O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
8f5f783b50af75df5adc3449ef0858a5 Biofizika va radiobiologiya
Kerr effektini suyuqlikda ko’rsatuvchi qurilma.
Kerr yacheykasiga suyuqlik (m: nitrobenzol) solingan elektr maydon bo’lmasa, nur A va P perpendikulyar bo’lganda o’tmaydi. Agarda shu holda elektr maydoni ulansa nur o’tadi, ya’ni = L(n o - n e ) = K 2 L E 2 yo’llar farqi yuzaga keladi. L – masofa. 2 = 2VE 2 V = K 2 / - Kerr doimiysi. Bu hodisaga sabab, suyuqlik molekulalarining turli yo’nalishlar bo’yicha turlicha qutblanishidir. Bu jarayon inersiyasiz 10 -10 s da yuz beradi. Shuning uchun 54 u ideal yorug’lik zatvori bo’lib xizmat qilishi mumkin. (ovoz yozishda, ovoz eshittirishda, tez fotografiyada va kinoda yorug’lik tarqalishini o’rganishda va hakazolarda). Bundan tashqari optik lokasiyada, optik telefonda, mashinalar faralariga qutblagich qo’yib, qarama-qarshi yo’nalishda kelayotgan avtomabil chiroqlarini o’zaro perpendikulyar tekislikda qutblash mumkin. Natijada haydovchilar ko’zi qamashmaydi. Magnit maydoni ta’sirida qutblanish tekisligining buralishini Faradey aniqladi va unga Faradey effekti deyiladi. Bu esa optik va magnit hodisalar bog’liq ekanini ko’rsatuvchi dalildir. Keyingi yillarda yorug’likni qutblash uchun qutblagichlar keng ishlatilmoqda. Qutblagich qalinligi 0,1 mm ga yaqin bo’lgan shaffof polimer plyonka bo’lib, unda ko’plab mayda sun’iy kristalchalar – qutblovchilar, masalan, gerappatit kristalchalari (yod ximin sulfati) bo’ladi. Gerappatit barcha kristalchalarining optik o’qlari qutblagich (polyaroid)ni tayyorlashda bir yo’nalishda orentirlanadi. Qutblagich plyonkasi unchalik qimmat emas, juda elastik, yuzi katta, ko’rinuvchi yorug’likning barcha to’lqin uzunliklarini deyarli birday (juda oz) yutadi. Quyosh nuridan fotosintezda foydalanilishi ma’lum, lekin tushayotgan quyosh nurining atiga 5% ni bevosita fotosintezga sarflanadi (bahorgi bug’doy uchun 3,26%, kartoshka uchun 3,02%, makkajuxori uchun 2,35 va h.k). O’simliklarning organik massasi fotosintez jarayonida to’planadi, shuning uchun q/x ekinlarining hosildorligini oshirish uchun quyosh energiyasidan foydalanish koeffisentini oshirish zarur. Buning uchun sun’iy yorug’lik berish kerak. Bunda o’simliklar karbonat angidrid bilan boyib ildizdan suyuq ozuqa berilgani holda sun’iy ravishda qo’shimcha yoritiladi. Yorug’lik teri qatlamiga ham ta’sir qiladi. Ko’rinadigan va infroqizil nurlar asosan terining sirtini qizdiradi. Ultrabinafsha nurlar tashqi qatlamda fotokimiyaviy reaksiyani vujudga keltiradi, buning natijasida qo’ng’ir pingment hosil bo’ladi (kuyish), bu pingment melanin deyiladi va ultrbinafsha nurlarni kuchli yutib, organizmni ularning haddan tashqari ta’siridan saqlaydi. Ultrabinafsha nurlarning kuchsiz (normal) ta’siri organizmga foydali ta’sir ko’rsatadi, u yuqumli kasalliklarga qarshilik ko’rsatadi va modda almashinuvini yaxshilaydi. Odam, hayvon va o’simliklar uchun yorug’lik zarurdir, uning etmasligi organizmning normal faoliyatini buzadi. 0,28 mkm dan qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar kuchli baktrisid ta’sirga ega. Bundan binolarning havosini tozalash, sutni stirlizasiya qilish va h.k larda ishlatiladi. Bu nur kvars lampalar yordamida hosil qilinadi. Yerga etib keladigan quyosh nurlarida 0,29 mkm dan qisqa to’lqinli nurlar bo’lmaydi, chunki bu nurlarni atmosferaning yuqori qatlamlari (12-50 km) ozan batamom yutib qoladi. Infroqizil nurlar ilonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ilonlarda ko’rish, eshitish hid bilish zaif, lekin infraqizil nurlarni o’tkir qabul qiladi. Ilonning boshida ko’zlari bilan burun orasida ikkita chuqurcha bo’lib, ularda o’ziga xos «termolakatorlar» - infroqizil nurlarga sezgir organlar bo’ladi. Bu yordamida turli mayda qushlar va hayvonlardan kelayotgan zaif issiqlik nurlanishlarni ham tutib 55 oladi va ularning turgan joylarini aniqlaydi. Shuning uchun qorong’ida ham ilon o’z o’ljasiga aniq tashalanadi. 1 yilda quyosh nuri ta’sirida 450 milliard tonna organik modda hosil bo’ladi. Elektronmagnit nurlanish eletr zaryadlarining xususan moddaning atomlari va molekulalari tarkibiga kiruvchi zaryadlarning tebranishi sabali bo’ladi. Masalan, molekulalar va atomlarning tebranma va aylanma harakati infroqizil nurlanishni, atomda elektronlarning muayyan ko’chishlari, ko’rinadigan va infroqizil nurlanishni, erkin elektronlarning tormozlanishi esa rentgen nurlanishni va h.k larni vujudga keltiradi. Tabiatda elektromagnit nurlanishning eng keng tarqalgan turi issiqlik nurlanishidir. Bu nurlanish moddaning atomlari va molekulalarining issiqlik harakati energiyasi hisobiga, ya’ni modda ichki energiyasi hisobiga bajariladi va shuning uchun nurlanayotgan jismning sovushiga olib keladi. Issiqlik nurlanish absolyut noldan boshqa har qanday temperaturada bo’ladi va tutash spektrga ega. Har qanday jism nur chiqarish bilan nur ham yutadi. Shu sabali issiqlik muvozanati o’rinlidir. Jismning nur chiqarish qobiliyati Re deb (uni ba’zan energetik yorqinlik deyiladi), jism sirtining 1 sek da chiqaradigan energiya kattaligiga aytiladi (j/ m 2 s). Har qanday temperaturada o’ziga tushgan nurni to’la yutuvchi jismlarga Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling