O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo’limi geografiya yo’nalishi


Milliy-markaziy byurolar (MMB)ning asosiy faoliyatlari bo‘lib


Download 48.53 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2024
Hajmi48.53 Kb.
#1899148
1   2   3
Bog'liq
IQLIM O\'ZGARISHLARI XALQARO HAMKORLIK MASALALARI

Milliy-markaziy byurolar (MMB)ning asosiy faoliyatlari bo‘lib:

  • milliy politsiya organlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar, Bosh kotibiyat va Interpolning boshqa mamlakatlardagi MMBlari bilan jinoyatchilikka va xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha rasmiy hamda konfidensial axborotlarni almashishni ta’minlash;

  • Interpol a’zoligiga kirgan davlatlar tomonidan qidirilayotgan shaxslar, predmetlar va hujjatlarni tegishli milliy davlatlardagi huquqni muhofaza qiluvchi organlari yordamida qidiruvini tashkil etish;

  • Bosh kotibiyat va Interpol a’zoligiga kirgan davlatlarga milliy huquqni himoya qilish organlari e’tiboriga qidirilayotgan shaxslar, predmetlar va hujjatlar to‘g‘risida xabar tarqatishni so‘rab murojaat etish, shuningdek boshqa jinoyatlarning oldini olish va ochish bo‘yicha ham iltimoslar qilinishi mumkin;

  • xalqaro siyosiy aloqalar orqali shaxslar, faktlar, predmetlar va hujjatlar to‘g‘risida axborotlar bankini tashkil etish va to‘ldirib borish;

  • o‘z huquq doirasida Interpolning Bosh Assambleyasi va Bosh ko- tibiyatning qarorlari va tavsiyalarining bajarilishida ishtirok etish, jinoyat­chilikka qarshi kurashning xalqaro muammolari yuzasidan axborot huj- jatlarini tayyorlash.

Interpol hamjamiyati hozirgi kunda xalqaro miqyosda sodir etilayotgan jinoyatlar va jinoyatchilar to‘g‘risida hisob olib borayotgan eng ishonchli organdir. Aynan Interpol xalqaro miqyosda jinoyatchilarni qidirishda muqim muvofiqlashtiruvchi bo‘lib hisoblanadi. Shunga ko‘ra politsiya faoliyat yo‘nalishidagi strategiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mumkin.
Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi: nima uchun Interpol bilan yonma- yon bo‘lgan Yevropolga ham ehtiyoj tug‘ildi?
Bir qator mutaxassislarning fikricha, o‘z hajmiga ko‘ra haddan ziyod hududda faoliyat ko‘rsatayotgan Interpol bir qator jihatlariga ko‘ra barcha mamlakatlar ehtiyojlarini qamrab ololmaydi. Bu fikrda yakdillik yo‘q.
Masalan, Interpolning Bosh kotibi R. Kendallning hisobicha - Yevropa Ittifoqining tarafkashlik (separatizm) ruhidagi munosabati tufayli, shu jumladan Interpolga nisbatan ham, Yevropaning manfaatlariga ham ziddir. Agar Yevropaning 15 mamlakatida Interpolga qarama-qarshi va qo‘shimcha sifatida «yevropalik» politsiya hamjamiyati tashkil etilsa, oqibatda Yevropa ta’siridagi Yevropa davlatlarining manfaatlarida unga kirmagan davlatlar bilan bo‘ladigan aloqaning qisqarishiga olib keladi. O‘zaro kelishilmagan aloqalar, R. Kendallning fikricha, bir yo‘nalishda ishlayotganlar uchun tu- shunmovchiliklarni va professional jinoyatchilikka qarshi kurash samara- sizligini yuzaga keltiradi.
Albatta, bunday tortishuvlar mavjud, biroq, fikrimizcha, xalqaro miqyos­da yuzaga kelayotgan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda zarur hol­larda har bir xalqaro tashkilotning yordamiga tayanish maqsadga muvofiqdir.

Download 48.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling