O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Begona o ‘tlarga qarshi kurash choralari


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

Begona o ‘tlarga qarshi kurash choralari. 
Begona o 'tla r m adaniy 
o'sim liklar bilan birga o 'sib ular hosilining m iqdori va sifatiga ta ’sir qilar 
ckan, ularga qarshi kurash olib borish zaru r vazifadir. Buning uchun 
quyidagi kurash choralari qo'llaniladi:
a ) agrotexnik choralar -  d ehqonchilik m adaniyati qancha yuqori 
bo'lsa, o'sim liklam ing o'sishi davrida barcha agrotexnika tadbirlari o 'z 
vaqtida o'tkazilsa, dalalar begona o 'tla rd a n shuncha tez toza bo'ladi.
b ) kim yoviy choralar - b eg o n a o 'tla r n i y o 'q qilishd a kim yoviy 
m oddalardan, y a ’ni gerbitsidlardan foydalaniladi. Gerbitsidlar urug'larni 
ekishdan oldin, ekish bilan birga o'sish davrida qo'llaniladi.
d) biologik choralar -  almashlab ekishni to 'g 'ri tashkil etish. Ekinlarning 
ko'chatlari m o'tadil qalinlikda bo'lishi va tez rivojlanishiga erishish begona 
o'tlarning kamayishini ta ’minlaydi. Begona o'tlarga qarshi hasharotlardan 
ham foydalanish m umkin. M asalan, fitcm iza pashshasi shum giyaning 
guliga tuxum qo'yib, uning urug'larini 70 foizga kamaytiradi.
Keng bargli ekinlar ekilganda begona o 'tlarga soya beradi va ulam i 
siqib qo'yadi, tez rivojlanuvshi ekinlar (javdar) begona o'tlarga qaraganda
61


tez o ‘sadi, shuningdek, ularni siqib q o ‘yadi, ana shu usul ham ularni 
yo‘qotishda q o ‘l keladi.
Almashlab ekish 
deganda o'sim liklardan yuqori, sifatli hosil olish va 
tuproq unumdorligini oshirish m aqsadida ilmiy asoslangan rejaga muvofiq 
ekinlarning navbatlab ekilishi tuchuniladi. Ekinlardan m o‘l hosil olishning 
asosiy garovi ilmiy asoslangan alm ashlab ekishdir. A lm ashlab ekishni 
t o 'g 'r i q o 'l la s h tu p ro q n in g suv, ta b iiy va k im y o v iy x o s s a la rin i 
yaxshilaydi, o'sim lik tuproqdagi nam likdan, oziq m oddalardan unumli 
foydalanadi, begona o 'tlar, zararkunanda va kasalliklar kam ayadi. Turli 
e k in la rn i a lm a sh la b ekish n a tija s id a tu p ro q d a ildiz q o ld iq la ri va 
o'sim liklar o'zlashtira oladigan azot m oddalari ortib, tuproq unumdorligi 
oshadi.
K o 'p yillik dukkakli ekinlardan beda ekilgan bo'lsa, uch yillik o'sish 
davri davomida har gektar m aydonda 20-30 tonnagacha ildiz qoldiradi 
va shu ildiz tarkibida 0,15-0,18 foizgacha o'sim liklar o'zlashtiradigan 
biologik azot b o 'lad i. B undan tash q ari ildizi tu p ro q n i chirindi bilan 
boyitishi hisobiga tuproqning g'ovakligi ham oshadi, shuning hisobiga 
tuproqning suvo'tkazuvchanligi ortadi, sh o 'r yerlaming m eliorativ holati 
yaxshilanadi, sizot suvlarining sathi pasayadi.
Ekinlarni bir dalaning o'zid a alm ashlab ekish tuproq unum dorligidan 
ratsional foydalanish im konini beradi. Lekin ekinlarni navbatlab ekishda 
ularning biologik jihatd an turli tipda: dukkaklilar (bir yillik va k o 'p yillik), 
boshoqli g 'alla ekinlari, ildizmevalar va tuganak m evalar ham da boshqa 
chopiq qilinadigan ekinlar bo'lishiga e’tibor berish kerak.
A na shundagina sam arali natijaga erishish m umkin. Yer m aydonlari 
k a tta bo'lgan yirik xo'jaliklam ing tuproqlari ko'pincha xilma-xil bo'ladi. 
Shuning uchun u yerlarda alohida alm ashlab ekish usuli qo'llaniladi. 
A lm ashlab ekish tizimiga to 'g 'ri rioya qilinsa, qishloq xo'jaligining barcha 
ta rm o q la ri riv o jla n a d i va a h o li u c h u n m o 'l- k o 'l q ish lo q x o 'ja lig i 
m ahsulotlari, chorvachilik uchun yem-xashak, qayta ishlash sanoati uchun 
x o m ash y o y etkazish y ax sh ila n ad i. T u p ro q iq lim s h a ro itin i ham da 
x o 'ja lik la m in g ch o rv a ozuq asin i hisob g a olg an h o ld a q uy id ag ich a 
alm ashlab ekish tavsiya etiladi.
1. Birinchi yili silos uchun m akkajo'xori ekiladi, u yig'ib olingandan 
keyin o 'm ig a yozda beda ekiladi va beda 2-3 yilgacha o'stiriladi.
2. Birinchi yili don uchun g'alla ekinlari ekiladi va uning o 'm ig a silos 
uchun m akkajo'xori ekiladi yoki beda ham ekish mumkin.
62


3. 
P axtadan keyin oraliq ekinlar ekib, uning o ‘rniga chorva mollari 
uchun ozuqabop ekinlar ekilishi m umkin.
Lalm ikor yerlarda asosan joyning relyefi ham da tabiiy-iqlim sharoitiga 
qarab, qora shudgorga don ekinlari ham da turli q ato r oralari ishlanadigan 
ekinlar navbatm a-navbat joylashtiriladi.
P axtach ilik x o 'jalik larid a beda tu p ro q unum dorligini oshiradigan 
asosiy ekin hisoblanadi. U tuproqda azot to ‘piaydi, tuproq tuzilmasini, 
suv fizik xossalarini yaxshilaydi. Bedapoyani buzib o ‘m iga go'za ekilganda 
y uqori hosil olinadi. B unday alm ash lab ekish g o 'z a -b e d a d an ib o rat 
bo'ladi. Ayrim alm ashlab ekish tizim ida asosiy ekin qator oralari ishlov 
beriladigan ekinlar, boshoqli don ekinlari ekib navbatlanadi. M asalan, 
kartoshka bilan bug'doy, ertagi kartoshka bilan bug'doy, m akkajo'xori 
bilan bug'doy, lalmikor yerlarda kuzgi bug'doy bilan bahori bug'doylar 
va h o k a z o . A lm a sh la b e k is h d a o 'tm is h d o s h e k in la rn in g tu p ro q
unum dorligiga ta ’siri hisobga olinadi.
G 'a lla va yem-xashak ekinlari uchun dukkakli o 'tla r - beda, sebarga, 
shuningdek, dukkakli don ekinlari - k o 'k no 'x at, soya, mosh eng yaxshi 
o'tm ishdosh hisoblanadi.
S h u n d ay qilib, har bir ekin yoki e k in la r g uruhi uchun shunday 
o'tm ishdosh tanlash kerakki, bunda o'tm ishdosh ekinlardan keyin dalaga 
ekilgan ekinlarning hosildorligi oshsin. Turli tizimdagi alm ashlab ekishni 
qo 'llash bilan dalaning begona o 'tla r bilan ifloslanganligi, ekinlarning 
baktcriya kasalliklari bilan kasallanishini birmuncha kamaytirish mumkin. 
A lm ashlab ekishda beda ekilganda sh o 'rla n g a n yerlarning m eliorativ 
holati yaxshilanadi, sizot suvlarining sathi pasayadi, ekinlarning vilt bilan 
kasallanishi kam ayadi va bir qan cha begona o 'tla r y o 'qotiladi. Bu -
tu p ro q u n u m d o rlig in i o s h irish g a im k o n b e ra d ig a n aso siy ta d b ir 
hisoblanadi.
Alm ashlab ekishni joriy ctish ikki davrdan iborat bo'ladi:
1) alm ashlab ekishni rejalashtirish;
2) alm ashlab ekishni joriy ctish.
Alm ashlab ekishni rejalashtirishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi 
zaru r: yer-suv hisobga o lin adi, b a rc h a y erlard an fo y dalanish rejasi 
loyihalashtiriladi; xo'jaliklarda kelgusida yetishtiriladigan m ahsulotlar 
hajm i belgilanadi; alm ashlab ekish m o 'ja lla n g a n ekinlar hosildorligi 
hisoblab chiqilib, ekin maydonlari belgilanadi; chorvachilik uchun yem- 
x ash ak k a b o 'lg an talab hisoblab ch iq ilad i, yem -xashak uchun ekin
63


m aydonlari hosildorligiga q arab belgilanadi; xo'jalik yer tartibi katta- 
kichikligini hisobga olib alm ash lab ekish ketm a-ketligi a n iq lan ad i; 
ekinlarni alm ashlab ekish rejasi tuziladi; yerga ishlov berish, o'sim liklarni 
parvarish qilish, o 'g 'itla sh , h ar bir ekin va alm ashlab ekish bo'yicha 
begona o 'tlar, kasallik va zararkunandalar bilan kurashish tizimi ishlab 
chiqiladi.
A lm a s h la b e k ish d a e k in la rn i t o 'g 'r i ta n la s h va n a v b a t b ila n
jo y lash tirish , ag ro tex nik ta d b irla r o 'z v a q tid a am alg a oshirilgan da 
tuproqning unumdorligi bilan birga ekinlarning hosildorligi ham oshib 
boradi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling