Oʻzbekiston respublikasi oliy va innovatsion ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻzbek tili ta’limi

Download 288.71 Kb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi288.71 Kb.
#1488132
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Marjona

Tilshunoslikda leksik, fonetik, grammatik, sintaktik birliklarni hududiy xoslashi masalasi bilan dialektologiya fanining areal lingvistika sohasi shugʻullanadi. Areologiyaning maxsus tadqiq usulllaridan biri lisoniy-jugʻrofiy metodi bilan A.Joʻrayev, Q.Muhammadjonov, Y.Ibrohimov, N.Murodova, I.Darveshovlar tomonidan atroflicha oʻrganilgan. Ushbu metodga koʻra nutqda aks etadigan birliklarning adabiy tildan chetga chiqish holatlari ilmiy-amaliy tahlil qilinadi. Areologiya, huquq va tilshunoslik sohalarining integratsiyalashuvi natijasida sud-huquq tizimida qator muammoli vaziyatlarga yechim topish mumkin. Bunda anonim yozishmalar muallifini hududiy nuqtayi nazaridan aniqlash imkonini beruvchi metodlar shakllandi.

Lingvistik ekspertiza Amerika davlatida har tomonlama oʻz taraqqiyot bosqichiga yetgan. Anonim xatlar muallifini hududiy xususiyatiga koʻra aniqlash masalasida qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotlarda institut talabalaridan tezkor insho olingan va inshodagi xatolarni hududlar boʻyicha tipiklashtirib maxsus korpus yaratilgan. Bu sud lingvistik ekspertiza sohasidagi muammoli masalalarning yechimiga sabab boʻldi. Negaki, anonim xat muallifini aniqlash uchun umumiy va xususiy korpus zarur. Avvalo, yozishmadagi noadabiy unsurlar guruhlanadi va kodlashtirilib noma’lum muallifning nutqiy xatolari asosida korpus yaratiladi. Soʻng butun respublika boʻylab hududlararo noadabiy unsurlar tipiklashtirilgan korpusi asosida anonim yozishma individual korpusi bilan oʻzaro qiyoslanadi. Shundan keyingina taxminiy xulosaga kelinadi.

Download 288.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling