liq ekanligini ko’rsatadi. Ersted simdan tok oqayotganda uning atrofidagi magnit strelkasining yo’nalishi o’zgarishini aniqladi. Keyinchalik Fransuz olimi Amper tokli ikki o’tkazgichning o’zaro magnit ta’sirini aniqladi. Magnit maydonni grafik usulda tasvirlash uchun magnit kuch chiziqlari degan tushuncha kiritiladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling