O`zbеkiston rеspublikasi oliy


mavzu. Global inqirozlar davrida yuksak ma‟naviyatning dolzarbligi


Download 0.53 Mb.
bet28/33
Sana26.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1232436
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
globallashuv asoslari

mavzu. Global inqirozlar davrida yuksak ma‟naviyatning dolzarbligi. Mafkuraviy immunitet va g„oyaviy kurashchanlikni shakllantirish (prezident I. Karimovning «Yuksak ma‟naviyat-engilmas kuch» asari asosida).

Reja:

  1. Globallashuvning ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy taraqqiyotga ta‘siri.

  2. Xalqaro miqyosda ro‗y berayotgan global inqirozlar davrida yuksak ma‘naviyatning dolzarbligi masalalari.

  3. Globallashuv va ma‘naviy inqiroz.

  4. Mafkuraviy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitet va g‗oyaviy kurashchanlikni shakllantirish davr talaba ekanligi.

  5. Prezident I. Karimovning «Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch» asari asosida ma‘naviy tahdidlarga nisbatan kurash yo‗llari va vositalari.

XXI asr tarix sahifasiga globallashuv va buyuk taraqqiyot asri sifatida kirib keldi. Globallashuv jamiyat sohasida o‗ziga xos murakkab, ayni paytda ob‘ektiv jarayon sanalanadi.


SHu bilan birga globallashuvning barcha jarayonlarni qamrab olish ko‗lamining tezligi butun jahon uchun yangilik hisoblanadi.
Globalizatsiya atamasi birinchi bo‗lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo‗llanilib kelingan. Ammo bu so‗zning to‗liq ma‘nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to‗liq ochib berilgan.
Globallashuv so‗zining lug‗aviy ma‘nosi xalqaro integratsiya, ya‘ni butun dunyo aholisining bir ijtimoiy tuzum ostiga birlashishi, bir xil vazifa bajarishi protsessi tushuniladi.
Xalqimiz o‗tmishida ma'naviyati yuksak insonlar ko‗p bo‗lgani va bunday insonlar tomonidan ulkan ma'naviy boyliklar meros ekani sizga yaxshi ma'lum. Diniy-dunyoviy va ilmiy mavzularda yetuk asarlar bitgan bu zotlar ayni paytda shaxsiy hayotlarida ham yuqoridagi mezonga mos edilar.
Bugun-chi? Bugun ilmning ilgari egallash amrimahol bo‗lgan cho‗qqilarni zabt etayotgani da'vo qilinmoqda. Bu gapda haqiqat bor: taraqqiyot hozir inson hayotiga ko‗p farovonlik, yengillik keltirdi. Globallashuv* sabab keng jahon kichik bir qishloqqa aylandi. Iqtisodiy maqsad-manfaatlar dunyoning siyosiy chegara va to‗siqlaridan oshib o‗tib, jahonni bir xil qonunlar asosida ishlaydigan yagona bozorga birlashtirdi. Lekin taraqqiyot, ilm-fan qanchalik rivojlanayotgan bo‗lsa, shu bilan bab-barobar qarama-qarshi tomonga ma'naviy qadriyatlar tanazzulga yuz tutib boryapti. Chunki globallashuv keltirgan moddiy farovonlik, asosan, faqat tanga rohat berishga xizmat qilmoqda. Bugungi taraqqiyot bizga in'om etgan ne'matlar haqida bir o‗ylab ko‗ring. Kompyuter texnologiyalari, mass-mediya, sun'iy yo‗ldosh berayotgan imkoniyatlar, internet va hokazo. Bular mutaxassislar qo‗lida taraqqiyotni yanada jadallashtirishga xizmat qilayotgan bo‗lsa-da, ayni paytda oddiy avom xalq - ular foydalanuvchilarning aksariyatini tashkil qiladi - bu vositalardan faqat ko‗ngilxushlik uchun foydalanyapti.
Globallashuv jarayonining yana bir o‗ziga xos jihati, u hozirgi sharoitda mafkuraviy ta'sir o‗tkazishning nihoyatda o‗tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilmoqda.
Avvalo, iqtisodiy va siyosiy darajada globallashuv ayrim yirik trans va multinatsional korporatsiyalar manfaatigagina xizmat qiluvchi tizimdir. Unda qashshoq davlatlarga beg‗araz yordam berish, biror davlat yoki xalq farovonligi uchun xizmat qilish kabi maqsadlar bo‗lmaydi.
Ularga iste'mol qilish quvvatiga ega mijozlar bo‗lsa bas. Agar birov globallashuv yo‗liga to‗g‗anoq bo‗lsa, undaylar shafqatsizlarcha jazolanadi. Tizim shu darajada yaxshi ishlayaptiki, globallashuv qobig‗ida o‗z manfaatlari uchun ishlovchi davlat va iqtisodiy guruhlar yer yuzasidagi har bir tirik jonni o‗z maslaklariga ishontira oladi. Bugun dunyodagi gegemon davlatlarning xalqaro maydonda
«xalqlar ozodligi» uchun olib borayotgan urushlari aslida bir necha bankir, moliya guruhlari va transnatsional korporatsiyalar buyurtmasi bilan olib borilayotgan ishlardir.
Ma'naviy va xususiy darajada globallashuv insonni quruq iste'molchiga aylantiradi: baxt moddiy farovonlik bilan belgilanadi. Yashashdan maqsad maksimal darajada hayotdan lazzatlanishdangina iborat bo‗ladi. Bu yerda ruhiy-ma'naviy qadriyatlarga, ezgulik, savob, birovga beg‗araz yaxshilik qilish kabi oliy tushunchalarga o‗rin yo‗q. «Birovga zararing yetmasa bas, istaganingni qilishing mumkin». Bu aqida qolipsiz demokratiya qobig‗ida yanada chiroyli va adolatli ko‗rinadi. Shu o‗rinda oddiy bir mantiq yuzaga chiqadi. Mana shunday aqida bilan kun kechirayotgan insonlar «tepa»lariga ham o‗zlari kabi odam o‗tirishini istaydi. Bejizga ayrim G‗arb o‗lkalarida saylovda ishtirok etayotgan nomzodlar besoqolbozlikni qonuniylashtirishdek har qanday din va ma'naviyat la'natlagan odatlarni o‗z saylov dasturlarida ko‗tarib chiqayotganlari yo‗q.
Italiyalik bir siyosatchidan, nega siz saylov dasturingizda xorijdan kelib noqonuniy ishlaydigan fohishalar ishini taqiqlash haqida gapirmaysiz, deb so‗rashganda, men millionlab erkak saylovchilarimni boy berishni istamayman, deb javob bergan ekan. Jamiyatning chirigan jasadi ana shunday tarzda tepaga chiqib qoladi. Davlatdagi ma'nan buzuq insonlarning ovozini to‗plash, ularning ko‗nglini xushlash uchun xalq boshida turishdek mas'uliyatli lavozimga da'vogar kishilar buzuq, jirkanch odatlarni qonuniylashtirishgacha yetib borishyapti. Ayni shu misollarda globallashuv va uning bugungi ma'naviyatga ta'siri, umuman, zamonaviy dunyoda inson qanchalar tanazzulga yuz tutib borayotgani yaqqol namoyon bo‗ladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling