Tovush orttirilishi: isi-q/issiq, qot-iq/qattiq, tib-iy/tibbiy, his-iy/ hissiy, shu-cha/shuncha, bu-day/bunday; u-ga/unga, shu-da/shunda, bu-dan/ bundan, parvo–i/parvoyi, obro‗-ing/obro‗ying.
a ~ o: tara-q/taroq, so‗ra-q/so‗roq, qiyna-v/qiynov, so‗ra- v/so‗rov;
o ~ a: son-a/sana, ong-la/angla, yosh-a /yasha, ot-a/ata;
i ~ u: tinti-v/tintuv, o‗qi-v/o‗quv, sovi-q/sovuq, quri-q/quruq;
q ~ g‗: qishloq-i/qishlog‗i, yutuq-im/ yutug‗im, buyruq- i/buyrug‗i;
k ~ g: yurak-i/yuragi, eshik-im/eshigim, tilak-ing/tilaging va h.
Ta‟kidlash joizki, o„quvchi uchun so„zning asosi(o„zak)ni ajrata bilish so„z ma‟nosini to„g„ri anglash va xatosiz yozishga imkon beradi.
“So„z tаrkibidа tаrtib” mavzusi ta‟limida o„quvchi e‟tibori, asosan, asosga qo„shimchalarning ketma-ket qo„shilish tartibiga va bu tartibdan chekingan holatlariga qaratiladi. O„zbek tilining o„ziga xos agglyutinativ tabiatidan kelib chiqadigan bo„lsak, asosga qo„shimchalarning ketma-ket qo„shilish tartibi quyidagicha bo„ladi:
268
asos+so„z yasovchi +lug„aviy shakl yasovchi+aloqa-munosabat qo„shimchalari.
Jumladan, oqu/vchi/lar/dan, ajab/lan/tir/di, bino/kor/lar/ning kabi. Quruvchilar yangi binoda ishladilar; Hozir tanishtiruv marosimi boshlanadi; Xalqimizga bolajonlik xos kabilarda so„z tarkibining odatdagi tartibidan chekinish holatlari uchraydi. (Bunday holatlarda so„z yasovchi qo„shimchadan oldin kelgan qo„shimcha asos tarkibiga qo„shib yuboriladi: ko‗r/ish/moq/lik–ko‗rishmoq/lik)
Shu o„rinda qo„shimchalarning barcha turlarida ma‟nodoshlik, vazifadoshlik, shakldoshlik xususiyatlari ham borligini nazardan qochirmaslik zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |