O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo’limi geografiya yo’nalishi
Download 48.53 Kb.
|
IQLIM O\'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK MASALALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQLIM OZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK MASALALARI Reja
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI Geografiya yo’nalishi 23-03 guruh 1-kurs talabasi Sodmonova nilufarning Iqlimshunoslik fanidan MUSTAQIL ISHI IQLIM O'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK MASALALARI Reja Iqlim tushunchasi Tabiiy iqlim o'zgarishi Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. Boshqacha aytganda, iqlim — bu biror joydagi ob-havo holatlari toʻplamidir. Iqlim — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan ogʻishiga bogʻliq ravishda obhavoning muayyan joyga xos boʻlgan koʻp yillik maromi, yaʼni biron joyda boʻladigan obhavo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik oʻzgarishi; quyosh radiatsiyasi, yer toʻshama sirti xususiyatlari hamda ular bilan bogʻliq atmosfera dirkulyasiyasi taʼsirida vujudga keladi. Iqlim o’zgarishlaridan rivojlanayotgan davlatlar aziyat chekmoqda. Yevropa va boshqa qit’alarda o’rmon yong’inlari yuz bermoqda. 2000–yilda JARda 1.2 mln odam jabr ko’rgan. Texas shtatinig "El-Paso” shahrida 1.5 odam yashaydi va suv oqadigan joylarda qattiq nazorat o’rnatilgan. 1994-yilda Kioto bayonnnomasi tuzilgan. Bunda: issiqlik gazlarini chiqarishni 10-yil ichida 5% ga kamaytirish to’g’risida bayonnnoma imzolangan. Gollandiyadagi damba buzilsa mamlakatning 2/3 qismi suv ostida qoladi. Iqlim o'zgarishi - bu o'rtacha ob -havo sharoitida sodir bo'ladigan o'zgarishlar. Ob-havo-bu harorat, shamol, namlik va boshqa jismoniy omillarda kuzatiladigan qisqa muddatli o'zgarish. Iqlim - bu ma'lum bir davr yoki uzoq yillar davomida o'rtacha hisoblangan va tahlil qilingan mintaqaning ob -havosi. So'nggi bir necha o'n yilliklar mobaynida iqlimning keskin o'zgarishi kuzatildi va dunyoning aksariyat hududlarida ko'plab tabiiy ofatlar hukm surdi, natijada iqlim o'zgaradi. Iqlim o'zgarishining bevosita sabablari sifatida ikkita asosiy sabab aniqlandi; Antropogen iqlim o'zgarishi va tabiiy iqlim o'zgarishi. Antropogen iqlim o'zgarishi - bu yoqilg'i yoqilg'isini yoqish, issiqxona gazlaridan ortiqcha foydalanish va o'rmonlarni kesish kabi inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan iqlim o'zgarishi. Tabiiy iqlim o'zgarishi deganda vulqon otilishi, quyosh chiqishi yoki er orbitasidagi o'zgarishlar kabi tabiiy hodisalar natijasida yuzaga keladigan iqlim o'zgarishi tushuniladi. Antropogen va tabiiy iqlim o'zgarishi o'rtasidagi asosiy farq uning qo'zg'atuvchisi hisoblanadi. Tabiiy iqlim o'zgarishi uzoq vaqt davomida sodir bo'ladi va sekin jarayon. Shu nuqtai nazardan, iqlim o'zgarishi vulqon otilishi, quyosh chiqishi va Yerning Quyosh atrofida aylanishi kabi tabiiy sabablarga bog'liq. Bu uchta hodisaning o'zgarishi erga kiradigan energiyani o'zgartiradi, natijada iqlim o'zgaradi. Vaqt o'tishi bilan quyosh tebranishlari sodir bo'ladi va bu tabiiy o'zgarishdir, bu erda quyosh chiqishi o'zgarishning bashoratli modelini oladi. Yerning Quyosh atrofida aylanishi ham iqlim o'zgarishiga olib keladi. Elliptik bo'lgani uchun, quyoshdan masofa har bir pozitsiyada o'zgaradi, bu erga kiradigan energiya miqdorini o'zgartiradi. Bu iqlim o'zgarishlari bashoratli. Bu hodisa mavsumiy o'zgarishlarga olib keladi. Biroq, antropogen harakatlar tabiiy iqlim o'zgarishi jarayonini og'irlashtirishi aniqlandi. Keyingi yillarda sayyoramizda havoning o’rtacha harorati 0.4–0.6 C ga ko’tarilganligi natijasida Arktika va Antarrktida muzliklari erib ayrim mintaqalarda, okean sathi ko’tarilishi va ayrim mintaqalarda qurg’oqchilik va cho’llashish jarayonining kamayishi kabi global iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqarmoqda. 2050-yilga borib 2 barobar kamaytirish rejalashtirilmoqda. AQSH 2050-yilgacha 60% ga qisqartirish rejalashtirilgan. Sayyoramizdagi havoning global isishi oqibatida keying o’n yillikda 250 ming odam yashash joyini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Global isishdan va ekologik halokatlardaneng avvalo bolalar azyat chekmoqda. Hattoki rivojlangan mamlakatlarda ham globalisishdan aholining eng muhtoj va zaif qatlami zarar ko’radi. Bu haqida Bryusselda bo’lib o’tgan ekologik konferensiyada ham ma’lum qilindi. Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, ushbu yuz yillik so’ngida suv bilan ta’minlovchi Alp muzliklarining 75%i va Tibet cho’qqilari eriydi. Tinch okeanidagi riflar, yo’lbarslar, katta toshbaqalar, Amazonka, Ganga oqib o’tadigan Sundarbans milliy bog’idagi mango o’rmonlari, Maldiv orollari tillog’ochlari–bularning barchasi suv ostida qoladi deb taxmin qilinmoqda. Lekin BMT mutaxassislarinig fikricha, bir qancha mamlakatlarda iqlim yaxshilanadi. Bular Rossiya, Kanada va Skandinaviya mamlakatlaridir. Gap bir qator o’zgarishlar haqida aynan qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish keskin ko’tarlishi bo’yicha ketmoqda. Bu xulosalarga qarshi chiqish qiyin, chunki xulosalar 29 mingdan ortiq ilmiy axborotlar tekshirilgandan so’ng bayon qilingan. Bu axborotlarning 2/3 qismi esa sayyoramiz tobora isib borayotganligini ko’rsatmoqda. iqlimning isishi haqida ayrim taxminlar bor. Iqlim o’zgarishi bo’yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi (IUXEG) fikrlariga ko’ra, 1850-yildan boshlab havoning global isishi 0,50 ga oshgan. Iqlim o’zgarishi qanday ta’sir etishini oldindan aniq aytish qiyin, chunki iqlim faqat atmosferada amalga oshayotgan jarayonlar bilan belgilanib qolmasdan, balki u yana muzliklar, tirik organizmlar bilan ham bog’liqdir. Iqlim o’zgarishi harorat va yog’inlarni o’zgarishiga olib keladi. Bu esa iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi va chorvachilik kabi tarmoqlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi, okean sathini ko’tarishiga olib keladi. Natijada, orollar va pasttekisliklar suv ostida qolishi mumkin. Bu esa ocharchilik va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. oxirgi yuz yil ichida okeanning global sathi taxminan 15sm ga ko’tarilgan. Agar iqlim o’zgarsa bu 18 sm bo’lishi kutilmoqda. Maldiv va Tinch okeanidagi ba’zi orollarga juda katta qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Cho’llashishning 2 ta asosiy sababi bor. Biri insoniyat bo’lsa, ikkinchisi qurg’oqchil rayonlarda kuzatilayotgan iqlim tebranishidir. Quruqlikning 1/3 qismi qurg’oqchil mintaqa bo’lib, jahon aholisini 1/6 qismi yashaydi. Iqlimning global o’zgarishi cho’llashishga ta’sir ko’rsatishi mumkin chunki harorat, bug’lanish va yog’inlarning o’zgarishi hududlar bo’yicha turlicha kechadi. Natijada cho’llashish ba’zi joylarda tez, ba’zi joylarda sekin kechadi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi tufayli sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlar qatorida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: - hozirgi yuz yillikning oʻzida okeanlar sathi 1 m koʻtarilishi; - SO2 konsentratsiyasi atmosfera havosida ortishi (1870-yildan beri uni miqdori 30 foiz ortdi); - Yerning ustki qobigʻi harorati +0,7°S ga oʻzgargan ( soʻnggi yuz yil ichida). - suv resurslari taqchilligining kuchayishi, shuningdek hududlarda ichimlik suvining yetishmasligi hamda muzlik va qor qoplami kunlarining 7-10 kunga kamayib borishi, qurgʻoqchilik takrorlanishining koʻpayishi (hozirgi davrda har 10 yilning 3 yilida). - tabiiy ofatlarning ortishi – sellar, toshqinlarning tez-tez takrorlanishi (soʻnggi 40 yil ichida tabiiy ofatdan boʻlgan zarar miqdori 10 marotabaga oshgan); - oʻrtacha haroratning oshishi, yillik issiq davrlarning 10-15 kunga oʻsib borishi; - yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha darajasini mamlakatni butun hududi boʻylab pasayishi va ularning hududlar, vaqt hamda miqdori boʻyicha notekis tarqalishi, haddan tashqari kuchli yogʻingarchilikli va umuman yogʻingarchiliksiz kunlar sonining ortishi; - qishloq xoʻjaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay oʻzgarishi; - yuqori darajadagi jaziramalar takrorlanishining oshishi, harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar koʻpayishi; - oʻsimliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallarning qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalarning tubdan oʻzgarishi; - sahrolanish jarayonlarining kuchayishi, yaʼni, yashash va xoʻjalik yuritish mumkin boʻlgan yerlarning kamayishi; - iqtisodiyot sektorlari taʼsirining toʻliq qayta taqsimlanishi va oldindan aniq aytish qiyin boʻlgan boshqa koʻpgina oqibatlar. Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish va unga moslashish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi: Birinchidan, issiqxona gazlarini kamaytirish. Buning uchun birinchi navbatda ishlab chiqarish korxonalari, IES va boshqa atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqaruvchi tashkilotlarda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish orqali atmosferaga tashlanayotgan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish zarur. Ikkinchidan, yoqilgʻilar sifatini yana-da yaxshilash hamda ekologik toza transport vositalarini koʻpaytirish, shu jumladan keng jamoatchilik uchun qulay boʻlgan veloyoʻlakchalar tashkil etish oʻz navbatida issiqxona gazlari miqdorini kamaytiradi. Uchinchidan, koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish. Tabiiy drenaj hisoblangan koʻp yillik daraxtlarning ekilishi hududdagi mikroiqlimni yumshatishga sabab boʻladi. Shuningdek, Koʻkalamzorlashtirilgan hududlarni, ayniqsa shahar va avtomobil yoʻllari chetida yashil hududlarni kengaytirish zararli moddalar miqdorini kamayishiga xizmat qiladi. Toʻrtinchidan, suvdan oqilona foydalanish. Tomchilab sugʻorishni tashkil etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish ham oʻz navbatida iqlim oʻzgarishlariga moslashish uchun xizmat qiladi. Beshinchidan, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, yaʼni chiqindisiz texnologiyalar. energiyatejamkor, resurstejamkor, chiqindisiz, kam chiqindili texnologiyalardan foydalanishni joriy etish yoki boshqacharoq qilib aytganda mamlakatda yashil iqtisodiyotni joriy etish zarur. Oltinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. Quyosh, shamol energiyalaridan foydalanish bilan birgalikda atom energetikasini rivojlantirish orqali atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini oldini olish orqali iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini maʼlum bir darajada kamaytirish mumkin. Iqlim oʻzgarishlarining oqibatlarini barchamiz his qilib turibmiz. Xususan, mintaqamizga mos boʻlmagan shamolning tezligi natijasida Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat yoki bir qator hududlarda sel kelishining ortishi bu albatta iqlim oʻzgarishlarining oqibatidir. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini saqlash, ekologik xavfsizlikni taʼminlash ishlariga eʼtibor yana-da kuchaydi. Yurtboshimiz yuksak minbarlardan ekologik muammolarni hal etish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirish zarurligini taʼkidlamoqdalar. Jahon hamjamiyatini buni qoʻllab-quvvatlamoqda. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida jahon hamjamiyatini, shu jumladan mintaqa mamlakatlarini ekologik masalalarda, jumladan Orol dengizning qurishi bilan bogʻliq oqibatlarni bartaraf etishda xalqaro miqyosdagi saʼy-harakatlarni faol birlashtirish zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Bugungi kunda mazkur masalalarda amaliy ishlarni barchamiz guvohi boʻlib turibmiz. Birgina misol sifatida BMT shafeligi ostida Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsherikli Trast fondining tashkil etilishi yoki mustaqillikning 27 yili davomida Orolning qurigan tubida 400 ming gektarda oʻrmonzor tashkil etilgan boʻlsa, soʻnggi ikki yilda qariyb 1200 ming gektarga saksovul va bosh choʻl oʻsimliklari urugʻlari sepilganligi va koʻchatlari ekilganligini keltirish mumkin. Muxtasar qilib aytganda, global tusdagi ekologik muammoni bir yoki ikki davlatning saʼy-harakati bilan bartaraf etib boʻlmaydi. Bunga barcha davlatlar hamjihatlikda ekologik muammoni bartaraf etish uchun kurashish talab etiladi. Kelgusi avlodlar uchun musaffo osmon, goʻzal tabiat va uning bebaho neʼmatlarini bekamu koʻst holda yetkazish barchamizning umuminsoniy burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim. Ayni paytda Afrika qit’asi janubidagi qurg‘oqchilik tufayli mintaqada 14 million kishi ochlik girdobiga tortilishi mumkin. Bunga o‘tgan yili hosildorlikning kamayib ketishi va El-Nino deb nomlanmish tabiat ko‘rinishi sabab bo‘ldi. BMTning Jahon oziq-ovqat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil ham mintaqada kuchli qurg‘oqchilik yuz berishi ehtimoli bor. Afrika Taraqqiyot banki e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, ayni kunda Afrika aholisining to‘rtdan bir qismi to‘yib ovqat yemaslikdan aziyat chekmoqda. BMT Jahon oziq-ovqat tashkiloti mazkur mintaqada kuzatilayotgan oziq-ovqat xavfsizligining bugungi vaziyatidan xavotirga tushayotganini bildirdi. Mintaqada ekin ekish ishlari deyarli yakunlanganligiga qaramay hosil mo‘l bo‘lishiga shubha bor. O‘tgan yili yomg‘ir kam yoqqani bois Malavida aholining 2,8 millioni ochlik yoqasiga kelib qoldi. Ayni chog‘da Madagaskarda 1,9 million, Zimbabveda 1,5 million kishi ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Lesoto hukumati qurg‘oqchilik sababli o‘tgan yilning dekabr oyida favqulodda holat joriy etishga majbur bo‘ldi. Oziq-ovqat taqchilligi borasida Angola, Mozambik va Svazilend hukumatlari ham o‘z tashvishini bildirmoqda. Vaziyatni tahlil qilgan Jahon oziq-ovqat tashkiloti mintaqadagi holat o‘ta tashvishli ekanini bildirmoqda. So‘nggi yillarda Yer yuzidagi iqlim o‘zgarib bormoqda. Ayrim mamlakatlarda g‘ayritabiiy issiq kuzatilayotgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda havo sovib ketmoqda. Ekologlar global iqlim o‘zgarishi, muzliklar erib borishi va dunyo okeanlari sathining ko‘tarilishi borasida bong urishmoqda. Iqlim isishi o‘z navbatida avval kuzatilmagan hodisalarni — suv toshqinlari, bo‘ron, qurg‘oqchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Afrikadagi qurg‘oqchilik va ocharchilikda, Janubiy Osiyoda ob-havo isib ketishida, Shimoliy Amerikadagi o‘rmon yong‘inlari, suv toshqinlari va bo‘ronlar orqali buni ko‘rib turibmiz. Olimlarning aytishicha, 2015 yilning o‘n oyida sayyoramizda harorat XIX asr boshlariga nisbatan 1,02 daraja issiq bo‘lgan. Olimlar bir ovozdan insonlarning faoliyati — neft, gaz va ko‘mir yoqilishi “parnik effekti”ni keltirib chiqarayotganini va havo haroratining ko‘tarilishiga sabab bo‘layotganini aytishmoqda. Ekspertlar so‘nggi o‘ttiz yilda eng ko‘p parnik gazi chiqarilganini ma’lum qildilar. Agar hukumatlar atrof-muhit muhofazasi bilan jiddiy shug‘ullanmaydigan bo‘lsa, u holda 2100 yilga borib, sayyoramizda havo harorati 3,7-4,8 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Iqlimshunoslar harorat 2 darajadan oshganidan so‘ng ekologiya xavf ostida qolishidan ogohlantirib kelishadi. Iqlim muammolariga e’tiborni qaratish maqsadida BMT munozaralarga nafaqat siyosatchilar va olimlarni, balki taniqli kishilarni, jumladan, kino va sanat yulduzlarini ham jalb qilishga qaror qildi. Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni sayyoramizning turli mintaqalarida kuzatilayotgan noodatiy yog‘ingarchilik, qorbo‘ronlari, o‘rmon yong‘inlari kabi hodisalarni o‘rgangan amerikalik olimlar isbotlashdi. BMT ekspertlari iqlim o‘zgarishlari ekinlar hosiliga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganidan ogohlantirishmoqda. Ayniqsa, bu kabi noxushliklar Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Hosilning kamayib ketishi oziq-ovqat muammolarini keltirib chiqarishi hech kimga sir emas. Vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, u holda 2080 yilga borib 600 millionga yaqin kishi ochlik bilan to‘qnash kelishi mumkin. Iqlim o‘zgarishidan keladigan talafotlarni kamaytirsh uchun insoniyat o‘z faoliyatining barcha sohalarida, jumladan, sog‘liqni saqlash, qishloq ho‘jaligi va boshqa infratuzilmalarda rejali ish olib borishi lozim. Iqlim o‘zgarishiga qarshi har bir davlat o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda kurash olib boradi. Masalan, Gollandiya va Bangladesh bir xil muammolar bilan to‘qnash kelmoqda. Har ikki mamlakatda okean sathining ko‘tarilishi tufayli muntazam bo‘ron va to‘fonlar bo‘lib turibdi. Gollandiya to‘g‘on qurish orqali xavfga qarshi kurashadi. Bangladesh esa mablag‘ yo‘qligi sabab bu ishni qila olmaydi. Mazkur mamlakatning xavfli hududlarida 100 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi. Olimlarning fikricha, havo darajasini 2°C ushlab turish uchun 2050 yilga qadar mamlakatlar parnik gazlarini chiqarishni 1990 yilgi darajaga tushirishi kerak. XXI asr oxiriga qadar esa bu raqam nolga tushishi kerak. Atmosfera uchun zararsiz energiya manbai gidroenergetika, atom elektr stantsiyalari va qayta tiklanuvchi yangi (quyosh, shamol) manbalari hisoblanadi. Gidroenergetikadan cheklangan miqdorda foydalanish mumkin. Chunki yer yuzida daryolar unchalik ham ko‘p emas. Shamoldan ham hamisha foydalanib bo‘lmaydi. Shu sababli kelajakning energetika manbai sifatida quyosh va atom tan olinadi. Chunki quyosh energiyasidan hamma joyda foydalanish mumkin va bu yadro energiyasidan arzonga tushadi. Ekologik sof energiyadan foydalanish uchun mablag‘ kerak bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlar muzokaralarda ishtirok etayotgan barcha davlatlar birdek o‘z hissasini qo‘shishi kerakligini aytib keladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa iqlim o‘zgarishiga barcha mas’uliyat iqtisodi taraqqiy etgan davlatlar zimmasiga tushishi kerak deyilmoqda. Chunki aynan taraqqiy etgan davlatlar atmosferani parnik gazlari bilan ifloslantirmoqda. Bugungi kunda yer yuzidagi eng katta Ayvanpa quyosh elektrostantsiyasi Kaliforniya shtatining Mohave cho‘lida joylashgan. Ma’lumki, 2010 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘mak berish maqsadida BMT shafeligida “Yashil iqlim jamg‘armasi” (Green Climate Fund) tashkil etilgan edi. Jamg‘armaning mablag‘i 2020 yilga borib, 100 milliard dollarga yetadi. Ayni damda jamg‘arma xazinasida 10 milliard dollar bor. O‘tgan yili Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu Dabida bo‘lib o‘tgan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etgan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun iqlim o‘zgarishi ham boy, ham kambag‘al davlatlarga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. “Agar o‘z vaqtida zudlik bilan chora-tadbirlarni ko‘rmaydigan bo‘lsak, u holda xavfsizlik va global farovonlikka qaratilgan rejalarimizni hayotga tatbiq eta olmaymiz” dedi Pan Gi Mun. Bosh kotib hisobotda suv taqchilligi, dengizlar sathining ko‘tarilishi, muzliklarning erishi, xavfli meteorologik ko‘rinishlar (kunlarning isib ketishi, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, bo‘ron va to‘fonlar, yog‘ingarchilik, quyun va boshqalar) barcha mamlakatlarni qamrab olayotgani va sayyoramiz ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi. “Hatto iqlim o‘zgarishi Arktikada ham kuzatilmoqda. Kunlarning isib ketishi odamlar sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatmoqda, oq ayiqlar qirilib ketish havfi bilan to‘qnash keldi” deyiladi hisobotda. Amazoniya o‘rmonlarining saqlanib qolishi ham savol ostida qolmoqda. Tahlilchilar, bu jarayonni to‘xtatish borasida jiddiy chora-tadbirlar ko‘rilishi lozimligini aytishmoqda. Soha mutaxassislarining fikricha, quyoshdan kelayotgan nurlar, atmosfera qatlamidan o‘tar ekan, havo tarkibidagi gazlarni isitish uchun to‘rtdan bir energiyasini sarflaydi. Bunda, asosan, uzun to‘lqinli nurlar yutilib qoladi. Yer yuzasiga yetib kelgan bir qism Quyosh nuri akslanib, yana koinotga qaytadi. Qolgan qismi Yer yuzasini isitishga sarflanadi. Ma’lum darajada qizigan Yer ham o‘zidan issiqlikni nurlata boshlaydi. Ammo bu nurlarning to‘lqin uzunligi quyoshdan tushayotgan nurlarning to‘lqin uzunligidan keskin farq qiladi. Bunday nurlarni havodagi karbonat angidrid gazi qatlami o‘tkazmaydi va to‘laligicha yutib qoladi. Shu tariqa, Yer yuzasida hayot uchun mo‘’tadil va nisbatan qulay iqlim sharoiti saqlanib turadi. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining kambag‘al qismi iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p aziyat chekmoqda. Gap bu yerda oziq-ovqat, kiyim-bosh, turarjoyga bo‘lgan ehtiyoj borasida ketmoqda. Qishloqlarda nochor ahvolga tushib qolgan aholi shaharlarga yo‘l olmoqda. Bu esa o‘z navbatida shahardagi qashshoqlarning sonini ko‘paytirmoqda, qishloqlarda esa ishlab chiqarish kamaymoqda. Global iqlim o‘zgarishi inson faoliyati oqibatida kelib chiqqanligi aniq dalillar bilan isbotlandi. Vaziyatning jiddiy ekani xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmoqda. Ayni damda hukumatlar talafotlarni imkon qadar kamaytirishga urinmoqda. XXII asrga borib bahor va kuz tarixdan o‘rin olishi mumkin, degan qo‘rquvlar ham bor. Biroq eng dahshatli muammo oziq-ovqat yetishmovchiligidir. 2050 yilga borib g‘alla hosili 25 foizga kamayib ketadi. Iqlim o‘zgarishi davlatlar o‘rtasida qurolli mojarolarga sabab bo‘ladi. Bu kabi mojarolarda, asosan, kambag‘al davlatlar ziyon ko‘radi. Biroq qurg‘oqchilik va suv toshqinlari rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi. Bularning barchasi tabiatni asrash borasida zudlik bilan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rishni, bu borada barcha hukumatlar yakdillikni namoyon etishini taqozo qildi. Aks holda… ayrim jinoyat bilan bog‘liq holatlarning turli davlatlarning hududlarida sodir etilishi; uning oqibatlari jinoyat sodir etilgan mamlakatda emas, boshqa mam- lakatlarda yuzaga kelishi; bittadan oshiq bo‘lgan davlatlarning ichki ishlariga xavf solishi. Xalqaro miqyosdagi jinoyatchilar deyilganda esa, jinoyat sodir etgani uchun boshqa davlat hududida yashiringan, xalqaro jinoiy guruhlarning a’zolari, bir necha davlatlar manfaatlariga zid keluvchi jinoyatlarni sodir etgan va tashkil etgan jinoyatchilar tushuniladi. Interpolning eng yuqori organi bo‘lib, Bosh Assambleya hisoblanadi va uning tarkibiga barcha a’zo davlatlarning vakillari kiradi. Bosh Assambleya tashkiliy va moliyaviy masalalardan tashqari, Interpol faoliyatidagi eng birlamchi faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi. Interpolning ishlarini tashkil etishda esa uning ijroiya qo‘mitasi asosiy o‘rin tutadi hamda uning tarkibiga Interpol prezidenti, uning uch nafar muovini va to‘qqiz nafar - turli mintaqa politsiya organlari vakillaridan tashkil topgan delegatlar kiradi. Interpolning kundalik ishlarini uning quyidagi tarkibdagi Bosh kotibiyati amalga oshiradi: politsiya bo‘limi (xalqaro aloqalarni tashkil etish); axborot-tadqiqot bo‘limi (huquqiy manbalar, ma’lumotlarni berish, jurnal chop etish, axborotnomalar chiqarish, kutubxona); ma’muriy bo‘lim (kadrlar, moliya, ichki xavfsizlik, moddiy-texnika ta’minoti); texnik ta’minot bo‘limi (telekommunikatsiya, ma’lumotlarning avtomat qurilmalari). Interpolning tashkiliy tizimi uning milliy-markaziy byurolarini o‘z ichiga oladi va bu byurolar (MMB) Interpol a’zolarining politsiyasi tarkibiga kiradi. Download 48.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling