O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


O'rta  O siyo  o ‘sha  davr  siyosatining  hamma  jabhalarida  teng  qatnasha


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57

O'rta  O siyo  o ‘sha  davr  siyosatining  hamma  jabhalarida  teng  qatnasha 

boshlaydi lar.

Hoqon  Sheguy  vafotidan  keyin  (618  y.)  hokimiyatga  kelgan  Hoqon 

T o 'n   yabg'u  (T o‘n  shoh)  davrida  G'arbiy  hoqonlik  yana  kuchayadi. 

U ning  chegaralari  Oltoydan  to  Hind  daryosi  bo'yigacha  cho'zilib  ketdi. 

U ning  qo'lidagi  ulkan  hokimiyatni  boshqaruv  tartiblari  isloh  etildi. 

M ahalliy  suiolalar  hokimlari  bilan  bevosita  bog‘ lanish,  ularning  ustidan 

nazoratni  kuchaytirish  maqsadida  mahalliy  hukmdorlarga  “yabg'u” 

unvonlari  beriladi.  Ular  o 'z   vaqtida  hoqonning  noiblariga  aylanadilar. 

Turkiylar  “Tudunlar”  deb  yuritilgan  o ‘z  vakiilarini  yarim  mustaqil 

hokim liklarga  yuborib,  siyosiy  nazorat  va  boj  solig'ini  izga  tushirish 

ishlarini  amalga  oshirdilar.  Shu  bilan  birga  hoqon  diplomatik  tarzda ham 

ish  tutar  edi.  Masalan  u  Samarqand  hokimi  va  Qashg'ar  hokimlari  bilan 

quda-andachilik ipini bog1 lab,  ular bilan  munosabatni yaxshiladi.

T o'n   yabg'u  hoqon  davrida  O'rta  O siyoning  ba’zi  bo'ysunmas 

hisoblangan  o'lkalari  (xususan,  Tohariston)  ham  egallanib,  Sosoniylar 

O'rta  O siyoning janubi  va  hozirgi  A fg'oniston  yerlaridan siqib  chiqarildi. 

X itoy  va  boshqa  davlatlar  bilan  aloqalar  tiklandi.  To'n  yabg'u  hoqon 

vafotidan  (630-y.)  so'ng dulu  va  nushibi  (dulu qabilasi  ittifoqi  Yettisuvda, 

nushibi  qabilasi  ittifoqi  g'arbiy  Jung'oriyada  edi.)  qabilalari  o'rtasida 

hokim iyat  uchun  kurash  boshlanib,  ketdi.  Hoqonlik  zayiflashib,  bir necha 

qism iarga  bo'linib  ketdi.  Vaziyatdan  foydalangan  Xitoyning  Tan 

imperiyasi  qo'shinlari  657-659  yillarda  Yettisuvga  bostirib  kirdilar.

X itoy  bosqinchilariga  qarshi  ozodlik  kurashlari  boshlanib  ketdi. 

Faqatgina  VII  asrning  oxirlariga  borib  hoqonlik  o 'z   mustaqilligini  tiklab, 

X itoy  gumashtasi  bo'lgan  Xusrav  Bo'rishodni  mamlakatdan  quvib 

chiqaradi  va  Toshkent  vohasidan  Turfongacha  dulu  qabila  ittifoqidagi 

turkashlar hukmronligi o'm atiladi.

Butun  saltanat  ustidan  oliy  hukmronlikni  hoqon  olib  borgan.  Bu 

lavozim merosiy bo'lgan. Xitoy manbalariga ko'ra ota doimo o'z o'g'liga 

taxtni  qoldiravermay,  balki  undan  kattaroq  turgan  qarindoshlarini 

qoldirishi  lozim  bo'lgan.  Bundan tashqari, shunday  hollar ham  bo'lganki, 

taxt  sohibini  “urug'  oqsoqollari”  tayinlagan.  Xitoy  manbalariga  ko'ra, 

turkiylar  xonni  taxtga  o'tqazishda  maxsus  marosim  o'tkazganlar,  ya’ni, 

amaldorlar  bo'lajak  xonni  kigizga  o'tkazib,  quyosh  yurishi  bo'ylab  9 

marotaba  aylantirganlar,  ishtirokchilar  ularni  qutlab  turgan.  Keyin  xonni 

otga o'tkazib,  bo'yniga ipak mato  bog'Iaganlar.  Keyin undan so  raganlar: 

“Siz necha yil xon bo'lmoqchisiz?.  U  necha yil xon bo'lishini aytgan, shu 

muddat  tugagandan  keyin  taxtdan  ketgan.  Hoqondan  keyingi  shaxs

115


Yabg‘u  (bahodir) davlaldagi  birinchi  amaldor (vazir)  vazifasida boMgan. 

(Masalan  Istemi  yabg‘u).  Ammo  yabg'u  taxtga  merosxo‘rlik  qila  olmas 

edi.  Taxt  merosxo‘ri  tegin  (shahzoda)  deb  yuritilgan.  Tegin  taxtga 

da’vogar  shaxs  boMgan.  Shod  unvoni  tuman  va  viloyat  hokimi igidagi 

shahzodalarga  berilgan.  Shahzodaiar  bilan  qondosh  boMmasa,  unday 

odamga  shod  unvoni  berilmagan.  Xitoy  manbalarining  birida  shunday 

deyiladi: 

“Oliy  martabalar orasida  eng  ulugM  Shexu  (Jabg‘u,  Yabg‘u), 

keyin  Dele  (Tegin),  uchinchisi  esa  Silifa,  to‘rtinchisi  Tumaofa,  (qolgan) 

kichiqroq  darajasidagi  mansablarda  20  kishi  band;  ulaming  hammalari 

mansablari  merosiydir...  qo'riqchilami  esa  Fuli  (ya’ni  bo‘ri)  deb 

ataydilar”.

T udun  unvoni  hukmdoming  joylaridagi  noibi  (nazoratchisi)ga 

berilgan.  Ular  mahalliy  hokimlar  siyosatini,  boj-soliq  ishlarini  nazorat 

qilganlar. Shod unvonidagi kishi hukmdoming o‘ng tomonidan joy olgan.

Chorvador  turkiy  aholida  urug‘-jamoachilik  an’analari  nihoyatda 

kuchli  boMib,  qabila va urug‘ jamoalarining negizi  katta oilalardan iborat 

edi.  Bunday  oilalarda  uy  qullari  ham  mavjud  boMar  edi.  Quilarning 

ko‘payishi bilan tabaqalanish  munosabatlari tarkib topa boshlagan.  Lekin 

qulchilik  ijtimoiy  hayotga  keng  kirib  kelmadi.  Ko'pincha  jangiarda 

ayollar  qul  qilib  olib  ketilar  edi.  Lekin  qul  ayollardan  ogMr  ishlarda 

foydalanilmay,  balki  uy-ro‘zg‘or  ishlarida  ishlatilinar  edL  Qul  erkakmi, 

ayolmi  bari  bir,  imkon  topishi  bilan  qochib  ketavergan.  Qochgan  qul 

ta’qib qilinmagan. Ular uchun hech kim tovon toMamagan.

Turkiy  ko'chmanchilarning  asosiy  qismi  kambag‘al  chorvador  va 

ovchilardan iborat edi. Bunday xalq ommasini  bo‘dun yoki qora bo‘dun 

deb  atashgan.  Mamlakat  bo'dunlar  yashaydigan  ellarga  boMingan. 

Hoqonlikning  markaziy  boshqaruv  tizimi  asosan  yirik  siyosiy-davlat 

tadbirlari  (saltanat  osoyishtaligini  saqlash,  davlat  hududini  kengaytirish, 

soliq  tizimi,  ichki  va  tashqi  savdo,  diplomatik  munosabatlar  va  hakozo) 

bilan  mashg'ul  boMib  joylardagi  mahalliy  ishlarga  maMum  darajada 

erkinlikka yoMga qo‘yilgan.  Shuning uchun ham  Farg'ona, So‘g‘d, Shosh, 

Tohariston,  Xorazm  va  boshqa joylarda  boshqaruv  ishi  asosan  mahalliy 

sulolalar qoMida boMgan. Xitoy manbalariga ko‘ra So‘g‘dda kelib chiqishi 

asli  yuyechjilardan  boMmish  Kan  sulolasining  mavqei  kuchli  boMib, 

So‘g‘d hukmdori  ixshid unvoniga, tobe hokimliklar ham o‘z unvonlariga 

ega boMganlar. (Masalan, Kesh hukmdori ixrid unvoniga ega boMgan)

Qonunchilik,  ijtimoiy hayotda u yoki bu masalalami hal etish uchun 

“turkiy  tuzuklari”  yoki  ‘Turolari”  bo‘lgan.  Xitoy  tarixchisi  shunday 

tuzuklardan  biri  So‘g‘ddagi  ibodatxonalardan  birida saqlanishini  yozadi.

116


Qonunlaiga ko‘ra, eng og‘ir gunoh qilgan odam  urug‘-aymog‘i  bilan yo‘q 

qilib  yuborilgan.  Qolgan  jazolar  oMim  va  turli  miqdordagi  tovon  to‘lash 

usullari  bo'lgan.  (Masalan  birovni  oMdirsa,  buzuqchilik  qilsa,  ot 

o'gMrlasa,  oMim jazosi.  birovning  inol-mulkini  o‘g‘irlasa yoki  kishiga  lat 

yetkazsa tovon to‘lagan  va hakozo).

Dehqonlar 

mavjud 

suv 


resurslari 

hamda  lalmikor  yerlar 

imkoniyatlaridan-  foydalanib  asosan  don  ekinlari  hamda,  qovun,  tarvuz, 

beda,  uzumchilik,  paxtachilik  sohalaridan  yuqori  host!  yetishtirganlar. 

Mevali  daraxtlardan  bog‘-rog‘lar yetishtirishga alohida ahamiyat berilgan

manba  tili  bilan  aytganda  “mevali  daraxtlar  savlat  to‘kib  turgan’'. 

Chunonchi,  ajnabiylarni  Samarqandning  “tilla  shaftolisi”  lol  qoldirgani 

ma’lum.


Shahar  aholisi  asosan  hunarmandchilik  va  savdo-sotiq  ЬЛал 

mashg'ul  edi.  Dehqonchilik  va konchilikdagi  taraqqiyot  ko'lami  va sifati 

o‘zidan  keyingi  uch  tarmoq-hunannanchilik,  qurilish, savdo-sotiq‘ravnaqi 

uchun  katta  turtki  boMadi.  Shuning  uchun  bu  vaqtda  metallsozlik, 

zargarlik, 

kulolchilik, 

duradgorlik, 

qurolsozlik, 

to'qimachilik, 

shishasozlik,  konchilik  keng  rivoj  topgan.  Hunarmandchilik  rivojiga 

turkiy  aholi  katta  ta’sir  ko‘rsatdilar.  Chunki  ularda  qadimdan  ko‘pchiliк 

kasb-hunarlar juda rivojlangan  edi.  Turkiylar sarrojlik,  metall  qazib olish 

va  undan  qurol-yarog‘  yasashda ayniqsa mohir edilar.  Turkiylar yasagan 

qurol-yarog1,  zebu-ziynat  buyumlari  xilma-xiiligi  va  pishiqligi  bilan 

ajralib  turgan.  Konchilik  faoliyati  ham  shu  paytda  ancha  rivojlangan. 

Oltin, temir, kumush,  qo‘rg‘oshin,  mis, margimush, tuzning bir nccha xili, 

qimmatbaho  toshlar,  turli  ma’danlar  So‘g‘d,  Shosh,  Farg‘ona,  Qashg‘ar, 

Tohariston  kabi  viloyatlarda  qazib  olishganligi  manbalarda  aniq 

ko‘rsatilgan.

Turkiy hoqonlik ulkan hudud ichida zarur tinchlikni ta’minlaganligi 

natijasida  “Buyuk  ipak  yoMi”  samarali  ishlashda  davom  etdi.  OMkaning 

asosiy  savdo  hamkorlari  Eron,  Xitoy,  Hindiston  va  Vizantiya  edi.  Bu 

mamlakatlarga to'qimachilik,  ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlar 

va  ulardan  ishlangan  buyumlar,  taqinchoqlar,  dorivorlar,  nasldor 

arg'umoqlar,  bir  necha  xil  tuz,  sharob,  bog‘dorchilik  mahsulotlari, 

qazilma  boylik  va  hakazolar  olib  borilgan.  So‘g‘d  savdogarlarining 

ayniqsa  mavqeyi  kuchli  boMgan.  Shu  ma’noda  Xitoylik  muallifning 

quyidagi  guvohligi  e’tiborga  sazovordir:  “(so‘g‘diyonalik)  erkaklar 

yigirma  yoshga  toMishlari  bilan  qo‘shni  mamlakatga  oshiqadilar  va 

(savdo-sotiqda)qayerda  (qulaylik)  va  manfaat  boMsa  (albatta)  u  yerga 

qadam  ranjida  etadilar”.  0 ‘rta  Osiyoning  shu  davrdagi  Marv,  Poykant,

117


Buxoro,  Samarqand,  Choch,  Isfijob,  Suyob  kabi  shaharlari  savdo- 

sotiqning markazJari  edi.

Xitoy  bilan  savdo  munosabatlari  ayniqsa  rivojlanib,  627-647  yillar 

mobaynida Xitoyga  9  marotaba  savdo  elchilari  yuborildi.  O 'rta Osiyoda 

shu paytda  15 taga yaqin mayda davlatlar boMib, Buxoroda buxorxudotlar, 

Xorazmda  xorazmshohlar,  Choch  va  Iloqda  bo‘dun  va  dehqonlar, 

Farg'onada  ixshidlar  hukmronlik  qilishgan.  Ularning  hammasi  Turkiy 

hoqonlikka qaram boMsa-da, amalda yarim mustaqil edilar.

Turkiylaming  dini  haqida  “Vey-shu”  va  “Suy-shu”  Xitoy 

yilnomalarida  qayd  etilgan..Unda turkiylar dini,  odatlari  haqida shunday 

ma’lumotlar  bor:  1)  hoqon  qarorgohiga  Sharq  tomonidan  kiritilgan,  bu 

bilan  kun  chiqish  tarafga  hurmat  ma’nosi  ifodalangan,  ayni  paytda 

quyoshga  sigMnishni  ham  bildirgan.  2)  har  yili  hoqon  o‘z  amaldorlari 

bilan maxsus g'orga borib, ota-bobolari ruhiga qurbonlik keltirgan.  3) har 

5-marotaba  oy  chiqishida  va  o‘sha  oyning  o'rtasida  hoqon  yaqinlarini 

yig'ib,  daryo  bo'yiga  borgan,  osmon  ruhi  (tangri)ga  qurbonlik 

celtirganlar. Qabilalar o'rtasida ham turli xudolarga e’tiqod qili§h boMgan. 

Tangri  (osmon ruhi)  barcha qabilalar  uchun yagona asosiy xudo  bo'lgan. 

Unga doimiy qurbonliklar keltirganlar.  Ular  ruh  abadiyligi,  narigi  dunyo 

xjrligiga ishonganlar. Biror kishi qazo qilsa uning yoniga boshqa kishilar, 

juyumlarni  ham  qo'shib  ko'mganlar.  Masalan,  576-yiI  Istemi-yabg'u 

/afot  etganida  u  bilan  birga  4  ta  harbiy  asir  o'ldirilib  ko'milgan. 

Vluqanxon vafot etganida unga oxiratda xizmat qilish  uchun  20.000 kishi 

j'ldirilib,  birga  ko'milgan.  Qiyomat  kunini  turkiylar  “Qoldirilgan  kun” 

ieb  ataganlar.  Turkiylar  qabr  toshlari,  ya’ni  bitiktoshlar  yoniga 

)damlarning  tosh  haykalchalarini  qo'yishgan.  Ular  “balballar”  deyilgan. 

Bu  balballar  o lg a n   odamning  ruhiga  bag‘ishlangan  yodgorlikdir. 

Shamanizm o‘sha davrda turkiylaming asosiy dini  bo‘lib, keyinchalik ular 

chida  buddizm,  xristianlik  va  boshqa  dinlar  ham  tarqalgan.  Tosh 

jitiklarda o ‘lgan odamga madhiyadan  tashqari,  ko‘plab tarixiy hodisa  va 

/oqealar  ham  bitilgan.  Bunday  bitiklar  ichida  eng  ma’Iumlari  Kul  tigin 

)itigtoshi,  Bilga  hoqon  bitigtoshi,  To‘nyuquq  bitiktoshi  va  boshqalar 

nashhurdir.  Bular  birgalikda  0 ‘rxun-Enisey  yozuvlari  deb  ataladi. 

ihuningdek 

qog‘ozga 

yozilib, 

Xitoydan 

topilgan 

104 

satrlik 


‘Ta’bimoma” asarida ham turkiylar hayotining sahifalari yoritilgan.

118


Islom dini. O r ta  Osiyoga arab bosqinining 

dastlabki davri. Qutayba yurishlari

Jahon  tarixida  ulkan  iz  qoldirgan  davlatlardan  biri-bu  Arab 

xalifaligidir.  Arab  xalifaiigi  davri  O'rta Osiyo,  Bron,  Afg‘oniston,  Yaqin 

va  O  rta  Sharq,  shimoliy  Hindiston,  Pireneya  yarim  oroli  va  shimoliy 

Afrika  xaiqlarining  ijtimoiy,  iqtisodiy,  madaniy  taraqqivotida  o‘ziga  xos 

yuksalish davrini  belgilab berdi.  Arab istilochilari  xususida shubhasiz eng 

asosiy  ma’lumotlarni  arab,  musulmon  mualliflari  berib  o‘tganlar.  Shu 

xususda, jumladan, al-Balazuriyning  "Futuh al buldon” (Mamlakatlarning 

fath  etilishi),  at-Tabariyning  “Tarixi  rasuli  va  muluk” (Payg‘ambarlar va 

podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Islom  dinining  vatani  Arabiston  yarim  orolidir.  Arablar  semit 

qabilalari  guruhiga  mansub  bo‘lib,  asosan  ko‘chmanchi,  chorvachilik 

bilan  hayot  kechirgan.  Ko'chmanchilar  badaviylar  deb  yuritilgan. 

Vohalardagi  aholi  dehqonchilik  bilan  shug‘u!iangan.  Dengiz  bo‘ylari, 

vohalarda,  shaharlar  qad  rostlagan  bo‘lib,  ularda  asosan  savdo-sotiq  va 

hunarmandchilik bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi.

VI 


asming  ikkinchi  yarmi,  VII  asrning  birinchi  yarmidagi  arab 

ijtimoiy  hayoti  juda  murakkab  va  rang-barang  edi.  Unda  urug‘- 

aymoqchilik  munosabatlari  endigina  kurtak  ochib  kelayotgan  feodal 

munosabatlar  bilan  chatishib  ketgan  edi.  Asosiy  savdo  yo‘llarining  bu 

hududdan  o'tishidan  arab zodagon-savdo ahli juda manfaatdor edi.  Lekin 

mamlakatda  bu  paytda  siyosiy  parokandalik  hukm  surar  edi.  0 ‘zaro 

qabilaviy  urushlar  natijasida  dehqonchilik  va  savdo-sotiq  ishlariga  katta 

zarar  yetkazilar,  xonavayronlik  avj  olgan  edi.  Bu  holat  arab  aslzoda 

guruhlari,  zodagonlari  manfaatiga  zid  boMib,  mamlakat  iqtisodiy 

yo‘nalishida  yuqoridagi  salbiy  holatlar  katta  zarar  yetkazar  edi. 

Yuqoridagi  vaziyat  ham  turli  tabaqa,  toifa  kishilarining  o‘zaro 

hamjihatlikka  yagona,  kuchli  davlat  atrofiga  birlashishga  chaqirar  edi. 

Aholi  ichida  ko‘p  xudolik-butparastlik  urf edi  (xususan  Ka’bada  360  ta 

but boMib, ulaming eng yiriklari Hubal va Lut boMgan).

Shunday  vaziyatda  Islom  to'g‘ri  va  haq  yo‘lni  ko'rsatuvchi  din 

sifatida  yuzaga  keldi.  Islom-bu  Alloh  yagona  deb  e’tirof  etib,  unga 

bo‘ysunmoq!ik.  va  butun  qalbi  bilan  unga  ixlos  qilmoqlik  va  Alloh 

buyurgan  diniy  e ’tiqodga  iymon  keltirmoqlik  demakdir.  Islom  ‘"itoat”, 

‘"bo'ysunish”  ma’nolarini  bildiradi.  Bu  dinning  asoschisi  Muhammad 

payg'ambar  (s.a.v.)  (570-632)  makkalik  Abdullohning  o‘g‘li  boMgan. 

Uning bobosi Abumutaliib quraysh qabilasining boshlig‘i boMgan.

119


Muhammad  payg'ambaming  ta’limotiga  ergashganlami  “muslim” 

ya’ni  “itoatkorlar”  deb  yuritganlar.  O 'z   payg'ambarlik  faoliyatini 

Muhammad  Makkada  boshlagan.  Makka  Arabiston  yarim  orolining 

g'arbiy  qismidagi  Hijoz  viloyatida  joylashgan  shahar  bo'lib,  bu  yerda 

ICa’ba joylashgan  edi.  Diniy  ta’limotga  ko'ra  Ka’bani  Odam  Ato  barpe 

qilgan bo'lib, uni  Ibrohim  payg'ambar o 'z  o 'g 'li  Ismoil  bilan  birga qayta 

qurgan va birinchi  Haj  safarini  uyushtirgan.  Ka’baning ichida  muqaddas 

tosh “Hajar-ul-asvod” o'rnatilgan.  Har yili  bu  muqaddas joyga millionlab 

musulmonlar ziyoratga keladilar.

Muhammad  payg'ambar  muslim  (musulmon)larning  yagona  Allot 

oldida  teng  ekanliklarini,  Yaratganning  o'zi  rizq-ro'z  ulashishini, 

jamiyatdagi  adolatsizlikka  qarshi  jazo  muqarrar  va  har  bir  kishi  be 

dunyodagi  ishlariga  ko'ra  taqdirlanishi,  inson  Yaratgan,  yolg'k 

Allohgagina e ’tiqod  qilishini targ'ib  qiladi.  Bu ta’limot aholining barcha 

qathunlari  manfaatlariga  mos' bo'lib,  tez  orada  birinchi  navbatda  shahar 

ahli  ichida  tarqala  boshlaydi.  Lekin  yangi  (fin  tarafdorlarining  ahvoli 

ularning  e’tiqodlariga  ko'ra  og'irlashib  borgandan  so'ng  bir-  qisna 

musulmon aholi Habashistonga,  ba’zilari shimolga qand) ketishga rmybur 

boMdilar.  Muhammad  ham  o'ziga  qarshi  turgan  quraysh  qabiiasi 

a ’zolarining ta’qibikuchayib ketgan 622 yil  16 iyulda (ba’zi adabiyotlarda 

15  iyul  deyiladi)  o'zining  eng  yaqin  do'sti  va safdoshi  Abu  Bakr  bilan 

Makkadan  Madinaga  ko'chishga  majbur  b o'ladi  Bu  arab  tilida  “hijrat” 

deb atalib,  shu  kundan  boshlab  musulmon  olamida  qabul qilingan  hijriy 

yil  boshlanadi.  (Hijriy  yil  hisobi  2  xil  bo'ladi:  hijriy-qamariy,  ya’ni  oy 

hisobi bo'yicha va hijriy-shamsiy, quyosh hisobi bo'yicha).

Madinada  Muhammad  o 'z   ta’Iimotini  davom  ettiradi.  Madinada 

shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik g'oyalariga qarshi ham  harbiy, 

ham  siyosiy  zarba  bera  boshlaydilar.  Muhammad  (s.a/v.)  payg'ambar 

vafot  etgach  (632  y),  ketma-ket  “Xulofoiy  rashoddm”  (Iraq  уо'Шаи 

boigan sahih xalifelar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar 

(66 Г yilgacha)  payg'ambar  siyosatini  davom  ettirib,  Arabiston  yarim 

orotida  markazlashgan-Arab  xalifaligi  davlatiga  asos  soladilar.  O'zaro 

qabilalar  birlashuvi,  dini  islomning  yoyilishida  ilohiy  muqaddas  kitob 

Qur’onning o'm i nihoyatda katta bo'ldi.

VII 

asming  ikkinchi  yarmidan  boshlab  Xalifklik  kengaya  borib  o'z 



chegaralarmi g'arb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va 

0 ‘rta  Sharqning  boy  viloyatlari  qo'lga  olinib,  nihoyatda  uyushgan  va 

jangovar arab  qo'shini  shiddat  bilan  harakatlarini  boshlab yuborgan  edL 

Rir  vaotnine  o'zida  arablar  o 'z   yurishlarini  Vizantiya va  Eronga  qarshi

120


olib  bordi lar.  Sosoniylaming  so'nggi  vakili  Eron  shohi  Yozdigard  IK 

(632-651) arablarga qarshi turishga harakat qildi. Lekin Kadisiya (636 y.) 

va Nahavand (642 y.)dagi janglarda arablar qo‘shini forslarga qaqshatqich 

zarba  berib  Sosoniylar  sulolasiga  barham  berdilar.  Vizantiyaga  qarshi 

qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya,  Iroq egallandi. 

Xalifa  Umar  ibn  al-Xattob  (634-644)  davrida  ilk  bora  arab  istilochilari 

Xuroson  chegaralarida  paydo  boMgan  edi.  643-644  yillarda  arab 

sarkardasi  Abdulloh  ibn  Varqa Kirmonni  egallab  Xurosonning janubdagi 

darvozalari  hisoblangan  Tabas  va  Qureynga  yurish  qiladi.  Bu  yerning 

aholisi  o‘z  zimmajsiga  yiliga  60000  dirham  soliq  toMash  majburiyatini 

oladilar.

Arablarning  keyingi  harbiy  harakatlari  650-651  yillarga  to‘g!ri 

keladi.  Shu yillarda  Basra noibi  ibn  Kurayza Xuroson  bilan  chegaradosh 

yerlarga yurish qiladi.  651  yilda Marv  shahri  egallandi.  Marv  marzaboni 

(hokimi)  Abraz  (Baraz)  sarkarda  ibn  Amirga  2  mln.  200  ming kumush 

dirham evaziga tinchlik bilan shahami topshiradi

Arablar  Amudaryodan  (Jayxun)  shimolda  joylashgan  yerlarga 

“Movarounnahr”,  ya’ni,  “daryoning  narigi  tomonidagi  yerlar”  deb  nom 

berishadi.  Hozirgi  Afg‘onistonning  shimoli,  Eronning  shimoli-sharqiy 

qismi  hamda  Janubiy  Turkmanistondan  to  Amudaiyogacha  boMgan 

hududlar  esa  Xuroson  deb  yuritilgan.  Avval  boshda  Xurosonning 

markaziy shahri Marv, keyinchalik Hirot shahri boMgan.

Arablarning Movarounnahiga qarshi harbiy yurishlari o‘zmaqsad va 

rejalari  bilan  2  davrga  boMinadi.  Birinchi  davrda xalifalik  istilo  etishni 

emas,  balki  harbiy  jihatdan  tayyorgarlik  ko'rish,  mahalliy  hukmdorlar 

kuch-qudratini sinab ko‘rish,  mavjud geografik,  harbiy,  iqtisodiy,  siyosiy 

joylashuvini  o‘rganish,  kichik  yurishlar  orqali  katta  oMjalar  orttirish 

rejasini amalga oshiradi.

651-yili  noib  Abdulloh  ibn  Amir  hukmronligi  davrida  arablar 

Xurosondagi  Nishopur,  Obinahr,  Tus,  Jom,  Obivard  va  boshqa  katta- 

kichik  qo‘rg‘on  shaharlami  egalladilar.  Faqatgina  651-yilning  o'zida 

Xuroson  noibi  ibn  Amir  yangi  egallangan  yerlardan  xalifa  xazinasiga  6 

mln;  200  ming dirham  to'plagan  soliqlami yuboradi, Balx yaqinidagi hal 

qiluvchi  jangda  (652-y.)  arablar  Balx  shahrini  egallashadi.  0 ‘sha  yili 

Amudaryodan  o‘tib  Movarounnahrga  hujum  qilish  rejasi  arablar  uchun 

muvaffaqiyatsiz tugaydi.  Lekin  shu  bilan birga^ har holda Xuroson  noibi 

Abdulloh  ibn  Amir 652-yil  boshida Chag‘oniyonai  egallashga  muvaffaq 

boMadi.  Bu  esa  ilk  bor  Movarounnahr  yerlarini  egallash  edi.  654-yili 

Sug‘ddagi Maymurg‘ qal’asiga arablarning birindii hujumi boMadi.

121


657-yili  Chag'oniyonga  arablar  qayta  yurish  qilib  eftalitlarga  qarshi 

qat’iy  zarba  berdilar.  Arablar  keng  miqyosdagi  hujumlarga  tayyorgariik 

ko'ra  boshlagan  edilar.  Xalifalik  ichidagi  o'zaro  hokimiyat  uchun  ichki 

nizolarning  kuchayishi  natijasida  arablarning  Movarounnahr  yerlariga 

hujumlari  bir  oz  to'xtab  qoladi.  Hatto  658-659  yillarda  noib  Xulayd 

Nishopur  va  Marv  aholisidan  arzimas  soiiqlar  olish  xususida  shartnoma 

imzolab,  bosib  olingan  Xuroson  yerlaridagi  nazoratni  ancha  susaytiradi. 

661  yili  hokimiyat  boshiga  yangi  Ummaviylar  (661-750)  sulolasining 

kelishi  harbiy  harakatlaming  faollashuviga  sabab  bo'ladi.  665-yili  xalifa 

Muoviya (661-680) Ziyod  ibn  Abu  Sufyonni  Basra,  Seyiston  va Xuroson 

noibi  etib  tayinlaydi.  Xalifa  unga  jadal  harbiy  harakatlar  qilish 

topshirig'ini bergan edi.

Narshaxiyning  yozishicha,  673-yilning  kuzida  xalifa  Muoviyaning 

farmoni  bilan Xuroson  noibi  Ubaydulloh  ibn  Ziyod  Amudaryodan kechib 

o'tib  Buxoro  viloyatiga  bosib  kiradi,  Poykand  va  Romitonni  egallab, 

Buxoro  shahrini  qamal  qiladi.  Yordamga  kelgan.  turkiylar  buxoroliklar 

bilan  bir  qator  turib  arablarga  qarshi  jangda  qatnashadilar.  Bu  jangda 

arablar  g‘olib  keladilar.  O'sha  yili  arablarning  ar-Rabiy  boshchiligidagi 

harbiy  otryadi  Amul,  Zemm  va  Xo'jand  atroflarigacha  bo'lgan  yerlarga 

hujum qilib, katta o 'lja bilan orqaga qaytishgan  edi. 676-yili  Xurosonning 

yangi  noibi  Sayid  ibn  Usmonning  Buxoro  va  Samarqandga  yurishida 

Muhammad payg'ambaming jiyani Qusam ibn Abbos ibn Abdul-Mutallib 

ishtirok  etadi.  Samarqand  yonidagi janglardan  birida  halok  bo'lib,  so'ng 

keyinchalik  Shohi  Zinda  (tirik  shoh)  nomini  olgan  qabristonga  dafn 

etiladi.

Sayid  ibn  Usmonga  qarshi  Buxoro  malikasi  Xo'takxotun  S o 'g d . 

Kesh,  Nasafdan  yordamga  kelgan  120000  kishilik  harbiy  qo'shin  bilan 

peshvoz  chiqadi.  Lekin  so'g'dliklar  jang  maydonini  tashlab  chiqib 

ketganlaridan so'ng malika kattagina boj (300000 dirham) to'laydi.

Sayid  ibn  Usmon Buxorodan  Samarqandga  yo‘l  oladi.  Samarqand  1 

oy  davomida  qamal  qilinadi.  So'g'dliklar  jasorat  bilan  qarshilik 

ko'rsatadilar.  Sayid  ibn  Usmon  so'g'dliklar  bilan  sulh  tuzishga  majbut 

bo'ladi.  U  Samarqanddan  30000  kishini  asirga  olib,  orqaga  qaytadi 

ve

 



yo'I-yo'lakay Termiz shahrini ham istilo etadi.

Xalifa  Yazidning  vafotidan  (683  y.)  so'ng  toju-taxt  uchun  kurasl- 

boshlanib ketadi.  Bunday  vaziyatda arablar yana Movarounnahrga hujurr 

qilishdan deyarli to'xtab, o 'z  ichki nizolari bilan band bo'lib qoladilar.

Xalifa  Abdulmalik  ibn  Marvon  (685-705)  davrida  ichki  nizolarg: 

chek  qo'yilgandan  so'nggina  arab  siyosiy  arboblari  va  zodagonlar

122


Movarounnahrga  haqkjiy  yurish  qilish  vaqti  keldi  deb  topditar.  Yangi 

tayin  etilgan  Xuroson  noibi  Qutayba  ibn  Muslimga  iroq  noibi  ai-Hajjay 

Movarounnahmi  butkui  egallashni  va  qat’iyat  bilan  harakat  дййфи» 

topshiradi.  Arab  bosqinchiligining  ikkinchi  davri,  ya’ni,  Movarounnahr 

yeriarini xaiifatikka butunlay qo'shib olish boshlanadi.

0 ‘rta  Osiyodagi  siyosiy  parokandaJik  va  kichik  davladaming  bsr- 

birlari  bilan  tez-tez  niaolarga  borib  turishi  Qutaybaga  q o i   keldi.  O 'z 

harbiy  yurishlarini  Qutayba  70S  yil  Balx  viloyatini  bosib  olish  bilan 

boshladi.  Baixdan  tashqari  Qutaybaga  Chag'oniyon,  Shuman  va  0 ‘rta 

Osiyoning janubidagi  kichik  viloyadar  bo‘ysunadi.  Chag'oniyon  hokimi 

Tish arablar tomoniga o'tib  ketadi.

706-yil  Qutayba  kaita  qo'shin  bilan  Movarounnahrga  kirib  keldi. 

Tabariyning ma’lumotlariga ko'ra, Qutayba eng obOd va boy shaharlardan 

biri  Poykand  tomon  harakat  qildi.  Uning  qo'shini  tarkibida  arablar 

xizmatiga o'tgan Babe va Chag'oniyon hokimlarining ham qo'shiptari bar 

edi.  Poykandning ko'pchiiik ahoiisi savdogarlar edi. Shaharda qoldirilgan 

harbiy qo‘shinga turk sarkardass bosh edi. So‘g‘d va boshqa vikjyadardan 

kelgan  kuchlar  bilan  poykandiiklar  arablarga  qattiq  turib  qarshi 1& 

ko‘rsatdilar.  Arablar sug'dlar tomonidan o'rab olinib Qutaybaning barcha 

yo'llari kesib qo'yildi.

Lekin  ichki  ittifoqning  yo'qligi,  o'zaro  nizolar  natijasida  Poykand 

himoyachilarining  kuchi  zaiflasha  bordi.  Qutayba  qaTaga  birinchi  safda 

borgari va shahid bo'lgan kishilaming oilalariga katta mukofot va’da qildi. 

Ketma-ket  1S  kun  davom  etgan janglardan  so’ng  arablar qal’a  devorini 

teshishga muvaffaq bo'idilar.  Shahardagi  og‘ir janglardan so‘ng Poykand 

arablar qo'liga o'tdi.

Poykand fojeasidan so'ng Qutayba boshliq kuchli raqibga zaiba berife 

uni  mag'lub etish  maqsadida  Sug'd  podshosi  Tarxun,  Buxoro  hukmdori 

Xunukxudod,  Shopurkom  hokimi  Vardanxudod  boshliq  katta  qo'shin 

yig'ildi.  Ularga turkiar yordamga kelib, jami  qo‘shinning miqdori  40008 

kishi atrofida edi.

Ittifoqchilar  qo'shini  Buxoro  yaqinida  Torob,  Xunbun,  Romiton 

oralig'ida  to'plandi.  Qutayba  qurshovda  qoldi.  Arablarning  ahvoB 

nihoyatda og'irlasha bordi.  Shunda  bu  ahvoldan qutulish  uchun Qutayba 

makkorlik yo'lini tutib, nayrang ishlatadi. Narshaxiyning yozishiga ko'ra, 

Qutayba Xayon-an-Naba% ismii o 'z  kishisini  ittifoqchilar ichida qudradi 

bo'lgan  So'g'd  podshosi  Tarxunga  maxfiy  suratda  vakil  qilib yuboradL 

Nabatiy Tarxunga arablar havo sovushi bilan shundoq ham Marvga 



Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling