O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.06 Mb.

bet14/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57

O ’z tashviqotini  Abu  Muslim  Xuroson  zodagonlariga murojaat etish 

bilan  boshlaydi. 

U  M a t T  



shahridan  uch  farsah  g'arbda  Xarkon  arig'i 

sohilidagi  Safizanj  qishlog'ini  o ‘ziga  qarorgoh  qilib oladi.  Abbosiylarning 

rarnziy  rangi  va  bayrog'i  qora  rangda  edi.  Shu  sababli  Abu  Muslim  Va 

uning  tarafdorlari  qora  kiyim  kiyib  yurishadi.  Xuroson  aholisiga 

murojaatida  u  Qur’on  va  hadislarga amal  qilishga,  payg‘ambar avlodlariga 

bo'ysunishga  chaqiradi.  Keyinchalik  mahalliy  zodagonlar  ham  uni 

qoMIab-quvvatlay  boshlaydilar.  Abu  Muslim  tashviqoti  Movarounnahr  va 

Xuroson  yerlarida  tezlik  bilan  tarqala  borib,  uning  tarafdorlari  soni  orta 

boshlaydi.  'IVplanayotgan  otliq  va  piyodalarga  bosh  boMib,  Abu  Muslim 

M oxuvon  qal’asiga  ko‘chib  o'tadi.  Xuroson  noibi  Masr  ibn  Savyor  Abu 

M uslim ga  qarshi  arab  zodagonlari  vakillarini  birlashtirishga  harakat 

qiladi.  Lekin  uning  barcha  harakatlari  zoye  ketdi.  U  Abu  Muslimga vurak 

vutib  kurash  boshlashga  qurbi  yetmay,  748-yilda  Xuroson  poytaxti 

Marvni  tashlab  chiqib  Nishopurga  vo'l  oldi.  Nishopurda  unga  Abu 

M usliinning 

sarkardalaridan 

biri 

qaqshatqich 

zarba 

berib 

uni 

magMubiyatga uchratdi.

749-yili  Abu  Muslim  qo‘shini  xalifalikning  markaziy  viloyatlariga 

yurish  qiladi.  lroq  va  Jazoirda  ummaviylarga  hal  qiluvchi  zarba  beriladi. 

Q o‘zg'olonchilar  poytaxt-Damashqni  ham  qo‘lga  kiritadilar.  Xalifa 

Marvon  II  taxtdan  ag‘dariladi.  AbbosiyJardan  boMgan  Abulabbos  Saffoh 

(749-754-y.)  xalifalik  taxliga  o ‘liradi.  Joylarda  Ummaviylarning  barcha 

vakillari  qirib  tashlanadi.  Shunday  qilib  arab  xalifaligi  hokimiyati 

Abbosiylar q o ‘iiga o'tadi.

7 5 l-y il  Buxoro  shahrida  Shorik  ibn  Shayhulmabriy  boshchiligida 

q o ^ g 'o lo n  koMarilaai.  Qo‘zg ‘olonchilar shialik talablarini  ilgari surib, Ali 

avlodidan  xalifa  tayinlash  shiorini  ko'tarib  chiqishadi.  Abu  Muslim 

q o ‘zg ‘olonni  bostirishda  Ziyod  ibn  Solih  boshchiligidagi  10.000  kishilik 

qo'shin  vuboradi.  Bu  q o'zg‘olon  faqatgina  Buxorxudod  Qutayba  ibn 

Tug‘shodning yordami  bilangina  bostiriladi.

Abu  Muslim  0 ‘rta  O siyoning  shim oliga  kirib  keigan  Xitoy 

imperatorining  qo‘shiniga  ham  hal  qiluvchi  zarba  beradi.  751  yil  Talas 

vodiysidagi  xitoyliklar  bilan  jangda,  X itoy  qo'shini  haydab  chiqariladi. 

Shu  bilan  xalifalikning  shimoliy  chegarasi  ham  mustahkamlanib,  qat’iy 

chegara 

0‘matiladi. Xalilalik ta’siri  butun  0 ‘rta Osiyo hududida asosiy va 



qonuniy  bo‘lib  qoladi.  Garchi  Abu  Muslim  sadoqal  ila  xizmat  qilsa-da, 

arab  hokimiyati  unga  ishonmas  edi.  X alifa  unga jangga  yuborish  haqida 

noma yoMlab  uni  markazga  kelishga  majbur  qiladi.  755-yil  Haj  safaridan 

qaytayotgan  Abu  Muslim  Xalifa  tomonidan  xiyonatkorona  Bag‘dodda

132


t'idiniach.  Uning  o'Jimi  xaiq  ommasinmg  umumiy  noroziligiga  saoae 

ю‘кН.  Uning  m urdasiS am arqandgaolibkelim bX o‘ja   Temim  Ansoriy 

naqbarasi yoniga katta hunnat bilan ko‘miladi.

Abbosiy  xalifalar  davrida  xalq  ommasining  ahvoli  yanada 

jgMrlashdi.  Sug‘orilmaydigan  yeriardan  hosilning  yarmi,  sug‘oriladigaa 

/eriardan  1/3  qismi  soiiq  olinadigan  boMdi.  Ko‘p  holda  soiiqlar  bir 

narotaba  o‘miga  ikki  - marotaba  ham  olinadigan  boMdi.  Ozod 

amoalarning  huquqlari  cbeklab  qo‘yiWi.  Yerlar  zodagonlar  tomonidan 

jarador  dehqon  -  kadivariarga  b o iib   berila  boshlandi.  Hamma  hashar 

prilish  ishlarida  aholi  lekin  ishiab  berishi  lozim  edi.  Shahar 

wnarmandlarining ahvoli ham ogMr bo'lib, ular o ‘z mahsulotiaridan katta 

soliq  toMasharedi.  Shuningdek,  ogMr  soiiqlar ko‘chmanchi  chorvadoriar 

7o‘yniga ham qo‘yilar edi.

Shunday  bir  ahvoida  xalq  harakallari  kuchayib  ketadi.  Abu 

Vfuslimning  o‘chmi  olish  shiori  ostida  uning  safdoshi  Sumbod 

ooshchiligida qo‘zg‘olpn koMariladi.  755  yilda ko‘tarilgan bu 



q o ‘2g ‘olGn 

tez orada Xuroson va Tabadstonga ham yoyiladi. 70 Jam davom etgan bu 

3

o‘zg‘olon  qattiqqoMlik  bilan  bostirilib,  Sumbod  Rayda  qatl  Qiladi. 



Garchi  u  qatl  etilsa-da,  Abu  Muslim  tarafdorlari  yashirin  “muslimiya” 

guruhiga asos soladilar.

VIII 

asming  70-80-yiilarida  Movarounnahrda  juda  ulkan  xalq 



qo‘zg‘oloni  ko‘tariladi.  Qo‘zg‘olonchilar  oq  rangdagi  kiyim  kiyganligi 

uchun  tarixda u  “oq  kiyimlilar”  qo‘zg‘o lo n id e b h a m   shuhrat qozoaadi. 

Bu qo‘zg‘olonning rahbari  Muqanna (boshi  va yuziga yopingMch tashiab 

yuigani uchun unga shunday laqab berilgan) edi.

“Muqanna  Marv  atrofi  ahoIisidan,-deyiladi  “Buxoro  tarixi”  nomli 

Narshahiy asarida, Koza deb atalgan qishloqdan boMib, asl  nomi Hoshbn 

ibn Hakim edi.  U  ilgari  kudungar (kigiz bosuvchi) lik qilar edi, keyin ikn 

o‘rganishga mashhur boMadi  va har xil  ilmlarni:  ko‘zbo‘yamachilik,  sefor 

va  tilsim  ilmlarini  o‘rgaoadi.  Ko‘zbo‘yamachilikni  yaxshi  bilib  olib 

payg‘ambarlik  da’vosini  ham  qiladi.  Muqanna  ko‘zbo'yamachilikffi 

o‘rgangan  va g‘oyatda zayrak bo'lib,  qadimgi  olimlar ilmlariga oid ko‘#> 

kitoblami o'qigan ya jodugarlikdan ustoz boMgan edi. Uning otasini t m i  

Hakim,  uA b u  Ja’far davridagi  Xuroson amiri  lashkarboshilaridan Ьо‘1йз, 

asli Balxdan edi”.

Qo‘zg‘oIon 776-yiii boshlanadi.  Muqanna o'zining 36tam uridi Ьйав 

Amudaryodan  o'tib,  Kesh  viloyatigayoM  oladi.  Buxorxudod  Tugid»afl 

uni qoMIab-quwatlay boshlaydi.  Muqanna Kesh yaqinidagi Som (Sanamf 

qal ’asini  o‘ziga  qarcHgoh  qilib  oladi.  Bufiua  Qashqadaiyo  vohasi

133


qo'zg'olonchilar  qo'liga 

0‘tadi.  Muqanna  taMimoti  umumiy  mulkiy 



tenglik  va  arablami  O'rta  Osiyodan  haydab  chiqarish  g'oyalarini  targ'ib 

etar edi.

Muqanna  ta’limoti  So'g'd,  lloq  (Oxangaron),  Shoshda  ham  yoyila 

boshladi.  Q o'zg'olonda  turli  ijtimoiy  guruhlar  vakillari  qatnashib,  ularni 

bir  fikr-  istilochilarini  mamlakatdan  haydab  chiqarish,  mustaqil  davlat 

barpo  qilish  g'oyasi  birlashtirib turar edi.

Q o'zg'olonga  zarba  berish  uchun  xalifa  Abu  Ja’far  776-yilda  Jabroil 

ibn  Y ahyo  boshliq  katta  harbiy  kuchni  Movaroimnahrga  yuboradi.  Biroq 

Jabroil  qo'zg'olonchilardga  yengiladi.  U  katta  talofatlar  berib  bazo'r 

Samarqandga  yetib  keladi.  10.000  askar  bilan  Jabroilga  yordamga 

yuborilgan  Uqba  ibn  Salim  Kesh  va  Samarqand  oralig'ida,  G'ariga 

boshliq  14.000  kishilik  qo'shin  Termiz  yaqinida  qo'zg'olonchilar 

tomonidan  tor-mor  keltiriladi.  Natijada  Chag'oniyon  qo'zg'olonchilar 

qo'liga o'tadi.

Q o'zg'olon  markazi  Narshaxda,  Buxoro  atrofida joylashadi.  Shu yili 

Narshax  yaqinida Buxoro  hokimi  Xusayn  ibn  M uvoz va  Samarqand  noibi 

Jabroilning  birlashgan  qo'shini  o'rtasida  to'rt  oy  jang  bo'ladi.  “Oq 

kiyimlilar” bu jangda qo'llari  avval  ustun  keladi,  keyinchalik son jihatdan 

ko'p  bo'lgan  arabiar  Narshax  qal’asi  devor  ostidan  uzunligi  50  gazli 

chuqur  qazib,  uni  qulatib  qal’aga  kiradilar.  Narshax  qal’asi  arabiar 

tomonidan  egallanadi.  Kesh  va  Samarqand  endilikda  qo'zg'olonning 

asosiy markazlariga aylanib qoladi.

Kurashning  oxirgi  bosqichi  Kesh  vohasi  (Qashqadaryo)da juda  avj 

oladi.  Muqanna  qarorgohi  bo'lgan  Som  (Sanam)  qal’asini  qamal  qilish 

Xaroshiyga topshiriladi.  Uzoq  vaqt  qamaldan  so'ng muqannachilar taslim 

bo'ladiIar(VIII  asr 80-yillari  boshlarida).

O 'z   davrining  eng  qudratli  davlati  bo'lgan  xalifalikni  larzaga  solgan 

Muqanna 

boshchiligidagi 

qo'zg'olon 

shu 

tariqa 

tugaydi. 

Bu 

qo'zg'olonning  yengilishiga  bir  necha  sabablar  bor  edi.  Avvalo, 

qo'zg'olonchilar  uyushqoqlik  bilan  harakat  qila  olmadilar.  Mahalliy 

zodagonlar  alohida  guruhni  tashkil  etib,  keyinchalik  umumiy  xiyonat 

yo'liga  kirib  arabiar  tomoniga  o'tib  ketdilar.  Muqannaning  o'zi  Som 

(Sanam)  qal’asida  bo'lib,  bevosita  qo'zg'olonga  rahbarlik  qila  olmadi. 

U ning  o 'zi  umumiy  tenglik  g'oyasini  ko'tarib  chiqib,  o'zi  kichik  davlat 

boshlig'iga aylana bordi.

O'zaro  urushlar  natijasida  aholi  juda  charchadi,  ekinzorlar  payhon 

qilindi,  iqtisodiy  tanazzul  boshlana  bordi.  Muqannadan  so'ng  uning 

safdoshlari  harakati  ham  bo'lib  o'tdi.  Bu  qo'zg'olon  xalifalik  kuchini

134


zayiflashtiradi  va  boshqa oMkalarda ham ozodlik harakatlari ni  chiqishiga 

turtki  boMadi.

Masalaning  yana  bir jihati  shundaki,  islom  dinininng  ko‘p jihatdan 

afzalligi,  ahloq  va  intizom  nuqtai  nazaridan  ommaviyligi  xususiyati 

arablar  bosib  olgan  mamlakatlar  aholisi  tomonidan  uni  tez orada  qabul 

etilishiga sabab  boMadi.  Qutayba singari  uni  pul va qilich bilan joriy etish 

mumkin emas edi. Qachonki  islom mohiyatiga yetilgachgina unga rag‘bai 

va  e’tiood  kuchayib  ketadi.  Oliq-soliq,  maishiy  hayot  bobida, 



zakat 

masalasida Qur’on  va  Shariat ahkotnlarining qoidalari  mehnatkash  aholi 

tomonidan  tezda  qabul  qilindi.  Alloh  oldidagi  tenglik  esa  dinning 

ahamiyatini  kuchaytirar  edi.  Islomning  xalqparvarlik  ruhi  hai  qiluvchi 

ahamiyatga  ega  boMdi.  Zero,  islom  dini  ma’naviy  bo‘shliqni  tugatdi. 

Diyorimizda  ota-bobolarimiz  dini-islom  faqatgtna  mustaqillik  sharofati 

bilan qayta tiklandi. Prezidentimiz tashabbusi  bilan buyuk diniy arboblar- 

Imom  al-Buxoriy,  Imom  at-Termiziy,  Imom  al-  Moturudiy,  Buixoniddin 

al-MargMnoniy,  Abdulxomid  G'ijduvoniy,  Bahovuddin  Naqshband  va 

boshqalaming  tavallud  yoshlarining  keng  miqyosda  nishonlanishi, 

ularning  oxirgi  manzilgohlarini  obod qilib,  ziyoratgohlarga aylantirilishi, 

diniy  bayramlarimiz,  an’analarimiz,  qadriyadarimizning  tiklanishi, 

dindorlarga  o 'z  e’tiqod  huquqlarining  qaytarib  berilishi,  qator  masjid- 

madrasalarninng,  xalqaro  islom  tadqiqot  markazi,  Islom  universitetining 

ochilishlari  va  boshqa  xayrii,  savobli  tadbirlar  musulmon  olamining  bir 

qismi  boMgan 0 ‘zbekistonda haqiqatda muqaddas  Islom diniga qanchalik 

ehtirom  bilan  qaralayotganligining  yorqin  isboti.deb  hisoblaymiz.  Zero, 

Prezidentimiz  I.Karimovning  “Olloh  qalbimizda,  yuragimizda”  nomli 

risolasida,  bizning  madaniyatimiz,  ma’naviyatimiz,  o'tmishimiz,  islom 

tarixi,  uning  qonun-qoida  va  an’analari  bilan  chambarchas  bogManib 

ketganligi alohida ta’kidlab o‘tiladi.

7-mavzu. IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi. Siyosiy, 

ijtimoiy-iqtisodiy hayot 

Tohiriylar va Somoniylar davrida Movaraunnahr

IX  asrga  kelib  0 ‘rta  Osiyo,  xususan  Movaraunnahrda  arab 

xalifaligiga  qarshi  olib  borilgan  kurashlar  natijasida  mahalliy  sukrfa 

vakillarining mustaqillikka boMgan intilishlari kuchayib ketdi. Chtmonchi, 

xalifalikning  ichki  hududlarida  ham  ziddiyatlar  keskinlashib  bocayotgaa 

edi.  Xalifa  Xorun  ar-Rashid  vafotidan  keyin  uning o‘g‘illari  Ma’mun  va

135


^m in  o'rtasida o'zaro kurash  boshlanib  ketdi.  Mahalliy  sulola  vakillari  bu 

-curashlarga aralasha  boshladilar.

Hirot  viloyatining  Bushang  shahridan  bo'lgan  Tohir  ibn  Husayn  o !z 

lom idagi  sulolaga  asos  soldi.  Bu  davrda  Xorun  ar-Rashidning  kichik 

) ‘g ‘ li  M a’miin  (asli  ismi  Abdulla  boMgan)  Xurosonning  noibi  edi.  Amin 

va M a’mun  o'rtasida hokimiyat uchun boMgan  kurashda Tohir ibn Husayn 

Ma’mun  tomonidan  turib  Aminga  qarshi  kurashdi.  Ayrim  manbalarning 

guvohlik  berishicha,  813-yilda  Ma’mun  xalifalik  markazi  Bog'dodni 

;gallaydi  hamda  bir  necha  yil  mobaynida  Tohir  ibn  Husayn  xalifa 

raroyida  yuqori  lavozimlarda  xizmat  qiladi.  8 2 1-yilda  esa  Tohir  ibn- 

Husayn  Xurosonga  noib  etib  tayinlanadi  (o ‘sha  davrda  Movaraunnahr 

ham  Xuroson  tarkibiga  kirar  edi).  1'ohir  ibn-Husayn  Nishopur  shahrini 

3!zining  qarorgohi  etib  tanladi.  U  o 'zi  noiblik  qilayotgan  viloyatlami 

xalifalikdan  mustaqil  boshqarishni  orzu  qilar  edi.  Natijada  Tohir 

Kalifalikdan  mustaqil  siyosat  yurgizishga  harakat  qildi.  Noiblikka 

DMirgandan  soMig  oradan  ko'p  oMmay  Tohir  xutba  nomozidan  xalifaning 

nomini  chiqarib tashlaydi.  Bu  esa  uning xalifa  Ma’munga  qarshi  ochiqdan 

Dchiq isyoni  belgisi edi.

Ba’zi  manbalarda  qayd  etilishicha,  822-vilda  1’ohir  ibn  Husayn 

Ma’mun  odamlari  tomonidan  oMdirildi.  Uning  o ‘m iga  Talxa  i'on  Tohir 

(822-830-y.)  noib  etib  tayinlandi.  Buning  sababi  shunda  ediki,  xalifalik 

aynan 

mahalliy 

hukmdorlarning 

kuchidan 

arablarga 

qarshi 

q ov.g‘olonlarni  bostirishda  foydalanar  edi.  Xuroson  noibining  muhim 

vazifalaridan  biri  esa  o ‘ziga  qarashli  hududlarda  viloyat  hokimlarini 

saylash  boMgan.  Xususan,  Tohir  dastlabki 

soraoniylar  vakillarini 

Samarqand, Ustrishona,  Farg‘ona va Shoshga hokim qilib tayinlagan.

Talxadan  keyin  taxtga  oMirgan  Abdulloh  ibn  Tohir  o'zigacha 

boMgan  noiblar  siyosatini  davom  ettirdi.  Bu  davrda  Xuroson  noibligiga 

Movarounnahr,  Xorazm,  Seyiston,  K o‘histon,  Tabariston  va  Jurjon 

hududlari  kirgan.  Har  bir  viloyat  bir  necha  ma’muriy  birliklarga 

boMingan.  Bu  birliklar  katta  va  kichik  tumanlardan  iborat  boMgan. 

Abdulloh  o ‘z  hokimiyatini  mustahkamlash  maqsadida  ayrim  harbiy 

islohotlar  oMkazgan  edi.  Bundan  tashqari  Tohiriylar  yuritgan  siyosatning 

xususiyatlaridan  yana  biri,  ularning  islomlashtirish  siyosati  edi.  Ayrim 

m a’lumotlarga  ko‘ra,  Tohiriylar  davrida  0 ‘rta  O siyoning  barcha 

hududlarida islom dini tarqaladi.

Tohiriylar  davlat  boshqaruvida  turli  toifa  va  qatlamlar  mavjud  edi. 

Shunga  alohida  e ’tibor  bcrish  kerakki,  Tohiriylar  qishloq  x o ‘jaligini 

rivojlantirish  maqsadida  yer-suv  masalalariga  alohida  e ’tibor  qaratdilar.

136


Shu  sohaibilan  shug'ullanuvchi  qonunshunoslar  “Kitob  alkuniy”  nomli 

qonunlar  to'plamini  tuzdilar.  Bu  to'plam  yerdan  unumli  foydaianish  va 

sug‘orish tizimi masalalariga qaratilgan edi.

IX 


asrning  60-70-yillaridan  e’tiboran  tohiriy  hukindorlarga  qarshi 

xalq  harakatlari  kuchaydi.  Bu  harakatga  G'oziylar  boshchilik  qildilar. 

(“G‘oziylar”  asosan  ko'chmanchi  qabilalar  hujumini  bartaraf  qilish 

maqsadida  kambag'al  hunarmandlar  ya  yersiz  ziroatchiiardan  tashkil 

topgan  qurolli  qo'shin).  G'oziylar  harakatini  aka-uka  Yoqub  va  Amir 

binni  Lays  boshqardilar.  Ular  dastlab  Seyistonda  hokimiyatni  qo'lga 

olgach,  873  yilda tohiriylaming qo‘shinlariga katta zarba berib,  X

utosor


 

poytaxti Nishopumi  egalladllar.  Shu  davrdan  e’tiboran  tohiriylar sulolasi 

barham  topdi  va  Xurosonda  hokimiyat  Safforiylar  (misgarlar,  Yoqub  va 

Amir asli  hunarmand-misgar-”saffor” edilar.) qo‘liga e ‘tib ketdi. Rasmiy 

jihatdan  Xuroson  va  Movaraunnahr  ustidan  hukmronlik  qilib  turgan 

tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganltgi  Movaraunnahrdagi,mahalliy 

hokimlaming oMkani to‘la mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun 

qulay  imkoniyatlar  yaratib  berdi.  Endi  bu  davrda  somoniylar  siyosiy 

maydondagi 

kurashda  erkin 

harakat  qila  boshiadilar  va  ular 

Movaraunnahrda  markazlashgan  bir  butun  davlat  barpo  qilishga 

kirishdilar.  Birlashtirish  g‘oyasini  shaharliklar  ham,  dehqonlar  ham 

qo‘llab  quwatladilar.  Chunki  birlashgan  va  markazlashgan  yagona  va 

qudratli  davlatgina  ko'chmanchi  qabilalaming  hujumini  daf qila  olishi 

mumkinligini  ular  yaxshi  biiar  edilar.  Markazlashgan  yagona  hamda 

qudratli davlat kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi.

Somoniylar  davlatiga  Somon  qishlog‘i  (Balx  yaqinida,  ba’zi 

manbalarda  esa,  -  Termiz  yaqinida)  oqsoqoli  Sombnxudotning  avlodlari 

asos  solgan.  Xalifa  Ma’munga  boMgan  sadoqatlari  evariga  819-820- 

yillarda 

Somonxudotning  nabiralari  Nuh 

Samanjandga, 

Ahmad 


Farg'onaga,  Yahyo  Choch  va  Ustrushonaga,  Iiyos  Hirotga  hokim  etib 

tayinlandilar.

839-840-yillaxda Nuh  ibn  Asad  Isfijob  viloyatini  bosib oldi  va uni 

mustahkamladi.  U So‘g‘dning bir qismi va Farg'onaga hokim bo'lib oldi. 

Lekin  somoniylar  daviatini  bunyod  etishda  Ahmadning  hissasi  ko‘proq 

bo'ldi. Uning Nasr,  Ya’qub,  Yahyo,  Asad,  Ismoil, Is’hoq va Homid istnfi 

o‘g‘illari  bor  edi.  Nuh  it»   Asad  842  yili  vafot  etgach,  Samarqandni 

ukalari  Ahmad  v a  Yahyo  boshqardi;  keyin  hokimlik  Nasr  (865-892) 

qo‘liga  o ‘tdi.  859-yiIda  Yahyo  ibn  Asad  vafot  etgach,  Choch  v* 

Ustrushona  Ahmadning  ikkinchi  o‘g i i   Ya’qubga  nasib  etdi.  Keyin 

tashabbus  Ismoil  ibn  Ahmad  ao‘liea  o 'td i  Buxoroda  tohiriylar  mavoei

137


susl  edi.  874  yilda  Husayn  ibn  Tohir  Xorazm  shaharlarini  talayotgan  bir 

paytda  Buxoro  zodagonlari  iltimosi  bilan  Nasr  Buxoroga  Ismoil  ibn 

Ahmad  (849-S92)ni  hokim  qilib jo ‘natadi.

Nasr  Movaraunnahrda  markazlashgan  davlat tuzishga  kirishdi.  Xalq 

bu  ishda  unga  xayrxoh  edi.  875-yilda  u  Shovga  (Turkiston  yaqinida)ni 

qo'lga  kiritdi.  Xalifa  Mu’tamiddan  Movaraunnahmi  boshqarish  uchun 

yorliq  olishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Bu  paytda  Buxoroda  kuchayib  kelgan 

Ismoil  akasiga  tobc’  bo'lishni  istamadi.  888-yili  ikki  o'rtadagi  jangda 

Nasr  ycngildi.  892-yiida  Nasr  vafot  etgach,  Ismoil  Movaratmnahrning 

yagona  hukmdori  bo'lib  qoldi  (892-907).  893  yilda  u  TaroznL  so'ng 

Ustrushonani  qo'lga  kiritdi.

Vlustahkamlanib  borayotgan  Somoniylar  davlatini  zaiflashtirish 

maqsadida  Arab  xalifasi  898  yilda  Movarounnahr  hokimligidan  Ismoilni 

tushirib  uning  o'rniga  safforiylar  suiolasidan  Amr  ibn  Laysni  hokim  etib 

tayinlash  haqida  yorliq  j o ‘natadi.  Ismoil  899  va  900  yillardagi  .harbiy 

to'qnashuvlarda  Amr  ibn  Lays  boshliq  safforiylar  qo'shinlarini  tor-mor 

keltirdi.  X aiifa  Ismoil  ibn  Ahmadni  hokim  sifatida  tan  olishga  majbur 

bo'ldi.

Shunday  qilib,  Xorazm,  Isfijob,  Chag'oniyon  va  Xutlalondan 

tashqari  (ularning  hokimlari  somoniylarga  tobe’  edilar),  ulkan  hudud 

(Movarounnahr  va  Xuroson)  somoniylar  tomonidan  bo‘ysundirilgan  edi. 

Ular  bu  ycrda  100  yiicha hukmronlik  qildilar.  992-yili  Qoraxoniylar  xoni 

Bug'roxon  Buxoroni  egalladi.  Xurosonda  Abu  Ali  Simjuriy  va  Balxda 

Foyiq  amirga  qarshi  isyon  ko‘tardi.  Nuh  II  yordam  so'rab  G'azna  hokimi 

Sabukteginga  murojaat  etadi.  Sabuktegin  20.000  nafarli  qo'shin  bilan 

kelib,  Sim jo'riy  va  Foyiq  kuchlarini  tor-mor  keltiradi.  Sabuktegin  bu 

xizmati  uchun  xalifadan  “Nasir-ud-din  va  ad-davla”  (dinu  davlat 

hom iysi),  uning  o ‘g ‘li  Mansur  esa  “Sayf-  ud-davla  (davlat  shamshiri)’1 

laqabini  oladi.

997  yili  Nuh  II  ham,  Sabuktegin  ham  vafot  etadi.  Nuh  II  ning o ‘g'li 

Mansur  ibn  Nuh  (997-999)ga  qarshi  Nishopur  hokimlari  Bektuzin  va 

Foyiq  isyon  k o ‘tardilar.  Amirning  Mansurga  e ’tiqodi  zo‘rligini  nazarda 

tutib,  isyoachilar  amirning  k o ‘ziga  mil  tortadilar.  Mansur  ibn  Nuh 

vafotidan  s o ‘ng  uning  ukasi  Abdulmalik  II  ibn  Nuh  Buxoro  taxtiga 

o‘ltirdi.  Mahmud  intiqom  bahonasida  Bektuzin  va Foyiqqa  qarshi  qo‘shin 

tortib  butun  Xurosonni  bosib  oidi.  Abdulmalik  ibn  Nuh  qo‘lida  faqat 

Movaraunnahr qoldi.

K o‘p  o ‘tmav  qoraxoniylar  xoni  Nasr  Uoqxon  Buxoroni  zabt  etdi. 

Amir xonadoni  asirga olindi.  Somoniylar davlati tugatildi.

138


Somoniylar  Movaraunnahr  va  Xurosonda  mustaqil  davtat "tuzisn 

uchun  avvalambor,  kuchii  markazlashgan  hokimiyat  tuzish  keraktigim 

yaxshi  tushunishgan.  Bu  ayniqsa  Ismoil  Somoniy  hukmronligi  davrida 

kunning 


dolzarb 

masalasiga 

aylandi. 

Chunki 


Ismoil 

Somoniy 


Movaraunnahr  va  Xurosonni  birlashtirishga  va  yagona  markazlashgaa 

davlat tuzishga muvaffaq  bo'ldi.  Endi  bu  davlatni  idora qilish  lozimedL 

Shuning  uchun  Ismoil  bir  qancha  islohotlar  o'tkazdi.  Maaa  shunday 

isiohotlardan biri davlatni  boshqarish  ma’muriyatini joriy qilish bo'ldi. 

Bu  islohoiga binoan davlatni  idora qilish  saroyi (dargoh)  va  10 ta devon 

(harbiy  -fuqaro  mahkamalari)  tashkil  etildi.  Ismoil  Somoniy  daviatning 

majmuini  tashkil  etishda  Sosoniylar  Eron  va  Arab  xalifaligida  qabul 

qilingan  tajribalardan  foydalandi  va  uni  zamon  talabiga  qarab 

mukammallashtirdi.

Hokimiyatning eng  yuqori  pog'onasida somoniylar turib,  lifer amir 

unvoni  bilan davlatni  idora qilganlar.  Davlat majmuini  mustahkamlashda, 

Nasr  II,  Somoniyning  ma’rifotli  vaajrlari  Abuabdullo  Muhammad 

Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylaming xizmatlar katta boMgan. 

Umuman, Somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan she 

ikki sulola vakillari tayinlangan.  Davlat majmuini  dargoh va dcvoalarga 

boMinishi  maMum  darajada  rasmiy  bo'lgan.  Chunki  saroyning  ttufuzK 

kishilari  ko'p xotiarda devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda 

siyosiy  hokimiyat  “Sohibi  xoras” 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling