O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


OMkamiz hududlaridagi qadimgi  mahalliy aholi va o‘zbek xalqining


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57

OMkamiz hududlaridagi qadimgi  mahalliy aholi va o‘zbek xalqining 

shakllanish bosqichlari

0 ‘rta  Osiyo  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  turkiy  etnik  guruhlar  juda 

katta ahamiyatga ega boMganligi  va bu qatlamning ildizlari juda qadimiy 

ekanligi 

arxeologik 

ma’lumotlar 

asosida 

isbotlanmoqda.

40


Tadqiqotchilarning  fikriga  ko'ra,  bronza  davriga  kelib  0 ‘rta  Osiyoning 

janubiy  viloyatlarida  baland  bo‘y!i,  yuzi  tor  irqning  vakillari  tarqaigan. 

Shimoliy  dasht  va  cho‘l  hududlarida  esa janub  aholisidan  farq  qiluvchi 

boshi  dumaloq,  yuzi  juda  keng  va  cho‘ziq  boMmagan  qabilalar 

yashaganlar.  Fanda janubiy  qiyofaii  odaxnlar  O'rta  Yer  dengizi  irqining 

vakillari  deb ataladi.  Ular Old  Osiyo,  Mesopotamiya,  Eron,  Afg‘oniston, 

O 'rta  Osiyo,  Hindiston  kabi  katta  geografik  hududga  yoyilganlar. 

Shimoliy qiyofaii odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog'iston,  0 ‘rta 

Osiyoning  shimoli-sharqiy  qismida  Ural,  Volga  bo‘yi  yerlarigacha 

tarqaigan.

A. Sagdullayevning tadqiqotlariga ko‘ra, bronza davriga kelib, 0 ‘rta 

Osiyo  hududida  qadimgi  janubiy  va  shimoliy  qiyofadagi  odamlar 

vakillarining  qo‘shilish  jarayoni  boshlanadi  hamda  aynan  mana  shu 

davrda,  oMkamizda  yashab  o‘tgan  bronza  davri  qabilalari,  0 ‘rta 

Osiyoning  qadimgi  xalqlariga  asos  solganlar.  Bu  davr  oMkamiz 

hududlarida  murakkab  etnik-madaniy  jarayonlar  bo‘lib  o‘tgani  bilan 

izohlanadi.  Xususan,  janubiy  hududlardagi  hosildor  vohalar  o‘troq 

dehqonchilik  aholisi  tomonidan  o'zlashtirila  boshlagan  bo'lsa,  shimoliy 

viloyatlarda  ko‘chmanchi  chorvador  qabilalar  tarqala  boshlaydi. 

Ko'chmanchi  chorvadorlar  va  o‘troq  aholining  uzviy  munosabatlari 

asosida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-etnik jarayonlar avj oladi.

Mil.  aw .  II  ming  yillikning  o‘rtalaridan  boshlab  0 ‘rta  Osiyo 

hududlariga  shimoli-sharqdan  chorvachilik  bilan  shug'ullanuvchi  yangi 

etnik guruhlar kirib  kela boshlaydi.  Mahalliy  madaniyatdan  farqlanuvchi 

bu  guruhlar  madaniyati  tadqiqotchilar  tomonidan  ‘Tozabog'yob 

madaniyati” nomi bilan fanga kiritilgan.

Tozabog'yob  ko‘rinishidagi  yodgorliklar  keyinchalik  Zarafshon 

daryosinng  quyi  havzasi  hududlaridan  topib  o'rganildi.  Xuddi  shunga 

o‘xshash etnoslaming izlari  Toshkent vohasidan,  Farg'ona vodiysidan va 

shimoliy  Baqtriyaning tog‘li  va tog‘oldi  hududlaridan  topib  o‘rganilgan. 

Juda  katta  hududlardan,  xususan,  QozogM'ston  cho'Ilari,  Oltoy,  Janubiy 

Sibir, Uraloldi hududlaridan tekshirilgan o‘ziga xos madaniyat “Andronov 

madaniyati”  nomi  bilan  fanga  kiritilgan.  Ko‘pchilik  tadqiqotchilarning 

e ’tirof etishlaricha,  bu madaniyat sohiblari  bronza davridayoq turkiy tilda 

so'zlashganlar.

0 ‘zbekiston  0 ‘rta  Osiyoning  qadimdan  o'troq  dehqonchilik 

madaniyati  o‘choqlari  tarkib  topgan  hududda  .joylashganligi  boy 

axxeologik  va  me’morchilik  madaniyatlari  bilan  izohlanadi.  Farg‘ona 

vodiysining  Selung‘ur  g‘oridan  topilgan  qadimgi  tosh  davriga  oid

41


topilmalar  va Teshiktoshdan  topilgan  o‘rta  paleoiit  davriga  oid  odamzod 

qoldiqlari,  bizning  yurtimiz  Afrika  va  Old  Osiyo  hududlari  bilan  bir 

qatorda  insoniyat  paydo  bo‘lgan  hududlar  tarkibiga  kirganligini  hozirgi 

kunda  uzil-kesil  isbotlaydi.  Shuningdek,  mezolit  davriga  oid  Machay 

g‘oridan  topilgan  yodgorliklar,  neolit  davriga  oid  ovchilik  va  baliqchilik 

madaniyatini  o‘zida ask ettiruvchi  Kaltaminor, janubdagi ilk dehqonchilik 

madaniyatiga  oid  boMgan  Joytun,  Hisor tog'  madaniyati,  bronza davriga 

oid 


boMgan 

xilma-xil-Zamonbobo, 

Sopolli, 

Jarqo'ton, 

Sarazm, 

Suvyorgan,  Chust  madaniyatlari  oMkamizda  qadimgi  ajdodlarimiz 

xo‘jaligining jadallik  bilan rivojlanganligmi  isbotlaydi.

OMkamizdagi  qadimgi  aholi  tosh  va  bronza  davrida  qanday  nom 

bilan  atalganliklari  bizga  noma’lum.  0 ‘rta  Osiyo  aholisi  haqidagi 

ma'lumotlar  dastlabki  marta  Sharq  va  yunon-rim  manbalarida  tiiga 

olinadi.  Yunon  tarixchilari  ma’lumotlariga  qaraganda,  Yevrosiyoning 

katta  hududlarida  vashovchi  qabilalar  umumiy  “skiflar”  nomi  bilan 

ataiadi.  Gerodot,  “bu  xalq  qadimivlikda  misrliklardan  qolishmaydi”,  deb 

yuqori  baho bergan  edi.  Pliniy  esa,  O'rta Osiyo  hududlarida 20  ga yaqin 

qabilalar  borligi  xususida  eslatib  o‘tadi.Yozma  manbalarda  skiflaming 

ikkita  yirik  qabilasi:  saklar  va  massagetlar  xususida  ko‘proq  eslatiladi. 

Ahmoniylar  mixxat  yozuvlarida  saklar  uchta  qismga  (xaumavarka, 

tigraxauda,  tiay-tara-darayya)  bo'lib  ko'rsatiladi.  Massagetlar  xususida 

ham  turli  fikrlar  mavjud  boMib,  ular mahalliy  chorvador-harbiy  qabilalar 

boMganligi  ta’kidlanadi.  Ammo,  yozma  manbalar  bu  xalqlar  va 

qabilalaming qaysi irqqa mansubligi haqida ma’lumot bennaydi.

Ayrim  olimlar  tomonidan  bildirilgan  0 ‘rta  Osiyo,  jumladan, 

0 ‘zbekiston  qadimgi  davrlardagi  mongoloid  irqi  shakllangan  hududga 

kiradi,  degan  ilmiy  yondashuv  noto‘g‘ri  va  asossiz  ekanligi  so!nggi 

yillardagi  antropologik ma’lumotlar natijasida aniqlandi. T. Xo‘jayovning 

fikricha,  o'zbek  xalqining  kelib  chiqish  taixini  o‘rganishni  qancha  erta 

davrlardan  boshlasak,  uning  tarkibida  hozirgi  kunlargacha  saqlanib 

kelinayotgan  irqiy  va  etnik  unsurlaming  mahalliy  xalq  tarkibiga  kirgan 

davri  va  uning  nisbiy  miqdori  to‘g‘risida  shunchalik  keng  fikr  yurita 

olamiz.


O ’zbek  xalqiga  xos  0 ‘rta  Osiyo  ikki  daryo  oraiigM  Irqining 

shakllanish davri, makoni  va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona 

fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irq bundan 6-8  ming yil ilgari, ikkinchi 

bir  guruh  tadqiqotchilar  bundan  3  ming  yil  ilgari  shakllangan  desa, 

uchunchi  guruh  olimlari  esa,  XVI  asrda  shakllandi,  deb  hisoblar  edilar. 

Keyingi  yillardagi  boy  arxeologik  topilmalar  natijasida  tadqiqotchilar

42


0 ‘rta Osiyo ikkidaiyo orallg^ irqinmg shakllanishi bundan 2200-2300 yil 

ilgari boshlanganligini asos Jab berdilar.

Ko‘pgina  ilmiy  adabiyotlarda  o‘zbek  xalqining  shakllanishida 

sakkizta  muhim  davr  sanab  o‘tiladi.  Bular  qatorida  Ahmoniylar, 

Makedomyalik  Iskandar, Arab xaiifaligi,  Mo‘g‘ullar  istilosi  tilga olinadi. 

Haqiqatan,  bu  zabt etishlar 0 ‘rta  Osiyo,  jumladan,  0 ‘zbekiston  xalqlari 

madaniyatiga,  tiliga,  turmush  tarziga  albatta  o‘z  ta’sirini  o'tkazgan. 

Ammo bu yurishlarnmg mahalliy xalqlarni  irqiy va etnik tarixiga bo‘lgan 

ta’slri  kam  ekanligini  ta’kidlash joiz.  Antropologik  nuqtai  nazardan  ular 

mahalliy xalq “qonini” yoki genetikasini tubdan o'zgartira olmadilar.  Ular 

son  jihatdan  ko'pchilikni  tashkil  etgan  mahalliy  aholi  tarkibiga  singib 

loetganlar.  Bu  o'rinda  mahalliy  (substrat)  va  kelgindi  (superstrat)  aholi 

orasidagi o'zaro raunosabadaming fanda ma’lum holatlarini eslatib o'tish 

joiz.  Ya’ni,  ko‘p   sonli  mahalliy  aholi  tarkibiga  kelgindi  guruhlarnirig 

singib  ketishi;  kelgindi  gurablaming  mahalliy  aholidan  ustun  bo‘Iishi; 

kelgindi aholi teng sonli bo'lishi  va nihoyat,  mahalliy va kelgindi  xalqlar 

aralashuvi  natijasida  ikkalasiga  ham  o‘xshash  yangi  xalq,  guruh,  elat 

paydo boTishini kuzatish mumkin.  T.  Xo‘jayovning maxsus antropologik 

tadqiqothriga qarag&nda, harcha tarixiy  davrlarda mahalliy xalq  kelgindi 

ahoSdan hamisha ustun boMgan.

Пк temir davridan boshlab  (mil.  avv.  IX-VII  asriar),  oMkamizning 

qadimgi  ddhqonchilik  vohalarida  yashovchi  o‘troq  aholi  o‘zlari  yashab 

tiogan  tradud  nomlari  bilan atala  boshlaganlar.  Bular  So‘g‘diyonadagi- 

so^diylar,  qadimgi  Xotaandagi-xorazmiylar,  qadimgi  Baqtriyadagi- 

Hint f riar, y f a y  Chori»fee>-chochliklar,  Farg‘onadagi-parkanaliklardir. 

B a  tarhriy  Domlanung  Jjrhnlarini  ilk  yozma  manbalarda,  xususan, 



zantfshbylik  dinmmg  nuqaddas  kitobi  “Avesto”da,  Ahamoniylar 

mixxadarida, yunort-rim ЯшаШАап asarlarida uchratish mumkin.

Anttopategik izJaiMdar natijalariga tayanib, o ‘zbek xalqining kelib 

dnqishi 

tarixida 

m u h a n jte n iy a t kasb  etgan  uch  tarixiy  davrga  alohida 

to‘xtalib  o*tish  zarar.  Blnnehidan,  mil.  avv.  III-1I  asrlarda  0 ‘rta  Osiyo 

dasht  mintaqalarida 

bazig i  o‘zbek  xalqiga  xos  antropologik  qiyofa 

shakllana  boshlagan.  Bn  esa  fanda  yaqingacha  keng  tarqaigan  fikrlar, 

ya’m o'zbeklarga xos O 'rta Osiyo  ikki  daryo  oralig'i  irqi  avvalo,  Volga 

daiyosi 

bo^ylarida  va 

Uialda 

sarmat  qabilalari  tarkibida  shakllanib 



tanjakfi,  degan  hamda  h i   k q   Baykal  ko'li  atrofida  va  Mo'g'uliston 

dio‘1taridashaldlanih,1«S5er 

holdamahalliyahioliga  o‘z  irqini  tarqatdi, 

degan 


flx ta d a n  vazkedusfam taqozo etadi.

43


So'nggi  yillarda olib borilgan  tadqiqotlar natijasida o‘zbeklarga xos 

antropologik  qiyofa,  dastavval,  Sirdaryoning  o‘rta  liavzasi  tumanlarida, 

ya’ni  Toshkent  vohasi,  Farg‘ona  vodiysi,  qisman  Xorazm  va  Janubiy 

Qozog‘istonning Chimkent viloyatlaiida, Yettisuv mintaqasida mil.  avv.  1 

ming yillik oxirida shakllana boshlaganligi aniqlandi.

Mil.  avv.  Ili-II  asrlarda  bu  aholi  bir  necha  yo‘nalishda  0 ‘rta 

Osiyoning  markaziy  va  janubiy  viloyatiariga  kirib  borgan.  Ushbu 

antropologik  tadqiqotlar  natijalari  yozma  manbalarda  ma’lum  boigan 

xalqlarning janubga  yurishi  va  Yunon-Baqtriya  davlatining  istilo  etilishi 

hamda  Buyuk  Kushon  saltanatining  barpo  bo'lish  davriga  mos  keladi. 

Antropologiya  bu  yurish  haqida  quyidagi  maTumotlami  beradi. 

Ko‘chmanchi  vayarim ko‘chmanchi cho‘l aholisi  Sirdaryo quyi  oqimidan 

Markaziy  Qizilqum  orqali  (Uchquduq,  Tomdi,  Yuzquduq,  Ko'kpatosh). 

Samarqand  atroflariga  (Kattaqo‘rg‘on,  Orlat),  so'ngra  Qashqadaryoning 

Qarshi  shahri  atroflari  (Yerqo‘rg‘on)  orqali  Surxondaryo  viloyatidagi 

(Qo‘hna  Termiz,  Dalvarzin,  Shohtepa,  Ayrtom)  qadimgi  shahar  va 

qishloqlarga  kirib  joylashganlar.  Keyinchalik  ular janubiy  Tojikistonga 

o‘tib  ketganlar.  Ularning  ikkinchi  guruhi  qadimiy  Buxoro  vohasi  orqali 

Turkmanistonning janubiy  viloyatiariga,  bir  qismi  esa  hozirgi  Shimoliy 

Afg‘onistonning Shibirg‘on  shahri  atroflarigacha yetib borgan (Tillatepa). 

Natijada  o‘zbeklar  va  tekisliklarda  yashovchi  tojiklarga  xos  pomir- 

larg‘ona antropologik unsur 0 ‘rta Osiyoda keng tarqalgan.

O'zbek  xalqi  shakllanishidagi  ikkinchi  muhim  davr  -  bu  1Х-ХИ 

asrlar  hisoblanadi.  Bu  davrda  0 ‘rta  Osiyoda,  jumladan,  0 ‘zbekistonda 

hozirgi  o‘zbeklarga xos qiyofa,  mahalliy  aholining asosiy  qismini  tashkil 

etadi.  Antropolog  T.  Xo‘jayov  tadqiqotlariga  qaraganda,  IX  asrga  kelib 

aholining  antropologik  qiyofasida  keskin  o‘zgarishlar  yuz  berganligi 

kuzatiladi.  Bu  o'zgarishlarni  arxeologik  tadqiqotlar  natijalari  ham 

tasdiqlaydi.  Jumladan,  marhumlami  astodonlarda  ko'mish  marosimlari, 

aholi  orasida  keng  tarqalgan  bosh  shaklini  sun’iy  o‘zgartirish  odatlari 

yo‘qoladi.  Antropologik  tadqiqotlar  natijalardan  xulosa  chiqaradigan 

bo‘lsak  o‘zbeklaming  elat  sifatida  shakllanish  davri  1X-X  asrlarga  oid 

deyishga jiddiy asoslar bor.

Fanda mo‘g‘ul  istilosi 0 ‘rta Osiyo aholisini keskin mo‘g‘ullashtirib, 

o'zgartirib  yubordi,  degan  fikr  keng  tarqalgan.  Lekin,  tadqiqotehilarimiz 

bu  masalaga  ham  oydinlik  kiritdilar.  Mo‘g‘ul  istilosi  0 ‘zbekiston 

aholisining  tashqi  qiyofasiga  sezilarli  izlarni  qoldirmaganligini  ta’kidlab 

o‘tish  joizdir.  Sababi,  Chingizxon  XIII  asr  boshida  tashkil  etgan  yirik 

mo‘g‘ul  davlatida  mug‘ullar  soni  taxminan  0,7  million  kishidan  iborat

44


boMgan.  Agar har 6  kishidan  bittasi askarlikka olingan bo'lsa,  unda uning 

qo‘shinlari  soni  100-110  ming  kishidan  iborat  bo'lgan.  Lekin,  o‘sha 

davrda  mug‘ullar  qo‘shinlarining  ko‘p  qismini  yo'qotganlar.  Ular  O'rta 

Osiyoga  bostirib  kelganida  qo'shinlarning  ko'pchiligi  turkiy  xalqlardan 

tashkil  topganligi  ma’lum.  Bu  davrda Muhammad  Xorazmshoh  davlatida 

20  million  aholi  yashagan.  Mo'g'ul  qo'shinlari  ko'p sonli  mahalliy aholi 

tarkibiga  o'z  asoratini  o'tkaza  olmagan.  Shuning  uchun  ham  mahalliy- 

aholida  mo'g'ul  irqi  alomatlari  deyarli  namoyon  bo'Imaganligini  ko'rish 

mumkin.

O'zbek xalqining shakllanishida uchinchi  muhim davr XV  asr oxiri 



va  XV!  asr  hisoblanadi.  Bu  davrda  Dashti  Qipchoq  o'zbeklari  O'rta 

Osiyoga kirib keladi va ular mahalliy aholigao'z nomini beradi.

Shunday  qilib,  o'zbek xalqini  etnik shakllanishi  uzoq  davom etgan 

murakkab  jarayondir.  O'zbek  xalqining  asosini  hozirgi  O'zbekiston 

hududida  bir  necha  ming  yillar  davomida  yashab  kelgan  mahalliy 

so'g'diylar,  baxtarlar,  xorazmiylar,  saklar,  massagetlar,  qang'lilar  va 

dovonliklar tashkil  qilgan.  Turli  davrlarda turli  maqsadlarda kirib kelgan 

qabilalar, elatlar va xalqlar davr o'tishi bilan mahalliy aholiga o'z ta’sirini 

qisman  o'tkazgan.  Bu  o'rinda  shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  o'zbek 

xalqi  shakllanish  jarayonining  barcha  bosqichlarida  mahalliy  aholi 

tashqaridan kelgan aholiga nisbatan doimo ustun]ik qilgan. Kelgindi aholi 

mahalliy  aholiga o 'z  tilini  berganligini  ham  inkor  etib  bo'lmaydi.  Lekin 

antropologik nuqtai nazardan mahalliy aholining etnik qiyofasini va tashqi 

ko'rinishini tubdan o'zgartira olmadi.  Misol uchun, keyingi  ikki ming yil 

davomida O'rta Osiyoda, jumladan, O'zbekistonda mahalliy aholining tili 

uch marta o'zgardi-sharqiy eron tillari o'miga g'arbiy eron tillari (fors tili) 

va  milodning  boshlaridan  turkiy  tillar  keng  tarqala  boshladi.  Ammo 

mahalliy xalqning “qoni”, ya’ni  genetikasi aytarli  o'zgarmadi va qadimiy 

xalqlarimizga  xos  antropologik  xususiyatlar  shu  kunlarga qadar  saqlanib 

kelmoqda,  O'zbek  xalqining  kelib  chiqish  asosini  qadimgi  davrlardan 

boshlab  o'lkamiz  hududlarida  yashab  kelgan  mahalliy  xalqlar  tashkil 

etgan.  Ikki  yarim  ming  yil  davomida  mahalliy  aholiga  kelib  qo'shiigan 

turkiy tilli elat va xalqlar o'zbek xalqi shakllanishida asosiy tarkibiy qism 

sifatida qatnashgan.

O 'rta  asrlardagi etnik-madaniy jarayonlar. “O'zbek” atamasi

O'rta  Osiyo  xalqlarining  etnik  shakllanishida  bu  hududga  ko'chib 

kelgan  turli  elat  va  qabilalar  ham  ma’lum  nia’noda  ishtirok  etganlar.

45


Yuyechjilar,  xioniylar,  kidariylar,  eflaliylar  shular  jumlasidandir.  O rta 

Osiyo  ikki  daryo  oralig‘i  tipi  Sirdaryoning  o‘rta  havzasida  aniq 

antropologik  tip  boMib  shakllangan  davrda  bu  hududlarda  ’’Qovunchi 

madaniyati” shakllanadi.  So‘nggi  arxeologik  tadqiqotlar natijaiariga ko‘ra 

milodiy  il-III  asrlardan  boshlab  Farg‘ona  vodiysi,  Samarqand  hududlari, 

IV-V  asrda  esa  Buxoro  vohasi,  Qashqadaryo  va  Surxon  vohalarida 

Qovunchi madaniyati ning ta’siri scziladi.

IV  asrning  oxirlaridan  boshlab,  0 ‘rta Osiyoda yirik  turkiy  etnoslar 

xioniylar  va  eftaliylaming  o‘troqlashuv  jarayonlari  kuchayadi.  V-VI 

asrlarga  kelib,  eftaliylar  va  xioniylarning  asosiy  qismi  lurg'un  hayotga 

o'tadilar.  Bu  qabilalar  o'troq  hayot kechirib  an’anaviy  chorvachilik  bilan 

bir  vaqtda  dehqonchilik  bilan  shug'ullanganliklari  haqida  yozma  va 

arxeologik manbalar ma’lumotlar beradi.

VI  asrning  o‘rtalaridan  boshlab  O'rta  Osiyoda  eflaliylar  va Turkiy 

xoqonlik  o'rtasida  kurash  boshlanadi.  Tarixiy  manbalardan  bizga 

ma’lumki, VI asrning o‘rtalarida Oltoyda, Janubiy Sibir, Yettisuv, Sharqiy 

Turkistondagi  bir  necha  qabilalar  birlashuvi  natijasida  yirik  Turkiy 

xoqonlik  tashkil  topadi.  Qisqa  vaqt  ichida  xoqonlik  kuchayib,  O'rta 

Osiyoning  katta  qismini  bosib  oladi.  Turkiy  xoqonlik  davrida  (VI-Vlll 

asrlar)  Toshkent  vohasi,  Zarafshon,  Qashqardaryo  vohalari,  Surxondaryc 

va Farg'ona vodiylari Xorazm hududlariga turkiyzabon guruhlarning kirib 

kelishi  yanada  kuchaydi  va  ulaming  ko'pchiligi  bu  hududlarda 

turg‘unlashib qoldi.

VIII  asr  boshlarida  arabiar  Movarounnahr  va  Xorazm  hududlariga 

bostirib  kirgan  vaqtlarda  bu  hududlarda  o'troq  va  yarim  o'troq 

turkiyzabon  aholi,  so'g'diylar,  toxarlar,  chochliklar  va  Xorazmning  tub 

yerli  aholisi  bosqinchilarga  qarshi  tinimsiz  kurash  olib  borgan 

boMishlariga qaramay siyosiy parokandalik tufayli ular zulmi ostiga tushib 

qoladilar.

Ma’lumki,  VIII asrning 2-yarmidan turkiy qarluq qabilalari kuchaya 

boshlaydilar.  IX  asming  o'rtalariga  kelib  Yettisuv,  Chimkent  viloyati, 

Toshkent  vohasi,  Farg'onaning  shimoliy  qismlarini  o 'z  ichiga  olgan 

Qarluq  davlati  tashkil  topadi.  Ko'pchilik  tadqiqotchilaming  e’tirof 

etilishlaricha,  o'zbek  elatining  shakllanishida  Qarluq  davlatining 

ahamiyati  katta  bo'ladi.  X  asr  o'rtalaridan  boshlab  bu  davlat  tarixiy 

manbalarda Qoraxoniylar davlati nomi bilan tilga olinadi.

Yozma  manbalaming  ma’lumot  berishicha  (“Hudud  al-olam”),  IX-

X asrlar qarluqlar egallab turgan hududlarda 20 dan oshiq shahar, ko'plab 

qishloqlar  bo'lgan.  Qarluqlar  ko'p  sonli,  nufuzli  “xalq“  bo'lib,  bir  qismi

46


chorvachilik  bilan  shug'ullangan.  Qarluqlar  yashagan  hududiarda  yirik 

etnoslar-chig‘illar, 

yag‘molaiy  xalachlar 

ham 


yashagan 

bo‘tib, 


tadqiqotchilarning  fikricha,  ular  bir-biriga  qon-qarindosh  bo‘lib  turkiy 

tilda so'zlashganlar.

XI 

asrning  birinchi  o‘n  yiiligidayoq  Janubiy  hududlammg  to  Bak 



viioyatigacha  boMgan  yerlari  dastlab  qoraxoniy  turkiylar,  so‘ng  esa 

g‘aznaviylar  qoMiga  o'tdi.  Buning  natijasida  navbatdagi  katta  turkiy 

qatiam  So‘g‘diyona,  Xorazm  va  Toxariston  yerlariga  kirib  boradi. 

Qoraxoniylar  davrida  Movaraunnahming  barcha  hududlarida  turfcty 

qatlamlar mavjud edi.

Qoraxoniylar davlatida qarluq-chigMl turkiy til lahjasi keng tarqaldi. 

Keyinchalik  shu  til  asosida adabiy  turkiy  til  yuzaga kelib,  uai  Mahmud 

Qoshg'ariy “eng ochiq va ravon til” deb atagan. Turkiy tilda IX-XH asdtar 

mobaynida bir qator asarlar yozilgan  boMib, Ahmad  Yugnakiyning (775- 

869) “Hibatul haqoyiq“ (Haqiqatlar tuhfasi) dostoni, Yusuf Xos Xcjibning 

(XI  asr),  “Qutadg‘u  bilik”  (Saodatga  yo‘llovchi  bilim)  asari,  Ahmed 

Yassaviyning 

(1041-1167) 

“Hikmatlar”i 

hamda 

“0 ‘g'uzaoma”, 



“Alpomish”, “Go‘rug‘li” kabi dostonlar shular jumlasidandir.

Movarounnahr  va  Xurosonning  forsiy-dariy  tilda  so‘zlashuvchi 

aholisi  X  asrdan  boshlab  ofzini  “tozik”  ya’ni  “tojik”  deb  yurila 

boshlaydi lar.  Somoniylar  va  Qoraxoniylar  (IX  asr  o‘rtataridan-1213 

yilgacha)dan  keyin  hukumronlik  qilgan  keyingi  sulolalar,  G'aznaviylar 

(997-1187),  Saljuqiylar (1040-1147), Xorazmshoh-anushtegemylar (ИЮ7- 

123l)ning  barchasi  turkiy  qavmga  tegishli  bo'lib,  o 'z  vaqtida  nafaqffi 

0 ‘rta  Osiyo,  balki  0 ‘rta  Sharqda  ham  hukmronlik  mavqeyiga  ega 

boMganlar.  Mug‘ullar  istilosi  garchi  aholi  boshiga  nihoyatda  og‘ir 

kuifatlar  va  yo‘qotishlar  olib  kelgan  boMsada,  tadqiqotchilar  fikricha, 

zbek xalqi etnogenezi va irqiga deyarli ta’siri bo'lmadi.

aO lzbek”  etnonomining  kelib  chiqishi  haqida  qisqacha  fikr 

vuritadigan  boMsak,  bu  etnonimning  kelib  chiqishini  ayrim  gurah 

tadqiqotchilar  Oltin  0 ‘rda  xoni  0 ‘zbekxonning  (1312-1341)  nomi  bilaa 

bog‘laydilar.  Boshqa  bir guruh  tadqiqotchilar esa bu  fikmi  inkor etadilar 

va i;o‘zbek” nomi O'zbekxongachaOq 0 ‘rda mintaqasida, uning G‘arb»y 

Sibir  va  QozogMston  qismida yashagan  turkiy  qabilalariga mansub 

(

mob



 

nomi  qabilalar  nomidan  olingan  boMishi  mumkin),  degan  fikmi  ilgari 

suradilar.  Ayrim  tadqiqotchilar  esa  “o'zbek”  atamasini  “o'zi  bek”, 

“erkin”,  “mustaqil”  so‘zidan  kelib  chiqib  XII-XTV  asrlarda. xalqimizga 

nisbatan ishlatila boshlagan deb hisoblaydilar.

47


0 ‘zbek  etnonimi  kelib  chiqishi  davriga  qarab  o‘zbek,  turkman, 

qozoq,  qoraqalpoq  xalqlarini  aniq  bir  vaqtda  paydo  boMgan  deb  aytib 

boMmaydi.  Bu  xalqlar  ming  yillar  davomida  hozirgi  yashayotgan 

mintaqalarida yashaganlar.  Lekin  u paytda hali  hozirgi  nomi bilan ataigan 

emas  va  bu  nomlari  bilan  aytilmagan.  Ular  umumiy  nom  bilan  “turkij" 

deb yoki boMmasa, o‘z qabilalari nomlari bilan atalganlar.

Tarixning  qadimgi  davrlarida  aholi  ko‘p  hollarda  o‘zlari  yashagan 

joy  nomi  bilan  ataigan  bo'lib,  o !rta  asrlarga  kelib  bu  nomlar  o‘zgaradi. 

Xususan, 

Dashti 


Qipchoq 

hududlarida 

yashagan 

turkiy 


ahoi. 

Movarounnahr  yerlariga  kelib,  bu  yerda  yashayotgan  o'troq  aholi  biian 

uyg‘unlashib  ketgan  va  aholini  nomi  “o‘zbek”  deb  ataigan.  0 ‘rta  asriar 

tarixiy  adabiyotlarida  ham  bu  nom  “o'zbek”  “o‘zbeklar”  sifatida  tiiga 

olinadi.  Ammo  shu  narsa  aniqki,  Dashti  Qipchoq  hududlaridan  kelgan 

turkiy  qabilalar  mahalliy  aholi  etnogeneziga,  urf-odat  va  an’analariga 

sezilarli  darajada  ta’sir  etmadilar.  Aksincha,  ular  orasiga  singib  ketib 

yuqori  darajadagi madaniyat ta’sirida boMdilar.

Tadqiqotchi  A.Ibrohimovning  yozishicha,  o‘zbek  xalqi  asosan  ikki 

etnik  qatlamdan  tashkil  topgan.  Birinchi  qatlam  Turon-Turkiston 

hududlarida  shakllangan.  Ikkinchi  qatlam  esa  Volga  (Itil)  daryo 

bo'ylaridan  tortib,  to  Xorazmning  shimoli,  Sirdaiyoning  o‘rta  va  quyi 

oqimlarigacha boMgan hududlarda shakllangan. Bu makon o‘tmishda turli 

nomlar,  chunonchi  Dashti  Qipchoq,  Oltin  0 ‘rda,  o‘zbek  viloyati,  o'zbek 

mamlakat),  o'zbek  ulusi  deb  ataigan.  Xalqimizning  bu  qatlamini  shartli 

ravishda shimoliy qatlam deb atash mumkin.

Xulosa  qilib  aytadigan  boMsak,  o'zbek  xalqining  asosini  hozirgi 

O'zbekiston  hududlarida  bir  necha  ming  yillar  davomida yashab  kelgan 

mahalliy  saklar,  massagetlar,  so‘g‘diylar, 

baxtarlar,  xorazmiyiar, 

qang'lilar, dovonliklar,  chochliklar tashkil  etgan.  Kelgindi  aholi  mahalliy 

aholiga  qisman  ta’sir  etsada,  uning  genetikasini  tubdan  o'zgartira 

olmagan.


Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling