O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar
Download 14.57 Kb.
|
Budjet daromadl-WPS Office
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI MOLIYA VA BANK ISHI KAFEDRASI "Davlat budjeti" fanidan MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Budjet daromadlari va xarajatlari Bajardi:Meliyev Z.Sh Tekshirdi:Allanova.Z.A . Denov-2023 Budjet daromadlari byudjet siyosatining muhim vositasi sifatida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta'sir etib, birinchi navbatda,iqtisodiyotning rivojlanish darajasini ta'minlaydi [1]. Bunda soliq siyosati ichki talab hajmini kengaytirishga va hududdagi tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini rag'batlantirishga yo'naltirilishi lozim. Yevropa Ittifoqida davlat boshqaruvidagi sektorning 1995-2012 yillar davomidagi daromadlarini o'rtacha ulushi YAIM ning 44,7 foizini tashkil etgan [2]. Rivojlangan mamlakatlardagi soliq tushumlarining elastikligini tahlili, ularning turli soliq qobiliyatini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ishsizlik va to'lov balansi qoldig'i bilan korrektirovka qilinishi to'g'risida dalolat bermoqda. Budjetni tartibga solish tizimida buddjet daromadlarini bashoratlash muhim tarkibiy qism hisoblanib, kelgusidagi byudjet davriga va o'rta muddatli davriga byudjet ko'rsatkichlarini shakllanishini belgilab berishda, budjet jarayonlarini samaradorligi va shafoffligini oshirilishini ta'minlaydi.Ctiglits (1997) ta'kidlashicha, retsessiya boshlanishida moliyaviy tartibga solishning roli kuchayib, fiskal vositalarning faol qo'llanishi kuzatilgan. Byudjet daromadlari va soliq tushumlarini dinamikasi umumiy holda rag'batlantiruvchi moliyaviy siyosatni amalga oshirish bilan bog'liq. Byudjet daromadlarini makroiqtisodiy tartibga solishda foydalanish imkoniyatlari ishlab chiqarish sharoitlari va natijalari hamda iqtisodiy munosabatlarni rivojlanish darajasi bilan bog'liqdir [3]. Fedorova va boshqalar (2006) ta'kidlashicha, munitsipal budjet daromadlarining tushumi hajmiga alohida soliqlar bo'yicha soliq bazasi, soliq stavkasi va hududiy budjetlarga meyoriy ajratmalar ta'sir etadi. Mahalliy boshqaruvning daromadlar bazasini mustahkamlash ikki yo'nalishda, ya'ni byudjet va soliq qonunchiligini takomillashtirish yo'li bilan bazaviy ta'minlash va mahalliy soliqlar darajasini oshirish orqali amalga oshirilishi lozim. Soliqlarni markaziy va mahalliy byudjetlar o'rtasida taqsimlanish bilan bog'liq muammolarni echimida quyidagi prinsipial yondashuvlarni ajratib ko'rsatish mumkin: birinchisi, soliq va soliq vakolatlarini taqsimlanishi; ikkinchisi, soliq bazasidan birgalikda foydalanish (soliq to„lovchilar bitta soliqni turli darajadagi byudjetlarga to'lashi); uchinchisi, soliq tushumlaridan daromadlarni taqsimlanish ulushi (meyorlar asosida soliqlarning turli darajadagi byudjetlar o'rtasida taqsimlanishi) [4]. Istomina (2011), (Mishina, 2010) tomonidan soliq tushumlarini turli darajadagi budjetlar o'rtasida taqsimlanishi yondashuvi yuzasidan bahs-munozaralar mavjudligi ko'rsatib o'tilgan. Jumladan, turli darajadagi byudjetlar o'rtasida taqsimlanishi, hududlarning o'z daromadlar bazasini oshirishga rag'batlantirmaydi,hududlar o„z byudjetlarini daromadlar bazasiga ta‟sir ko'rsatish uchun tegishli vositalarga ega bo'lmaydi, hududiy organlar soliq qonunchiligidagi o'zgarishlar tufayli mahalliy budjetlardagi yo'qotishlarni kompensatsiya qilish bo'yicha chora tadbirlar tizimini ishlab chiqishlari lozim. Qoidaga ko'ra, budjetni tartibga solishda ikki tarkibiy qismni ajratib ko'rsatadi, ya'ni tartibga soluvchi soliqlar (vaqtlar asosida yuqori budjetlardan meyoriy ajratmalar) va yuqori turuvchi byudjetlardan moliyaviy yordamlar. Byudjetni tartibga solishni soliqlar hisobiga amalga oshirishda, mahalliy boshqaruv organlarining hududiy soliqlarni to'liq va o'z muddatida yig'ib olinishiga bo'lgan manfaatdorligi saqlanib qolinadi [5-6]. Igudin (2003) ta'kidlashicha, budjetni tartibga solishning tarkibiy qismi bo'lgan dotatsiya rag'batlantirish xususiyatiga ega emas va mahalliy boshqaruv organlarida qaramlik kayfiyatni keltirib chiqaradi hamda ularning xo'jalik tashabbuskorligini bo'g'ishga olib keladi. Mahalliy organlarning o'z hududidan yig'ilgan soliq resurslarini hajmini solishtirish mavjud bo'lganda, munitsipal budjetlarga dotatsiyani maqsadli ajratilishi to'g'risidagi savol tug'ilishi tabiiy holatdir. Mazkur savol noaniq qarshi moliyaviy oqimlarning muammosi bilan uzviy bog'liq munitsipal budjetlar dastlab soliqlarni ajratma sifatida hududiy budjetlarga yo'naltiradi, keyin dotatsiya ko'rinishida qaytarib oladi. Bu a sun'iy ravishda o'zini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash imkoniyati bo'lgan hududlar hisobiga, dotatsion hududlar sonini oshiradi. SHu munosabat bilan, hududlar etarli darajada soliq salohiyatiga ega bo'lmaganda, mahalliy byudjetlarni soliqlardan ajratmalar hisobiga tartibga solish imkoniyati yo'qligi sababli, dotatsiya usulidan foydalaniladi (Polyak,2009) [7].SHunday qilib, byudjetni tartibga solishda soliqni tarkibiy qismlariga ustuvor yo'nalishlar berilishi lozim bo'ib, dotatsiyalarga oxirgi navbatda murojaat etilishi kerak. Govorushina (2014) fikricha, mahalliy byudjetlarning o'z daromadlarini pasayib ketishiga nafaqat byudjet va soliq qonunchiligidagi o„zgarishlar, balki olinayotgan moliyaviy yordamni qisqarishidan munitsipalitetlar manfaatdor emas.Moliyani samarasiz tashkil etish qaramlikning tendensiyalarini keltirib chiqaradi. Budjet tizimining zvenolari o'rtasida umumdavlat pul resurslarini taqsimlanishi asosida mahalliy byudjetlarning mustaqillik tamoyili yotadi [8].Dorjdeev (2000) fikriga ko'ra, tartibga soluvchi soliqlardan ajratmalar bir xil yoki differensial meyorlarda belgilanishi masalasi bo„yicha, barcha hududlarga bir xil miqdordagi ajratmalar emas, balki ularni hisoblanishidagi yagona usulda amalga oshirilishi lozim. Tartibga soluvchi daromadlardan barcha hududlar uchun bir xil miqdordagi ajratmalarni o:rnatilishi, to'liq tartibga solish funksiyasini to'la qonli bajarishga to'sqinlik qiladi. Differensiyalangan meyorlar har bir hududni xususiyatlarini hisobga olish va nafaqat vertikal, balki gorizontal tenglashtirishni ta'minlash imkoniyatini beradi. Biroq, tartibga soluvchi soliqlarning differensial meyorlarni ob'ektiv asoslarda amalga oshiradigan usul zarur [9]. Bizning fikrimizga ko'ra, hududlardagi budjet daromadlarini tartibga solishdagi asosiy vazifa, joylardagi boshqaruv faoliyatining samaradorligi uchun sharoit va rag'batlar yaratish, budjetdan ko'rsatiladigan asosiy xizmatlarga fuqarolar uchun kafolat va imkoniyatlarni ta'minlash uchun munitsipal byudjetlar o'rtasidagi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan soliqli daromadlarni solishtirma nisbatini tenglashtirishga olib keladigan optimal yo'lini topishdan iborat. Hududiy iqtisodiyot taraqqiyoti, mahalliy byudjetlar daromad va harajatlarini tartibga solish va barqarorligini ta'minlashning nazariy, ilmiy va amaliy jihatlari bir qator iqtisodchi-olimlar tomonidan o'rganilgan va tadqiq qilingan. Xususan, Vahobov, Malikov (2012) mamlakat moliya tizimining sohalari va bo'g'inlarining guruhlanishi va davlat moliyasining tarkibiy qismi sifatida mahalliy moliyani ko'rsatib bergan, mahalliy moliyaning asosi sifatida mahalliy budjetlar maydonga chiqishini ta'kidlagan [10]. Qiyosov (2009) mahalliy budjetlar moliyaviy imkoniyatlarini oshirish uchun mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan va budjet tushumlari hisobidan qoplashga asoslangan qimmatli qog'ozlarni chiqarish, mahalliy hokimiyatlarga qarz majburiyatlarini jalb qilishning qonuniy asoslarini yaratish bilan bog'liq tavsiyalarni bergan bo'lsa [11], Xayriddinov (2018) har bir mahalliy ma'muriy hududdagi soliq tizimi tomonidan undirilishi lozim bo„lgan umumdavlat soliqlari bo'yicha soliq summalarining ma'lum bir qismini bevosita mahalliy budjetlarning ixtiyorlariga biriktirilgan daromadlar ko'rinishida qat'iy hissada va doimiy asosda qoldirilishi oldindan belgilanib qo'yilishi kerakligini, bunda asosiy urg'u daromadlarni byudjet tizimi bo'g'inlari o'rtasida qayta taqsimlashning asosiy kombinatsion variantlaridan biri bo'lgan me'yoriy ajratmalar tizimini takomillashtirishga qaratilmoqda, bozor iqtisodiyotining talablaridan kelib chiqqan holda, mahalliy budjetlar daromad bazalari barqarorligini ta‟minlashda ularning biriktirilgan daromadlariga ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydi[12]. Shuningdek muallif iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahalliy budjetlarning biriktirilgan daromadlarini ko'paytirish va ularni mahalliy budjetlar xarajatlarining taxminan 50 foizini ta'minlash imkoniyatlarini shakllantirish uchun davlat byudjeti daromadlarini byudjet o'rtasida taqsimlanish mexanizmini restrukturizatsiya qilish lozim, xorijiy mamlakatlar tajribalariga asoslangan xolda soliqqa tortiladigan bazadan hamkorlikda foydalanish amaliyotini milliy iqtisodiyot shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda joriy etish lozim, bunda barcha viloyatlar uchun barqaror tushumga ega bo'lgan ayrim tovarlarga nisbatan aksiz solig'idan xamkorlikda foydalanish tizimini joriy qilinishi, shuningdek, suv resurslaridan foydalanganlik soliq mahalliy budjet uchun biriktirilgan daromad manbai sifatida berilishi maqsadga muvofiqdir, deb ta'kidlaydi. Sirojiddinova (2010) moliyaviy ko'mak berish mexanizmlarining qayta ko'rib chiqilishi va takomillashtirilishi moliyaviy ko'makni o'z mablag'i bo'lmagan mintaqalarga ularning barqaror moliyaviy holatini qo'llab-quvvatlash uchun yo'naltirish imkonini beradi, degan fikrlarni bergan [13]. Yuldashev (2018)ning fikriga axamiyat beradigan bo'lsak, u hududlarning o'z moliyaviy salohiyati rivojlanishi, mahalliy byudjetlarning imkoniyatlari, ijtimoiyiqtisodiy vazifalari va kafolatlari bilan bog'liq majburiyatlarning ijrosi to'liq, o'z vaqtida hamda manzilli ta'minlanishi eng mustahkam va ishonchli moliyaviy baza bo'lib xizmat qilishini, shuningdek, hududlar salohiyatini nazarda tutgan holda,mahalliy byudjetlar daromadlarining qo'shimcha manbalarini shakllantirishni,byudjetlar daromadlarini oshirishni, aniqlangan zaxiralardan oqilona foydalanishni taqozo etishini hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ham mahalliy boshqaruv organlari ixtiyorida mustahkam moliyaviy manbalar mavjudligiga asoslanishini ta'kidlab o'tgan [14]. Burxanov (2018) byudjet tizimining turli bo'g'inlari o'rtasida daromadlarni qayta taqsimlash tizimining negizini hududlar ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasidagi assimetrik tafovut tashkil qiladi, deb hisoblaydi, shuning uchun mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashda, birinchi navbatda, hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni taklif qiladi [15]. Elliott R.Morss ta‟kidlashicha: Soliqlarni turli darajadagi budjetlar o'rtasida taqsimlash mexanizmlaridan turlicha mezonlardan foydalangan holda daromadlarni hududlar o'rtasida qayta taqsimlashda foydalanish mumkin, asosiy mezon daromadlarning katta qismini daromadlari past bo'lgan hududlarga qaytarishni nazarda tutishi zarur. Soliq taqsimoti ushbu maqsadga erishish uchun juda mos bo'lsa-da, daromadni kambag'al davlatlar foydasiga umumiy qayta taqsimlash hududiy siyosatning maqsadi bo'lishi shubhali. Sanoati rivojlangan o'lka va mintaqalarda soliqlarni taqsimlash emas, balki loyihalar taqdim etish maqsadga muvofiq bo'ladi [16]. Uning aytishicha: "Hududiy hukumat tomonidan to'plangan soliq tushumining bir qismi o'lka va munitsipal davlat hokimiyati organlariga ishlatilish yo'nalishini ko'rsatmasdan berilishi mexanizmini ilgari surgan”. Fikrimizcha, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini to'lig'icha mahalliy budjetlarga biriktirib berish,qo'shilgan qiymat solig'ini turli darajadagi budjet bo'g'inlari o'rrasida ulushli tarzdabtaqsimlash maqsadga muvofiq. Kelgusida respublikada byudjetlararo mutanosiblikni ta'minlash, mahalliy budjetning daromadlarini oshirishda sanoat ishlab chiqarishni oshirish hisobiga soliq solinadigan bazani kengaytirish, hududlar soliq salohiyati tushunchasini soliq qonunchiligiga kiritgan holda har bir hududning soliq salohiyatini hisoblab chiqish,uni orttirish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusini rag'batlantirish mexanizmini yaratish lozim [17]. Yuqoridagi iqtisodchilar jamoasi va boshqa iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida ilgari surilayotgan fikr-mulohazalarda mahalliy budjetlar daromadlari bazasini kengaytirishning xozirgi sharoitdagi dolzarb masalalari, hududlar darajasida davlat byudjeti mablag'larining qayta taqsimlanishi, mahalliy budjetlarni samarali boshqarishning moliyaviy omillari tadqiq etilgan. Ushbu omillar kontekstidagi islohatlar “markaz - hudud” masshtabida moliyaviy oqimlarni barqarorlashtirish bilan birga, mahalliy davlat hokimiyati organlariiing hududlar iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanishni rag„batlantiruvchi moliyaviy mexanizmni shakllantirish va takomillashtirish zarurligini ko'rsatadi.ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘laridir. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat budjeti xarajatlari – davlatning markazlashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlardir. Davlat budjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat: - ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; - nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; - iqtisodiyot xarajatlari; - markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari; - sudlarni saqlab turish xarajatlari; - fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; - boshqa xarajatlar. Davlat budjetining 2020-yil birinchi chorakdagi xarajatlari 27,661 trillion so‘mni yoki jami yillik tasdiqlangan xarajatlarning 21,1 foizini tashkil etdi. Shundan, respublika budjeti xarajatlari 18,153 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, mahalliy budjetlar orqali 9,508 trillion so‘mlik xarajatlar moliyalashtirilgan. 2019 – yilda “2020 yilda davlat byudjeti xarajatlari asosan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilishi” rejalashtirilgan edi. Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 15,550 trillion so‘m yoki umumiy xarajatlarning 56,6 foizi miqdorida mablag‘ sarflandi. Ijtimoiy xarajatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi 18,5 foizni tashkil etdi. Ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga davlat budjetidan 7,961 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun 1,426 trillion so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 450,5 milliard so‘m yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘p), jumladan, oziq-ovqat sotib olish xarajatlariga 162,6 milliard so‘m (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,6 milliard so‘mga yoki 1,5 baravarga ko‘p) mablag‘lar ajratilgan. XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa o'rnida, soliqlarning budjet tizimi budjetlari o'rtasida taqsimlanishi bo'yicha dunyo tendensiyasida muntazam ravishda ushbu yo'nalishda, ushbu mavzuda tadqiqotlar olib borilmoqda, lekin yagona bir tizim mavjud emas.Respublikada soliqlarni budjet tizimi budjetlari o'rtasida taqsimlanishi yetarli darajada o'rganilmagan. Fikrimizcha, 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida mahalliy budjetlarning moliyaviy mustaqilligi, quyi turuvchi budjetlarning yuqori turuvchi budjetlarga qaramligini pasaytirish vazifalarining to'liq bajaralishida ushbu masala yanada dolzarblashadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Якубов М.С., Жамалова Г.Б. Интеллектуальные модели и методы поддержки принятия управленческих решений в налоговой службе. Современные концепции научных исследований. 72я Международная научная конференция. «Евразийское Научное Объединение» • № 2 (72) • Февраль, 2021 2. Жамалова Г.Б. «Налоговая политика на макро и микроэкономическом уровнях, ее сущность и принципы разработки». International scientific and technical journal. Innovation technical and technology Vol.1, №.4. 2020. 3. Cтиглиц Дж. Экономика государственного сектора/Дж. Стиглиц; пер. с англ.– М.: МГУ, 1997 – с. 73. 4. Федорова Е.А., Левина В.В., Печникова Т.В. Межбюджетные трансферты как инструмент Финансового регулирования доходов муниципальных бюджетов в Тульской области. Финансы и кредит. 29 (233) – 2006. ст. 18-25. 5. Мишина С.В. Налоговое регулирование доходов местных бюджетов.Бухгалтерский учет в бюджетных и некоммерческих организациях. 4(244)-2010. Ст.35-40. 6. Н.А.Истомина. Налоговое регулирование финансовой базы местных бюджетов как элемент межбюджетных отношений и бюджетного планирования а регионе. Финансы и кредит 44 (476) – 2011. Ст. 66- 70. 7. Игудин А.Г Некоторые проблемы межбюджетных отношений // Финансы. –№ 5. – 2003. – С. 11. 8. Т. К. Говорушина. Формирование доходов бюджетов муниципальны Download 14.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling