O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Bob.Ibtidoyi jamiyatda foydali bilimlarning o‘sishi


Download 0.61 Mb.
bet3/9
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1064668
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fizikani o`qitishda tizimli tahlil

Bob.Ibtidoyi jamiyatda foydali bilimlarning o‘sishi.


  1. Moddiy madaniyatning rivojlanishi

Amaliy bilimlar. Odamning tabiat bilan juda og’ir kurashida mehnat qurollari murakkablasha va takomillasha borgan; bunda suyiltayoqlar va kupol tarashlangan tosh parchalaridan kamon va o’qlar, silliqlangan tosh boltalar va suyak buyumlar, metallardai foydalaiish, juda oddiy dastgohlar ixtiro qilish sari rivojlanish yuli bosib o’tilgan. Eng sodda mexanik moslamalar: er kovlaydigan tayoq va chopqich asosida yuzaga kelgan richag-dastak va pona bo’lmay turib hozirgi texnika mavjud bo’la olmas edi. Odamlar tabiiy g’orlardan foydalanish ishlaridan turli-tuman sun’iy uy-joylar qurishga asta-sekin o’ta borishgan.


Novdalar, xodalar, pustloq, terilar, namat, keng barglar, poxol, kolish, turli hayvon suyaklari, chim, daraxt, loy, tosh, keyinrooq g’isht, avval boshda quritilgan g’isht, so’ngra pishirilgan g’isht uy-joylar qurish uchun material sifatida xizmat qilgan. Dastlabki turar joylar parda devorsiz, eshiksiz va derazasiz bo’lgan. Arxeologlar doimiy turar joylarning gulxanlar yordamida isitila boshlanishining orinyak-solyutre bosqichiga oid deb hisoblaydilar. Turar joyning tepasidan ochilgan tuynukdan yorug’ ham tushib turgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, madlen davrida sun’iy yoritish paydo bo’lgan.Uy-joyni yoritish uchun pilikli tosh kosalarga yog’ solib ishlatilgan.
Shuningdek, qorachiroqdan foydalanilgan. Dastlab hech qanday mebel bo’lmagan, erga buyra, terilar solib, bosh ostiga yostiq o’rniga yog’och taglik quyib uxlashgan Suri va mebel keyinroq paydo bo’lgan. Amerika indeetslari gamaklarda (osma tur belanchaqlarda) uxlaganlar. Uy-ruzg’or buyumlari navdalardan, qayin po’stlog’idan, bambuk, kokos yong’og’i po’chog’i, qovoq yogoch, loy va teridan yasalgan.
Dastavval maxsulotlar to’qima, usti loy bilan suvalgan idishlarda saqlashan, ovqat esa qizitilgan toshlar yordamida yog’och tog’orachalarda pishirilgan.Faqat keramika ixtiro qilingandan keyingina chinakam ovqat pishirish mumkin bo’lgan. Ovqat eyish vaqtida kosa, tovoq, qoshiq, pichoq va cho’plar ishlatilgan. Don
maydalash- talqon qilish uchun toshdan yasalgan don yanchgichlar, yog’och o’g’irldar mavjud bo’lgan. Ibtidoiy kiyim-boshning turlari juda xilma-xildir. Uning yuzaga kelishi va rivojlanishi iqlim sharoitlariga bog’liq bo’lgan. Hammadan aaval sovuq o’lkalarda kiyim-bosh paydo bo’lgan. Fartuk, kamar (belbog’), plash, yupka erkak va ayollarning kiyim-boshining eng qadimgi elementlari deb hisoblanadi. Engil kiyim va ishton keyinroq iaydo bo’lgan. Tabiiy sharoitlarga qarab barglardan, teri, o’simlik tolasidan va yungdan kiyimlar tikilgan. Kiyim-boshni suyak ninalar bilan tikishgan.
Yog’ochdan, pustloq-chiptadan, teridan, namat va yungdan qilipgan oyoq kiyimlari kiyim-boshga nisbatan keyinroq vujudga kelgan va hamma joyda birdan paydo bo’lavermagan. Uy-joylar qurilishi, kiyim-bosh, oyoq kimiyi, uy-ro’zg’or anjomlari ishlab chiqarish xona kasblarining yog’och, daraxt po’stlog’i va teri ishlash, terilar tayyorlar va to’qish shaklida rivojlana borishi bilan bevosita bog’liqdir. Avval boshda qayiqlar, chana, chang’i, keyiiroq bronza asrida ixtiro etilgan g’ildirakli aravalar transport vositasi bo’lib xizmat qilgan.Inson faoliyatining barcha sohalaridagi tajribalar saqlanmay turib progressiv tarixiy taraqqiyot mumkin bo’lmagan bulur edi.
Urug’ning, qabilanitng zo’r berishlari tufayli orttirilgai bilimlarpi keksa avlod ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan ta’lim vositasi bilan yosh avlodga berib kelgan.Ilk yoshidagi bolalar kattalarning ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan. Lekin initsnatsiya vaqtida yigit va qizlarga chinakam ta’lim berilgan. Odamlarning amaliy bilimlari maqollar va matallarda aks etgan Insonning tabiat bilan kurashida aks sadolarini xalq og’zaki ijodida (folklorda) uchratamiz.
Afsonalarda, miflarda, ertaklarda qahramonlarning mardonavor ish-xarakatlari aks ettiriladi, ko’pincha urug’larning, qabilalarning kelib chiqishlari haqida, dunyoning paydo bo’lishi to’g’risida hikoya qilinadi.Ibtidoiy jamiyatda yozuv bo’lmagan, shuning uchun afsonalar avloddanavlodga og’zaki ko’chib yurgan.

    1. Download 0.61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling