O„zbekiston respublikasi oliy


Algoritmik darslik-dastur–


Download 1.7 Mb.
bet65/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Algoritmik darslik-dastur– mustaqil tafakkurni o„stirish vositasi. Kognitiv ta‟limda darsliklar faqat sistemaviy izchillikka ega topshiriqlar tizimidan iborat bo„lib, o„quvchini ana shu topshiriqlarni o„qituvchi nazoratida bajaruvchi izlanuvchan va faol subyektga aylantiradi. O„zida zarur bilimlar silsilasini jamlagan darsliklar reproduktiv ta‟limning asosiy vositasi bo„lib, unda o„quvchining tegishli xulosa chiqarishiga, bir to„xtamga kelishiga hojat bo„lmaydi. Shuning uchun ham sobiq tuzum davrida amalda bo„lgan ona tili darsliklarida, masalan, “Olmosh” mavzusi ostida berilgan “Ot, sifat,
134
son o„rnida qo„llanuvchi so„zlar olmosh deyiladi” degan ta‟rif-qoida o„quvchi uchun tayyor hukm bo„lib, olmosh boshqa so„z turkumlari o„rnida ham qo„llanishi mumkinligi haqidagi mustaqil chiqarilishi lozim bo„lgan muqarrar xulosaning yuzaga kelmasligiga sabab bo„lgan.
Kognitiv ta‟limning asosiy vositasi algoritmik darslik-dasturlar bo„lib, u faqat yo„naltiruvchanlik, boshqarish vazifasini bajaradi va o„quvchilarning tajribiy, amaliy bilim egallashlarini ta‟minlashga qaratilgan bo„ladi. Algoritmik darslikning mohiyati haqida “O„zbek tilining izohli lug„ati”da algoritm so„ziga berilgan izoh yordamida tasavvur hosil qilish mumkin: “Algoritm, algorifm (lot. Algoritmi – X asrda yashagan buyuk o„zbek matematigi Al-Xorazmiyning nomidan olingan). Ma‟lum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Algoritm muayyan ketma-ket bajariladigan jarayonlar majmuasi bo„lib, nazariy va amaliy masalalarni yechishda ishlatiladi. (Gazetadan.)”120 Ona tilining kognitiv ta‟limi o„z maqsadiga faqat ana shunday xarakterdagi algoritmik darslik-dasturlar asosidagina erisha oladi.
Masalan, 5-sinf o„quvchilari uchun mo„ljallangan “Ona tili” algoritmik darsligida (deyarli biror mavzuga oid ta‟rif yoki qoida berilmaydi). “Sinonimlar” (“Ma‟nodosh so„zlar”) mavzusi sarlavhada ifodalanadi va uning tarkibida quyidagi ko„rinishda o„quv topshiriqlari beriladi:
SINONIMLAR
(Ma‟nodosh so„zlar) (Tarqatma material namunasi)

  1. topshiriq. Berilgan parchadan shaklan har xil, biroq ma‟nosi bir xil so„zlarni toping va har bir so„zning o„ziga xosligi nimada ekanligini aytishga urining.

Qadim shahardagi eski ko‗chaning
ko‗hna hovlisida yashab o‗tdi u,
Davron majruh qilgan tilning yo‗liga umridan poyandoz to‗shab o‗tdi u.
(Samandar Vohid)


120Ўзбек тилининг изоҳли луғати 5 жилдли. 1-жилд. –Тошкент: ЎзМЭ, 2005.
135

    1. topshiriq. Parchadagi so„zlarning har birini shu so„z ma‟nosini beruvchi boshqa so„zlar bilan almashtiring. She‟riy parcha ifodalagan ma‟noda farq bo„ladimi?

    2. topshiriq. Parchadagi davron, majruh, til, poyandoz, ko‗hna so„zlarining sinonimlarini toping. Berilgan so„zlarni va ularning sinonimlarini qo„llab gaplar tuzing, ma‟no nozikliklarini izohlang.


    3. Download 1.7 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling