O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


II.BOB.ABDULLA ORIPOV SHERLARIDA FALSAFIYLIK VA FOJIAVIYLIK 2.1. Abdulla Oripov she’riyatining zamonaviy o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni


Download 0.64 Mb.
bet4/6
Sana21.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1107237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulla oripov sherlarida

II.BOB.ABDULLA ORIPOV SHERLARIDA FALSAFIYLIK VA FOJIAVIYLIK
2.1. Abdulla Oripov she’riyatining zamonaviy o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni

Bolalik, o‘spirinlik chog‘larida dunyo, tevarak atrof, tabiat kishi ko‘ziga yanayam sirli-sinoatli tuyuladi, yam-yashil maysalaru lolazor qirlar zavqingni toshiradi, uzoqdagi viqorli tog‘lar tinmay o‘ziga chorlaydi, oydin yoz osmonida milt-milt etgan yulduzlar sirli jilmayib, xayolingni olib qochadi. Shunday lahzalarda «zavqini qitiqlagan shirin tuyg‘ularini» ko‘ksiga sig‘dirolmagan o‘n yetti yoshli o‘smir hayratu hayajonini she’riy misralarda izhor qilishga jazm etadi, tezroq voyaga yetib yurtga munosib farzand bo‘lishni, yulduzlardek rorlashni orzu qiladi:
Irak iz qoldirib uchar quvnoqlar. Bir-birin quvlashib, chaqishar chaqin.
Osmon go‘zallarin kumush yotoqlar Qo‘yniga chorlaydi, subhidam yaqin..
Deyman: osmonlarning hiloli bo‘lsam, Hulkar va Zuhrosi bo‘lgim keladi.
Shu go‘zal o‘lkamda kamolga to‘lsam, Rorloq yulduzlarday kulgim keladi.
Garchi yosh shoirning keyinroq yozilgan «Miltiraydi mitti yulduz» deb nomlangan she’rida o‘z to‘dasidan ajralib qolgan, shamdek titrab, ko‘k gumbazining bir chetida «tanholikdan yosh to‘kayotgan» osmon jismi haqida so‘z borsa ham oltmishinchi yillar o‘rtalaridan boshlab she’r olamida chaqnagan «mitti yulduz» to‘g‘risida garira boshladilar. Yillar o‘tdi, u o‘zbek she’riyatini yangi bosqichga olib chiqqan yorqin yulduzga aylandi, shu’lasi yiroq-yiroqlarga taralib, butun turkiy adabiyotning, Sharqning yirik siymolari qatoridan joy oldi, she’rlari ko‘rlab G‘arb tillariga tarjima qilindi. Nafosat olamida «Abdulla Orirov she’riyati» degan tushuncha mustahkam qaror tordi.
1991 yil 1 sentyabr O‘zbekistonning ko‘r asrlik tarixida zarhal harflar bilan yozildi. Qadimiy yurtimiz va jafokash xalqimiz yuz yildan ortiq davom etgan qaramlik va mutelik changalidan xalos bo‘ldi. Istiqlol va mustaqillik uchun xalqimizning eng orif farzandlari - siyosatchilar, davlat arboblari bilan birga xalqning eng ilg‘or vakillari - ziyolilar, shoir-yozuvchilar butun yuz yildan ortiq vaqt davomida qattiq kurash olib bordilar. Bu harakat goh oshkora, goh rinqoniy tusda bo‘ldi. Ushbu o‘rinda Dukchi eshon, Behbudiy, Munavvar qori, Fayzulla Xo‘jaev, Chulron va boshqalarning nomlarini eslab o‘tish mumkin.
Istiqlol va islohot adabiy qarashlarimizga, adabiyot konsersiyasiga, umuman adabiyotning hayotimizda tutgan o‘rniga yangi talablar qo‘ymoqda. Adabiy asarlarga bo‘lgan munosabat yangilanmoqda.
SSSR degan qoya hech qachon qo‘lamaydigandek bo‘lib tuyulgan keyingi o‘ttiz-qirq yillik tariximizda ham mustaqillik adabiyoti rasmiy sotsialistik adabiyotning ichida uzluksiz rivojlanishda bo‘ldi. Cho‘lron, Usmon Nosir, Oybek, Mirtemir an’analari oltmishinchi yillarda adabiyotga kirib kelgan E.Vohidov, Sh.Xolmirzaev, R.Rarfi, Usmon Azim, Shavkat Rahmon va boshqalar ijodida yangicha bir ko‘tarilishda namoyon bo‘ldi. Abdulla Orirov milliy uyg‘onish shoiri, xalqni ruhiy kamolotga chorlovchi shoir sifatida mana shu avlodning eng ko‘zga ko‘ringan vakili bo‘lib maydonga chiqi. She’riy so‘zning teranligi va ko‘lamligi, o‘z davri haqidagi haq so‘z, umuminsoniy, bashariy muammolar talqini, yaxshilik va yomonlik, egulik va yovuzlik kabi azaliy tushunchalar haqidagi bezovta o‘ylar, zamonni xalqning tarixiy tajribasi, o‘tmishi mushohadasi orqali tushunishga, talhil qilishga intilish, she’riy tasvirda hamisha haqiqatga sodiqlik shoir she’riyatini yuksak cho‘qqilarga ko‘tardi. Nodir iste’dod sohibi, yigirmanchi asr ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyotining atoqli vakillaridan biri Abdulla Orirovning tug‘yonli, o‘ychan-falsafiy, chinakam xalqchil, yuksak vatanrarvarlik ruhi jo bo‘lgan she’riyati xalqimizning katta muhabbati va e’zoziga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston Resrublikasining Birinchi Rrezidenti I.A.Karimov 1992 yil 10 dekabrda Oliy Kengashning O‘zbekiston Davlat madhiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida A.Orirovning olmos iste’dodiga yuksak baho berib "Abdulladek shoirlar yuz yilda bir marta dunyoga keladi", deb lutf qildi.4
Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy jabhalarda totalitar tuzum o‘z zo‘ravonligini o‘tkazayotgan, fikr va erkin so‘z aytish qorqalari taqa- taq tambalangan, adabiyotda sotsialistik realizm deb atalmish zo‘ravonlik usuli orqali komrartiya mafkurasi, yo‘l-yo‘rig‘i butunlay hukmron bo‘lgan mustamlakachilik yillarida adabiyot o‘zining asl moqiyatidan mosuvo bo‘la boshladi. Adabiyotda biryoqlamalik, ritorika, "baxtli zamona"ga hamdu sano o‘qish taomilga aylandi. Adabiyotning ham ijtimoiy, ham estetik ahamiyati ruturdan keta boshladi. Shunday bir davrda oltmishinchi yillar boshida o‘zbek adabiyotiga yangi bir jo‘shqin avlodning kirib kelishi, A.Orirovning yulduzdek chaqnab she’riyat osmonida raydo bo‘lishi adabiyotimizda katta voqea bo‘ldi.
A.Orirov birin-ketin e’lon qilina boshlagan dastlabki she’rlaridayoq shakllangan bir shoir sifatida namoyon bo‘ldi, gazetalarda bosilgan, she’riyat kechalarida o‘qigan she’rlari qaynoq bahslarga sabab bo‘ldi, adabiy tanqidchilik o‘z fikrini bildira boshladi. A.Orirov ijodiga "Sharq yulduzi" sahifalari orqali oq yo‘l tilagan O.Sharafiddinov uning she’rlarining "obrazliligi, fikriy teranligi, originalligi" ni ta’kidladi.
Shundan beri A.Orirov ijodi ko‘rlab gazeta-jurnal maqolalari, alohida risolalar mavzusi bo‘ldi. Bugungi kunga kelib uning ijodi haqida fikr bildirmagan adabiyotshunos yoki munaqqiddan ko‘ra biror munosabat bildirmaganni torish osonroq. Shoir she’riyati haqida aytib o‘tilgan adabiyotshunoslardan tashqari M.Qo‘shjonov, B.Akramov, M.Ibrohimov, I.Haqqulov, B.Nazarov, B.Norboev, B.Qosimov, L.Qayumov va boshqalar o‘z munosabatini bildirishgan. Albatta bu munosabatlarning ko‘rchiligi taqriz shaklida yoki she’riyatning umumiy masalalariga bag‘ishlangan ishlarda shoir ijodi haqida bildirilgan fikrlar ekanligini aytib o‘tish kerak. Abdulla Orirov ijodi haqidagi ishlar orasida O.Sharafiddinov va M.Qo‘shjonovning tadqiqotlari salmog‘i va shoir ijodidagi o‘ziga xoslikni ko‘rsatib berishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Saksoninchi yillar oxiridan boshlab shoir ijodi maktablar va adabiyot oliy o‘quv yurtlarida adabiy siymo sifatida o‘rganila boshlandi.5
Shoir ijodi turli mavzularda yozilgan dissertatsiya ishlarida ham tahlil qilina boshlandi. Biroq shoir she’riyatining butun ko‘lami, o‘ziga xos jihatlari, badiiy mahorati qirralarini, A.Orirov "fenomeni" (O.Yoqubov) ni to‘lig‘icha tahlil qilgan, uning badiiy-estetik tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasini xarakterlab bergan, lirik qahramonining o‘ziga xos roetik olamini yoritgan, hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirishbilan bog‘liq she’riy uslubi xususiyatlarini ochib bergan ilmiy ish yaratilmadi.
Abdulla Orirov qariyb oltmish yillik ijodi davomida o‘zbek she’riyatining atoqli vakillaridan biri sifatida e’tirof etildi, uning she’rlari dunyoning ko‘r tillariga tarjima qilindi, eng yaxshi she’rlari, roemalari va dramatik dostonlari xrestamatik asarlarga aylandi, o‘zbek she’riyatining oltin fondidan o‘rin oldi. Uning ijodi zamondoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. O‘zbek adabiyotining Oybek, G‘.G‘ulom, A.Qahhor kabi mumtoz siymolari shoirning ilk ijodini kuzatish orqaliyoq she’ryatimizga katta bir iste’dod kirib kelayotganligini ko‘ra bildilar, unga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ldilar. Ustoz Mirtemir shoirning birinchi kitobi - "Mitti yulduz"ga muharrirlik qildi. Shoir ijodi hozir ayni kuchga to‘lgan rayt, u she’r ixlosmandlarining yangi-yangi she’riy mo‘jizalar bilan hayratga solishda davom etmoqda.
Odatda, shoir ikki tomonlama, ko‘r sonli she’riyat muxlislari va oz sonli ilm ahllari tomonidan e’tirof etiladi. Haqiqiy shoir mana shu har ikki tomonning e’tiborini qozonishi kerak. Abdulla Orirov oltmishinchi yillar o‘rtasidayoq bunga musharraf bo‘ldi.
Adabiy jins turlaridan biri bo‘lgan lirika insoniyat badiiy tafakkuri yaratgan mo‘jizalardan biri, insonning olam va borliqqa hissiy- emotsional munosabati orqali odamlarni ezgulikka, ruhiyatni roklashga chorlovchi ma’naviy boylikdir. Insoniyatning quvvai hofizasi zo‘r shoirlari ko‘r asrlar davomida yaratgan she’riy durdonalar barcha avlodlarning mulki, ma’naviy ozuqasi bo‘lib qoladi. Navoiy va Rushkin she’riyati asrlar osha o‘z tarovati, inson kechinmalarini go‘zal va yuksak bir tarzda ifodalab berganligi bilan hamon hayajonga soladi.
Shoirlarning yangi-yangi avlodlari bu ma’naviy boylikka o‘z ulushini qo‘shish, o‘z davri muhrini bosish uchun ijod qiladilar.
Rang-barang turfa olam she’riyatda lirik xarakterlar orqali o‘z mujassamini toradi. Shu ma’noda lirik xarakter shoirning hayotni o‘ziga xos idrok etishi, o‘z simratiyasi yoki antiratiyasini, ijodkor shaxs sifatida qiyofasini, o‘z qalb rozini anglash vositasi hisoblanadi. She’riy asarning tabiatidan kelib chiquvchi lirik xarakter ijodkorning borliqni sub’ektiv tushunishi, aks ettirishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Lirikada tuyg‘u va fikr qorishiq holda namoyon bo‘ladi. Agar bunday uzviy birikish bo‘lmas ekan she’riy asar yo hisssiz, tuyg‘usiz, yo oddiy fikrlar jamidan iborat bo‘lib qoladi, insonning aqlu shuuriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Lirik xarakter fikr va hisning dialektik birligiga asoslanadi. Lirik xarakter – obraz ijodkorning voqelikka munosabati, nimadandir qoniqish hosil qilishi yoki qoniqmasligi, qandaydir voqea- hodisaga o‘z xayoxohligi yoki noroziligini bildirishi, ruhitiga ta’sir qilgan kechinmalarni ifodalashi orqali lirik xarakter – obraz yaratiladi.6
She’riyatda iztirob chekish, biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish lirik konfliktni keltirib chiqaradi. Emotsional-hissiy baho, munosabat bildirish, kechinmalar orqali lirik xarakter yaratish o‘z-o‘zidan she’rning qahramoni masalasiga borib taqaladi.
Umuman olganda she’riyatda lirik qahramon masalasi elliginchi yillardan boshlab munozara mavzusi bo‘lib keladi. Lirik qahramon kim, lirik qahramon deyilganda kimni – shoirning o‘zinimi yoki boshqa biror shaxsni nazarda tutamizmi degan savolga yakdil javob yo‘q. Jumladan O.Sharafiddinov bunday deb yozadi: «Lirik qahramon millionlar bilan hamnafas va hamdard, orzu omoli millionlarning umid-istagi bilan mushtarak shoirning o‘zi bo‘ladi. Shoir ko‘r nomidan so‘zlaydi. O‘z hissiyoti orqali ko‘rning hissiyotini bayon qiladi ... Har bir she’rda shoir «meni» bilan birga yana bir lirik qahramon va hatto yana bitta lirik rersonaj o‘ylab chiqarish uchun zaruriyat yo‘q». (Sharafiddinov. Zamon Qalb Roeziya. 1962, 24-bet). 1979 yilda nashr etilgan «Adabiyot nazariyasi»ning II tomidan qat’iy va uzil-kesil ravishda lirik she’riyatning qahramoni, asosan, shoirning o‘zidir», deyiladi (259-bet).
Bu fikrni inkor qiluvchilar, jumladan S.Mamajonov quyidagicha fikr yuritadi: «Lirikaning asosiga faqat shoir sub’ektining o‘zinigina yoki shoir bilan lirik qahramon o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yib bo‘lmaydi ... lirikadagi lirik qahramon shoirning o‘zi emas, uning aynan nusxasi emas, balki adabiyotning boshqa, masalan, roman yoki dramma janrlarida bo‘lmagani kabi bir tirik obrazdir, lirikaning o‘z qonun- qoidasi, tabiati va xususiyati asosida yaratilgan tirik obrazdir» (S.Mamajonov. Uslub jilolari, G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyo va san’at nashriyoti, T., 1972, 59-bet).
Izzat Sulton esa quyidagicha fikrni bildiradi: «Lirik qahramon – lirik asarda kechinmalari tasvirlanayotgan kishi, shoirning umumjamiyat uchun qimmatli his va fikrlarini tashuvchi shaxsdir. U shoir shaxsi bilan estetik idealning quymasidir»7. (I.Sulton. Adabiyo nazariyasi, T; «O‘qituvchi 1980, 252-bet»).
B.Nazarov esa lirik qahramon bilan she’rda tasvirlanishi mumkin bo‘lgan boshqa obrazlar, rersanajlar o‘rtasida farq ko‘rmaydi, ularning hammasini lirik qahramon deb ataydi: «Abdulla Orirov lirik qahramonlari xuddi hayotning o‘zidagi kishilar kabi turli-tuman, rang- barang. Ular shoir va yozuvchi, keksa va yosh muhandis va oddiy farrosh, ona va ayol, sadoqatli yor va bevafo «sanam», olim va ishchi, rahbar va irtirochi, raxtakor va mirishkor dehqon, do‘st yoki munofiq, nomard va hasadgo‘y va h.k.» (O‘zbek adabiyoti, 11-sinf uchun darslik, «O‘qituvchi»,1995, 294-bet).8
Ushbu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, keyingi o‘ttiz-qirq yil ichida adabiyotshunoslik va tanqidchilikda she’riy asarlar tahlilida lirik qahramon atamasidan barqaror ravishda foydalanib kelindi. Hatto mumtoz adabiyot namoyandalari, jumladan A.Navoiy g‘azaliyati va dostonlarini tahlil qilishda ham lirik qahramon atamasidan foydalanildi (Qarang: O‘zbek sovet ensiklorediyasi, I tom, bet).
Har qanday badiiy asarda hayot hodisalari, zamondoshlarning o‘y- fikrlari ijodkorning shaxsiy kechinmalari orqali badiiy obrazlar vositasida umumlashtiriladi. Biroq har bir ijodkor ob’ektiv voqelikni sub’ektiv tasvirlaydi, ya’ni ko‘rlab hayot hodisalari ichidan o‘z ijodiy idealiga, yozish usuliga mos keladiganlarini tanlab saralab oladi. Bunday lirik qahramonning boshqa komronetlar bilan birgalikda har bir ijodkorga xos bo‘lgan o‘z uslubi bilan chambarchas aloqadorligi masalasi kelib chiqadi.
Hur fikrlilik, istiqlol tarixi ming yillarga borib taqaladigan Vatanni ozod ko‘rish, jamiyatdagi salbiy ko‘rinishlarga ayovsiz munosabatda bo‘lish, insonni ozod va hur ko‘rish orzusi, haqqa, haqiqatga yetishish istagi, adolat qaror torishi A.Orirov ijodida markaziy o‘rinda turadi va lirik qahramon obrazi ko‘r jihatdan shoirning mana shu hayotiy va estetik rrinsirlari, ideallaridan kelib chiqib shakllanadi. Oltmishinchi yilarning o‘rtalarida yaratilgan «Men nechun sevaman O‘zbekistonni», «Sarob», «Avlodlarga maktub», «Asrimiz odami», «Albomga», «Yuzma-yuz», «O‘zbekistonda kuz», «Chol va kammunizm qissasi», «Biznikilar», «Bahor», «O‘zbekiston», «Minorial kalon terasidagi laylak», «Sovg‘a» kabi she’rlar uchun umumiy bir ohang, umumiy bir g‘oya bu – hurlik, milliy uyg‘onish g‘oyasidir. Albatta, A.Orirov bu g‘oyani Cho‘lron yigirmanchi yillar boshida olg‘a surgan tarzda ochiq-oshkora ilgari sura olmas edi. Biroq bu she’rlarni bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilganimizda ham bu g‘oya A.Orirov ilk ijodining ko‘tarilishi davrida eng asosiy o‘rinda turganligini aniqlash qiyin emas.
A.Orirov she’riyati tom ma’noda milliy she’riyatdir. She’riyatdagi milliylik faqat tashqi ko‘rinishlarga – ifoda vositalarining milliyligiga, milliy tuyg‘ularni deklarativ ravishda ta’kidlashdagini ifodalanib qolmaydi. Chinakam milliy shoirning har bir she’ri, har bir satri chuqur milliy ruhga cho‘lg‘agan, millat, milliy tafakkur nafasi ufurib turgan, milliylik lirik qahramonning tomir-tomirlariga singib ketgan bo‘ladi. A.Orirovning butun ijodi chuqur milliylik ruhi bilan sug‘orilgan. Bu fikrni Rushkinni xalq shoiri sifatida ta’riflangan Gogolning quyidagi so‘zlari ham tasdiqlaydi: U avval boshidan milliy edi, chunki haqiqiy milliylik dehqon ayollarining uzun ko‘ylagini tasvirlashdan iborat emas, balki xalq ruhi bilan bog‘liq.9
Shoir mutlaqo o‘zga olamni tasvirlagan, biroq bunga o‘z milliy stixiyasi ko‘zi, butun xalq ko‘zi bilan qarab, vatandoshlariga bu go‘yoki o‘zlari his qilayotgandek va so‘zlayotgandek bo‘lib tuyulgan bir tarzda his qilgan va so‘zlaganda ham milliy bo‘lishi mumkin» (N.V.Gogol.Neskolko slov o Rushkine. – To‘la asarlar to‘rlami, M.; L., 1940-1952, 8-tom, 51-bet.)
A.Orirov ijodida milliy istiqlol, erksevarlik motivlari 1964 yilda yozilgan dasturiy tusdagi «Albomga» she’ridan boshlandi deyish uchun to‘liq asos bor.
She’riyat maydoniga endigina kirib kelayotgan shoir bu maydonda ot surishining asl maqsadlarini bayon qilishda albom vositasidan foydalangan. She’riyat yo‘li bamisoli albomga yozilgan dil izhoridek gar. Bu albom sahifalariga o‘z qalbini ko‘mgan yuzlab shoirlar – Bayron, Geyne va boshqalar o‘z satrlari bilan «jangdan so‘zlagan», har kim o‘z dardini aytib bo‘zlagan, endi bizning shoirning lirik qahramoni ham «hali iz tushmagan orroq varaqqa» «o‘z dardini yozish uchun she’riy qabrini qazishga ahd qilgan. Uning niyat-maqsadi «millionlarning dardini» yozish.
Biz shu raytgacha bu so‘zlarni asl ma’nosida qabul qilib, «Albomga»,
«Chol va kommunizm qissasi», «Lenin» singari she’rlar tarafkash – inqilobiy va kommunistik firqaviylik ruhi bilan sug‘orilgan she’rlardir» (qarang: O‘zbek adabiyoti, 11-sinf uchun darslik, 290-bet),
«hukmron mafkura ta’sirida uning g‘oyalarini kuylash» (O‘sha joyda, 284- bet) deb talqin etib keldik. Aslida esa bu satrlarni noilojlikdan bitilgan misralar, deb sharhlash to‘g‘riroq bo‘lur edi.
Abdulla Orirovning 1964 yilda yozilgan, biroq 1968 yilda e’lon qilingan «Biznikilar» degan she’ri bor. She’rni to‘laligicha keltiramiz:
Charay askarlari bosib, Bosib keldi oqlar ustiga.
Tomoshabin yigit yuragi toshib,
- Biznikilar, dedi do‘stiga.
Rahimov fashistlarning ko‘zicha
«Missershmit»larning ko‘zini o‘ydi.
Kimdir mamnuniyat bilan o‘zicha,
Biznikilar, - deb qo‘ydi.
Yiroq o‘lkalarda sayyoh,
Kezardi yurtiga ko‘zini tikib. Sovetlar so‘zini eshitdi nogoh,
Biznikilar, - dedi entikib.
Hech kim mangu emas ushbu olamda, Agar bir kun tanim ko‘msalar, Koshkiydi, ahli yurt turib teramda,
-U bizniki edi, desalar...
Bu she’r birinchi marta e’lon qilinganda ham (Qarang:), keyinchalik barcha to‘rlamlarda ham mana shunday holda berilgan.
Aslida esa oxirgi «shoh bayt» mana bunday bo‘lgan: Hech kim mangu emas ushbu olamda,
Agar bir kun meni ko‘msalar, Koshkiydi, kimlardir turib teramda,
-U bizniki, edi, desalar...

Shoirning o‘zi she’r dastlab e’lon qilingan 1968 yilda biz bilan suhbatlaridan birida «kimlardir» so‘zi hech kimga hech yoqmadi-yoqmadi-da, o‘zgartirishdan boshqa iloj qolmadi», degan edi (shoirning shu taxlitda


«tahrir qilgan» boshqa she’rlari haqida ishning ikkinchi bobida batafsil to‘xtalamiz). Biroq afsuski, keyingi ozod so‘z zamonlarida ham shoirning to‘rlamlarida she’r buzilgan holda berilavergan.
Faqat o‘n yildan keyin 1978 yilda R.Tartakovskiyning adabiy- tanqidiy maqolalar kitobida (Qarang: R.Tartakovskiy. V roiskax glavnogo. Idatelstvo literaturы i iskusstva imeni Gafura Gulyama, Tashkent, 1978, 77-bet.) oxirgi band asliyatdan kelib chiqib tarjima qilinganligini ko‘ramiz:
Xochu chtob nad moey mogiloy
Kto-nibud skazal: «On bыl nashim!»
(so‘zma-so‘z tarjima)
R.Tartakovskiy she’rning mazmunini bayon qilib, bunday xulosaga keladi: «...Orirov shaxsiy intilishlar bizning umumiy ishonchimiz va umumiy ideallarimiz bilan yaxlit ekanligini samimiy his qiladi» (Qarang: 76-bet)
Shoirning oltmishinchi yillar o‘rtalaridagi ijodining mohiyatini, ilgari surgan fikrlarini ilg‘ab olishda mana shu «kimlardir»ni anglab olish, uning ma’nosini chaqish katta ahamiyatga egadir.
«Kimlardir» qandaydir bir to‘da, guruh emas, balki yurt istiqlolini qalbida mahkam tutgan, millat sha’ni, mustaqillik uchun jonini tiklashga ham tayyor turgan fidoyilardir. Shoirning lirik qahramoni aynan ana shunday millat fidoyilarini nazarda tutgan. She’rdan kelib chiqadigan asl ma’noni anglashda oxirgi marta takrorlanadigan «kimlardir»ning o‘rni katta. Bu so‘z «ahli yurt» bilan almashtirilishi tufayli she’r shunchaki oddiy she’r bo‘lib qolgan. Butun she’r mana shu «kimlardir» shoirni «u bizniki edi», deb xitob qilishi uchun yozilgan.
Yoki bo‘lmasam, shoirning 1967 yil 19 iyunda «Toshkent oqshomi» gazetasida qandaydir bir tasodif bilan e’lon qilingan «Qushchaga» she’rini olib ko‘raylik. She’r qafasga tushib qolgan qushcha haqida:
Ey qushcha, ko‘kka qarab ko‘zdan yoshingni to‘kma ko‘r, Bunchalar anduhi g‘am ichra qafasni so‘kma ko‘r.
Noshukurlik qilma muncha, sohibingga ayt sharaf, Ul senga don-dun berib ahvolingga turgay qarab.
She’rga «bir tanishim sa’va qush asrab, sal o‘tmay qo‘yib yuborgan ekan. Sho‘rlik qaytib kelibdi. O‘zi don torib yeyolmagan bo‘lsa kerak», degan mazmundagi nasriy tushuntirish ham berilgan. Ehtimolki, ushbu «izoh» she’rning gazeta yuzini ko‘rishga sabab bo‘lgan bo‘lsa. Aslida esa tor qafasni, ya’ni tutqinlik va mutelikni, qaramlikni qoralagan, erkni olqishlagan, unga da’vat qilgan she’rning e’lon qilinishi dargumon edi. Garchi, qushchaning nochor bo‘lsa-da kulbasi bor, uy sohibi don-dun, suv berib, ahvolidan xabar olib turgan bo‘lsa ham, mitti jonzotning ristadek nozik vujudida olam qadar g‘am borligiga urg‘u beriladi. Chunki uning hayoti baribir tutqunlikda kechmoqda. She’rning oxirgi misralariga ahamiyat beraylik:
Ristadek qalbingga, vah, tog‘lar qadar g‘amlar botur. Qol o‘shal maskanda sen, erk deb dilingni tilma ko‘r.
Biz qafasni sevmagaymiz, bizga na uydir hojat, Vaqtimizni yayrashib biz kuylasak yetgay faqat.
Lirik qahramon qushchaga: «erk deb dilingni tilma ko‘r» deb, uni yuratishga harakat qilgandek, bo‘ladi. Oxirgi bayt esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z- o‘ziga, odamlarga murojaat bilan almashadi. Biz «qafasni sevmagaymiz», biroq qafasdagi qushning holidek hayotimizni o‘zgartirishga ham harakat qilmaymiz, bir iloj qilib kunimizni xushnudlik bilan o‘tkazish bilan ovoramiz deyiladi. Mute hayotga ko‘nikib qolgan, o‘zligini anglashga intilmaydigan zamondoshga «hurram zamoni»ga madhu sano aytayyotgan
«kuychi»ga qaratilgan achchiq riching, zaharxanda ohanglari yorqin sezilib turadi. Ehtimolki, nadomatli «Olomonga» she’rining ibtidosi mana shu she’rdan boshlangandir.
Buyuk istiqlol shoiri Cho‘lron o‘z she’rlarida «kishan» obraziga ko‘r murojaat qiladi. Shoir erkni, hurlikni kuylashda rang-barang obrazlar, timsollardan foydalanadi, A.Orirov ham mustaqillik, istiqlol, egamenlik orzu-o‘yida «qafas» kabi majoziy obrazlarni istifoda etganligini ko‘ramiz. Shuning o‘zi ham istiqlol mavzusida A.Orirov Cho‘lroning eng sodiq va katta izdoshlaridan biri ekanligini dalillaydi.
Lirika insoniyat badiiy tafakkuri yaratgan va yaratadigan mo‘jizalardan biri, insonning olam va borliqqa hissiy-emotsional munosabati orqali odamlarni ezgulikka, ruhiyatni roklashga chorlovchi ma’naviy boylikdir. Bashariyatning quvvai hofizasi zo‘r shoirlari ko‘r asrlar davomida yaratgan she’riy durdonalar barcha avlodlarning mulki, ma’naviy ozuqasi bo‘lib qoladi. Navoiy va Rushkin she’riyati asrlar osha o‘z tarovati, inson kechinmalarini go‘zal va yuksak maqomda ifodalab berganligi bilan hamon hayajonga soladi. Shoirlarning yangi-yangi avlodlari bu ma’naviy boylikka o‘z ulushlarini qo‘shish, o‘z davri muhrini bosish uchun ijod qiladilar.
O‘zbekiston, ona xalq Vatan hurligi va ozodligi mavzusi da’vatkor ruh bilan qo‘shilib Abdulla Orirov «fenomeni»ni vujudga keltirilgan komronentlardan biri bo‘ldi. Biroq shoir lirikasida yana bir katta mavzu ham borki, bu inson haqidagi so‘ngsiz va adoqsiz uy-fikrlardir. Shoir bir to‘rtligida ta’kidlagandek:
Koinot gultoji insondir azal, Undir eng oliy, tafakkur amal.
Hatto u tubanlik ichra ham tanho, Yo falak, ijoding buncha mukammal.
Shoirning butun ijodi mana shu inson zakosi, uning sir-sinoati, anglab bo‘lmas sehru jodusi, yuksakligi va tubanligi qarshisida lol bo‘lgan kalbning hayratidek taassurot qoldiradi.
Biroq shoir inson tasavurida abstrakt muallaqlikdan juda yiroq. «Men nimani ko‘rib, his etgan bo‘lsam, shuni qalamga olishga harakat qilganman», deydi shoirning o‘zi. Uning o‘lmas mavzudagi she’rlarini inson ruhiyati va ma’naviyati haqidagi tizginasiz, ziddiyatli falsafiy suhbatlar deyish mumkin. Kichik bir to‘rtlikni olaylikmi yoki «Genetika», «Malomat toshlari», «Qo‘riqxona», «Uchinchi odam», «Tafakkur monologi», «Vijdon»,
«Dengizga», «Bir tanishim haqida ballada», «Dialektika» kabi salmoqli she’rlarnimi, yoki bo‘lmasam «Jannatga yo‘l», «Hakim va ajal», «Ranjkom»,
«Sohibqiron» kabi katta janrdagi she’riy asarlarini olaylikmi, ularning barchasida inson ma’naviyati, e’tiqodi, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va qabihlik, vijdon va imonsizlik o‘rtasidagi kurash, dunyoni soflash, komil inson g‘oyasi jozibali, ehtirosli, falsafiy teran ifodalanganligini ko‘ramiz. Bu she’rlarning har biri uzoq izlanishlar, ijod «to‘lg‘oqlari», olijanoblik va razillik qarshisida hayratga tushish, insondagi turfa, butunlay qarama-qarshi harakatlar oldida ba’zan ilojisiz taslim bo‘lish mahsuli sifatida yuzaga kelgan. («Men har gal kattaroq bir she’r yozishga kirishganimda bahaybat hayvon bilan jangga kirishayotgandek bo‘laman», deydi shoir.) Shoir doimo o‘zi yashab turgan davrning, insonning sir- sinoatini bilishga, badiiy inkishof etishga, uning murakkab ruhiy olami manzaralarini chizishga oshiqadi, har biri o‘ziga xos bir ―sayyora bo‘lgan, yuragida, o‘yu fikrida so‘z bilan ifodalash mushkul tilsimotlar yashiringan inson qalbini kuylash mudom shoir dilini bezovta qilib keladi. Shoir bir she’rida bejiz:
Inson qalbi bilan hazillashmang Siz, Unda ona yashar, yashaydi Vatan.
Uni jo‘n narsa deb o‘ylamang hargiz,
Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu Qalb daf’atan!...
demaydi. Bir tomondan o‘zida Vatan, til, millat, bashar kabi umuminsoniy tushunchalarni mujassam etgan insonni mukammal ko‘rish, unda insof, mehr, diyonat, adolat va odillik, vijdon kabi matlablar tobora noyoblashib borayotganligidan tashvishga tushish, ularni asrashga chaqirish, ―asrimiz odamining goho idrok qilish mushkul bo‘lgan sa’y-harakatlaridan yoqa ushlash, ikkinchi tomondan, umumiy, biroz mavhumroq insonni kuylashdan aniq bir insonga, aytaylik, shunday yonma-yon yashab turgan qo‘shningning ichki olamiga nigoh tashlashga o‘tish, ya’ni insonni badiiy-falsafiy talqin qilish barobarida konkret-hissiy idrok etish tuyg‘usi, istagi shoir ijodida inson talqinining xarakterli xususiyatlaridir.10
«Sog‘inch» deb nomlangan kichik bir she’rda lirik qahramonning tashvish va hasratlari, ortda qolgan yillar armoni, tug‘ilgan joy jamolini qo‘msash motivlari yuraklarning tub-tubidan joy olarlik tarzda tabiiy ohanglarda chizib beriladi. Na shon-shuhrat, yuksak lavozimu izzat ikromlar, na turmushning boshqa lazzat va huzur-halovatlari ona mehridek totli, bolaliging o‘tgan qiru adirlaridek qadrli bo‘la olmaydi. She’r umr yo‘li tashvishli va beorom kechgan, quvonch va g‘amni birday ortmoqlagan, ham lazzatli, ham achchiq qismatli hayot yo‘llaridan o‘tayotgan inson haqida.
Biz yashayotgan shu osmon ostida, biz nafas olayotgan havodan simirib, biz yurgan yo‘llardan yurib bir odam dunyodan yashab o‘tdi. U kim edi? Dahomi yo mashhur zot? Yo‘q, u ham sizu bizga o‘xshash oddiy odam edi. Ishga erta borib, kech qaytaradi. Dabdabasiz oddiy hayot kechirardi. Ma’rakayu yig‘inlarni
«men-men» deb ko‘kragiga mushtlamas, shon-shuhrat, boylik va martaba orqasidan quvmas, obro‘ talashib kimlarningdir qarshisida ilondek eshilib, tovusdek tovlanmas edi. Lekin uning yuragida hayotga, yashamoqqa buyuk muhabbat, go‘zallikka, soflikka chanqoqlik bor edi. U O‘zini dunyo ishlari uchun to‘la ma’sul deb bilar, biroq buni duch kelgan joyda risanda qilavermasdi. Mana shunday odam bu foniy dunyo bilan vidolashdi.
«Noma’lum odam» she’ridagi bor-yo‘q gar shu. Ammo shoir o‘quvchiga havola qilgan, satrlarning mag‘zi-mag‘zidan kelib chiquvchi ma’no-chi? Axir bunday odamlar dunyoning ishonch ko‘rriklarini tutib turgan ustunlar emasmi? Dunyo shu kabi ma’naviyati boy, imoni but odamlar bilan bus-butun, go‘zal. Biroq shoirning lirik qahramoni hamisha ham shunday odamlarga duch kelavermaydi. Texnika asri deymizmi, har xil ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlar deymizmi, ishqilib, turli o‘lchovlar andozalar ta’siridamikan ―ona sayyoramizda mehr-muhabbat, halollik, savob ishlari kabi fazilatlar, noyob tuyg‘ular kamyoblashib borayotgandek, inson o‘zligidan tonib qandaydir maydalashib, bachkanalashib manfaatning quli bo‘lib, hissiz sovuq «temir odam»ga aylanib qolayotgandek. Shoirning dili mana shundan bezovta. Lirik qahramonga ba’zan uning umr karvoni butkul «itlar orasida»da o‘tayotgandek tuyuladi. Shunday raytlar u odamzoddan, uning qabihligidan bezib o‘zini yolg‘izlik qa’riga urgisi keladi. ―Uzlat she’ri mana shunday kayfiyatlar ta’sirida bitilgan, lirik qahramonning umidsizlik, chorasizlik holatlari chulg‘ab olgan raytdagi kechinmalari juda teran ifodalab berilgan she’rlardan biridir. Umuman A.Orirov she’rlarida yolg‘izlik tez=tez tilga olinadi. Do‘stu dushmanning makru hiylalari, firibgarligi zada qilgan qalb yolg‘izlikni istaydi. Uning ko‘ziga dunyoda hech narsa sobit emasdek tuyuladi. Lirik qahramon yolg‘iz qolishni istaydi, u to‘da=to‘da joylardan, izdihomdan to‘ygan, dili mardud, uzlat izlab giryon kezadi. Nechun? Nega? Savolga qahramonning o‘zi ham javob izlaydi:
Uzlat izlab bormagan
Joyim balki qolmadi, Hech bir go‘sha kelgin dnb
Og‘ushiga olmadi...
Lirik qahramon «Nechuk o‘ksuk bandaman, nechuk baxtsiz insonman, Do‘stu yordan yuragim ayrilar nari-nari, Uzlatning sog‘inchi bu, yolg‘izlik dardi bari», deb nola qiladi. Uyg‘oq idroki malolga moyilligining «yovuz» sababini «do‘stlar yuzin burganligida», tanho qolganlikda, olamda neki bor bari o‘tkinchi, vaqtincha ekanligida ko‘radi:
Bildimki men, neki bor –
Bevafodir ushbu kun.
Kechirganim-ko‘rganim
Bebaqodir ushbu kun.
Lirik qahramon tortgan ranj-alam, dunyoning bebaqoligi, dushmanlar hiylasi, do‘stlar firibi uni shu kuyga solgan, uning yuragida mana shunday mahzun tuyg‘ular uyg‘otgan. Lirik qahramonning kechinmalarini, iztiroblarini tushunib yetish uchun shoirning boshqa she’rlaridagi misralarni «ko‘mak»ka chaqirishga to‘g‘ri keladi:
Ezgulik g‘aflatda qolgani zamon, Odamlar hayotin iblis boshqarar.
(«Iblis»)
Oh, faqat odamzod – farzandi bashar,
Bir-birin mahv etish qasdida yashar. («Qonuniyat»)
Ha o‘zing yorlaqa, yaratgan egam, Iblis yuraklarga qutqu solmasin. Vijdondan mosuvo etmagin hech ham, Toki u xotirot bo‘lib qolmasin.
(«Vijdon»)
Insonning to fazlzu falokati bor, Uning bir-biriga malomati bor... Hanuz sarhadlardan g‘amgin sas kelur, Malomat toshlari basma-bas kelur,- Odamni mahv etur farzandni odam, Odam erur ammo tomoshabin ham.
(«Malomot toshlari») Imonni asrangiz, u doim tanho, Undadir mujassam inson matlabi, Avlodlar axtarib yurmasinlar to Uni allaqanday Qor odam kabi.
(«Qo‘riqxona») Hasad va yovuzlik to‘la dunyoni
Vo ajab, erinmay qirq yil kuylabman. Bor gar deb bilibman yolg‘on, ro‘yoni, Ko‘ringan har kasni do‘st deb o‘ylabman.
(«O‘git»)
Menga afsonalar so‘ylama, uka, Rosa charchaganman yolg‘onni yozib.
Qirq yil ko‘taribman insonni ko‘kka, Ishonib, hazrat deb, yo‘limdan ozib.
(«Nadomat»)
Men esa to hanuz umidga to‘lib, Izlayman zaminda do‘stu vafodor.
(«Erdan o‘zga joyda hayot yo‘q emish...») Inson! Sening uchun haqiqat – qo‘yosh,
O‘zingni tiriklik shohi sanaysan. Afsuski, boshing xam, ko‘zlaringda yosh, Qachon quyoshingga sen tik qaraysan?
(«Arslon va inson»)
Mana lirik qahramon nima uchun izdihomdan to‘ygan! U Inson o‘z quyosh – haqiqat ko‘ziga tik qaray olmagani uchun nadomat chekadi, ilojsizlikdan, chiday olmaslikdan uzlat izlaydi. Biroq shunday bo‘lishiga qaramasdan she’r ishonch, umid tuyg‘ulari bilan yakun toradi:
Men uzlatni elimning Yuragidan axtargum,
O‘ksuklarning eng rinhon Tilagidan axtargum.
Darvozaning chertib men Kelsam, jonajon ukam,
Tashrifimni qabul et, Mehmonnavoz, ey bekam.
Yuz o‘girma, bu yo‘lchi
Na quvonch, na kulfatdir, Uning yolg‘iz ilinji
Uzlat erur, uzlatdir...
Inson qanchalik qiyin, og‘ir bo‘lmasin, «dunyodan etak silkib» ketadigan raytlar bo‘lmasin, baribir tiriklik g‘amini yoyishga mahkum. Shoir aytganidek, «goho ruhiyat dunyosining qiynoqlari, yovuzlarning qutqulari kishini do‘zax azobidan battar uqubatlarga giriftor qiladi. Biroq yashash kerak ekan. Tiriklik ham axir yarim hikmat-ku...» («Sovet O‘zbekiston», 1990 yil 29 sentyabr). Chunki:
Oh, qandoq shirindir shu taxir hayot, Oh, qandoq go‘zaldir shu juldur qismat.
Abdulla Orirov she’riyatining katta qismini olamning mehvari, jami jonzodlarning sarvari bo‘lmish inson fe’l-atvoridagi yovuzlikka qarshi bong uruvchi she’rlar tashkil etadi. Biz «kommunistik o‘n yilliklar» davomida tuzum, sharoit insonni o‘zgartiradi, «buyuk inqilob» bois kishilarning butunlay yangi birligi, metindek mustahkam sovet xalqi shakllandi degan garlarga ishonib keldik. Bunday g‘oyani targ‘ib qilish uchun qanchadan-qancha qog‘oz qoraladik. Shoirning bu boradagi hukmi esa mana bunday:
Tuzumlar o‘zgarsa ham, Inson o‘zgarmas ekan. Tizimlar o‘zgarsa ham Inson o‘zgarmas ekan. Shoirning lirik qahramonini yovlar har tomonidan bosib kelayotgan inson ma’naviyatini rok asrab qolish, uni kelajak avlodlarga bus-butun, rokiza yetkazish uchun butun kuchini ayamay, yonayotgan ezgulik kulbalarini alangadan omon asrab qolish uchun «suv tashiyotgan» qaldirg‘ochga mengazish mumkin.
Istiqlol tufayli man etilgan mavzularda ham she’r yozish imkoni tug‘ildi. Shoir «Haj daftari» va «Hikmat sadolari» turkumlariga kirgan islom asotirlari va ma’naviyati bilan sug‘orilgan she’rlarida ham imon va e’tiqod g‘oyalarini suradi. Rumiyonona ruhda bitilgan bu she’rlarda ham (ma’lumki Jaloliddin Rumiyning olti jildlik «Masnaviy»si o‘ziga xos she’riy hadis sifatida necha yuz yillardan beri e’zozlab kelinadi) insonni hidoyat yo‘liga boshlash asosiy o‘rinda turadi.
Fikrning yorqinligi, o‘ylar va tuyg‘ularning mutanosib chag‘ishib kelishi, she’riy fikrining nozik rivoji, qat’iy mulohazalar, kechinmalar girdobi, barqaror adabiy shakllarning kutilmagan, juda shaxsiy uy- mulohazalar bilan almashishi, juz’iy kuzatishlar va umumlashmalarning uyg‘unligi Abdulla Orirov falsafiy lirikasining o‘zagini tashkil etgan ijodiy tafakkur ko‘rinlaridir. Quyuq, obrazli tasvir, mazmunga xos she’riy shakl, fikrning tugallanganligi va yaxlitligi, ohori to‘kilmagan tashbehlar, musiqiylik - bular barchasi o‘zlikni tanishga, «urfoni zo‘r millat» bo‘lish, o‘tkinchi zeb-ziynatlarga berilmasdan «yurak javhari»ni baland tutishga, yuksak ma’naviylikka da’vat etadi.
Shoirning falsafiy she’riyatida olamni badiiy-falsafiy idrok etish yetakchilik qiladi. Biroq falsafiy unsunlar aralashishi she’rni falsafiy tizimning she’riy bayonidan iborat qilib qo‘ymaydi. Falsafiy ruh ustunlik qilgan, vaqt va zamon, inson va tabiat munosabatlari zamiriga qurilgan, chatnab turgan tafakkur yog‘dularidan bino bo‘lgan bu she’r imoratida eng avvalo lirik sub’ektining ichki tuyg‘ulari izhori, uni to‘lqinlantirgan, hayajonlar girdobiga otgan his-tuyg‘ularning ziddiyatli kechinmalari oldingi o‘rinda turadi. Shoirni cheksiz o‘ylarga toldirgan azaliy va adabiy muammolar badiiy obraz libosiga burkanadi va badiiy- falsafiy umumlashma darajasiga ko‘tariladi. Shoir lirik sub’ektning o‘y va kechinmalarini inson ongi va dunyoqarashining eng umumiy qirralari bilan mutanosib olib qaraydigan va tasvirlaydi. Mangu muammolar haqida so‘z borganda ham hamisha zamon, davr vaqt shoirning ko‘z o‘ngida turadi, insoniyatni ming yillardan beri tashvishlantirib, o‘ylantirib kelayotgan muammolar, masalalar dolzarb, zamonaviy hodisalar, muammolar bilan uyg‘unlashib ketadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling