O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi


Download 84.13 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi84.13 Kb.
#1829266
1   2
Bog'liq
chorva

Naslchilik xoʻjaligi - chorva hayvonlari va parrandalarning maʼlum bir zotiga mansub mollarni urchitish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Naslchilik xoʻjaligi yetakchi naslchilik zavodi bilan hamkorlikda yagona seleksion dastur asosida maʼlum bir zotdagi mollarni yetishti-rib koʻpaytiradi, ularning tip va ti-zimlarini takomillashtiradi. Naslchilik ishini olib borishning asosiy usuli naslchilik zavodlaridagi kabi sof zotli urchitish boʻlib, zotdagi tizim va oilalarni takomillashtirib, podada duragay mollar boʻlsa, ularni qon singdirish usuli bilan chatishtiradi. Naslchilik zavodlaridan va chet davlatlardan keltirilgan nayelli mollarni koʻpaytirib, oʻz reproduktiv mollarini maʼlum yoʻnalishda zooveterinariya qoidalari asosida parvarish qiladi.
Shuningdek, oʻz podasini toʻldirishdan tashqari oddiy naslchilik fermalari-ga, naslchilik reproduktorlariga va dehqon (fermer) xoʻjaliklariga naslli mollar yetkazib beradi. Xoʻjalikda mollar va parrandalar har yili bo-nitirovkadan oʻtkaziladi, nasldor hayvonlarni davlat kitobiga yozishga kerakli hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Naslchilik xoʻjaligi belgilangan tartibda qar besh yilda bir marta Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi tomonidan davlat attestatsiyasidan oʻtkaziladi. Naslchilik xoʻjaligining faoliyatiga baho berishda xoʻjalikda olib borilayotgan naslchilik ishlarining ahvo-liga, chorva mollari bosh soniga, mah-suldorligiga hamda ularning sogʻlom-ligiga alohida ahamiyat beriladi.
Oʻzbekistonda Naslchilik xoʻjaligining bir necha to-ifadagi tarmoklari tashkil etilgan. Ular naslchilik zavodlari, Naslchilik xoʻjaligilari va naslchilik fermalaridir. 2003-yilda Naslchilik xoʻjaligi toifasida jami 357 ta xoʻjalik ishladi. Barcha toifadagi Naslchilik xoʻjaligilarining 44 tasini naslchilik zavodlari, 66 tasini Naslchilik xoʻjaligilari va 247 tasini naslchilik fermalari tashkil etdi. Qoramolchilikda 16 zavod, 24 xoʻjalik va 212 naslchilik fermasi, qorakoʻlchilikda 18 zavod, 13 xoʻjalik va 3 ferma, dumbali qoʻychilikda 2 zavod, 3 xoʻjalik va 14 ferma, echkichilikda 1 ta zavod, 2 ta xoʻjalik va 4 ta ferma, yilqichilikda 3 ta zavod, 1 ta xoʻjalik va 11 ta ferma, tuyachilikda 2 ta ferma, parrandachilikda 1 ta zavod, 1 ta I-tartibli va 1 ta I-tartibli reproduktor xoʻjaligi, baliqchilikda 1 ta zavod, choʻchqachilikda 2 ta xoʻjalik, asal-arichilikda 2 ta xoʻjalik, 2 ta ferma va tut ipak qurti boʻyicha 3 ta naslchilik st-yasi va 15 ta naslchilik zavodi mavjud (2003) (yana qarang Davlat naslchilik zavodi)
Xususan, 2022-yilning ikki oy davomida, aholi va fermer xo‘jaliklari qaramog‘ida bo‘lgan sigir va tanalarni “O‘znaslchilik” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori mahsuldor, naslli buqa urug‘lari bilan urug‘lantirish tizimli ravishda amalga oshirilmoqda..
Viloyat bo‘yicha 23895 bosh qoramollar, mazkur tadbir doirasida sunʼiy urug‘lantirilib, belgilangan reja 70 foizdan ortiqqa bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 280-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida “O‘zagroinspeksiya” ning chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish inspektorlari tomonidan, o‘tgan hisobot davri davomida jami, 419 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, shundan 418 ta holatda qonunbuzilishlar aniqlandi va 21 ta maʼmuriy bayonnomalar tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlar ijrosi yuzasidan, 2022-yil 1-choragi davomida viloyatga rivojlangan chet davlatlaridan 146 bosh irsiy, qoni toza, zotli naslli qoramollar olib kelindi.
Jumladan, Oltinko‘l tumanidagi “Navoiy nasl chorva” fermer xo‘jaligi tomonidan, Avstriya davlatidan 93 bosh “Simmental” zotli naslli qoramol keltirilib, shundan 89 bosh qoramollarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan foydalanib, chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun jami 176 million so‘m subsidiya moliyaviy ko‘mak sifatida berildi.
Shuningdek, Ulug‘nor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Nesseno Terrenno” MCHJ tomonidan Germaniya davlatidan 53 bosh “golshtin” zotli qoramol olib kelingan bo‘lib, shundan 50 bosh naslli qoramol uchun 100 million so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilib berildi.
Har ikki loyiha bo‘yicha ajratilgan subsidiya mablag‘lari, inspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi “Chorvachilikda naslchilikni nazorat qilish” bo‘limi inspektorlari tomonidan subsidiya ajratish bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar qonuniyligi o‘rganib chiqilib, belgilangan talablar asosida ijrosi taʼminlandi.

NASILCHILIK XIZMATI IJRO ETISH APPARATI TUZILMASI


Servis davri tajribadagi birinchi tug‘um sigirlarida 89-120 kun oralig‘ida bo‘lgan. II-guruxdagi sigirlarda bu davr I-guruhga nisbatan 31-kun va uchinchi guruhda nisbatan 25-kun bo‘lgan. Ikkinchi laktatsiyada servis davri, IIIguruhdagi sigirlarda I guruhga nisbatan 30 kun va II-ga nisbatan 9 kun bo‘lgan. Tuqqandan keyin 30 kun davomida faqatgina 8,5 foiz sigirlar kuyga kelgan
Kaxarov A.K. va boshqalar., ta’kidlashicha, mamlakat aholisi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda chorvachilikni o‘rni muhimdir. Hozirgi kunda Respublikamizning barcha toifadagi xo‘jaliklarida urchitilayotgan qora-ola, qizil cho‘l, bushuev, shvist zotlarining deyarli barchasi golshtin zoti bilan yaxshilanmoqda. Ko‘pgina izlanishlar natijasida golshtin qon ulushi 75 foiz bo‘lgan bo`g‘in sigirlarda, eng yuqori sut sog‘imi kuzatilgan bo‘lsa, ayrim tadqiqotchilar esa aksincha 87,5 va 93,5 foizli bo`g‘in sigirlarda sut sog‘imi ko‘p bo‘lganligini ta’kidlashgan. Olimlar oldidagi bugungi vazifa, olingan turli genotipli bo`g‘in hayvonlar bilan tahliliy chatishtirish o‘tkazish barcha avlodlarni “o‘ziga o‘zini” juftlash varianti orqali ulardagi mahsuldorlik potensialini yuzaga chiqarishdir. Bunda eng asosiy e’tiborni ozuqa salmog‘i va uning to‘yimligiga qaratish lozim.
Dosmuhamedova M.X., Rosirov U.N., ta’kidlashicha, qora-ola zoti, golshtin zot genotipi sigirlarni mahsuldorlik genetik potensiali namoyon etilgan. 18 Maxsus texnologik sharoitda sigirlarning sut sog‘imi 43- 66 foizga oshirilgan. Hayvonlarning eksterer xususiyatlari, sutdorlik tipi laktatsiya fazalari bo‘yicha sersut qilish texnologiyalari tashqi muhit sharoitiga moslashish qobiliyatlari ularni mahsuldorlik ko‘rsatkichi bilan o‘zaro bog‘lanuvchanlik mavjud ekanligi aniqlandi. Tajriba davomida 1\3 va 7\8, 3\8 va 1\2 hamda 3\16 va 1\4 nisbati golshtin qoni bo‘lgan sigirlar shunga mos ravishda: 4590,3 va 4313,0 va 3892,0 kg sut berishgan. Sutining yog‘liligi tegishlicha: 3,72; 3,90 va 3,70 % bo‘lgan sigirlarning tirik vazni hamda sutdorlik koeffitsienti mutanosib tarzda: 483,3; 478,8 va 463,2 kg hamda 949,6; 884,2 va 840 birlikni tashkil etgan. Demak, golshtin zotining Isroil seleksiyasiga mansub naslli buqalari qora-ola zotli sigirlarini sut mahsuldorligini oshirishda ularning yelinini texnologik xususiyalarini takomillashtirishda “yaxshilovchi” hisoblanar ekan.
Narbaeva M.K. Kaxarov A.K. Sharopov R., yozishiga qaraganda, qora-ola zotini ayrim seleksion belgilarini golshtin zoti bilan takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududida ham yuqori samara bergan. Muallif, sof zotli qora-ola (I-guruh) va golshtin zotiga mansub (II-guruh) sigirlarini va ularni o‘zaro chatishtirish natijasida olingan birinchi bo‘g‘in avlodlarini (III-guruh) sut sog‘imini guruhlararo taqqoslab o‘rgangan. Laktatsiyaning oxirgi 90 kunida olingan ko‘rsatkichlar guruhlarda quyidagicha bo‘lgan. 1101,0; 1276,5 va 1176,0 kg sut sog‘imi, sutning yog‘ ko‘rsatkichi: 3,74; 3,69: 3,68 % oqsil ko‘rsatkichi: 3,43; 3,38 va 3,40%. Ko‘rinib turibdiki golshtin zoti sut sog‘imi bo‘yicha o‘z tengqurlarini 175,5 kg yoki 15,9% va 100,5 kg yoki 8,5% ortda qoldirgan, chatishma sigirlar sof zotli qora-ola sigirlardan 75,0 kg yoki 6,8% ko‘p sut bergan. Sutning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham guruhlararo farq aniqlangan. Olingan sof foyda miqdori tegishli ravishda: 181,0; 252,8 va 203,1 ming so‘m bo‘lgan va tajribaning samaradorlik darajasini 46,7; 64,1 va 50,9 foiz bo‘lishini ta’minlagan. Lekin, shuni ham ta’kidlash lozimki, rejali sutbop zotlardan olingan har xil genotipli avlodlar yetarli miqdorda sifatli ozuqalar bilan oziqlantirilganidagina o‘zining potensialini to‘liq yuzaga chiqaradi, aks holda mahsuldorligi yaxshilanayotgan zotlar ko‘rsatkichidan ham past bo‘ladi.

2.QISHLOQ HO’JALIK HAYVONLARINING EKSTER’ERINI O’RGANISH.


Hayvonning ekster’eri uning tashqi ko‘rinishi yoki tana shaklidir. Bu terminni birinchi bo‘lib zootexnika faniga 1768 yilda Fransuz olimi Klod Burjel tomonidan kiritilgan. Hayvonlarning tashqi ko‘rinishi va tana shakli, hozirgi zamon zootexnika fani nuqtaiy nazaridan qaraganda hayvonlarning mahsuldorligi xususiyatlari, ish qobiliyati va nasldorlik qiymatiga baho berish demakdir.
Ekster’erni o‘rganishdagi eng muhim vazifa hayvonning u yoki bu mahsuldorlikka bo‘lgan xususiyatini aniqlashdir.
Ekster’erni o‘rganish asosida hayvonlarning yoshi ortishi bilan ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni, ularning konditsiyasini va temperamentini aniqlash mumkin. Bu ta’limot yordamida hayvonlarning sog‘lomligini, nerv tizimi va sanoat asosida mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi sharoitlariga yaroqliligini baholash mumkin. Sog‘lom hayvonlarning terisi tarang bo‘lib, junlari yaltirab turadi. Kasal hayvonlarda teri bo‘shashib, junlari bujmayib qoladi. Hayvonlarning harakatchanligiga qarab temperamentni va nerv tizimini aniqlash mumkin.
Hayvonlar ekster’erini baholashda quyidagi usullaridan foydalaniladi.
1. Hayvonni oddiy qurolsiz ko‘z bilan ko‘rib baholash — ekster’erga baho berishning eng asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘l bilan baholashda malakali mutaxassis hayvonning turi, zoti, jinsiy mahsuldorligi va konstitutsiyasiga xos xususiyatlarini, hamda salomatligini tez va to‘g‘ri aniqlaydi.
2. Ball yoki punktlar yordamida baholash — ball yoki punktlar yordamida baholashda hayvonning umumiy ko‘rinishi, zot turkumiga o‘xshashligi, tana tuzilishi, suyaklari va boshqa qismlari maxsus shkala 8 yordamida ball bilan baholanadi. Masalan, bunda sigirlarga va buqalarga 10 ball beriladi.
3. Tana qismlarini o‘lchash — hayvonlarning tanasining turli qismlaridan o‘lchamlar olinadi. Ilmiy tadqiqot ishlarida hayvonlar tanasining 52 o‘lchovi olinib, zootexniya naslchilikda, seleksiya ishlarini olib borishda 18 va mollarni naslchilik kitobiga yozishda esa 5 o‘lchov kifoya qilinadi.
4. Tana tuzilishi indekslarini hisoblash — hayvonlarning tana tuzilishi indeksi deb tananing biror qismi o‘lchov ko‘rsatkichining ikkinchi qismi o‘lchov ko‘rsatkichiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi va u foiz hisobida ifodalanadi. Masalan, mol tanasining ixchamlik indeksini aniqlash uchun uning ko‘krak aylanasi ko‘rsatkichini gavdasining qiya uzunligiga bo‘lgan nisbati olinadi va u (koeffitsient) 100 ga ko‘paytiriladi.
5. Grafik usulda — bir guruh mollardan olingan tana o‘lchovi ko‘rsatkichlari 100 foiz hisobida olingach, boshqa bir necha mol guruhlari o‘lchovlarining birinchi guruh mollari o‘lchoviga bo‘lgan nisbati grafikka tushurilib, o‘zaro taqqoslanadi.
6. Suratga olish usuli — ayniqsa mahsuldor mollar uchun qo‘l keladi. Bunda qo‘shimcha ravishda hayvonlar ekster’eri va tananing ayrim qismini suratga tushurib, ular rasmlar orqali hayvon tanasidagi kamchiliklar nuqsonlar to‘g‘risida doimiy tasavvurga ega bo‘ladi.

Golshtin zotni harakterli belgisi


Umumiy ko‘rinishi yaxshi, boshi yengil, jag‘lari harakatchan, yuzi kengroq.
Sutdorlik kuchi. Hayvonning sog‘lomligiga, baqquvatlik kuchiga, ishlab chiqarish sharoitiga chidamligiga va uzoq yashashiga bog‘liq bo‘ladi.
Qovurg‘alari. Har biri alohida bir biridan uzoqroqda joylashgan.
Qovurg‘a suyaklari keng, yassi, orqaga qarab egilgan.
Ko‘krak kengligi. Keng hajmli, hayoti uchun kerakli organ.
Oldingi qovurg‘asi. Egiluvchan to‘liq ko‘rinib turadi va yelka suyagini oxirgi nuqtasiga yetadi.
Son qismi. Orqadan keng va yassi ko‘rinadi. Yag‘rini.
O‘tkir ko‘rinib turadi. Bo‘yni. Uzun, quruq, yelkaga yetadi, ko‘krak qismi va ko‘krak ostiga bemalol yetadi va yalaydi. Terisi. Yupqa, bo‘sh va o‘zgaruvchan.
Sag‘rin burchagi. Suyaklari bog‘lanuvchanligi keng qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Yelini. Yelin chuqurligi o‘rtacha, sakrash bo‘g‘inigacha boradi.
Yoshi va tug‘ish soniga qarab yelin chuqurligi o‘zgarib boradi.
So‘rg‘ichlarni joylanishi. Har biri to‘g‘ri qo‘yilgan, ularni siljishi yoki to‘g‘ri qo‘yilganligi orqadan qaraganda bilinadi.
Yelinni orqasi. Keng va baland, yuqoridan pastga qarab bir tekisda yopishgan bo‘ladi.

Boshning shakli va tuzilishiga qarab, hayvonning suyakdorligini bilish mumkin. Jumladan, sersut zotli sigirlarning boshi o‘rtacha, yengil va qotmadan kelgan, eniga kam rivojlangan bo‘ladi. Go‘shtdor zotli sigirlarning boshi salmoqli, bosh qismi keng va qisqa, peshonasi ancha keng. Buqalarning boshi biroz dag‘al ko‘rinishida bo‘ladi. Bo‘yin, hayvonlarning mahsuldorlik yo‘nalishiga va jinsiga qarab, turlicha bo‘ladi. Sergo‘sht hayvonlarning bo‘yin muskullari yaxshi rivojlangan kalta, yo‘g‘on va enli


bo‘ladi. Go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarning ekster’eri o‘ziga xos go‘shtdor bo‘ladi. Tanasi muskullar bilan tig‘iz to‘lishgan. Orqasi keng, qovurg‘alari egilgan, boshi go‘shtdor, bo‘yni kalta, yo‘g‘on va keng, yelka va ko‘krak qismiga tekis ulangan. Oyoqlari kalta mustahkam, keng qo‘yilgan. Yelinni baholashda uning shakliga, tuzilishiga, katta va kichikligiga, so‘rg‘ichlarining joylashishi va rivojlanganligiga, hamda sutdor vena qon tomirlarining yaqqol ko‘rinib turishiga e’tibor beriladi. Sigirlarda quyidagi yelin shakllari mavjud: vannasimon, kosasimon, yumolaqlashgan, hamda echkiyelin. Vannasimon va kosasimon yelinlar katta hajmli bo‘lib, sersut sigirlarga xos bo‘ladi va ular sigirlarni mashinada sog‘ishga yaroqli va eng maqbul shakllar hisoblanadi. 11 Sigirlarning yelin so‘rg‘ichlari silindrik shaklida bo‘lib uzunligi esa 6 – 8 santimetr bo‘lsa me’yor talablariga to‘liq javob beradi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmagan shakldagi yelin so‘rg‘ichlari esa mashinada sog‘ishga yaroqsiz bo‘ladi.


  1. KENG KO’LAMDA NASILCHILIK ISHLARINI OLIB BORISH

Mutaxassislar Farg‘ona viloyati Quva tumanigi “Safiya Sulton” naslchilik fermer xo‘jaligida bo‘lib, u yerdagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xo‘jalik faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirish, bu borada amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar yuzasidan kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Ushbu naslchilik xo‘jaligida 50 boshdan ortiq 11 zotdagi, shundan 6 ta go‘sht va 5 ta sut yo‘nalishidagi zotga mansub Yevropa davlatlaridan keltirilgan naslli buqalar parvarish qilinib kelinmoqda.
Bu yerda Fransiyadan keltirilgan naslli buqalar urug‘ini qadoqlash liniyasi o‘rnatilgan bo‘lib, yiliga 1,5 mln. doza naslli buqa urug‘i ishlab chiqariladi.
Aytish mumkinki, korxona vodiy viloyatlarining ehtiyojini to‘liq ta’minlashga erishgan.
Ishchi guruh tomonidan kelgusida naslli buqa urug‘i ishlab chiqarishni 2 baravarga ko‘paytirib, eksportga yo‘naltirish choralarini ko‘rish tahlil qilindi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi veterinar hamda chorvachilik sohasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Farg‘ona, Anidijon va Namangan viloyatlarida davlatimiz rahbarining “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini ko‘zdan kechirmoqda.
Chorva mollarini, jumladan uning bosh tarmog‘i hisoblangan qoramolchilikni jahon andozalari talabiga mos ravishda takomillashtirishda, naslchilik ishidan ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun bir - biroviga qarindosh bo‘lgan genetik kelib chiqishi bir bo‘lgan zotlarni o‘zaro chatishtirish lozimdir. Chatishtirishni ilmiy jihatdan asoslash va undan amaliy sohada foydalanish, dastlab Fransuz 7 olimi Buyufon tomonidan XVII asrdayoq nazariya sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, chatishtirishning biologik mohiyati va amaliy ahamiyati dastlab evolyutsion nazariyaning asoschisi Charlz Darvin (1987) tomonidan atroflicha bayon qilingan. U o‘simliklar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarga asoslanib, chorvachilik borasidagi tajribalarni umumlashtirib, tabiatning “Ulug‘ qonuni” borligini va bu qonunga asosan barcha organizmlar tasodifiy chatishtirishdan foydali xususiyatlarni oladilar, aksincha qarindoshlik juftlashdan zarar ko‘radilar degan xulosaga kelgan. Bunda Darvin, chatishtirish usuli duragaylarda har xil zotli hayvonlar xususiyatlarining qo‘shilishini, buning natijasida hayvonlar organizmi o‘zgaruvchan bo‘lib, har xil tashqi ta’sirlarga tez va qulay moslashishini etiborga olgan.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, chatishtirish olib borilganda oziqlantirish va saqlash sharoiti me’yor darajasida bo‘lishi kerak, aks holda “yaxshilovchi” zotning ijobiy belgilari “yaxshilanuvchi” ga o‘tmay qolishi, hatto ular o‘zining qimmatli xususiyatlarini yo‘qotib qo‘yishi ham mumkin. Shuning uchun ham chatishtirish uchun zotlarni tanlash, ularning bir biroviga moyilligini va shu hududning chorvachilik tarmog‘i yo‘nalishini e’tiborga olish lozim.
Agarda chatishtirish ma’lum bir zotni yaxshilash maqsadida olib borilsa, “yaxshilovchi” zot o‘zining mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bilan chatishtirish maqsadiga mos kelishi, o‘zining boshqa xususiyatlari bilan mahalliy hududning tabiiy va iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan bo‘lishi, hamda o‘z sifatini ya’ni ijobiy belgilarini “yaxshilanuvchi” zotga to‘liq o‘tkazish uchun irsiyat ko‘rsatkichlari mustahkam bo‘lishi lozimligini Nosirov U.N., kabi O‘zbekiston Respublikasining turli ekologik hududlarida tajribalar o‘tkazgan olimlar ko‘rsatib o‘tishgan. Klassik genetikaning asoschisi Chex olimi G. Mendel (1865), duragaylarda belgi va xususiyatlar jinsiy hujayralarda joylashgan irsiy faktorlar orqali naslga berilishni, ularning genotipidan yuqolib ketmasligini, aksincha ota onasi shakliga nisbatan kuchli rivojlanib avloddan avlodga berilishini kuzatgan.
Download 84.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling