O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


madaniy  obidalar  o'rgamldi.  Qadimgi  y o ‘llar  va  yo'nalishlar  aniqlandi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57

madaniy  obidalar  o'rgamldi.  Qadimgi  y o ‘llar  va  yo'nalishlar  aniqlandi 

milliy-ma’naviy 

boyligim iz 

hamda 

an’analarimiz 

o'rganildi 

Samarqandda  Markaziy  O siyo  tadqiqotlari  Xalqaro  Instituti  ochilgar 

boMib,  uning  asosiy  yo‘nalishiaridan  biri  Buyuk  ipak  yo'li  va  uning 

bo‘yiarida  joylashgan  shaharlami  o ‘rganishdir.  1997-yilning  mayids 

O'zbekiston  ham  o ‘z   hissasini  qo‘shgan  Mashhad-Saraxs,  Saraxs- 

Mashhad  temir  yo'li  ochildi.  Bu  bilan  0 ‘rta  Osiyo  mamlakatlari  F

or

 

qo‘Itig‘iga,  Yevropa  xalqlari  esa  0 ‘rta  Osiyoga  temir  y o ‘l  orqali  chiqish 



imkoniyatiga  ega  bo‘ldilar.  1998  yil  Boku  shahridagi  Buyuk  ipak  yoMini 

quruqlikda  Yevropadan  Yaponiyagacha  qayta  tiklash  masalalariga 

bagMshlangan  xalqaro  anjuman  boMib  o ‘tdi.  Y e vropa-Kavkaz-Osi у о n i 

bog‘laydigan  ushbu  transport  y o ‘li  (TRASEKA)  qurilishida  0 ‘zbekiston 

ham 

ishtirok  etmoqda  va 

bu 

y o ‘l 

butun 

dunyo 

iqtisodiyotini 

yuksaltirishiga  xizmat  qilishi  shubhasizdir.  Antik  davr  0 ‘rta  Osiyo 

tarixida  madaniy  hayotning  turli  tomonlama  taraqqiy  etganiigi  .bilan 

izohlanadi.  Butun  dunyo  xalqlari  tarixiy-madaniy  rivojlanishida  boMgani 

kabi  bu  davr  0 ‘rta  O siyo  jamiyatining  ijtimoiy  va  ma’naviy  hayotida 

diniy mafkura katta ahamiyatga ega boMdi. 

Bu davrda 0 ‘rta Osiyoning 

asosiy  hududlarida zarduslniylik  va  buddaviylik  dinlari  ustunlik  qilishiga 

qaramasdan ular bilan bir qator yunon dinlari,  moniylik ham yoyiigan edi. 

Makedoniyalik  Iskandar  yurishlari  davri  va  uning  vorislari  (Salavkiylar. 

Yunon-Baqtriya)  davrida  0 ‘rta  Osiyo  hududlariga  Ellinizm  madaniyati 

kirib  keldi.  Yunon  dinlarining  keng  yoyilishi  Yunon-Baqtriya  davriga 

to‘g‘ri  kelsa,  Budda  dinining  keng  yoyilib  davlat  dini  darajasiga 

ko‘tarilishi  Kushonlar davriga to‘g ‘ri keladi.  Kushon davri oxirlariga kelib 

ssa Moniy dini yoyiladi.  0 ‘rta Osiyoda mil.  avv.  II-l  asrlarga kelib yunon- 

makedonlar  hukmronligi  tugagan  boMishiga  qaramay  ellinizm  madaniyati 

moddiy  va  badiiy  madaniyatda  o ‘z   ahamiyatini  saqlab  qoldi.  Yellin 

Kudolari-Gerakl,  Gefest,  Dionis,  A fina  kabilarga  sig‘inish  kuchliligicha 

qolaveradi.  Bu  xudolar  tasvirlari  Kushon  podsholari  tangalari  va 

laykallarda  o ‘z  aksini  topgan.  Undan  tashqari,  yunon  alifbosi  asosida 

:ashkil topgan  baqtriya yozuvi  ham  saqlanib qoldi.  Kushon davri  ellinizm 

nadaniyatiga oid topilmalar 0 ‘rta Osiyoning ko‘pgina hududlaridan  topib 

3‘rganilgan.

0 ‘rta O siyo  xalqlarining  qadimgi  va  ilk  o'rta  asrlar davri  ma’naviy 

layotida  buddaviylik  muhim  ahamiyatga  ega  boMdi.  Dunyo  xalqlari' 

>rasida  keng  yoyiigan  .bu  din  mil.  avv.  VI  asrda  Hindistonda  paydo 

x )‘ladi.  Mil.  a w .  Ill asrga kelib podsho Ashoki  davrida buddaviylik k£ng 

lududlami  o ‘z  ichiga  olgan  hind  podsholigi  Mauryaning  davlat  diniga

100


aylanadi.  Keyinroq  esa  Baqtriya,  So‘g ‘diyona  hududlariga  yoyiladi. 

Ayritom,  Dalvarzintepa,  Qoratepa,  Fayoztepa  kabi  yodgorliklardan 

topilgan  topilmalar  buddaviylik  dastlab  Shimoliy  Baqtriya  hududlariga 

yoyilganidan  dalolat  bersa,  Xitoy  yozma  manbalari  0 ‘rta  Osiyoning 

Parfiya.  Baqtriya,  S o !g ‘d  viloyatlarida  ham  buddaviylik  yoyilganligini 

tasdiqlaydi.  Antik  davr  oxirlarida  keng  tarqalgan  dinlardan  yana  biri 

Moniylik  dinidir.  Ko'pchi-lik  tadqiqotchilarning  fikricha,  bu  dinning 

asoschisi  va  payg'ambari  boMgan  Moniy  milodiy  216  yilda  Janubiy 

Bobilda  tugMladi.  Moniy  e ’tiqod  faoliyatini  Ardasher  hukmronligi  (227- 

241  yy.) davrida boshlaydi.  Keyinroq esa Shopur I  davrida Sosoniylaming 

markaziy  shaharlaridan biri  Ktesifon  shahrida o 'z ta ’limotini  targMb qilish 

huquqini  oladi. 

M oniylik  dini  aholining  kambag'al  va  o ‘rta tabaqalarini 

keng jalb  etgan  “kim  boy  boMsa,  o ‘sha  qashshoq  boMadi,  sadaqa so‘raydi 

va  katta  g'am-alamni  boshidan  o'tkazadi”  degan  ijtimoiy  shiomi  ilgari 

surdi.

Zo!r  berib  tashviqot  qilinishi  natijasida  Moniylik  dini  hali  Moniy 

hayotlik  vaqtidayoq  nafaqat  Eron,  balki,  Mesopotamiya,  Kichik  Osiyo, 

Rim,  Sharqqa  va  O'rta  Osiyo  hududlariga  yoyildi.  Moniyning  o‘zi 

shunday  ta’kidlar edi:  “Mening dinim  har bir davlatga va har qanday tilda 

tushunarli boMadi  va uzoq oMkalarga yoyiladi”.

Moniy  taMimoti  Erondagi  hukmron  doiralar  va  zardo‘shtiylik 

kohinlar  orasida  qattiq  noroziliklarga  sabab  boMganligi  tufayli  podsho 

Varaxron  1  davrida  (273-276  yy.)  Moniy  zindonband  qilib  qatl  ettiriladi. 

Uning  tarafdorlari  quvgMn  ostiga  olinganidan  so'ng,  katta  qismi  O'rta 

Osiyo  hududlariga  ko'chib  o'tadi.  Bu  haqda  arab  tarixchisi  An-Nadim 

maMumotlar  beradi.  Keyinroq  Moniylik  ta’limoti  O'rta  Osiyoga  ancha 

keng  yoyiladi.  Uning  markazlari  Marv,  Samarqand  va  Chag'aniyon  edi.

Yuqorida  eslatib  o ‘tganimizdek,  antik  davr  o'lkamiz  hududlaridan 

ko'plab  ibodatxonalar  ochib  o'rganilgan.  Asosan  kushon  davriga  oid 

bo  lgan bu  ibodatxonalar rejaviy tuzilishi jihatdan turlicha bo'lib,  ulardagi 

topilmalar  orasida  turli  kattalikdagi  haykallar  ko'pchilikni  tashkil  etadi. 

Ushbu  haykal  va  haykalchalar  turli  dinlarning  turli-tuman  xudolari, 

ma’budalari  va  sig'inishlari  bilan  bog'liqdir.  Bu  davr  O'rta  Osiyo 

xalqlarining madaniy hayotdagi  eng katta yutuqlaridan  biri mil.  a w .  Vl-II 

asrlarda  Oromiy  yozuvi  asosida  Xorazm,  Parfiya,  S o ‘g ‘d  keyinroq  esa 

Kushon (Baqtriya) yozuvining ajralib chiqishidir.

101


II. 

0 ‘rta asriar davri 

6-mavza. Eftalitlar, Turkiy faoqonlik va arab lar istilosi davrida

0 ‘rta Osiyo.

Milodiy IV-VI asriar Turon zamia tarixi

Bu  davr  ko'chmanchi  qabilalaming  kirib  kdishi,  qabilalar  ittifoqi 

(konfederatsiya)ning  yuzaga  kelishi-yangi  siyosiy  kuchlarning  paydo 

bo'lishi bilan  izohlanadi. Shunday kuchlardan biri - Kidoriylar xususidagi 

asosiy  maMumotlar  Xitoyning  Beyshi  solnomasida  hamda  g‘arb 

tarixchilaridan  biri  Prisk  Paniyskiy  ma’lumotlarida  uchraydi.  Bu 

maMumodaiga  ko‘ra  Kidoriylaming  yuyechjilar  hukmdori  Sidolo  yoki 

tadqiqotlar fikricha Kidor (ba’zan “Kidara”) IV-asrda hukmronlik qilgan.

Yaponiyalik  tadqiqotchi  K.  Yenoki  braxmiy  yozuvidagi  bir  qator 

“Kidara Kushon sha” deb yozilgan tangalarhi tadqiq qilgan. Bu taxmirum 

390-430  yillarga  mansub  boMib,  hind  tadqiqotchisi  A.  Bivaming 

xulosasiga  ko'ra  bunday  tangalar  2  ta  hokim  tomonidan  bir  vaqtning 

o‘zida  zarb  etilgan.  Yenokining  fikricha  Kidoriylar  Tohariston  va 

Gandxarm 412-437 yillar oraligMda o 'z qoMlarida biriashtirganlar.

Kidariylar  masalasi  nisbatan  ancha kam  o'iganilgan  va tadqiqotiar 

davom 


ettirilishi 

kerak  boMgan  masaladir 

Chunki 

yuqoridagi 



maMumotlami  (jumladan  Beyshi)  keyinchalik  boshqa  manbalar  tilga 

olmaydi.  Hindistonga  (4S6  y)  ketib  Gupta  davlatini  bosib  olganlaridan 

keyingi  kidoriylar to‘g‘risidagi  maMumotlar ham deyarli yo‘q.  Faqatgiaa 

ular  Hindistonda  75  yil  hukmronlik  qilganiari,  477  yil  Gandxaidan 

Xitoyga elchilar yuborganliklari maMum xolos. Ba’zi tadqiqotchilar ulami 

Sbarqiy  Turkistondan  kirib  kelgan  kushonlar  qoldigM  deb1  fiam 

tushuntirish  berishadi.  Shuningdek,  kidoriylaming  0 ‘rta  Osiyonisg 

janubida  xiyoniylar  bilan  birga  ittifoqchiligi  hamda  ulaming  Eronga 

qarshi  birgalikdagi  harakatlari  to‘g‘risida  ham  turli  taxmin  va  fikrlar 

mavjud. 


IV-asr  o'rtalarida  Turon  oMkasiga  shimoldan  ko‘chmancfei 

xkm qabilalarining hujumi boshlanadi. Tarixda ular xiyonit yoki xioniylar 

nomi  bilan  tanilgarrfar.  Xioniylaming  353  yil  So‘g‘d  ustiga  yurish 

qilganliklari  maMum.  Xioniylar  hukmdori  o'rta yOshlardagi  tadbirkor  va 

aqfii  davlat  arbobi  Grumbat  ismli  shaxs  boMgan.  359  yil  xioniylar  o 'z 

ittifoqchilik burchlariga ko‘ra Shopur II  bilan  Simyaning Amida (Umda$ 

shahri  uchun  boMgan  jangida  qatnashishadi.  Bu  jangda  Grumbatnii^g 

o‘gMi halok boMadi.

IV-asming  60-70  yillarda  Eron  bilan  munosabatlar  yana 

keskinlashib,  Eron  shohi  Shopur II  xioniylar bilan  kurash olib boradi  n



102

ikki  marotaba  yengiladi.  Bu  kurashda  xioniylar  kidoriylar  bilan 

ittifoqchilikda  boMgan  boMishlari  ham  ehtimoldan  xol  emas.  Bu  davrda 

Sirdaryo  bo'yidan  Amudaryogacha  cho'zilgan  hudud  xioniylar  ta’siri 

ostida boMgan.

Umuman  olganda,  xioniylar  kidoriylar  bilan  ko'pincha  ittifoqda 

harakat  qilgan  boMishlari  kerak.  Chunki  tadqiqotlarda  ularning  nomi 

ko‘pincha  birgalikda  uchraydi.  Ularni  ba’zida  eftalitlarning  bir  qismi  deb 

ham  hisoblashadi.  Fikrimizcha,  ulardagi  o ‘zaro  farqlanish  etnik  emas, 

faqat  sulolaviy  boMgan.  Chunki  ularning  hammasi  qon-qardosh  turkiy 

xalqlardan boMishgan.

Efitalitlar  tarixi  yuzasidan  maMumotlar,  rim,  vizantiya,  suriya  va 

arman  tarixchilari  asarlarida  hamda  Xitoy  solnomalarida,  pahlaviy 

matnlarida,  Firdavsiyning “Shohnoma” asarida ham uchraydi.

Ushbu  manbalarning  ma’lumot  berishicha,  o ‘sha  davrda  eftalitlar 

bilan  Eron  sosoniylari  o ‘rtasida  bir  necha  marta  to‘qnashuvlar  boMib 

o'tadi.  Ular  o'rtasidagi  birinchi  to‘qnashuvlar  V-asrning  30-yillardiyoq 

sodir  boMgan  edi.  Arman  tarixchisi  Vardapetning  maMumotiga  ko'ra  V 

asrning  50-yillariga  kelib  Eftalitlar  konfederatsiyasi  nihoyatda  kuchayib 

ketadi. -  456  yildayoq  eftalitlar  o 'z   elchilarini  Xitoyga  jo ‘natadilar. 

Eftalitlar  tobora  janubga  qarab  siljiy  boshlaydilar  va  o ‘z  navbatida 

ularning  Eron  bilan  munosabatlari  keskinlasha  boradi.  Sosoniylar  bilan 

hal  qiluvchi  kurashlar  davri  shoh  Peroz  (Feruz)  davriga  (459-484  yy.) 

to‘g ‘ri  keladi.  Taxminan  457  yili  Vaxshunvor  (Axshunvor)  Eftalon 

boshchiligidagi  eftalitlar Chag'oniyon (Surxondaryo vil. Termiz shahridan 

shimoldagi 

yerlar), 

Tohariston, 

Badaxshonda 

o‘z  hokimiyatlarini 

o'matadilar. 

459-yilda  Eron  taxtiga  Peroz  chiqadi.  Manbalarda 

Perozning  hokimiyatga  kelishi  eftalitlar  bilan  bogMiq  ravishda  bayon 

qilinadi.  Peroz  Eftalitlarning  kuchayib  borishini  vaqtinchalik  deb  bilib, 

ular  kuchidan  Eron  taxtiga  kelish  uchun  fovdalangan  boMishi  kerak. 

Ammo,  eftalitlar  qudrati  oshib  tez  orada  ular  sosoniylarga  ham  qarshi 

turishlarini  anglagan  Peroz  eftalitlarga  qarshi  jangga  kiradi.  Bu 

to'g'risidagi  maMumotlar  “Baxman-Yashta’’da  ham,  arab  tarixchisi  at- 

Tabariyning  asarlarida  ham  uchraydi.  Peroz  (459-484)  3  marotaba 

eftalitlarga qarshi yurish qiladi.

Birinchi  kurashdayoq  Peroz  magMubiyatga  uchraydi  va  asirga 

tushadi.  Vizantiya  imperatori  Zenon  o'rtaga  tushib  uni  ozod  qilib  oladi. 

Peroz  chegaradagi  Talqon  (Talikon)  shahrini  eftalitlarga  topshirisb  va 

Varaxran  V  BahromgoM  belgilagan  Toshminordagi  chegaradan  o'tmaslik 

majburiyatini  oladi.  Bu  magMubiyatdan  xulosa  chiqarib  olmay,  u  yana 2-

103


marotaba  eftalitlar  ustiga  yurish  boshlaydi.  Bu  kurashda  ham 

magMubiyatga uchragach Peroz asirga olinadi  va 30 xachir kumush tanga 

to'Iash  majburiyatini  oladi.  Biroq  xazinadan  20  ta  xacbirga  yetgulik 

mablag1  topiladi  xolos.  Perozning  yosh  o‘g‘li  Kubod  eftalitlar  qo‘lida 

garovga qoldiriladi, shundan keyingina Peroz tutqunlikdan xalos etiladi. U 

eftalitlarga 2 yil mobaynida soliq to‘lab turish majburiyatlarini ham oladi.

Prisk  Paniyskiyning  ma’lumoticha,  3-urushga  bahona  bo‘lib 

Perozning eftalitlami aldashi xizmat qilgan. Peroz o'lpon to‘lab bo‘lgach, 

eftalitlar bilan munosabatni yaxshilashga harakat qiladi. U eftalitlarga sulh 

tuzishni  va  o'zining  tinch  maqsadlarini  namoyon  etish  maqsadida 

“Xunnlar  hukmdoriga”  o‘z  taklifini  kafolati  sifatida  singlisini  unga 

turmushga  berishini  taklif  etadi.  Singlisi  o‘miga  esa  o‘z  kanizak 

ayollardan  birini  jo ‘nalib  yuboradi.  Izzat-nafsi  toptalgan  eftalitlar  va 

sosoniylar  o'rtasida  484  yili  oxirgi  kurash  boshlanib  ketadi.  Bu  kurash 

Marv yaqinida sosoniylarning tugal mag‘lubiyati bilan yakunlanadi.-

Sosoniylar  qudratiga  eftalitlar  tomonidan  shunday  qilib  chek 

qo'yildi.  Eronning  o‘zida  shu  vaqtga  kelib  ichki  siyosiy  ahvol 

keskinlashib  ketgan  edi.  Og‘ir  iqtisodiy  ahvol,  qulchilikning  yemirilishi, 

soliqlaming o‘sishi, quyi tabaqalaming qashshoqlanishi, urushdan keyingi 

xonavayronliklar natijasida bu hududlarda norozilik harakatlari  boshlanib 

ketadi. Xalq g‘alayonlari diniy tus olib keng tarqaladi.

Mazdak  Hamdadon  (470-529)  zardo‘shtiylikning  asl  g‘oyalarining 

hayotga tadbiq qilmoqchi boMib, o‘z harakat mafkurasini yaratdi. Mazdak 

ta’Iimoticha, kishilar bu dunyoning ne’matlaridan  barobar foydalanishlari 

lozim,  Uning  fikricha,  ijtimoiy  hayotga jamoa  huquqlarini  tiklash,  yer- 

suv,  mol-mulkka  barobar  egalik  qilish  hammaning  o‘zaro  tengligiga 

erishish  lozim  edi.  Mazdak  ta’limoti  asosida  uch  “zlik-”zan”,  “zar”, 

“zamin”  tengligi  g‘oyasi  yotar edi.  Mazdak  tarafdorlarining  soni  Eronda 

juda ko'payib ketdi.

Mazdakiylar  harakati  nihoyatda  kuchayib  ketgach  Kubodshohning 

(488-531)  o‘zi  u  bilan  hisoblashishga  majbur  bo‘ldi.  Kubod  Mazdak 

tarafiga  o‘tib  uni  Eronning  bosh  kohini  etib  tayinladi.  Mazdak 

hokimiyatni  o‘z  qo‘liga  kiritib  olgach,  uning  tarafdorlari  oxir-oqibatda 

Kubodni  496 yilda taxtdan  ag‘darib tashlab zindonga tashlaydilar.  Uning 

o‘miga  ukasi  taxtga  chiqadi.  Kubod  zindondan  qochih,.  eftalitlar 

dargohidan  panoh  topadi.  U  yoshligidanoq  eftalitlar  huzurida  o‘sgan  va 

eftalitlar  hukmdorining  singlisiga  uylangan  edi  Kubod  eftalitlardan 

yetarlicha  harbiy  yordam  olib  499-yilj  Eronga  yurish  qiladi.  Chegaraga 

yetgan paytdayoq  ukasi  buni eshitib taxtni tashlab qochadi. Kubod shoh I

104


/ana  taxlga  o'tirganidan  so ‘ng  avval  maxfiy,  keyinchalik  oshkora 

nazdakiylikka  qarshi  kurash  olib  boradi.  529-yilda  Mazdak  qatl  ettirilib, 

.ming  tarafdorlariga  qarshi  ayovsiz kurash  olib boriladi.  Kubodning o ‘g ‘li 

Kusrav  I  Anushervon  (531-579)  davrida  keng  miqyosli  islohotlar 

i‘tkazilishi  bilan  birga mazdakiylar harakatiga butkul  chek qo'yiladi.

Eftalitlar  esa  o ‘z  qoMlari  ostida  Tohariston,  Badahshon,  So‘g‘d, 

Sharqiy 

Turkiston 

va 

O'rta 

Osiyoning 

boshqa 

ba’zi 

yerlarini 

jirlashtirdilar.  Xitoy  muallifi  lili  bilan  aytganda  “Kongyust  (Xorazm, 

So‘g ‘d.  Shosh),  XoMan,  Shale  (Qashqar),  Ansi  (Parfiya)  va  o ‘ttizga yaqin 

boshqa  (katta)-kichik  viloyatlar  eftalitlar  hukmdoriga  qaram  boMdi”.  V 

asrning  2-varmida  Gandhar,  keyinchalik  shimoliy  Hindistonning  ba’zi 

hududlarini,  Qobul  va  Panjob  vodiylarini  ham  Eftalitlar  istilo  qildilar. 

Shim oliy  Hindistonda  avval  To'ramon,  so ‘ngra  uning  o ‘g ‘li  Mehirakula 

eftalitlar davlatini  tashkil  etdilar.

Kubodshoh  eftalitlar  bilan  deyarli  tinch-totuv  yashadi.  U  502-506 

yillarda  eftalitlar  bilan  ittifoqchilikda  Vizantiyaga  qarshi  yurishlarida 

ishtirok  etdi.  Eftalitlar  0 ‘rta  Osiyo,  Sharqiy  Turkiston,  Shimoliy 

Hindiston,  Sharqiy  Eronni  birlashtirgan  ulkan  davlatga  asos  soladilar. 

Eftalitlar  davlati  davridagi  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  yer  egaligi 

munosabatlarning  shakllanishi  bilan  izohlanib,  bu  davrdagi  ijtimoiy- 

iqtisodiy,  madaniy hayot ham o ‘ziga xosligi  bilan  ajralib turadi.

E ftalitlar hukmronligi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot



Ilk  o ‘rla  asrlardagi  Xitoy  manbalarida  eftalitlarning  ko‘chmanchi 

qabilalar  ekanligi,  ularning  yurtida  shaharlar  yo‘qligi,  o ‘zlari  o ‘tloqlarda 

yashaganliklari  ta’riflanadi.  Keyingi  davr  tarixchilari  xususan,  g ‘arb 

manbalarida  esa  boshqacha  ma’lumotlar  keltiriladi.  Vizantiyalik  muarrix 

Prokopiy  Kesarskiy  (VI  asr)  shunday  ma’lumot  beradi:  “Eftalitlar 

(saltanati)  bir  hukmdor  orqali  idora  etilib,  o ‘z   qonuniy  (adolatli) 

davlatchiliklariga  egadirlar.  0 ‘zaro  va  qo‘shnilar  bilan  (munosabatlarda) 

adolat  m e’yorini  saqlashda  vizantiyaliklar  va  forslardan  hech  bir 

qolishmaydilar”.

Demak,  eftalitlar  davrida  ham  kushonlar  davridagi  kabi  saltanat 

yakka  hukmdor  tomonidan  boshqarilgan.  Xitoy  manbalariga  ko‘ra  taxt 

otadan  bolaga  qolmay.  shu  suloladan  kirn  loyiq  deb  topilsa  o ‘sha  taxtga 

o ‘tirgan.  Demak,  ana  shu  nomzodlik  aniqlab  taqdim  etadigan  qandaydir 

bir  kengash  ham  mavjud  boMgan.  Bu  kengash  sulolaning  mo'tabar

105


namoyandalari  hamda  saltanat  arkonlaridan  iborat  bo'lgan  bo‘lishi 

ham 


ehtimoldan  xoli  emas.  Shuni  ham  yoddan  chiqarmaslik  kerakki,  bunday 

ulkan  saitanatni  boshqarishda  yuksak  darajada  faoliyat  ko'rsatuvcbi 

markaziy  hokimiyatga  erishish  qiyin  edi.  Shuning  uchun  ShimoBy 

Hindiston,  Sharqiy  Turkiston  hududlarida  va  ehtimol  boshqa  ba’zi 

viloyatiarda ham boshqaruv eftalitlar nomidan mahalliy xonadon (sulola) 

tomonidan  olib  borilgan.  Fikrimizcha,  mintaqa  davlatchilik  tarixida 

istifoda  etib  kelingan  satrapiyalik  boshqaruvi,  ya’ni  markaziy  hokimiyat 

noiblari  orqali  idora  etish  usuli  ham  bu  vaqtda  o 'z   ahamiyatini 

yo'qotmagan bo'lishi kerak.

Haii  kushonlar  davridayoq  aholi  orasida  yer  va  qo'rg'onlaiga  ega 

bo'lgan  asizodalar  ajralib  chiqa  boshlagan.  Dehqonlar  mahalBy 

zodagonlarga  ko'proq  tobe  bo4a  borgan.  Eftalitlar  ulkan  hududda 

boshqaruvni  qo'lga  kiritgach  о bod  dehqonchilik  vohalarga,  rivojlangan 

shaharlarga,  savdo  yo'llariga  ega  bo'ladilar.  Vaqt  o'tishi  bilan  ular 

mahalliy omilkor aholi bilan aralashib keta boshlaydilar.

Eftalitlarning  bir  qismi  ko'chmanchi  chorvador  bo'lsa,  ikkinchi- 

kattaroq  qismi  shahar  va qishioqlarda yashaydigan  o'troq  aholi  bo'lgan. 

Tohariston  va  So'g'dda  dehqonchilik  va  bog'dorchilik  rivoj  topgan. 

Qashqadaryo  va  Zarafshon  vodiylarida  g'alladan  tashqari  sholi  ham 

yetishtirilgan,  Xitoy  manbalarida  qayd  etilishicha  V-VI  asrlarda Sharqiy 

Turkiston va O 'rta Osiyo yerlarida ko'plab g 'o 'za ekilar edi.  O'rta Osiyo 

paxta tolasi  Xitoyda  ham  mashhur bo'lgan. Tog'  va tog'  oidi  yerlaridagi 

aholi  yilqichilik  bilan  shug'ullangan.  Farg'ona  vodiysida  zotdor 

irm ug'onlar ko'paytirilar e d i  Yangi yer egaligi  munosabatlarining taridfe 

юра boshlashi bilan sug'oriiadigan yer maydonlarining ma’lum bir qismi 

niulkdor  zodagon  tabaqa  vakillari-”dehqonlar’’  qo'lida  to'plana 

Doshlangan edi.  Buning natijasida qishloq jamoasining erkin qo'shchilara 

n a ’lum  darajada  zadagon  dehqonlar  asoratiga  tushib,  ularga  qaram 

kadivarlarga 

aylanib botadi.

Obikor  yerlaming  bir  qismi  ibodatxonalar  mulki  hisoblangan. 

Sunday yerlar  “vag'nze”  deb yuritilgan edi.  Yaylovlarning  asosiy qisim 

jqsoqol 

zodagonlar  qo'lida  bo'lgan.  Eftalitlar  orasida  ijtimoiy 

abaqalanish  ham  kuchli  bo'lgan.  Ular orasida  yer egaligi  munosabatlari 

shakllanishi  bilan  bir  qatorda  ibtidoiy-jamoa  tuzumi  sarqitlari  hali 

iaqlanib  qolgan  edi.  Xitoy  solnomalarida  qayd  qilinishicha  eftalitlarda 

poliandriya (ko'p.erlik) ham tarqalgan edi.  Bir necha aka-ukada umumiy 

aitta  xotin  bo'lib,  ayolning  boshidagi  qalpog'ining  burchaklari  soniga 

co'ra  aka-ukalar  nechtaligim  bilish  mumkin  edi.  Oliy  tabaaa  vakillari



106

ichida  ko'p  xotinlilik  odati  ham  keng  tarqalgan.  Eng  boy  zodagonlar 

doim iy  hamroh  sifatida  20  va  undan  ortiq  do‘stlarga  ega  boMishgan. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling