III-BOB. Ichki va tashqi auditning tashkiliy tomonlari va uning ishchi dasturini tuzish.
3.1.Tashqi audit tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirishni takomillashtirish.
Nazorat turlari tavsifining bozor iqtisodiyotida shakllangan holatini ko`rib, ishonch bilan aytish mumkinki, nazorat tizimi nomidan ish yurituvchi xo`jalik yurituvchi sub`ektlar uning faoliyatini taqdim etayotganda nazorat tizimi bog`liq bo`lmasligi lozim, nazorat sub`ektlari esa o`z nazorat funktsiyalarini belgilangan huquq, majburiyatlar va javobgarliklar chegarasida amalga oshirib, ular taqdim etayotgan tizimning mavjudligi va amal qilish maqsadlariga erishishga yordam ko`rsatishlari lozim. Nazorat sub`ektlari o`z mavjudlik va amal qilish maqsadlariga erishish uchun nazorat funktsiyalarini belgilangan huquq, majburiyatlar va ma`suliyatlar chegarasida amalga oshirishi lozim, chunki nazoratning eng muhim va barqaror belgilari sifatida nazoratni amalga oshiruvchi o`rgan ixtiyoriga bog`liq bo`lgan , maqsadli ustanovkalar va vazifalar doirasi xizmat qilishi mumkin. Bevosita nazorat mazmunini o`rganish bilan uning ta`sir muammosini hal etish talab etiladi. Nazorat ta`sir uning ish sifati bilan belgilanishi lozim. U foyda olishga, raqobat kurashida muvaffaqiyatga, mijozlar bazasi va sotiladigan bozorini kengaytirishga xizmat qilishi lozim.
Mikrodarajadagi nazorat tizimi6
Bizga ma`lumki, ichki audit- xo`jalik yurituvchi sub`ektning kuzatuvchi kengashi qarori bilan tashkil etilgan ichki audit xizmati (xo`jalik yurituvchi sub`ekt tarkibiy bo linmasi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki auditni amalga oshirishning muhim sharti- bu buxgalteriya hisobi, statistika va tezkor hisobotlardagi moliyaviy axborot, shuningdek xo`jalik faoliyatining turli tomonlarini aks ettiruvchi, umumlashgan moliyaviy ko`rsatkich larning mavjudligi va qonunga muvofiq yuritilishidir.
Moliyaviy axborot boshqaruv hisobi uchun axborot bazasi bo lib xizmat qilsada, lekin ayonki, faqat u bilan chegaralanib qolmaydi. Shunday qilib, ichki audit quyidagi tarzda o`tkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |